Authors

  • Sorogul Bahromova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.66057

Keywords:

O‘lmas Umarbekov syujat obraz xarakter tip evrilish ayol obrazi inson psixologiyasi badiiy vosita personaj detektiv roman badiiy g‘oya obrazlar talqini.

Abstract

Mazkur maqolada O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”romanida Abdulla obrazi, “Fotima va Zuhra” romanining bosh qahramonlaridan biri Zuhra obrazi,”Nomus”dagi Zumrad,”Yer yonganda”dagi Solihabibi kabi obrazlar hikoya syujetida o‘ziga xos xarakter va insonning qalb kechinmalari ayol obrazi tahlili berilgan.

background image


Fevral, 2025-Yil

226

O‘LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA OBRAZLAR TABIATINING POETIK

XUSUSIYATLARI

Bahromova Sorogul Maxmudjonovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14880775

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”romanida

Abdulla obrazi, “Fotima va Zuhra” romanining bosh qahramonlaridan biri Zuhra

obrazi,”Nomus”dagi Zumrad,”Yer yonganda”dagi Solihabibi kabi obrazlar hikoya syujetida

o‘ziga xos xarakter va insonning qalb kechinmalari ayol obrazi tahlili berilgan.

Kalit so‘zlar: O‘lmas Umarbekov, syujat, obraz, xarakter, tip, evrilish, ayol obrazi, inson

psixologiyasi, badiiy vosita, personaj, detektiv roman, badiiy g‘oya, obrazlar talqini.

Abstract. In this article, the character of Abdullah in the novel "It's Hard to Be a Man" by

Olmas Umarbekov, the character of Zuhra, one of the main characters of the novel "Fatima and

Zuhra", in "Autumn Air" and Solihabibi in "Yer Yonganda" are in the plot of the story. The

analysis of the female image of the unique character and emotional experiences of a person is

given.

Key words: Olmas Umarbekov, plot, image, character, type, evolution, female image,

human psychology, artistic tool, character, detective novel, artistic idea, interpretation of images.

Аннотация. В данной статье рассмотрен персонаж Абдуллы в романе Олмаса

Умарбекова «Трудно быть мужчиной», персонаж Зухры, одного из главных героев романа

«Фатима и Зухра», в «Осенний воздух» и Солихабиби в «Йер Йонганда» находятся в

сюжете повести. Дан анализ женского образа неповторимого характера и душевных

переживаний человека.

Ключевые слова: Олмас Умарбеков, сюжет, образ, персонаж, тип, эволюция,

женский образ, психология человека, художественный инструмент, персонаж,

детективный роман, художественная идея, интерпретация образов.

O‘zbek xalqining yetuk yozuvchi va ijodkori bo‘lmish O‘lmas Umarbekov o‘zining

yaratgan hikoyalari va yozgan romanlari bilan o‘quvchi qalbining tub tubidan o‘rin olgan

ijodkorlardan biri sanaladi.O‘lmas Umarbekov o‘z kasbini jurnalistlikdan boshlagan bo‘lishiga

qaramay, o‘zbek nasriga o‘tgan asrning 60-yillarida hikoya janrida salmoqli ijod namunalarini

yaratib o‘z zamondoshlari va ustozlari e'tirofiga tushib ulgurgandi.


background image


Fevral, 2025-Yil

227

O‘zbek hikoyachiligida yozuvchining o‘z uslubiga egaligi 60-yillar hikoyachiligimizning

e’tboriga tushgani yaqqol fikrimizni dalillaydi.Adibning “Yulduzlar”, “Oltin yaproqlar”,

“Charos”, “Yo‘lda”, “Ko‘prik”, “Qiyomat qarz” kabi o‘nlab hikoyalari va boshqa asarlarda

insonning yuksak oliyjanob fazilatlarini qalb dramalarini ochib berishga intiladi. Bu xususiyat

uning asarlarida yetakchi g‘oyaviy-estetik prinsip darajasiga ko‘tariladi. Xullas, yozuvchi

odamlardagi muhim ma'naviy-axloqiy xislatlarni gavdalantirish, turli xarakterlarni tadqiq etish

orqali keng ma'noda inson taqdiri, vijdoni, kelajak va zamon oldidagi burch mas'uliyati va e'tiqodi

masalarini yoritishga erishadi.

