Authors

  • Nafisa Husanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.67143

Keywords:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchi dialog rivojlanish pedagog.

Abstract

Mazkur maqola, o‘quvchilar orasida dialogik munosabatlar madaniyatining rivojlanish darajalarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Dialogik munosabatlar madaniyati o‘quvchilar orasida samarali muloqot, tinglash va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu madaniyatning asosiy elementlari o‘quvchilarning bir-birini hurmat qilish, fikr almashish, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni to‘g‘ri tushunish va muammolarni birgalikda hal qilishga qaratilgan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘quvchilar orasidagi muloqotni yanada samarali qilish uchun o‘qituvchilar va pedagoglar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan faoliyatlar, o‘qitish metodlari va amaliy yondashuvlar ham taqdim etiladi. O‘quvchilarda dialogik madaniyatni rivojlantirish uchun sinfda faol muloqotlarni tashkil etish, individual va guruh ishlari orqali o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash zarurati urg‘ulanadi. Ushbu maqola o‘quvchilarda kommunikatsiya va muloqot madaniyatini shakllantirishning ahamiyatini ko‘rsatadi hamda pedagoglarga zamonaviy ta’limda bunday madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar beradi.

background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

229

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DIALOGIK MUNOSABATLAR

MADANIYATINING DARAJALARI

Nafisa Husanova Nurali qizi

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14895846

Annotatsiya.

Mazkur maqola, o‘quvchilar orasida dialogik munosabatlar madaniyatining

rivojlanish darajalarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Dialogik munosabatlar madaniyati

o‘quvchilar orasida samarali muloqot, tinglash va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishga

yordam beradi. Ushbu madaniyatning asosiy elementlari o‘quvchilarning bir-birini hurmat qilish,

fikr almashish, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni to‘g‘ri tushunish va muammolarni birgalikda hal

qilishga qaratilgan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘quvchilar orasidagi muloqotni

yanada samarali qilish uchun o‘qituvchilar va pedagoglar tomonidan amalga oshirilishi kerak

bo‘lgan faoliyatlar, o‘qitish metodlari va amaliy yondashuvlar ham taqdim etiladi. O‘quvchilarda

dialogik madaniyatni rivojlantirish uchun sinfda faol muloqotlarni tashkil etish, individual va

guruh ishlari orqali o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash zarurati urg‘ulanadi. Ushbu maqola

o‘quvchilarda kommunikatsiya va muloqot madaniyatini shakllantirishning ahamiyatini

ko‘rsatadi hamda pedagoglarga zamonaviy ta’limda bunday madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha

aniq tavsiyalar beradi.

Kalit so’zlar:

Boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, dialog, rivojlanish, pedagog.

Boshlang‘ich

sinf

o‘quvchilarida

shakllantiriladigan

dialogik

munosabatlar

madaniyatining dinamik xarakterga ega ekanligini e’tirof etgan holda o‘quvchilari dialogik

munosabatlari darajasi hamda rivojlanish manbalarini ajratish uning shakllanishga imkon

beradigan model qurilishini tahlil qilishga asos yaratadi. Bu esa dialogik munosabatlar

madaniyatining shakllanganlik darajasini tashxislash, pedagogik prognozlash va pedagogik

faoliyat maqsadlarini aniqlashga ko‘maklashadi.

Z. Xolmatovaning fikricha, jarayonni imkon qadar ko‘proq tahlil qilish, turli holatlarning

o‘zaro aloqador jihatlari va qonuniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Izchillik uning ichki tarkibini

oydinlashtirib, jadallashuvni ta’minlaydi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogik munosabatlar madaniyatini shakllantirish

bosqichlarini aniqlash alohida ahamiyatga egaligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

230

Fikriy-qadriyatli hamda hissiy-affektiv komponentlarning o‘zaro birligi jarayonli qismning

barqarorligi va rivojlanishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllanadigan

dialogik munosabatlar madaniyatining uch darajasini aniqlash imkonini beradi. Ular:

Dialogik munosabatlar madaniyatining quyi darajasi - hissiy daraja bo‘lib, uning o‘ziga

xos xususiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hissiy-affektiv rivojlanishida namoyon bo‘ladi.

Bunday o‘quvchilar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yashira olmaydilar, ularda xulq-atvorning

ixtiyorsiz qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Bu kabi o‘quvchilarda fikrlarni bayon qilish, xulq-atvordagi

anglashilganlik vaziyatli xarakter kasb etadi. Ularning hukmlari, ilgari surgan fikrlar u qadar qat’iy

va barqaror bo‘lmaydi. O‘quvchilarning faoliyatlarida qadriyatlarni anglamaslik va ularga amal

qilmaslik holatlari ham kuzatiladi. Bunday o‘quvchilarning kommunikativ texnikasida teskari

aloqa bo‘sh darajada shakllangan bo‘ladi. Muloqot esa aksariyat hollarda hissiy xarakter kasb

etadi. Mazkur darajada muloqotning mazmuni bir xil bo‘lib, uning maqsadlari o‘zaro

farqlanmaydi, muloqot vositalari esa takomillashmagan holda qolib ketadi. Ushbu vaziyatlarda

kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar dalillarni shunchaki to‘plash bilan cheklanib qoladilar.

