Authors

  • Oyshabibi Tursunqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.66071

Keywords:

Charos Boboyong'oq Miraziz A'zam.

Abstract

O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasi kichik hajmga ega bo'lsa ham lekin mazmunan juda ko'p ma'no anglatadi. Hikoyada insonlar o'rtasidagi iliq munosabat, mehr -muhabbat va xotirada qolgan shirin voqealar insonni jumbushga keltiradi. Bu hayotda shunday bir naql bor "Yaxshidan bog' qolar", shunday ekan yaxshilikka intilib yashaylik.

background image


Fevral, 2025-Yil

278

O'LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA XOTIRALAR AKSI

Tursunqulova Oyshabibi Odiljon qizi

Buxoro Davlat Pedagogika instituti

Tillar fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14882567

Annotatsiya. O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasi kichik hajmga ega bo'lsa ham

lekin mazmunan juda ko'p ma'no anglatadi. Hikoyada insonlar o'rtasidagi iliq munosabat, mehr -

muhabbat va xotirada qolgan shirin voqealar insonni jumbushga keltiradi. Bu hayotda shunday

bir naql bor "Yaxshidan bog' qolar", shunday ekan yaxshilikka intilib yashaylik.

Kalit so'zlar: Charos, Boboyong'oq, Miraziz A'zam.

O'lmas Umarbekov 1934-yil 25-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. O'zbekiston xalq

yozuvchisi, Ozbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvonlari sohibi. Uning bizgacha bir

qancha asarlari yetib kelgan. Har bir qissasida janriy rangbaranglik, qahramonlar ruhiy olamining

teranligi, badiiy tasviriy usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovordir. Hikoyalari qisqa

bo'lishiga qaramay insonni o'ziga jalb qilish xususiyatiga ega. Inson bu hikoyalarni o'qir ekan

beixtiyor ko'zining oldiga o'z yoshligi kelishi tabiiydir.

O'lmas Umarbekovning bizgacha “Hikoyalar” (1958), “Xatingni kutaman”, “Yurak

soʻzlari” (1960), “Boboyongʻoq” (1961), “Yulduzlar”, “Menga ishonmaysanmi?” (1962), “Hayot

abadiy” (1964), “Charos” (1966), “Koʻprik” (1968), "Bolgar qoʻshiqlari", "Oltin yaproqlar"

(1972), "Qiyomat qarz" kabi hikoyalarida kishilarning maʼnaviyaxloqiy goʻzalligini tasvirlashga,

insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masʼuliyatini koʻrsatishga alohida eʼtibor bergan.

"Bolgar qoʻshiqlari"(1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheʼriy ritmik

xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning "Sevgilim — sevgilim" (1963), " Kimning tashvishi yoʻq"

(1965),

"Urush farzandi" (1972), " Yoz yomgʻiri" (1973), " Oq qaldirgʻoch " qissalari bizgacha

yetib kelgan. 70-yillarda oʻz isteʼdodini teatr sanʼati sohasida sinab,"Oqar suvlar" (1971), "Sud",

"Yoshlik dengizi" (1972), " Komissiya " (1974) singari pyesalarni yozgan. O'lmas Umarbekov 80

yillarda "Oʻz arizasiga koʻra", "Kuzning birinchi kuni", "Qiyomat qarz", "Assalom, quyosh"

singari yetuk sahna asarlarini yaratgan. O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasida oddiy bir

qishloq hayoti aks ettirilgan. Adib bu hikoyani yozar ekan o'zining shirin xotiralari namoyon

qilgan. Bir qishloqning oddiy insonlari tasvirlangan. Bolakayning uzum ulashish holati, uzumni

yeyish holati mahorat bilan tasvirlangan.


background image


Fevral, 2025-Yil

279

Uzumzor egasidan hammaning qo'rqishi lekin insonning qandayligini faqat yoniga

borganda bilish mumkinligi, insonning xotirasida qolgan yaxshi voqealar yillar o'tsa ham

unutilmasligi hikoyada bayon qilingan. Bog'bon - oddiy, sodda, insonlarga yaxshilik qilishdan

to'xtamaydigan, o'zidan keyin ham insonlar uchun nafi tegadigan ish qilgani, farzandini ham o'ziga

o'xshab mehnatga o'rgatgani hikoyada namoyon bo'lgan. Yillar o'tib yoshlik voqealarini eslab,

yoshlikda sinfdosh bolalar bilan uzumzorga o'g'irlikka kirgani va bog'bon ularni ko'rib qolgach

hayajondan joyida qotib qolgani, qolganlarning qochgani, balki shunday bo'lmaganda bog'bonning

qanday samimiy insonligini bilmagan bo'lardik. Bog'bon bolaga yomon gapirsa ham bo'lardi, lekin

u yaxshi yo'l bilan hammasini o'zgartiradi.

Yozuvchi haqida Miraziz A'zam shunday deydi:

80-yillarda Umarbekov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga boshliq etib saylandi. Bu

paytlarda O‘zbekistonda hali-hanuz CHo‘lpon, Fitrat kabi ulug‘ yozuvchilarning asarlari nashr

qilinishiga ruxsat yo‘q edi. 50-yillarda shaxsga sig‘inishning oqibatlarini tugatish masalasi o‘rtaga

qo‘yilgan va 37-yil qatag‘oniga uchragan ziyolilar oqlangani e’lon qilingandi. Ozarbayjonda

Husayn Jovid, Mikoil Mushfiq, Qozog‘istonda Saken Sayfullin, Beyimbet Maylin, Qirg‘izistonda

To‘qtog‘ul Satilg‘anov, Tataristonda Olimjon Ibrohimov va boshqalarning asarlari o‘z ona

tillarida va yana ruscha tarjimalari ham qayta-qayta jild-jild nashr etilib turgan bir paytida,

O‘zbekistonda CHo‘lpon, Fitrat asarlari chiqarilmas, hatto, CHo‘lponning 5-10 ta she’ri “Tirik

satrlar” nomli umumiy to‘plamda chiqarilgani uchun bir guruh ijodkorlar e’tiroz bildirishgandi.

Agar uning o‘rnida oldingilarga o‘xshagan boshqa yozuvchi boshliq bo‘lganida, o‘sha

e’tirozchilarning sho‘rini quritgan bo‘lardi. Ammo Umarbekov bunday qilmadi.

Uni ayrimlar, ayniqsa, kinochilar “mister” ham deb atashardi. Chindan-da unda kiyinish

madaniyati inglizlarga xos sarishtali edi. Chexov aytadi-ku: “Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi

kerak: soch-soqol ham, bosh kiyimdan tortib oyoq kiyimgacha engil-bosh ham… Hammasi,

hammasi…” U tashqi ko‘rinishi sarishta bo‘lishiga katta e’tibor berardi. Mister desa degunday.

Buning ustiga uning o‘zi ham ko‘rkam inson edi.[1].

O'zbek nasri hamda dramaturgiyasi taraqqiyotida yozuvchi O'lmas Umarbe-kovning

xizmatlari beqiyos. Adib asarlari ifoda yo'sinining betakrorligi, badiiy tasvir uslubining o'ziga

xosligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, adib asarlari milliy ruhning kuchliligi jihatidan ham alohida

e'tiborni tortadi. Buni adib haqida bildirilgan iliq fikrlardan ham bilib olishimiz mumkin: "Abdulla

Qahhor O'lmas Umarbekovning dastlabki hikoyalaridan biri "Boboyong'oq"ni yoshlar ijodidagi

jiddiy yutuq sifatida baholadi va yozuvchining kelajagiga katta ishonch bildirganinini ta'kidladi"


background image


Fevral, 2025-Yil

280

[2.2]. Ko'rinib turibdiki, adib dastlabki hikoyalaridanoq milliy ruh ifodasiga alohida e'tibor

qaratgan. Ya'ni hikoyaning nomlanishidanoq unda milliylik ifodasini sezish mumkin.

Bu borada tadqiqotchi G.Sattorovaning "90-yillar o'zbek hikoyachiligida milliy xarakter

muammosi" nomli nomzodlik dissertatsiyasida o'z ifodasini topgan: "O'lmas Umarbekovning ayni

sho'ro davrida yaratilgan ko'plab hikoyalarida har qanday tuzumda ham milliy tabiatni

yo'qotmagan badiiy obrazlar talaygina" [3.156], degan fikrlari e'tiborga molik. Jumladan, yozuvchi

qalamiga mansub "Mehr", "Du-tor", "Mehmondorchilik", "Isiriq", "Oqsoqol", "Hotamtoy"

hikoyalari sarlavhasida ham milliylik masalasiga alohida e'tibor berilgan. Ya'ni o'zbek xalqi uchun

nihoyat-da katta ahamiyatga ega bo'lgan "mehr", o'zbeklar yurtida qadrlanadigan "oqsoqol",

millatning eng namunali fazilatlaridan biri sifatida e'tirof etiladigan "mehmon-do'stlik",

kishilarning ishonch-e'tiqodi, qadriyatlarida alohida ahamiyatga ega bo'lgan "isiriq",

"hotamtoylik" kabi tushunchalar haqida so'z borganligi hikoyalar sarlavhasidanoq anglashilib

turadi.

Xulosa. O'lmas Umarbekov yorqin va salmoqli ijod qilgan ijodkor, o'z kitobxonlariga ega

adib hisoblanadi. Uning har bir asari insonlarni qamrab oladi. Yaxshilik, shirin xotiralar, mehr -

muhabbat aks ettirilgan bu hikoya, qissa, asarlar barchaga birdek manzur keladi. Oddiy va kichik

hajmdagi "Charos" hikoyasi ham insonga butun o'tmishning shirin xotiralarini eslata oladi,

yoshlarning to'g'ri yo'lda yurishga ham undaydi.

REFERENCES

1.

Jabborova M. HEAVENLY ATTRIBUTES FOUND IN FOLKLORE AND THEIR

IMPORTANCE IN EVERYDAY LIFE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. –

№. 10. – С. 159-162.

2.

Valiyevna J. M., Atoyevna O. F. SHODIQUL HAMRONING «HOVLIDAGI DARAXT»

TIMSOLINIG SHAXS SIFATLARIGA EPITET BOLIB KELISHI //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 44. – №. 8. – С. 57-60.

3.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC

WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.

4.

Jabborova,

M.

(2023).

THEORETICAL

INTERPRETATION

OF

STUDENTS'ACADEMIC ACHIEVEMENT.

Solution of social problems in management

and economy

,

2

(12), 36-40.

5.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC

WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.


background image


Fevral, 2025-Yil

281

6.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf

Khos Hajib and Navoi.

Journal of Intellectual Property and Human Rights

,

3

(4), 153-158.

7.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ,

QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI.

Theoretical

aspects in the formation of pedagogical sciences

,

3

(1), 48-52.

8.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K.

PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS. – 2022.

Т

,

2

(18), 209-211.

9.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

10.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

11.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY

TA'LIM TIZIMI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

12.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI

DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA

TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

(Ilmiy

maqolalar

to’plami):

ABDUNAZAR

POYONOVNING

KUYLAGAN

“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.

Buxoro davlat

pedagogika instituti jurnali

,

4

(4).

13.

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI

ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY

ASOSLARI.

14.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS

OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.

Modern Science and Research

,

3

(9),

170-177.

15.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF

IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY

CULTURE.

Modern Science and Research

,

3

(9), 148-155.

16.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN

ABDULLA QAHHOR'S STORIES.

Modern Science and Research

,

3

(9), 156-162.

17.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.


background image


Fevral, 2025-Yil

282

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).

18.

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical

analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In

E3S

Web of Conferences

(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

19.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

20.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

21.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

22.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

23.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O ‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).

24.

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

25.

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN

THE CLASSROOM.

УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА

, (11), 69.

26.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR.

27.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI”

MAROSIMI TASVIRI.

28.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".

MIDDLE EUROPEAN

SCIENTIFIC BULLETIN

.

References

Jabborova M. HEAVENLY ATTRIBUTES FOUND IN FOLKLORE AND THEIR IMPORTANCE IN EVERYDAY LIFE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 159-162.

Valiyevna J. M., Atoyevna O. F. SHODIQUL HAMRONING «HOVLIDAGI DARAXT» TIMSOLINIG SHAXS SIFATLARIGA EPITET BOLIB KELISHI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 44. – №. 8. – С. 57-60.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Jabborova, M. (2023). THEORETICAL INTERPRETATION OF STUDENTS'ACADEMIC ACHIEVEMENT. Solution of social problems in management and economy, 2(12), 36-40.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf Khos Hajib and Navoi. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 153-158.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ, QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(1), 48-52.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS. – 2022. Т, 2(18), 209-211.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY TA'LIM TIZIMI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA (Ilmiy maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN “ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE. Modern Science and Research, 3(9), 170-177.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY CULTURE. Modern Science and Research, 3(9), 148-155.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES. Modern Science and Research, 3(9), 156-162.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN THE CLASSROOM. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА, (11), 69.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish". MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN.