ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
696
BOLALARGA YOZISHNI O‘RGATISHDA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI
HISOBGA OLISH ZARURATI
Eshbekova Gulbahor Zafarboyevna
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Sirtqi bo‘lim,o‘qituvchisi.
Email:
eshbekovagulbahor86@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14902212
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari
yoshiga xos psixologik va pedagogik xususiyatlar xususida fikrlar berilgan. Bolalarga yozishga
o‘rgatishda tarbiyachi pedagoglarning vazifalari hamda yozishga o‘rgatishda qoidalarga amal
qilish masalalari, savodxonnlikka o‘rgatish talablari mazmuni yoritilgan.
Kalit so‘zlar: tarbiyalanuvchi, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, darslik, standart,
yozish ko’nikmalari, innovatsion yondashuv, qobilyat, ko’nikma.
THE NEED TO TAKE INTO ACCOUNT PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS
WHEN TEACHING CHILDREN TO WRITE
Abstract.
This article provides ideas on the use of methods and techniques in teaching
preschool children to write. It covers the tasks of educators in teaching children to write, the issues
of following the rules when teaching writing, and the requirements for teaching literacy.
Keywords: pupil, school, preschool educational organization, textbook, standard, writing
skills, innovative approach, ability, skill.
НЕОБХОДИМОСТЬ УЧЕТА ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРИ
ОБУЧЕНИИ ДЕТЕЙ ПИСЬМУ
Аннотация. В статье излагаются идеи по использованию методов и приемов в
обучении детей дошкольного возраста письму. Освещены задачи педагогов по обучению
детей письму, вопросы соблюдения правил при обучении письму, требования к обучению
грамоте.
Ключевые слова: ученик, школа, дошкольная образовательная организация, учебник,
стандарт, навыки письма, инновационный подход, умение, навык.
Kirish.
Keyingi yillar davomida
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni
rivojlantirish va uning samarali faoliyat ko’rsatishiga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
697
2707-son
,2017yil9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-son Qarorlari, 2017 yil 18 dekabrdagi “O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo’llab-
quvvatlash to’g’risida”gi 991-son qarorlari shular jumlasidandir. Maktabgacha yoshdagi bolaga
singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Psixologik adabiyotlarda qayd etilishicha, maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish
jarayonida ajdodlari tomonidan yaratilgan narsa va hodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida
munosabatga kirishadi. U insoniyat tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlarni faol o’zlashtirib,
egallab boradi. Bolada narsa-hodisalar olami, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-
harakatlar, ona tili va odamlar orasidagi munosabatlarni anglash, ayni zamonda faoliyat
motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o’sib borishi kattalarning bevosita yordami asosida
amalga oshadi. Bu oilada ota-ona, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa tarbiyachilar ko‘magida
yuz beradi.Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning qobiliyati kuchaya boshlaydi. Bundan
tashqari, maktabgacha yoshdagi bosqich ularda murakkab harakatlarni takomillashtirish,
elementar gigiena, madaniy va mehnat ko’nikmalarini hosil qilish, yozma va og’zaki nutqini
o’stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davri
hamdir. P.F.Lesgaftning fikricha, inson hayotining ayni shu bosqichida uning kelgusida qanday
qobiliyat va xarakter-hislatlar sohibi bo’lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga
chiqadi. Bu yoshdagi bola tabiatiga xos bo’lgan asosiy xususiyat – bolaning uzluksiz tarzda
harakatda bo’lishi va u faoliyat natijasidan emas, balki harakatning bir xilligi va bir
tomonlamaligidan charchashidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiatining asosiy qonuniyati
bo‘lmish serharakatlilikni cheklamay, uni maqsadli tashkil eta bilish bu yoshdagi bolalar ta’lim-
tarbiyasida kutilgan samarani beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal
ravishda ortib boradi. Bu, avvalo, keng davraga chiqish, munosobatda bo’lish, o’ynash
ehtiyojlarinig mavjudligidandir. Bu yoshdagi bolalar nutqni ma’lum darajada o’zlashtirganliklari
va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo’lgan kattalar hamda
tengdoshlari bilan munosobatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Qiziqish huddi ehtiyoj kabi bolani biror
faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham psixologlar qiziqishni bilish jarayoni
bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixik hodisa deya baholaydilar. Maktabgacha ta’lim
1
PQ 27-07.29.12.2016.
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
698
tashkilotlarida nutq o’stirish va badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlarida bolalarga xos
bo’lgan bu tabiiy xususiyatlar qiziqish va bilishga intilish sifatlaridan ularning o’zlari uchun
oqilona foydalanish milliy tarbiyashunoslikning bosh maqsadi – barkamol shaxsni shakllantirish
masadiga muvofiq bo’ladi.
Adabiyotlar tahlili.