Bunday o‘quvchilar uchun insoniy munosabatlar doirasini aniqlash juda qiyin kechadi. Ularda

muammolarni anglash va tushunish past darajada shakllangan. Bu boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining o‘quv faoliyatlari va dunyoqarashlari uyg‘unlashuviga to‘sqinlik qiladi.

O‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini namoyon qilishlari past darajada shakllanganligining

sabablaridan biri - o‘quv-tarbiya jarayonining ular shaxsiyatini shakllantirish bilan bog‘liq

jihatlariga yetarlicha e’tibor berilmaganligidadir. Ularda ijtimoiy foydali faoliyat tajribasi

mohiyatini anglash ko‘nikmasi yetarlicha shakllanmagan.

Dialogik munosabatlar madaniyati shakllanganligining o‘rta darajasi - jarayonli darajada

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘proq darajada his-tuyg‘ularni kuzatish jarayoni boshlanadi.

Bunday vaziyatlarda o‘quvchilarning o‘z kechinmalarini boshqara olishlari nihoyatda zarur

hisoblanadi. Shu asnoda ular o‘quv faoliyati bilan bog‘liq kundalik majburiyatlarini bajarishga

kirishadilar. Natijada ularda hissiy holatlarning barqarorligi ortadi. Boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining dialogik munosabatlari jarayonida o‘zaro manfaatdorlik hamda suhbatdoshiga

hamdardlik his-tuyg‘ulari vujudga keladi.

Bunday o‘quvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan ba’zan ijobiy, ba’zan esa vaziyatli

munosabat shakllanadi. Mazkur o‘quvchilar o‘z kuchlari va layoqatlariga to‘liq ishonmaydilar.

Ularga muntazam tarzda nazorat, qo‘llab- quvvatlash va yordam kerak bo‘ladi. Ularning

muvaffaqiyatlari o‘qituvchilari va ota-onalari tomonidan muntazam tarzda e’tirof etilishi kerak.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati yuqori darajadagi kuchli va barqaror mayllar


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

231

bilan tavsiflanadi. Ushbu mayllar o‘quvchilarning ichki qiziqishlarini shaklantiradi va

chuqurlashtiradi. Natijada ularda bilish faoliyatiga nisbatan qadriyatli-fikriy munosabat tajribasi

tarkib topadi.

Dialogik munosabatlar madaniyati shakllanganligining yuqori darajasi - qadriyatli-fikriy

daraja. Bunday ko‘nikmaga ega bo‘lgan o‘quvchilar chuqur o‘ylangan harakatlarni amalga

oshirish va hukmlar chiqarishga moyil bo‘ladilar. Ular o‘zlarining sabr-bardoshliliklari, his-

tuyg‘ularni anglashlari, barqaror hissiy holatga egaliklari bilan farqlanadilar. Bunday o‘quvchilar

og‘ir, vazmin va xushfe’l bo‘ladilar.

Yuqori darajadagi aqliy rivojlanish turli tushunchalar orasida o‘zaro aloqa o‘rnatish

imkonini beradi. Intellektual jihatdan yuqori darajaga erishgan o‘quvchilar abstaksiyalash,

umumlashtirish usullarini osongina o‘zlashtirish bilan bir qatorda, yangi usullar ustida mustaqil

ishlash layoqatini ham egallaydilar. Bunday o‘quvchilarda natijalarni bashorat qilish va oldindan

payqash sifatlari mavjud bo‘ladi.

Qadriyatli-fikriy munosabatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro aloqalar jarayonidagi

mavqelari ularning faol axborot almashinishlari bilan izohlanadi. Dialogik munosabatlar jarayoni

ishtirokchilari orasida narsa va buyumlarni birgalikda tahlil qilish amalga oshadi. Bunday axborot

almashinish sinfdoshlarning bir-birlariga xatti-harakatlarini o‘zgartirish maqsadida ta’sir

ko‘rsatishlari ro‘y beradi. Dialogik ta’sir doirasida kuzatuvchanlik suhbatdoshning munosabatini

anglashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Safarova R, Yusupova F. va b. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib

hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid nazariy-amaliy

yondashuvlar. - T. Fan va texnologiya nashriyoti, 2012. - 115 b.

2.

Safarova R, Yusupova F. va b. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib

hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish

tamoyillari va parametrlari. - T. Fan va texnologiya nashriyoti, 2013. - 142 b.

References

Safarova R, Yusupova F. va b. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid nazariy-amaliy yondashuvlar. - T. Fan va texnologiya nashriyoti, 2012. - 115 b.

Safarova R, Yusupova F. va b. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish tamoyillari va parametrlari. - T. Fan va texnologiya nashriyoti, 2013. - 142 b.