Fevral, 2025-Yil
344
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
Shomilova Ruhshona
Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi
1-OʻTAK 24 talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14894692
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jaholat va maʼrifatning mohiyati hamda ularning jamiyat
taraqqiyotiga taʼsiri tahlil qilinadi.Jaholatning ildizlari, uning sabab va oqibatlari keng yoritilgan.
Shu bilan birga, maʼrifatning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni, bilim va
madaniyatining kuchini koʻrsatiladi.Maqola maʼrifatning insoniyatni zulmatdan yorugʻlik sari
olib chiqadigan qudratli vosita ekanligini asoslaydi.
Kalit soʻzlar:
Jaholat , maʼrifat, bilim, taʼlim ,kitobxonlik, taraqqiyot, xurofot, fikr
erkinligi, madaniyat.
Аннотация.
В данной статье анализируется природа невежества и просвещения и
их влияние на развитие общества. Широко освещены корни невежества, его причины и
последствия. При этом показана роль просвещения в жизни человека и развитии
общества, сила знаний и культуры.
Ключевые слова:
Невежество, просвещение, знание, образование, чтение,
развитие, суеверие, свобода мысли, культура.
Abstract.
This article analyzes the nature of ignorance and enlightenment and their impact
on the development of society. The roots of ignorance, its causes and consequences are widely
covered. At the same time, the role of enlightenment in human life and the development of society,
the power of knowledge and culture are shown.
Key words:
Ignorance, enlightenment, knowledge, education, reading, development,
superstition, freedom of thought, culture.
Kirish.
Jaholat insoniyatning eng qadimiy dushmanlaridan biridir. U taraqqiyot yoʻlini
toʻsib, insoniyatni zulmatga gʻarq etadi. Jaholat sabab insonlar notoʻgʻri qarorlar qabul qilishadi,
xurofot va yolgʻon eʼtiqodlar qurboniga aylanishadi. Jaholat shundayki, insonni birinchi navbatda
maʼrifatdan va insoniylikdan eng muhimi ilmdan bebahra qoldirishga eltadi desak mubolagʻa
boʻlmaydi. Maʼrifat esa bu inson aqlining nuridir, u taraqqiyotga yoʻl ochuvchi kalitdir.
Fevral, 2025-Yil
345
Asosiy qism:
Shuni bilish lozimki, maʼrifat insoniyat yaʼni biz uchun eng qudratli quroldir. Bilim va
maʼrifat insonni haqiqiy erkinlikka olib boradi, uni notoʻgʻri qarashlardan xalos etadi va
dunyoqarashini kengaytiradi.
Jaholat va maʼrifat oʻrtasidagi kurash insoniyat tarixida doimiy davom etib kelmoqda. Biroq
maʼrifat har doim gʻalaba qozonadi, chunki u insonni haqiqiy taraqqiyot sari olib boradi . Bu
borada koʻplab bobokalonlarimiz ham o’z fikrlar bildirganlar. Misol uchun aytish kerakki, Alisher
Navoiy maʼrifatni insonni kamolotga yetaklovchi asosiy vosita deb hisoblagan. U jaholatni insonni
tubanlikka olib boruvchi illat sifatida qoralagan. "Jaholat- ilmsiz kishi qasridur, maʼrifat esa
haqiqat koʻzgusidur." O‘tmishdan ma’lumki, har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoiy
bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va
muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy
jasoratni talab etadi. Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa
beparvolikka gIriftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik
tuyg‘usini yo‘qotish orqali uni ma’naviyatini so`ndirishga zamin yaratadi. Mazkur holat, o‘z
navbatida har qanday millat, xalqni o‘z taqdiriga raxna soluvchi tahdidlarga nisbatan muntazam
ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishga hamda ularga qarshi ma’rifat va ma’naviyat bilan javob berish
borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo
shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar
kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj
olmoqda.Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-
mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda
tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu haqda fikr yuritganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz
ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati
bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin
yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz
tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb
ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”. Binobarin, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev
tomonidan mana shunday masalalarga alohida e’tibor qaratilar ekan, bugungi kunda dunyo
miqyosida vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda
jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish dolzarb
ahamiyat kasb etayotganligi tobora oydinlashmoqda. Zero, millatimiz va xalqimiz mentalitetini
Fevral, 2025-Yil
346
o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-
mamotimiz vazifasi ekanligini anglash o‘ta muhim vazifadir.Globallashuv davrida dunyoda
vujudga kelayotgan tahlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida keskin g‘oyaviy kurashlarning avj olishi, turli
mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan “chiroyli”
niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, dunyo
xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy raxna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm,