Bolaning yozish qobiliyatini rivojlanganlik darajasi bo‘yicha
O.S.Ushakova va F.A.Soxinlar tomonidan bolalarda yozma qobiliyatni shakllantirish borasida olib
borilgan ishlar yozma qobiliyatning aniqlik, izchillik xususiyatlaridan tashqari boshqa
xususiyatlarining ham aniq mezonlarini belgilashni taqozo qilmoqda. Shu jihatdan, aniqlik va
izchillikdan tashqari bolalar yozish qobiliyatiga xos bo‘lgan yana mantiqiylik, to‘g‘rilik, uzviylik
va tezkorlik kabi xususiyatlarni ham keltirish mumkin. Mazkur sifatlar bola yozish qobiliyatida
to‘laqonli kompleks ravishda ta’minlanishiga erishish yozma qobiliyatning ravon va maqsadga
muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi. Bola yozish qobiliyatida mazkur xususiyatlar har xil darajada
rivojlanishini ta’minlashda yozish qobiliyatini korreksion metodlardan foydalanish maqsadga
muvofiq. Adabiyotlarda keltirilishicha, ikki yashar bolaning so’z zahirasi taxminan 250 tadan 400
tagacha, uch yoshli bolaning so’z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning leksikasi
4000 taga etadi. Demak, maktabgacha yosh davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan
ancha takomillashadi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi
fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir. Maktabgacha ta’lim
muassasasiyoshidagi bolalarning tafakkuri, asosan, ularning turli-tuman o’yin faoliyatlarida,
mashg’ulotlarda rivojlanib boradi. Masalan, maktabgacha yoshidagi bolalar loy o‘ynashni, ya’ni
loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi
ko’radilar. Bunday mashg’ulotlar bolalar tafakkurining o’sishiga faol ta’sir qiladi. Maktabgacha
yoshidagi bolalar tafakkurining o’sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir.
Psixologik adabiyotlarda ilgari surilgan bu jihatlardan ko’rinadiki, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolalarni mustaqil mulohaza yuritishga yo’naltirishda ularga xos bo’lgan tabiiy-
ruhiy xususiyatlarni inobatga olish bu borada muvaffaqiyatga erishish garovidir. Maktabga
tayyorlov guruhi (6 – 7 yosh) bosqichida boladagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi,
uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6 – 7 yoshli bola o’zini idora qilish
va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu yoshda bola chiniqadi.
Qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligi va shaxsiy gigienasini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi
va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigienik
ko’nikmalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida unda faoliyatning yangi turi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
699
bo’lgan ta’lim olishga, o’qishga ishtiyoq uyg’ona boshlaydi. Bu o’rinda bolalarni ruhan ta’lim
jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o’quv elementlarini o’rgatish lozim bo’ladi.
Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan
hamda aqliy jihatdan ta’lim olishga tayyor bo’lishi kerak.
XULOSA.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari bolalarni yozish ko‘nikmalarini
shakllantirishda nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarurdir Aks holda
tarbiyalanuvchilarni rivojlantirishda qo‘pol xatoliklarga yo’l qo‘yishlari mumkin. Shu bois
ularning maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik va pedagogik xususiyatlarini nazariy
tomondan yaxshi bilishlari maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun tadqiqotimizda yetuk psixolog
olimlarning asarlaridan foydalangan holda, maktabgacha yoshdagi, xususan, maktabgacha ta’lim
mtashkilotlarining tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladigan mashg ‘ulotlarda e’tibor
qilinishi zarur bo‘lgan psixologiyaga oid nazariy tushunchalarni yoritdik.
REFERENCES
1.
T.G‘afforova, X. G‘ulomova. G. Eshturdiyeva. 1-sinfda savod o‘rgatish darslari. - Т.:
„O‘qituvchi, 1996.
2.
X. G‘ulomova, Sh. Yo‘dosheva, G .Mamato va , H .Boqiyeva , A .Sobirova
X.G'ulomovaning husnixat o’qitish metodikasi;
3.
Abdullayev Y “Hamrohim” o’quv qo‘llanma Toshkent “0 ’qituvchi” 1996
4.
Bondarenko A.K. Bolalar bog'chasida didaktik o'yinlar: bolalar bog'chasi o'qituvchisi
uchun qo'llanma. - M: Ma'rifat, 1985. - 176s.
5.
Fellowes, J. va Oakley, G. (2014). Til, savodxonlik va erta bolalik ta'limi, 2-nashr.
Melburn, Avstraliya: Oksford universiteti nashriyoti.
6.
Uyda savodxonlik faoliyati va belgilari bolalarning rivojlanayotgan savodxonligi, 1993 va
1999. (NCES 2000-026). V.
7.
Тихеева Е.И. Развитие речи детей. Пособие для воспитателей детских садов. Издание
4-е. –М.: Просвещение. 1981. -144
8.
Eshbekova
G.Maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
yozish
koʻnikmalarini
shakllantirishmuammolari.scienceproblems.uz
ижтимоий-гуманитар
фанларнинг
долзарб муаммолари № 12/2 (3)-202
