Fevral, 2025-Yil
352
YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHDA AXLOQIY- FALSAFIY QARASHLAR TAHLILI
Xojiqulov Naimjon Raimovich
Fan va texnologiyalar universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14894700
Annotatsiya.
Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida buyuk mutafakkir olimlarning axloqiy-
falsafiy, ma’naviy qarashlari, tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi, farzand tarbiyasida ota-
onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga oid turli yondashuvlarning falsafiy asoslanishi
rivojlantirish bo‘yicha pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar:
mutafakkir olimlarning falsafiy qarashlari,
axloqiy- ma’naviy ta’lim va
tarbiya uyg‘unligi, o‘g‘il bola tarbiyasi, pand-nasihat, aksiologik talqinlar tahlili.
Ulug‘ mutafakkir olimlarimiz o‘zlarining yozgan asarlarida axloqiy-falsafiy, ma’naviy
qarashlarida o‘g‘il bola tarbiyasiga alohida e’tibor bilan chuqur yondashganlar. Xususan, Yusuf
Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim-tarbiya tarixi, uning
nazariy masalalari, o‘g‘il bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda foydalanish muhim bo‘lgan
mohiyatan teran manbadir. “Qutadg‘u bilig” asarini birinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilgan
filolog olim Q.Karimov, bu asar “axloq va odob, ta’lim va tarbiya hamda ma’naviy kamolotning
yo‘l-yo‘riqlari, usullari, chora-tadbirlarini mujassamlashtirgan qomusdir”
1
deya munosabat
bildirgan. Tadqiqotchi D.Y.Xodjayeva “Qutadg‘u bilig” asarida ilgari surilgan axloqiy-ma’naviy
qarashlar to‘g‘risida shunday munosabat bildiradi: Asardagi “to‘rtta yetakchi qahramon;
Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘gdulmush, O‘zg‘urmish obrazlari orqali ramziy timsollar tarzida adolat,
davlat, aql va qanoatni ifodalashi talqin qilinib, qahramonlar o‘rtasida kechgan savol-javob,
munozara asosida muallif o‘zining ilg‘or falsafiy qarashlarini, odob- axloq meyorlarini jamiyat
turli tabaqalarining burch va farzlarini ijtimoiy hayotning hamma tomonlari haqida fikr yuritgan.
Faqat bilimli, aql zakovatli kishilargina ezgu savobli ishlarni qilishga qodir bo‘lib, haqqoniy odil,
adolatli siyosat yurgazib kelgan”
2
degan xulosani ilgari suradi. Asarda o‘g‘il bola tarbiyasida
1
Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.-
Б. 15. (160 б.)
2
Xodjaeva D,Yu. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ma’naviy - axloqiy qarashlar // Proceedings of
International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19 th
January, 2023 ISSN: 2835-3730.- B. 373-380.
Fevral, 2025-Yil
353
otaning roliga alohida e’tibor qaratilib: “Bolaga otaning mehnati singgan bo‘lsa, So‘ng u bolaning
xulq-atvorida bilinadi. Ota bolani nazoratda tutsa, U yaxshi, ezgu bo‘ladi”. “Ota bolani
kichikligidan bebosh qilib qo‘ysa, Bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otada”
3
degan mulohazalar
ifodalangan.
Asarda tarbiya masalalari pand-nasihat tarzda ifodalangan bo‘lib, uni quyidagi to‘rtlik
misolida ham ko‘rishimiz mumkin:
“Ota pandiga san tugal qil amal,
Yurarsan bo‘lib baxtiyor har mahal,
Otangni, onangni sevintir tamom,
Bu xizmat yetirgay tilakka tugal”
4
.
Bunda o‘g‘il bolalarning otalar pandiga amal qilishi, baxt va baxtiyorlik belgisi sifatida
qaralib, farzand ota-onani sevintirishi va rozi qilishi orqali o‘zi orzu qilgan hayotga va oldiga
qo‘ygan maqsadlarga yetishish badiiy-falsafiy talqin asosida bayon etilgan. Shuningdek, asarda
o‘g‘il bolani tarbiyalashga gnoseologik nuqtai nazardan yondashish lozimligini ko‘rsatib, o‘g‘il
bolalarni bilimli va hunarli qilib tarbiyalash lozimligini, bilim tufayli inson boshiga til orqali
tushishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklar va falokatlardan ham saqlashi, insonning haqiqiy
baxti bilimda ekanligini urg‘ulab, quyidagi tarzda bayon etilgan:
Odamni vuhushdan bilim farqladi,
Bilim birla inson qadin tikladi,
Bo‘lib qolma yilqi, bilim ol, hunar,
Bilib so‘zla, tilni bilim saqladi
5
.
Umuman Yusuf Xos Xojibning o‘g‘il bola tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlarini aksiologik
nuqtai nazardan talqin etadigan bo‘lsak, uning “Qutadg‘u bilig” asari asrlar silsilasida toblanib,
bizgacha yetib kelgan va o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan, falsafiy mazmuni va mohiyati bilan
o‘rganishga loyiq ma’naviy meros sifatida tarbiya metodologiyasini boyitish uchun xizmat
qiluvchi muhim va qimmatli manbadir deyishimiz mumkin.
Tadqiqotchi B.B.Hamdamovning yozishicha, “Qobusnoma”da farzand tarbiyasi va
ma’naviyatini rivojlantirishga doir turli xil pandu nasihatlar o‘rin olgan. Jumladan, «Ota–ona
haqini bilmak zikrida», «Suxandonlik bila baland martabaga erishmoq zikrida», «Qarilik va
https://www.e-adabiyot.uz/maqola/1092
; https://old.allomalar.uz/allomalar_batafsil/15
4
Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.-
Б. 45. (160 б.)
5
Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.-
Б. 49. (160 б.)
Fevral, 2025-Yil
354
yigitlik sifati zikrida», «Mehmon olmoq va mehmon bo‘lmoq zikrida», «Omonatni saqlamoq
zikrida», «Farzandni parvarish qilmoq zikrida», «Do‘st tutmoq zikrida»deb nomlangan
bo‘limlarda shaxs kamoloti masalalari ilgari surilgan”
6
.
Darhaqiqat asarning «Farzandni parvarish qilmoq zikrida» deb nomlangan yigirma
yettinchi bobida o‘g‘il bola tarbiyasida ota-ona tomonidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan xatti-
harakatlar va amallar xususida shunday yozilgan: “agar farzanding bo‘lsa, anga yaxshi ot qo‘yg‘il,
nedinkim, otadin farzand haqlaridin biri unga yaxshi ot qo‘ymoqdur. Yana biri uldurkim, farzandni
oqil va mehribon doyalarga topshurg‘aysan. Sunnat qilur vaqtida sunnat qilg‘aysan, qudratingga
loyiq to‘y va tomosha qilg‘aysan hamda o‘qishni o‘rgatgaysan. Ulug‘roq bo‘lg‘ondin so‘ng, agar
raiyat bo‘lsang, unga hunar va kasb o‘rgatg‘aysan, agar sipoh ahlidin bo‘lsang, sipoh ilmin
o‘rgatg‘aysan. Bularni bilg‘ondin so‘ng shinovarlik, ya’ni suvda yuzmakni o‘rgatg‘il”
7
. Bu yerda
hunar o‘rganishda avlodlar vorisiyligi masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, Sharq xalqlariga xos
xususiyat ekanligini ta’kidlash joiz. Ko‘rsatib o‘tganimizdek, Kaykovus o‘g‘il bola tarbiyasida
shinovarlik, ya’ni suvda suzishni o‘rgatish muhimligiga ham o‘z e’tibor qaratgan. Hozirgi davrda
o‘z ta’limning o‘ziga xosligi bilan dunyoning ko‘plab davlatlarini qiziqtirib kelayotgan
Yaponiyada bu jihatga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim-tarbiyasini ajralmas qismi sifatida, yapon
maktablarida suzish o‘quv dasturiga kiritilgan va juda ko‘pchilik maktablar o‘zining katta
basseynilariga egaligi, har bir yapon o‘quvchisi suzishni o‘rganishga majbur hisoblanishi qayd
etilgan
8
. Bu esa Kaykovusning tarbiya to‘g‘risidagi qarashlarining amaliy ahamiyatini va
jozibadorligini kuchaytiradi. Kaykovus o‘g‘il bola tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlarida
ratsionalizmni alohida urg‘ulaydi, inson boylikka va baxt-saodatiga aql kuchi bilan erishish
mumkinligini, aql bilan bilan boyish va farovonlikka erishish maqsadga muvofiq harakat sifatida
qo‘llab-quvvatlaydi. “Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say’
ko‘rguzg‘ilki, mol bila boy bo‘lg‘ondan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim aql bila
mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilg‘il, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri
ololmas, u o‘tda yonmas, suvga oqmas”
9
. Umuman, Kaykovusning “Qobusnoma” asari o‘g‘il
bolalarni tarbiyalashdek mas’uliyatli ishda muhim qimmatli manba bo‘lib qoladi, undagi o‘git va
6
Хамдамов Б.Б. «Қобуснома» асарининг педагогик-психологик ғоялари // Экономика и социум. №4(83) ч.2
2021. – Б. 601-604.
7
Кайковус. Қобуснома. / Нашрга тайёрловчилар: С.Долимов, У.Долимов. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2016.
– Б. 110. (-224 б.)
8
Япон мактаблари билан боғлиқ қизиқарли фактлар https://dzen.ru/a/WwfgZoMJBRzXEDRs
9
Кайковус. Қобуснома. / Нашрга тайёрловчилар: С.Долимов, У.Долимов. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2016.
– Б. 31.
Fevral, 2025-Yil
355
pand-nasihatlardan foydalanish amaliy ahamiyat kasb etib, o‘g‘il bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish uchun xizmat qiladi.
O‘g‘il bola tarbiyasida muhim hisoblangan yana bir muhim manba Ahmad Yugnakiy
qalamiga VIII asrga mansub “Hibatul-haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni” yoxud “Sevimli
haqiqatlar”) asaridir
10
. Manbaining to‘liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg‘ur
yozuvi asosida ko‘chirilgan. Yugnakiy to‘g‘risida Alisher Navoiy o‘zining “Nasoim ul-muhabbat”
asarida shunday yozadi: “Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g‘arib nimalar
manquldur. Derlarki, ko‘zlari bitov ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir bo‘lib, o‘zga
basirlardek andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay. Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va
mutaqqiy kishi ermish”
11
deya qayd etgan. Demak, Ahmad Yugnakiy jismoniy kamchiligi
bo‘lishiga qaramasdan o‘zidan keyin kelajak avlodga foydasi tegandigan va uning nomini tarix
sahifalariga abadiy muhirlangan ulkan ma’naviy meros sifatida “Hibatul-haqoyiq” asarini qoldirdi.
Asarda o‘g‘il bolaga bilim berish orqali ilmli qilib tarbiyalash masalasiga alohida munosabat
bildirilgan. “Inson hayotida ilmning ahamiyati yuksakligini qayd etgan holda turli o‘xshatishlar
orqali ilm va ilmli kishilarni ulug‘lashga chorlaydi. Bilimli kishini qimmatli dinor, bilimli xotin-
er o‘rnida, ilmlining oti abadiy, u o‘lsa ham nomi o‘chmaydi, bilimlining biri bilimsizning mingiga
teng, ilmsiz esa, yemishsiz meva, bilimsiz erkak-xotin kishidir, ilmsiz iliksiz suyak, ilmsiz tirik
bo‘lsa ham o‘lik o‘rnida ko‘rishini”
12
ta’kidlaydi.
Demak, o‘g‘il bola tarbiyasida uni kamolotga yetaklovchi buyuk mutafakkirlarimizning
axloqiy qarashlarining keng qamrovli va interaktiv tarzda tahlil qilinishi, ularning bilim olish va
ilm o‘rganishning o‘ziga xos afzalliklarga hamda ijobiy natijaga erishishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Кайковус. Қобуснома. / Нашрга тайёрловчилар: С.Долимов, У.Долимов. – Тошкент:
Янги аср авлоди, 2016. – Б. 110. (-224 б.)
2.
Маҳмудов Қ. Аҳмад Югнакий. Ҳибатул-ҳақойиқ асари ҳақида. ‒ Тошкент: Фан,
1972. – 300 б.
3.
Навоий “Алишер. Насоим ул-муҳаббат. – Б. 218. www.ziyouz.com кутубхонаси
4.
https://www.e-adabiyot.uz/maqola/1092
10
Маҳмудов Қ. Аҳмад Югнакий. Ҳибатул-ҳақойиқ асари ҳақида. ‒ Тошкент: Фан, 1972. – 300 б.
11
Навоий “Алишер. Насоим ул-муҳаббат. – Б. 218. www.ziyouz.com кутубхонаси
12
https://adabiyot.islamonline.uz/uzbek/adabiyot-tarixi/236-yugnakiy.html
Fevral, 2025-Yil
356
5.
Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. –
Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.- Б. 15. (160 б.)
6.
Хамдамов Б.Б. «Қобуснома» асарининг педагогик-психологик ғоялари // Экономика
и социум. №4(83) ч.2 2021. – Б. 601-604.
7.
Xodjaeva D,Yu. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ma’naviy - axloqiy
qarashlar // Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific
Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19 th January, 2023 ISSN: 2835-3730.- B.
373-380.
8.
https://old.allomalar.uz/allomalar_batafsil/15