aqidaparastlik, giyohvandlik kabi tahdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda. Bu
borada, dunyo miqyosida vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan xavf –
xatarlar, qonli to‘qnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy qarama – qarshiliklar, terrorizm, radikalizmning
tobora avj olishi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganligi tobora oydinlashmoqda.Shu
o‘rinda, terrorizm haqida so‘z yuritsak, bu illat bir siyosiy atama sifatida, qurol sotish,
narkobiznesni rivojlantirish, konstitusion tuzumlarni ag‘darish kabi tuban maqsadlarni o‘zida
namoyon etadi. Terrorizm doim diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy qadriyatlar va axloqiy
fazilatlarga qarshi ishlatilganligi bois eng og‘ir va vahshiyona jinoyat hisoblanadi. Mazkur illat,
din, millat, elat va chegara tanlamasligi bu borada vaziyatni nihoyatda jiddiy ekanligini
anglatadi.Terrorizmning jirkanch basharasi dunyoning turli nuqtalarida sodir etilayotgan
qo‘poruvchilik va xunrezlik voqealarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, dunyoviy va diniy
bilimlar borasida sog‘lom dunyoqarashni sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini
anglamaslik, bilmaslik insonlarni terrorizm girdobiga griftor etayotir. Bunday nozik va ayni paytda
o‘ta murakkab sharoitda o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi terrorizm
illatlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Adashib yot oqimlar ta’siriga
tushgan fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimiz qalbi va ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni
shakllantirish borasida bugungi kunda Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yurtimizda chuqur
o‘ylangan, puxta va aniq maqsadga yo‘naltirilayotgan davlat siyosati izchil samarali
yuritilmoqda. Bugun kunda barchaga ma’lumki, xalqaro terrorizm, radikalizm, mutaassiblik,
ekstremizm kabi muammolar chegara bilmasligi dunyo jamoatchiligini doimo tashvishga solib
kelayotir. Ayniqsa, dunyo miqyosida ekstremizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ma’rifatni
targ‘ib etish g‘oyasi doimo Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro miqyosdagi nutq va
ma’ruzalarining bosh mavzusiga aylanib bormoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘z
ma’ruzalarida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzabr muammolarini bartaraf etish borasida
davlatimiz tomonidan amalga oshirib kelinayotgan tashabbuslarini alohida ta’kidlash lozim. Bu
sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan
Fevral, 2025-Yil
347
dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda.Hozirgi nozik va ayni paytda, o‘ta murakkab sharoitda
o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi illatlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish
muhim ahamiyat kasb etadi. Jaholatga griftor etuvchi ekstremizm, xalqaro terrorizm va
mutaassiblikka qarshi kurashda ma’rifatni targ‘ib etish g‘oyasi bugungi kunda dunyo miqyosda
bosh mavzuga aylanib ulgurdi. 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqida davlatimiz rahbari dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so‘nggi
yillarda kuchayib borayotgani, ularga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini
oqlamayotgani, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar emas,
balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinayotganini, xalqaro terrorizm
va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishini
alohida ta’kidlagan edi.Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy
bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilar
ekan: “Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik
va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va
o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini
himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan. Biz
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va
manfaatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz”, deya alohida ta’kidlagan
edi.Bugungi kunda Yurtimizning bu sohada olib borayotgan islohatlari dunyo miqyosida o‘zga
mamlakatlarga namuna bo‘layotganligi alohida e’tirof etilmoqda
Bu yerda Navoiy inson bilim olish orqali haqiqatni anglay olishini taʼkidlaydi va
ilmsizlikni inson hayotining eng katta dushmani deb biladi.
Darhaqiqat, maʼrifat insonni mustaqil fikrlashga undaydi, va yuksaklik sari chorlaydi.
Jaholat esa aksincha, qoʻrquv va qaramlikka yetaklaydi .
Xulosa qilib aytganda, biz yoshlar yurtimizni yuksaltirish, kelajagimizni nurli qilish uchun
masʼulmiz. Jaholat bu faqat bilim va maʼrifat yetishmovchiligi emas,balki befarqlik va dangasalik
natijasida yuzaga keladigan muammolar yigʻindisidir. Shuning uchun biz yoshlar harakatimizni,
intilishimizni, bilim olishga boʻlgan ishtiyoqimizni kuchaytirmog’imiz darkor. Vatanimizning
ravnaqi uchun har birimiz kichik, lekin muhim qadam qoʻyishimiz mumkin. Bu qadam ilm
oʻrganish, odob- axloqqa amal qilish, jamiyatga foyda keltiruvchi ishlar qilish va bir-birmizni
qoʻllab-quvvatlashdan boshlanadi. Har birimizning kichik hissamiz katta oʻzgarishlarga olib
keladi.
Fevral, 2025-Yil
348
Biz birlashgan holda, bilim va maʼrifat bayrogʻini baland koʻtarib, jaholatga qarshi
kurashamiz va Vatanimizni dunyo sahnasida yuksak choʻqqilarga olib chiqamiz . Harakatdan
toʻxtamaymiz. Zotan, faqat bilimli, harakatchan insonlargina jamiyatni yuksaltirib, jaholat
zulmatini yengishi mumkin.
Tasadduf aytmoq joiz,
Bobolarim hikmati.
Shunday Vatan beribdi,
Bu Ollohim himmati.
Shukr ayla ey inson,
Bir kun kelar yorugʻ tong,
Shul Vatanga sodiq biz,
Farzand boʻlaylik har on.
Bir Vatanda jam boʻlib,
Munavvar tong boʻlgaymiz,
Tarix sahnida Yangi Oʻzbekiston boʻlgaymiz!
REFERENCES
1.
NIZOMOVA, S. (2023). SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON
KECHINMALARINING IFODALANISHI.
Journal of Research and Innovation
,
1
(10),
53-57.
2.
NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM.
THE
ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
1
(9), 48-54.
3.
Shodiyevna, N. S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
BOLALAR NUTQINI O ‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK MUAMMOLARI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1187-1193.
4.
Nizomova, S. S., & qizi Istamova, M. S. (2024, February). MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTIDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE
TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION"
(Vol. 3, No. 1, pp. 60-69).
5.
Nizomova, S. S. (2023). INKLYUZIV TA’LIM: AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI, XUSUSIYATLAR VA TAVSIYALAR.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1),
673-673.
Fevral, 2025-Yil
349
6.
Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF
WATER IN MODERN UZBEK POETRY.
YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL
ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS
,
3
(1), 70-75.
7.
Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic
Context.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
2
(2), 170-174.
8.
Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING
OBRAZLANTIRILISHI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
8
(8).
9.
Nizomova, S. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR
ADABIYOTINI O ‘QITISHDA XALQ O ‘ZAKI IJODINING O ‘RNI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
45
(45).
10.
Nizomova, S. (2020). ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ-ОСНОВА НАШЕГО
БУДУЩЕГО.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
11.
12.. Shodiyevna, N. S. (2023). Speech Defects and Ways To Eliminate Them, Which Occur
in Children.
Journal of Advanced Zoology
,
44
.
12.
Nizomova,
S.
(2020).
РОЛЬ
СОВРЕМЕННЫХ
ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ И ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ В ОБУЧЕНИИ, ОБРАЗОВАНИИ И
РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
13.
Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI
DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA
TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
(Ilmiy
maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN
“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.
Buxoro davlat
pedagogika instituti jurnali
,
4
(4).
14.
Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI
ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY
ASOSLARI.
15.
Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS
OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.
Modern Science and Research
,
3
(9),
170-177.
16.
Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF
IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY
CULTURE.
Modern Science and Research
,
3
(9), 148-155.
Fevral, 2025-Yil
350
17.
Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT
IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES.
Modern Science and Research
,
3
(9), 156-162.
18.
qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE:
PROBLEMS
AND
SCIENTIFIC
SOLUTIONS.
(Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).
19.
Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical
analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In
E3S
Web of Conferences
(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.
20.
Sharipova,
M.
(2023).
“ALPOMISH”
EPOSINING
QADIMIYLIGI
VA
AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
21.
Sharipova,
M.
(2024).
EPOS
HAMDA
MAROSIM
MUNOSABATINING
QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
22.
Sharipova,
M.
(2024).
EPOS
HAMDA
MAROSIM
MUNOSABATINING
QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
23.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING
ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
24.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA
MAROSIMLARNING O ‘RNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
30
(30).
25.
Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
26.
Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING
IN THE CLASSROOM.
УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА
, (11), 69.
27.
Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
28.
Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR
O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.
29.
Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".
MIDDLE EUROPEAN
SCIENTIFIC BULLETIN
.
Fevral, 2025-Yil
351
30.
Sharipova,
M.
(2024).
EPOS
HAMDA
MAROSIM
MUNOSABATINING
QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
31.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING
ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
32.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY
TA'LIM TIZIMI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
32
(32).
33.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA
MAROSIMLARNING O ‘RNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
30
(30).
34.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
35.
qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE:
PROBLEMS
AND
SCIENTIFIC
SOLUTIONS.
(Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).
