2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
222
FORTEPIANO CHALISHNI O’RGATISHNING MAZMUNI
Abdirasulieva Roza Umirzakovna
Nukus iqtisoslashtirilgan madaniyat maktabi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14886314
Annotatsiya. Umumiy musiqa ta’limining fortepiano sinfidagi uquvchilarga ta’lim-tarbiya
berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi.
Shaxsning har tomonlama kamol topish mehnat tarbiyasi, aqliy estetik va jismoniy tarbiyaning
birligi bilan ta’minlanadi. Musiqa tarbiyasini ham o’z ichiga olgan estetik tarbiya: san’at
sohasidagi ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, san’atdagi va hayotdagi go’zallik hamda nafosatni
his etish va tushunishni rivojlantirish estetik faoliyatining tanlangan turiga vaqt ajratish ehtiyojini
vujudga keltirish vazifalarini qo’yadi.
Kalit so’zlar: umumiy musiqa ta’lim sistemasi, estetik tarbiya, fortepiano chalishni
o’rgatish, musiqa.
Estetik tarbiyaga qo’yilgan talablari nuqtai nazaridan umumiy musiqa ta’lim sistemasida
musiqa chalishni o’rgatish eng avvalo musiqiy-tarbiyaviy va musiqiy-ta’limiy vazifalarga
bo’ysunishi lozim. Bu vazifalar o’quvchilarning umumiy musiqiy bilimlarni oshirish. Bolalarni
musiqa san’atining qimmatli asarlari bilan tanishtirish, ularda mumtoz musiqaning eng yaxshi
namunalari, shuningdek, hozirgi bastakorlarning badiiy havaskorlikning faol qatnashchilariga
musiqiy-estetik bilimlarining targ’ibotchilariga aylantirishdan iboratdir.
Fortepiano to’garagining vazifasi fortepiano chalishni o’rgatish bilan cheklanmaydi.
Pedagog o’quvchilarda musiqaga qizikish muxabbat uyg’otishga harakat qilishi, ularning
umumiy musiqiy o’sishiga yordam berish, musiqiy-ijodiy va ijrochilik qobiliyatlarini
rivojlantirish, musiqa asarlarini chuqur idrok etishlari va mustaqil baholay olishlariga erishishi
kerak. O’quvchilar ijrochilik malakalarini o’zlashtirishdan tashqari, musiqa bilan amalda
shug’ullana olishlari ham lozim.
Amaliyotchi pedagoglar umumiy musiqiy ta’limni rivojlantirish yo’llari haqida fikr
yuritib, qayd qilishlaricha, bolalarga cholg’u asboblarini havaskorlar darajasida chalishni,
harqanday asarni notalari bo’yicha mustaqil o’rganishlari uchun yetarli darajada musiqa savodini,
musiqa san’atini turli voqealarni bilimdon havaskorlardek tahlil qiladigan darajada
musiqashunoslikni o’rganish zarur. Bu kelajak havaskorlar musiqani muntazam tinglashlari va uni
boshlang’ich nazariy taxlil qilishlari, varaqdan bemalol o’qishni o’rganishlari, ommabop
pyesalarni chala bilishlari shart.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
223
Umumiy musiqa ta’lim sistemasida o’quvchilarga fortepiano chalishni o’rgatishning
hozirgi nazariy va amaliy ahvoli bir tomondan bo’lajak musiqa ishqibozlarini musiqiy estetik
tarbiyalashning ayrim muammolariga qaratilgan samarali ilmiy tadqiqotlar “M. Avazashvili, T.
Berkman, G. Kimyoklis, V. Shulgina, O Shelokova va boshqalar” bilan ikkinchi tomondan,
o’quvchilarga yaxlit sistemasi ishlab chiqilmagani, bu sistemaning o’quvchilarga fortepiano
chalishni o’rgatish mazmuni, shakl va usullari kabi kategoriya elementlari belgilanmagani bilan
xarakterlanadi.
Fortepiano chalishni o’rganayotgan o’quvchilarga mukammal musiqa tarbiyasi berishning
yaxlit sistemasi hamda tegishli o’quv qo’llanmalarning yo’qligi amalda ta’lim o’quvchi shaxsning
shakllanishidan, unda musiqa san’atiga estetik munosabat tarkib topishidan ajralib qolishiga,
o’quvchilarning musiqiy faoliyati ijtimoiy sotsial yo’nalishda bormasligiga, yoshlar va o’smirlar
musiqa bilan shug’ullanishning hozirgi amaliyotdan behabarligiga sabab bo’lmoqchi, Cholg’u
asboblari bo’yicha ta’limda nazariy va tarixiy bilimlar, musiqaga doir tushunchalar hamda
ijrochilik malakalari o’z xolicha takror holda shakllanishi, yakkaxonlik , ansamblda topmasligi,
musiqani idrok etish, ijro qilish va yaratish bo’yicha musiqiy faoliyatning har xil turlari o’rtasida
bog’lanish yo’qligi, tayanch bilimlar sistemasidan tashqari musiqiy taassurotlarni to’plashga
urinish, faoliyatning reproduktiv usullariga ko’proq intilish musiqa asboblarni chalishni
o’rganayotgan o’quvchilarga mukammal musiqiy tarbiya berish jarayoniga to’sqinlik qilmoqda.
So’nggi yillar didaktikasida o’quv fanini tahlil qilishda ta’limning mazmunida fanni
bilimlar sistemasi, bilish usullari sistemasi va fanning boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan aloqalari
sistemasi sifatida yaxlit aks ettirish prinsipiga amal qilish tamoyillari kengaymoqda. I.Y. Lerner
hozirgi ta’lim tizimini, mazmunini bilimlar, faoliyat qobilyatlari ijodiy faoliyat tajribasi va ijtimoiy
–hissiy tarbiyalanganlikning pedagogik jihatdan moslashtirilgan sistemasi sifatida ta’riflaydi va
uni o’zlashtirish madaniyati rivojlanishiga tayyorlangan shaxsning kamol topishni ta’minlashni
uqtiradi.
Fortepiano sinfdagi ta’limning hozirgi musiqiy estetik tarbiyaning maqsadlari va
vazifalariga mos mazmunini belgilashga yanada samaraliroq yondoshish M.N. Skatkin ishlab
chiqqan sistemasiga tayanishdan iborat bo’lib, bu sistema o’quvchilar musiqiy faoliyatining
shartlariga moslashishi mumkin.
M.N.Skatkin fanni o’qitish mazmuniga –tegishli bilimlarni kiritadi, ularning qanchalik
chuqur yoritilishini har bir sinf uchun o’quvchilarning yoshi, imkoniyatlarni hisobga olib belgilash
zarur. Navbatdagi komponent uch xil ko’nikma va malakalar, ya’ni predmetli, umum aqliy (aqliy
ish usullari), o’quv va mustaqil bilim olish malakalaridan iboratdir.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
224
О‘quvchilar ijodiy faoliyat tajribasini fan materiali asosida yechishni o’rganish lozim
bo’lgan bilishga doir izlanish masalalari shaklida o’zlashtiradilar. Izlanish topshiriqlarini har bir
sinf uchun ishlab chiqiladi. Tarbiyaviy vazifalar fanning dasturiy mazmunida dunyoqarash
xulosalari, axloqiy va estetik umumlashmalar ko’rinishida aks etadi va ularning o’quvchilarga
ilmiy mavzuning muayyan materiali asosida beriladi.
Shunday qilib, biz fortepiano chalishni o’rgatish mazmunini ishlab chiqishda quyidagi
manbalarga tayannamiz:
1.Mazkur fan asosidagi musiqashunoslik fanlari va fortepiano chalish san’ati sistemasi:
2.Musiqiy idrok etish, ijro qilish va boshlang’ich ijod bo’yicha musiqiy faoliyat, binobarin
«musiqa» fanining mazmunini loyihalashda tegishli fanning asoslari bayon qilinmaydi, balki
faoliyatning turi va qoidasi ifodalanadi;
3. Mazkur fanning tuzilishini, komponentining xajmi va ularni o’zlashtirish tartibini
belgilashda yordam beradigan ta’lim jarayoni bilimlar;
4. Shaxsning strukturasini, asoslash sohasini, musiqiy faoliyatning psixologik mexanizmini
ifodalaydigan va o’rganish natijasida o’zlashtirish lozim bo’lgan psixologik bilimlar.
Fortepiano chalishni o’rgatish mazmunini belgilashda mazkur masala bo’yicha M.
Larnerning ta’lim mazmuni xaqidagi, V. Asafyevning musiqani yaratish, ijro qilish idrok etishda
ko’rinadigan musiqa san’atining uch birligi xakidagi. S. Rappoportning bilishY. Kadriyatli va
aloka faoliyatlarining ajralmas birligi bulmish musiqiy-ijrochilik faoliyati haqidagi, N.
Vetluginaning musiqa san’tiga bolaning estetik munosabati modeli haqidagi yetakchi psixologik-
pedagogik va musiqashunoslik konsepsiyalarni jamlashga asoslaniladi. Bu modelga uchta
komponent, musiqani idrok va ijro etish jarayonida hissiy kechinma qobiliyati, mustaqil o’rganish
qobiliyati, maxsus-musiqiy va ijodiy qobilyatlar kiradi.
Biz umumiy musiqa ta’limi sistemasida fortepianoni o’rgatish mazmuniga quyidagi
komponentlarni kiritdik: musiqiy-estetik bilimlar, ijrochilik ko’nikmalari, musiqa bilan amaliy
shug’ullanish, musiqa asaralarini taxlil qilishva estetik baholash ko’nikmalari sistemalari, musiqa
asarlarini ijro etish va og’zaki talqin etish hamda juz’iy musiqa yaratish bo’yicha ijodiy faoliyat
tajribasini, musiqaga va musiqiy faoliyatga estetik munosabat tajribasi.
Musiqani o’rgatish mazmunini komponentlarning xilma-xilligi musiqiy faoliyat turlarini
belgilaydi va ularni o’zlashtirish jarayonida fortepiano sinfga ta’lim va tarbiyaning maqsadlari
amalga oshadi.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
225
V. Asafyevning kuylarni yaratish, ijro qilish, idrok etishdan iborat uch elementli san’at
hisoblanmish musiqa haqidagi musiqashunoslik nuqtai nazaridan pianinochi o’quvchilarga
faoliyatning har xil turlarini o’zaro birlik va bog’liqlikda o’ziga qamragan musiqa tarbiyasi berish
zarurligini asoslashga xizmat qiladi.
Fortepiano sinfida bolalarga ijrochilikni o’rgatish asosiy vazifa hisoblansada,
o’quvchilarning faoliyati faqat ijrochilikdan iborat bo’lib qolishi mumkin emas. Hozirgi usuliyat
mashg’ulotlarda fortepiano ta’limining tor maxsus vazifalarigina hal qilinadigan an’anaviy
sistemadan farqli ravishda o’z oldiga asosan bolalarni musiqaga qiziqtirish, fortepiano chalishga
rag’batlantirish, ularga musiqa bilan fortepiano sinfidagi o’quvchilar musiqiy faoliyatning o’zaro
bog’liq har xil turlariga va xilma-xil shakldagi ishlarga jalb etiladi.
O’qituvchi fortepiano doirasidagi faoliyatning har xil turlarni bir-biridan ajratmay, ularni
o’quvchining asosiy reprtuari atrofiga jamlaydi va o’rganilayotgan asarlar bilan bog’laydi.
Pianinochi o’quvchilarga mukammal musiqiy tarbiya berishni amalga oshrishning yo’llari xilma-
xil bo’lib, ular pedagogdan ijodiy harakatchanlikni, hayol topqirlik va usuliy tayyorgarlikni talab
qiladi. Fortepiano pyesalarini tegishli yo’sinda tanlash va sistemalashtirish, shuningdek,
o’quvchilar uchun muayyan topshiriqlarni belgilash orqali asosiy vazifaga bolalarni musiqiy
kamol topshirishga ularga musiqa faoliyatning har xil turlarining birligida anglatishga qaratilgan
o’zaro bog’liq ishlarni gaplarni muvofiqlashtirish mumkin.
Musiqa ta’lim mazmunining manna shu tarkibiy qismlarini o’quvchilar qanchalik keng va
chuqur o’zlashtirishi zarurligini har bir sinf uchun belgilash kerak. Fortepiano o’qituvchisi bolalar
o’quv materialini o’zlashtirishni har bir sinfda o’rganiladigan reprtuar, malakalar, tushunchalar
hamda tarbiyaviy vazifalar aks ettirilgan 1- va 2- jadvallarga yozib borish lozim.
1- jadval.
Sinf
Janr
Uslub
Reprtuar
1
2- jadval.
SSin
f
Yakka
ijro
mala-
kalari
Ansabl
ijrosi
malaka-
lari.
Eshitib
chalish
malaka-
lari.
Varak-
dan ukish
malaka-lar
Ijod
malaka-
lari
Nazariy
tushun-
chalari
tarbiyaviy
vazi-
falar.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
226
Fortepiano sinfdagi darsni o’tkazishning asosiy shakli yakka tartibdagi mashg’ulotlardir.
Ular qator afzalliklarga ega bo’lib: o’quvchilar bilan yaqin aloqa o’rnatish imkonini beradi,
o’quvchilarning har biriga ta’sir ko’rsatishning vositalari hamda usullariga ta’sir ko’rsatishning
vositalari hamda usullarini doimo topish, tuzatish va yangilashni ta’mirlaydi, o’quvchilar shaxsini
chuqur tushunish uchun qulay sharoit yaratadi va xakazo.
Lekin bularning hammasiga erishish uchun o’qituvchi darslar va mashg’ulotlar sistemasi
orqali maqsadga muvofiq pedagogik rahbarlikni amalga oshirishi lozim.
Bundan har bir darsga ikki nuqtai nazardan:
a-
muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashning ma’lum bir bosqichi sifatida;
b-
uzoq vaqtga mo’ljallangan vazifalarni amalga oshirishning zarur merosi sifatida qarash
kerak.
Musiqa pedagogikasi ham darsga qo’yiladigan umumiy didaktik talablarga tayanib
fortepiano bo’yicha yakka tartibdagi mashg’ulotlarga qator muayyan talablarni olg’a suradi.
Har bir darsda o’quvchilar oldiga aniq vazifalar qo’yilishi kerak. Masalan ular nazariy
ma’lumotlar berilishi yoki ularning bilimlarini mustahkamlash ish, musiqiy savodxonligi
tarbiyalanishi, tovushning muayyan sifatiga erishish ustida, meroritmik yoki pedalizasiyaning
qiyin element ari ustida ishlanishi lozim.
Darsni o’tkazishda mantiqiy va hissiy omillar muvofiqlashadi. Mantiqiy omil o’quvchiga
musiqa san’atining qonuniyatlarni tushuntirishga hamda fortepiano ta’limining ilg’or usuliyati
ishlab chiqqan vositalardan foydalanishga asoslangan bilim, ko’nikma va malakalar sistemasini
berishda o’z aksini topadi. Hissiy omillar esa san’atning eng avvalo mohiyatini, o’z tabiatiga ko’ra
ta’sirchanligini ifodalash, shuningdek, o’qituvchi darsni ijodiy o’tqazish, izlash vaziyatlarini
vujudga keltirish, o’quvchi shaxsida ijodiy sifatlarni tarkib topishdan iboratdir.
Darsning sifatli o’tishi ko’proq o’qituvchining tayyorgarligaga bog’lik. Har bir darsni
avvalo yaxshi tahlil qilish, uning uquvchiga hozirgi kun uchun, shuningdek, yaqin va uzoq
kelajakdagi kamoloti uchun nima berganini baholash kerak. O’qituvchi o’quvchilar ijro etadigan
repertuarini bilish, ana shu asarlarni chalishdan tashqari har xil taxrir va talqin kilishni ham
tasavvur etishi lozim. O’quvchining repertuari yangi asarlar bilan uzluksiz boyitib borilish,
ularning, ayrimlari varaqdan uqilishi, ayrimlari yuzaki va ayrimlari mustaqil o’rganilishi kerak va
xakozo, buning uchun esa uqituvchi o’zining pedagogik repertuarini bolalar musiqasi soxasidagi
bilimlarini boyitib borish zarur.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
227
Bolalar bilan amalga oshiriladigan muayyan vazifalarga bogliq holda darsning har xil
tiplaridan foydalanish mumkin.
Fortepiano chalishi ommaviy o’rgatishning barcha vazifalarini amalaga oshirishda ana shu
vazifalar hal qilinadigan material, ya’ni o’quv repertuari alohida rol o’ynaydi. Bu repertuarni to’gri
tanlash va unga bilib murojaat qilish musiqaga muxabbatni tarbiyalash uchun unga keng imkoniyat
yaratadi, repertuarning o’zi esa musiqa va jonli qiziqishning tuganmas manbai sifatida xizmat
qilish mumkin va lozim.
O’qituvchilarga qandaydir tugal doirada bilib, ko’nikma va malakalar berish haqida gap
borar ekan, fortepiano sinfdagi o’quv repertuari g’oyat xilma-xil yetarli darajada boy bo’lishi
hamda o’quvchilar uchun ta’limiy jihatdan emas, balki badiiy jihatdan xam muhim ahamiyat kasb
etishi kerak. Mana shu talablarning bajarilshi musiqiy-estetik tarbiya masalalarini hal qilishda,
ayniqsa o’quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirishda, shuningdek, mashxur musiqa bilan
tanishtirish orqali ularda musiqaga qiziqish va muxabbat uyg’otishda, estetik didni o’stirishda
katta yordam beradi.
Manna shu vazifalarni hal q’ilishning amaliy yullari quyidagilardan iboratdir:
1.
Har xil o’quvchilar bilan ishlashda ularning o’z rejalari bir- birini to’ldirishi uchun
ta’lim jarayonida juda kup turli musiqa asarlaridan foydalanish;
2.
Har xil ijrochilik vazifalari ustida ishlash va bir qo’lga o’rganiladigan asarlar sonini
ko’paytirishda kerakli materialga ega bo’lish uchun har bir o’quvchining repertuari murakkab
pyesalar bilan bir qatorda soddaroq va juda oson asarlarni ham kiritish:
3.
Ta’lim jarayonida fortepiano uchun yozilgan pe’salardan tashqari, qayta ishlab
soddalashtirilgan kamer va simfonik musiqalarni, opera va balet parchalarini 4,6, va 8 qulli
fortepiano ansabili uchun qayta ishlangan musiqalarni, shuningdek, fortepiano ansambili uchun
yozilgan asarlarni ham qo’llash.
Musiqaga muxabbatni tarbiyalash uchun xam o’quvchilarga mos material asosida jiddiy
ijrochilik vazifalarni qo’yish kerak. Sinfda erishilgan natijalarni mustaxkamlash uchun ilgari
o’rganilgan pye’salarning iloji boricha kuprog’ini esda saqlab qolish bo’yicha kundalik
topshiriqlar berib borilishi lozim.
Ochiq chiqishlar “konsertlar va imtixonlar” ta’lim jarayonini tashkil etish sifati darajasini
ko’rsatuvchi yakuniy omil hisoblanadi. Estradada chiqish uchun o’quvchilarni maxsus tayyorlash,
ularning irodasini tarbiyalash, tinglovchilar bilan ijodiy muloqotga ehtiyojini oshirish lozim har
bir konsert o’quvchilar uchun bayram bo’lishi, ularga uzlarini ko’rsatish imkoniyat yaratishlari
kerak.
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
228
REFERENCES
1.
D.Rajabova “ Fortepiano mashg‘ulotlari” (fortepiano ta’limi metodikasi) Toshkent
“O‘qituvchi” 1994
2.
R u b i n s h t e y n S. L. Prinsipi i puti razvitiya psixologii. M., 1959, 126-bet.
3.
R. Qodirov “ Ommabop musiqiy glossariy” ma’lumotnoma “Musiqa” nashriyoti Toshkent
2014
4.
Rub i n s h t e y n S. L. Problemi obshey psixologii. M„ 1973, 220-bet.
5.
Teplov B.M. Psixologiya muzikalnix sposobnostey.
6.
Uspenskiy V.A. Stat’i, vospominaniya, pis’ma. – T.: izd.lit. i iskusstva im. Gafura
Gulyama, 1980. – 384 s.
7.
X.F Azimov “Fortepiano darsligi” Toshkent “o‘qitiuvchi” 1998-yil
8.
Марк Зильберквит “рождение фортепиано” П. Юргенсон москва 2016