Yozuvchining, “Kuz havosi” dagi Sarvi xola, “Yer yonganda"dagi Solihabibi, “Fotima va

Zuhra” Zuhra, “Odam bo‘lish qiyin”dagi Abdulla kabi obrazlar hikoya va roman syujetida o‘ziga

xos xarakter va insonning qalb kechinmalari, tuyg‘ulari girdobidagi rang-baranglikni gavdalantirib

kitobxonni o‘yga to‘ldirib hikoya va roman qahramonlarining o‘ziga xos xislatlarini tushunishga

imkon yaratadi.O‘lmas Umarbekov hikoyalarida sotsialistik voqealar obrazlarning o‘ziga xos

xarakterida o‘z ifodasini ko‘rsatgan. “Yer yonganda” hikoyada jamiyatdagi ijtimoiy voqealar

zamirida Solihabibining o‘g‘li pora olib qamalganligi bunga onasi ishonmay tuhmat deb

hisoblaydi. Solihabibi va nevarasi o‘rtasidagi suhbatda bu jarayon ko‘rinadi, ular shaharga jiyani

oldida yordamga ketishayotgandi:

- Oyi, adamlarniyam ko‘ramizmi?

- Ko‘rsatsa, - dedi Solihabibi. - Ko‘rsatmasa, opang bilan tushganingda ko‘rasan.

-Oyi, To‘laganniyam dadasi poraxo‘rmi? - o‘tadi Tursun.

-Qaydam? Ikkilanib javob qildi Solihabibi. - Pora olganmi, pora berganmi, bilmayman.

Ikkalaviyam bir go‘r. Gunoh.To‘xta! - hushyor tortdi birdan u, -To‘laganniyam adasi

deganing nimasi? Adangni poraxo‘r deb o‘ylaysanmi?" Hikoyaning so‘nggida esa Solihabibi

ovqat qilmoqchi bo‘lib supaning burchagida turgan xumlarni kelganda kanop bilan o‘ralgan

sellofonni topib oladi. O‘ramda Nikolay podshoning suvrati tushilgan o‘n dona tilla tangalar

chiqadi: "Turg‘unboy bolam nima qilib qo‘yding? Nega qari onangga rahming kelmadi”.

Solihabibi bunga chidolmay, o‘ziga o‘t qo‘yib joniga qasd qiladi. Solihabibi obrazida or-

nomus ustunlik qiladi, jamiyatning qurboniga o‘g‘li emas, balki o‘zi qurbon bo‘ladi. Syujetda

tasvirlanayotgan voqelik yozuchining hayot haqiqatidagi bir inson kechmishida psixolgik

vaziyatning ustuvor kelishini ham ko‘rsatadi. Vaziyatdan chiqib ketishda hech qanday yo‘l

qidirmay osongina yo‘lni tanlaydi. Hikoya qahramonidagi bu evrilishlar uning ong ta'siri kuchliroq

ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa obrazning yana bir ko‘rinishini talqin qiladi.


background image


Fevral, 2025-Yil

228

“Nomus” hikoyasi qahramoni Zumrad orqali obrazlarning serqirra jilolarini ko‘rishimiz

mumkin. Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov ham ushbu hikoya haqida quyidagilarni

yozadi: "Nomus"da hikoya qilinishicha, Komil degan yigit Zumrad ismli qiz bilan uchrashadi-yu,

orada samimiy sevgi muloqotlari boshlanadi. Biroq bu sevgining oqibati yo‘q bo‘lib chiqadi: yigit

ona ra'yiga ko‘ra boshqa qizga uylanadi, lekin ilk sevgidan ko‘ngil uzolmaydi: Zumrad bilan yana

uchrashadi, lekin bu uchrashuv qimmatga tushadi, Komil xuddi o‘tgan uchrashuv to‘y bergan

tasodifda nohaq ayblanib qamoqqa tushadi, yigit avval asl haqiqatni sir tutadi, so‘ng advokatga

yuragini ochadi advokat esa qiz huzuriga borib vaziyatning mushkulligini aytadi. "Uni faqat siz

qutqarishingiz mumkin" - deydi. Qiz ko‘p ikkilanishlardan keyin o‘zini nomusga qo‘yib bo‘lsa-

da, o‘ziga bevafolik qilgan kimsaga yaxshilik qiladi, sudda haqiqatni aytib nohaq jazodan qutqarib

qoladi..."7. Zumrad obrazi orqali yozuvchi o‘zining hikoya qahramonlariga xos bo‘lgan

xarakterlari ochishga harakat qilgan. Insoniy tuyg‘ularning aksi Zumradda mujassamlashganini

ko‘ramiz. Yozuvchi bu syujet talqinida Zumradning o‘z nomusini o‘ylamasdan qilgan xatti-haratai

tufayli sofdil, o‘zini sadoqatli (sevgisiga), tuyg‘ularini ko‘rsatgan obraz holda realistik obraz kashf

etadi.“Odam bo‘lish qiyin” romanida Abdulla chindan ham samimiy, tirishqoq, insofli bola edi.

Uning shuhratparast bo‘lib qolishiga, amalga intilishiga maktab payti orttirgan ruhiy

jarohati sabab bo‘ldi. Otasi amal otidan tushgandan so‘ng unga nisbatan o‘qituvchilarning

muomalasi o‘zgarishi, ayniqsa, otasining do‘sti Husan amakining ikkiyuzlamachiliklari Abdullani

butunlay o‘zgartirib yuborgandi. U bu dunyoda eng zo‘ri bo‘lsanggina seni hurmat qilishadi, senga

tavallo etishadi degan fikrga borgan edi.U o‘z ustida tinmay ishlaydigan, eng zo‘ri bo‘lishga

intiladigan bo‘lib qolgandi. Uning Gulchehraga bo‘lgan munosabatlari ham jiddiy edi, toki

Sayyoraga uylanish mavzusi ko‘tarilmagungacha. Aynan shu nuqta, ya’ni va’dasiga vafo qilib,

Gulchehraga uylangan holda qizni qiyin vaziyatdan qutqarish yoki Sayyoraga uylanib porloq

kelajakni ta’minlashdan birini tanlash nuqtasi Abdullaning hayotidagi bir imtihon edi. Afsuski,

qanchadan qancha imtihonlarni a’lo baholarga topshirgan, oltin medalli o‘quvchi, eng aqlli talaba,

olimlikka da’vogar shaxs bo‘lgan Abdulla hayotning, odamiylikning shu sinovidan qoqildi.

Hayotda yaxshi talaba bo‘lolmadi.Hamma ham odam bo‘lib tug‘iladi, lekin shu nomga

loyiq bo‘lishni har kim ham uddasidan chiqolmaydi. Odamiylik nomli xislat bor-a? Bu so‘z

odamga, chin insonga xos xislat sanaladi.Gulchehra bilan oralarida jiddiyroq bir gap bo‘lmagan

taqdirda ham insoniylik jihatidan Abdullaning nomardlik qilishga haqqi yo‘q edi. Gulchehrani

ishontirib, dil rozini olib, boshqaga uylanishga odamiylik huquqi mavjud emas edi.

Shuhratparastlik yomon xususiyatlar sirasiga kiritiladi. Buning sababi shundaki, odamlar

ko‘pincha shu xislat sabab ko‘plab qabihliklarga, ikkiyuzlamachiliklarga qo‘l uradi.


background image


Fevral, 2025-Yil

229

Qanchalab insonning baxtsizliklariga, dilxiraliklariga sabab bo‘ladi. Bulardan yorqin

namuna esa Abdulla va Gulchehra timsolida ko‘rilib turibdi. Asarda Abdullaning otasi G‘ofur aka

o‘g‘liga qarama-qarshi taqqoslangan obraz hisoblanadi. U umri davomida qancha ishda ishlagan

bo‘lsa-da, amalga intilmadi, amal tekkanda esa o‘zini yo‘qotmadi. Hech kimning haqini xurjuniga

urmadi.

Dang‘illama uylar solmadi. Doim qo‘lidan kelgancha barchaga yaxshilik qildi. Qo‘li ochiq

bo‘ldi. Uning moddiy tomondan orttirgani bo‘lmasa-da, odamiylik jihatdan orttirgan obro‘si

anchagina edi. Abdulla o‘tkinchi obro‘-e’tiborga yetishaman deb vijdonini yutqazib qo‘ydi, guldek

bir qizning hayotiga zomin bo‘ldi.

