15-02-2025
179-181
5
0
BIRJA SAVDOLARIDA VOSITACHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTRISH YO`NALISHLARI
Birja savdolari bugungi kunda global moliya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Savdo ishtirokchilari, jumladan, investorlar, kompaniyalar va moliya institutlari birja platformalari orqali aktivlarni sotib olish va sotish imkoniyatiga ega. Bunday savdolarni tashkil etuvchi vositachilar, ya'ni brokerlar va dilerlar, bozordagi muhim o‘rinlarni egallaydi. Ularning faoliyati nafaqat bozorning samarali ishlashini ta'minlash, balki investorlarning muvaffaqiyatli savdo qilishlariga yordam berish uchun ham muhimdir. Shuning uchun birja savdolarida vositachilik faoliyatini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada birja savdolarida vositachilik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari haqida so'z boradi.