Yozuvchi O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” romani kitobxonlar va adabiyot ahli

tomonidan iliq kutib olindi. Sababi, asarda qalamga olingan mavzuning dolzarbligi, roman

g‘oyasining har jihatdan mustahkam asosga qurilganligi, qahramonlarning murakkab va fojeali

hayot yo‘llaridagi kurashlari har bir o‘quvchini befarq qoldirmasligi aniq edi. Roman detektiv

janrda yaratilgan. Romandagi personajlar sistemasi tahliliga nazar tashlaganimizda turli

xarakterdagi murakkab va oddiy obrazlarga duch kelamiz va har bir obrazning romanda tutgan

o‘rni juda ahamiyatli ekaniga guvoh bo‘lamiz. Ularning ba’zi birlari bir qarashda ahamiyatsizdek

tuyulsa-da, vaqti kelganda detektiv roman uchun eng zarur bo‘lgan qimmatli ma’lumotlarni berishi

yoxud asosiy voqealarning guvohi yoki ishtirokchisi bo‘lib chiqishi mumkin. Misol uchun oddiy

bir yo‘lovchi cholning asardagi qisqagina ishtiroki va bergan ko‘rsatmasi bosh qahramon mayor

Aliyevning jinoyat qidiruvidagi ishi uchun yaxshigina foyda beradi. Bunday personajlar romanda

talaygina. Biroq asosiy voqealar bosh qahramonlar tegrasida sodir bo‘lar ekan yozuvchining obraz

yaratishdagi mahorati, maqsadi va ularning tahliliga to‘xtalib o‘tish joiz.

Romandagi kuchli xarakterga ega bo‘lgan ayol obrazi hisoblanmish Zuhra esa boshiga

tushgan kulfatlarning ya’ni, egizak opasi Fotima, otasi, akasining fojeali o‘limi sababchilarini

qidirib topish va qasos olish istagi bilan yonadi. Sujet linyasi shu uch bosh qahramonlarning

shiddatli harakatlari bilan qiziqarli tus olib boradi va o‘quvchini adolatli yechim tomon boshlaydi.

O‘lmas Umarbekov ham “Fotima va Zuhra” romanidagi Zuhra personajini xarakter

darajasiga ko‘tara olgan. U maktabni endigina bitirgan 17yoshli qiz. Hali qalbidan bolalikka xos

beg‘uborlik, samimiy sho‘xlik ketib ulgurmasidan taqdirning kutilmagan zarbalariga uchraydi.

Yaqinlarini birin-ketin fojeali tarzda yo‘qotadi. Hayotning achchiq-chuchugini erta tatib ko‘rgan

qiz esa tubdan o‘zgaradi. Aslida u o‘g‘il bolalar kabi qat’iyatli, irodali, kuchli fe’l-atvorga ega qiz

edi. Hayot sinovlari esa uni yanada toblaydi, irodasini mustahkamlaydi. Uboshqa ayol-qizlar kabi

ojizaligini tan olib, tushkunlikka tushib qolmaydi.


background image


Fevral, 2025-Yil

230

To‘xtamurod nimadandir qattiq qo‘rqib ketgan edi. Ammo mastligidan oyoqda

turolmadi. Yostiqqa o‘ralshib yiqildi.

-Seni qayerda ko‘rganman? Ayt, kimsan?

To‘xtamurod o‘rnidan turishga intilib, emaklay boshladi. Shu holida u

beso‘naqay hayvonga o‘xshab ketardi.

-Men Fotimaman!

Zuhra shunday deb yuborganini o‘zi sezmay qoldi.

-Sen iflos qiynab o‘ldirgan Fotima bo‘laman men. O‘ch olgani keldim endi.

To‘xtamurod taxta bo‘lib tili gapga kelmay qoldi[7.415].

Yana bir o‘rinda kelgan qizning militsiya xodimi bilan bo‘lgan suhbatini olaylik:

-Rais Teshaboy Sultonov boshqa ayolga ham xuddi shunday soat sovg‘a qilgan.

-Kimga?

-Shohida Luqmonova degan ayol. Durkentdagi klub mudirasi.

-Bilaman. Havaskorlar bilan tez-tez kelib konsert berib turardi. Yo‘qolgan ayolda,

shundaymi?

-Eri shu xo‘jalik fermasida zootexnik bo‘lib ishlar ekan. Biz u kishi bilan

gaplasha olmadik. Tallinda ekan. Qaytishini kutyapmiz. Balki sovg‘aning sababini

bilar.

-U bilmasa ham xalq biladi.

-Labbay?-Tushunmay, yoki yaxshi eshitmay so‘radi Ismoilov.

-Shohida Luqmonova raisning o‘ynashi edi.Zuhra bu gapni xotirjamlik bilan aytdi. Erkak

kishi bilan gaplshayotganidan uyalmadi ham.

-Buni isbot qilish kerak.

-Isbot…nahotki isbotlash shunchalik qiyin bo‘lsa? Xo‘p, isbot qildinglar deylik.

Keyin nima qilasizlar? Bu isbot bilan raisni javobgarlikka tortib bo‘larmidi? O‘zi rozi

edi desa, nima qilasizlar? Ismoilov Zuhraning ochiq va aniq gaplariga qoyil qoldi va

shunday qizning boshiga ketma-ket kulfat tushganiga yana bir bor achindi. Hali akasi nima

bo‘lganini bilmaydi. Qodir Aliyev haq. Bu ishni to‘xtatib bo‘lmaydi. To‘xtatish jinoyat[8.340-

bet].

Yuqoridagi dialogda Zuhraning yosh bo‘lsada aqlli, har bir ishga chuqur tafakkur ila

yondosha oladigan shaxs hamda o‘z fikrini qo‘rqmasdan ayta oladigan darajadagi dadil inson

ekanligiga guvoh bo‘lamiz. U kerak bo‘lsa erkak kishilarni ham o‘z qat’iyati bilan xayratga soladi


background image


Fevral, 2025-Yil

231

va o‘zining jasorati orqali ularni o‘zi bilmagan holda har qanday qiyin vaziyatda ham

chekinmaslikka undaydi.

Xulosa qilib aytganda, O‘lmas Umarbekov hikoyalarida ayol obrazining turli xil xarakter

va tiplarini ko‘ramiz. Hayot haqiqatini ayol obrazi ruhiyatiga sigdirib yuborgan yozuvchi niyati

badiiy, ijtimoiy, siyosiy obrazli tafakkurni yuzaga keltirdi. Badiiy obrazning tabiati tasnifi

serqirradir, natijada tip hosil bo‘ladi. Tahlil qilgan hikoyalarimizda umumiylik shundaki,

tasvirlanayotgan obrazlarning ruhiy holati o‘quvchi assotsiyalarini inson psixologiyasini teran

anglashga yozuvchining uslubi o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda alohida ta'kidlash kerakki,

jamiyat omili kishilar ruhiyatiga o‘z ta'sirini o‘tkazibgina qolmay uning xarakterini ochishda ham

muhim badiiy vosita sanaladi. O‘lmas Umarbekovning „Odam bo‘lish qiyin“ romanida hayot,

hayotning haqiqatga to‘la nafasi ufurib turadi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi

etiborga loyiq. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning

o‘ziga xos o‘rni bor. Uning „Odam bo‘lish qiyin“ romani yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy

muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan va bugungi kunda ham ko‘p

o‘qiladigan asarlar sirasiga kiradi. “Fotima va Zuhra” romanidagi Zuhra personaji yozuvchi

tomonidan asar yaratilgan davr uchun nisbatan yangilik bo‘lib kirgan bo‘lsa ne ajab.Tan olish

kerak o‘zbek adabiyotidagi boshqa asarlarda ham ayollarning mardonavorligini, favqulotda

tantiligini ko‘rsata olgan obrazlar mavjud. Biroq detektiv janrda o‘z qo‘rquvni yengib, izquvarlik

qilgan ayol personaji deyarli uchramaydi. O‘lmas Umarbekovning badiiy ijoddagi yangiligi ham,

obraz yaratishdagi mohirligi ham Zuhra qahramonida yaqqol aks etgan.

REFERENCES

1.

Normamatov U. Yetuklik maqolalar. T: 1982.www.ziyouz.com kutubxonasi.

2.

O‘lmas Umarbekov. Tanlangan asarlar.l-jild. www.ziyouz.com kutubxonasi.

3.

Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific

journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

4.

Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov.

International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

5.

O‘lmas Umarbekov.Tanlangan asarlar .1-jild. www.ziyouz.com kutubxonasi

6.

Jabborova M. HEAVENLY ATTRIBUTES FOUND IN FOLKLORE AND THEIR

IMPORTANCE IN EVERYDAY LIFE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. –

№. 10. – С. 159-162.


background image


Fevral, 2025-Yil

232

7.

Valiyevna J. M., Atoyevna O. F. SHODIQUL HAMRONING «HOVLIDAGI DARAXT»

TIMSOLINIG SHAXS SIFATLARIGA EPITET BOLIB KELISHI //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 44. – №. 8. – С. 57-60.

8.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC

WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.

9.

Jabborova,

M.

(2023).

THEORETICAL

INTERPRETATION

OF

STUDENTS'ACADEMIC ACHIEVEMENT.

Solution of social problems in management

and economy

,

2

(12), 36-40.

10.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC

WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.

11.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf

Khos Hajib and Navoi.

Journal of Intellectual Property and Human Rights

,

3

(4), 153-158.

12.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ,

QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI.

Theoretical

aspects in the formation of pedagogical sciences

,

3

(1), 48-52.

13.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K.

PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.–2022.

Т

,

2

(18), 209-211.

14.

Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA

MOTIVLAR TAHLILI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(4), 343-349.

15.

Шарипова, М. Б. (2024). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ

ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА.

International Journal of Formal Education

,

3

(4), 77-82.

16.

Bakhshilloevna, S. M., & Akmalovna, A. M. M. (2024, February). SCIENTIFIC AND

THEORETICAL FOUNDATIONS OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN OF

PRESCHOOL AGE. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-

CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF

IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp.

49-51).

17.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).


background image


Fevral, 2025-Yil

233

18.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ

ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ

МЕТОДОЛОГИИ. In

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

AND

PRACTICAL

E-

CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF

IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 6-

13).

19.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ

КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ

ОСНОВЫ. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING

THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 18-25).

20.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

21.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

22.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

23.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

24.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY

TA'LIM TIZIMI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

25.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O ‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).

26.

Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1125-1129.

27.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).

28.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ

ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ

МЕТОДОЛОГИИ. In

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

AND

PRACTICAL

E-


background image


Fevral, 2025-Yil

234

CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF

IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 6-

13).

29.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ

КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ

ОСНОВЫ. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING

THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 18-25).

30.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

31.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

32.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

33.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY

TA'LIM TIZIMI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

34.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI

DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA

TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

(Ilmiy

maqolalar

to’plami):

ABDUNAZAR

POYONOVNING

KUYLAGAN

“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.

Buxoro davlat

pedagogika instituti jurnali

,

4

(4).

35.

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI

ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY

ASOSLARI.

36.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS

OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.

Modern Science and Research

,

3

(9),

170-177.

37.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF

IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY

CULTURE.

Modern Science and Research

,

3

(9), 148-155.

38.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN

ABDULLA QAHHOR'S STORIES.

Modern Science and Research

,

3

(9), 156-162.


background image


Fevral, 2025-Yil

235

39.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).

40.

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical

analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In

E3S

Web of Conferences

(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

41.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

42.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

43.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

44.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

45.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O ‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).

46.

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

47.

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN

THE CLASSROOM.

УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА

, (11), 69.

48.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR.

49.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI”

MAROSIMI TASVIRI.

50.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".

MIDDLE EUROPEAN

SCIENTIFIC BULLETIN

.

References

Normamatov U. Yetuklik maqolalar. T: 1982.www.ziyouz.com kutubxonasi.

O‘lmas Umarbekov. Tanlangan asarlar.l-jild. www.ziyouz.com kutubxonasi.

Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

O‘lmas Umarbekov.Tanlangan asarlar .1-jild. www.ziyouz.com kutubxonasi

Jabborova M. HEAVENLY ATTRIBUTES FOUND IN FOLKLORE AND THEIR IMPORTANCE IN EVERYDAY LIFE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 159-162.

Valiyevna J. M., Atoyevna O. F. SHODIQUL HAMRONING «HOVLIDAGI DARAXT» TIMSOLINIG SHAXS SIFATLARIGA EPITET BOLIB KELISHI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 44. – №. 8. – С. 57-60.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Jabborova, M. (2023). THEORETICAL INTERPRETATION OF STUDENTS'ACADEMIC ACHIEVEMENT. Solution of social problems in management and economy, 2(12), 36-40.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf Khos Hajib and Navoi. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 153-158.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ, QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(1), 48-52.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.–2022. Т, 2(18), 209-211.

Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA MOTIVLAR TAHLILI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 2(4), 343-349.

Шарипова, М. Б. (2024). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА. International Journal of Formal Education, 3(4), 77-82.

Bakhshilloevna, S. M., & Akmalovna, A. M. M. (2024, February). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 49-51).

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ МЕТОДОЛОГИИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 6-13).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 18-25).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY TA'LIM TIZIMI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ МЕТОДОЛОГИИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 6-13).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 18-25).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY TA'LIM TIZIMI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA (Ilmiy maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN “ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE. Modern Science and Research, 3(9), 170-177.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY CULTURE. Modern Science and Research, 3(9), 148-155.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES. Modern Science and Research, 3(9), 156-162.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN THE CLASSROOM. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА, (11), 69.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish". MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN.