ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
790
TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA 5E YONDASHUV ASOSIDA DARS
MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
Yunusova Navbaxor Axmadjonovna
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14910556
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda 5 E modeli asosida darslarni
tashkil etish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish, qiziqtirish, mavjud bilimlarini tadqiq qilish,
mavzuni turli xil usullar bilan tushuntirish, ko‘nikmalar asosida bilimni amaliyotga qo‘llash va
olgan bilimlarini baholash to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: Singapur ta’limi, 5E modeli, qiziqtirish, jalb qilish, tadqiq etish, qo‘llash,
tushuntirish, baholash.
ORGANIZING LESSONS ON THE BASE OF THE 5E APPROACH IN SCIENCE
TEACHING
Abstract. This article provides information on organizing lessons based on the 5 E model
in teaching natural sciences, attracting students to the lesson, making them interested, researching
their existing knowledge, explaining the topic in different ways, applying knowledge to practice
based on skills, and evaluating their acquired knowledge.
Key words: Singapore education, 5E model, interest, engage, explore, apply elaborate,
explain, evaluate.
ОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ НА ОСНОВЕ ПОДХОДА 5E В ПРЕПОДАВАНИИ
НАУКИ
Аннотация. В данной статье представлена информация об организации уроков
по модели 5 Е при преподавании естественных наук, привлечении учащихся к уроку,
заинтересовывании их, исследовании имеющихся у них знаний, разностороннем объяснении
темы, применении знаний на практике на основе умений и оценке полученных знаний.
Ключевые слова: сингапурское образование, модель 5E, интерес, вовлекать,
исследовать, применят, разрабатыватьб объяснять, оцениватью.
Ta’lim – bu insonning intellektual va ma’naviy rivojlanishining asosiy yo‘li. Yaxshi ta’lim
insonni faqat bilim bilan ta’minlab qolmay, balki uning turmushga yondoshuvini, dunyoqarashini
ham shakllantiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
791
Ta’lim tizimining samaradorligi nafaqat maktabda o‘qitilgan materialga bog‘liq, balki
o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotga, o‘quvchi va muhitga qanday moslashishiga ham
bog‘liqdir.
O‘zbekistonda ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, online ta’limning rivojlanishi, yoshlarni ilg‘or ilm-fan
va texnologiyalarga yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlar ko‘rilmoqda. Biroq, bu tizimning
samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning malakasi va metodikasi, shuningdek, o‘quvchilarga
beriladigan imkoniyatlarga bog‘liq.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy
talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz
ta’kidlaganidek: “
Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori
texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab
ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi
maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi
”.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, umumiy o‘rta ta’lim
tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni
tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali
kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘rta ta’limni
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi
farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib
bermoqda. Ushbu hujjatga asosan o‘quvchilarimizni ijodiy, kreativ va tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish orqali intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilmiy-ko‘nikmalarini
shakllantirish va bu orqali xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erishish, olgan bilimini hayotga
qo‘llash etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab
chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Zamonaviy ta’lim tizimida tabiiy fanlarni samarali o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, tanqidiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalar, jumladan, 5E yondashuvi keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu yondashuv tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi va
ularning bilimlarni hayotiy tajribalar bilan bog‘lashiga yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
792
5E modeli ta'lim jarayonida keng qo'llaniladigan pedagogik yondashuv bo'lib, u
o'quvchilarning bilim olish jarayonini faol va samarali tashkil etishga yordam beradi.
5E yondashuvi
(Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate) dastlab AQShda
BSCS (Biological Sciences
Curriculum Study)
tashkiloti tomonidan 1987-yilda ishlab chiqilgan.
BSCS 5E modeli
dastlab
tabiat fanlari ta’limida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, keyinchalik boshqa fanlarga ham
tatbiq etilib, global ta’lim tizimida keng qo‘llanila boshlandi. Mazkur yondashuvning asosiy maqsadi
o‘quvchilarni mavzuni chuqur o‘rganishga, mustaqil fikrlashga, hamkorlikka va amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirishdir.
Singapur ta'lim tizimida 5E modeli tabiiy fanlarni o'qitishda keng qo'llaniladi. Bu yondashuv
o'quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ko'nikmalarini shakllantirish va
nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lashga yordam beradi. Masalan, Samarqand viloyati Pedagogik
mahorat markazi tomonidan o'tkazilgan seminarlarda Singapur ta'lim tizimining ilg'or tajribalari,
jumladan, 5E modeli asosida dars mashg'ulotlarini tashkil etish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar
o'tkazilib borilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyati maktablarida ham Singapur ta'limiga
asoslangan 5E modeli va so'rovga asoslangan ta'lim (SAT) usullari asosida darslar tashkil etilmoqda.
Bu darslarda o'quvchilarning mavzuga bo'lgan qiziqishi oshib, bilimlarni mustahkamlashga
erishilmoqda. Ushbu model besh bosqichdan iborat:
5E modeli qisqacha tavsifi:
1.
Engage (Jalb qilish):
O‘quvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish va ularga mavjud
bilimlarini faollashtirish imkonini berish.
2.
Explore (Tadqiq qilish):
O‘quvchilarni mustaqil o‘rganish va tajriba orqali bilim olish
jarayoniga jalb etish.
3.
Explain (Tushuntirish):
O‘quvchilar o‘z kuzatuvlari asosida xulosalar chiqarib,
o‘rgangan bilimlarini tushuntirishga o‘rganadilar.
4.
Elaborate (Chuqurlashtirish):
Olingan bilimlarni yangi sharoitlarda qo‘llash va
kengaytirish.
5.
Evaluate (Baholash):
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, shu jumladan
o‘z-o‘zini baholash.
Bu yondashuv hozirda ko‘plab mamlakatlarda STEM (fan, texnologiya, muhandislik va
matematika) ta’limini rivojlantirishda asosiy pedagogik model sifatida foydalanilmoqda.
1.
Engage (Jalb qilish) ning asosiy maqsadi o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otish va
dars mavzusiga e’tiborini jalb qilish hisoblanadi.
Bunda moslashtirish usullariga quydagilarni kiritish mumkin:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
793
- Savollar yoki muammolar bilan boshlash.
O‘quvchilarga yuqori darajadagi tanqidiy
fikrlashni talab qiluvchi savollar berish, masalan, “Darsda murakkab real hayot muammosini
keltirib chiqaring”.
- Tajriba yoki ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
Mavzu bilan bog‘liq texnologik
vositalar, videolar yoki qiziqarli interaktiv faoliyatlardan foydalanish.
- Maqsadga yo‘naltirilgan muhokamalar.
O‘quvchilarga “Nima uchun bu muammo
muhim?” yoki “Bu mavzu bilan hayotda qanday duch kelamiz?” kabi savollar bilan murojaat
qilish.
2
.
Explore (Izlanish) ning o‘quvchilarga o‘z-o‘zini o‘rganish imkoniyatini yaratish.
Moslashtirish usullariga quydagilarni kiritish mumkin:
- O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lish.
Ularning qobiliyatlarini birlashtiruvchi
loyiha yoki tajriba taklif eting.
- Tadqiqot uchun resurslar taqdim etish.
O‘quvchilar mustaqil ravishda tadqiqot olib
borishlari uchun ilg‘or materiallar, kitoblar yoki onlayn platformalardan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘lishlari kerak.
- Eksperimental faoliyat.
Masalan, biologiya darsida tirik organizmlarni kuzatish yoki
kimyo darsida murakkab tajribalarni sinovdan o‘tkazish.
3.
Explain (Tushuntirish) ning o‘
quvchilarga o‘rganilgan bilimlarni tushuntirish va
umumlashtirishga yordam berish.
Moslashtirish usullariga quydagilarni kiritish mumkin:
- O‘quvchilarni tushuntirishga jalb qilish.
Har bir guruh o‘z natijalarini taqdim qilish.
Bu ularning bilim darajasini mustahkamlash va muloqot qobiliyatini rivojlantirish.
-
Vizual vositalar orqali tushuntirish.
Diagrammalar, grafiklar, interaktiv taqdimotlardan
foydalaning.
- Ilg‘or savollar berish.
Masalan, “Ushbu muammo qanday yaxshilanishi mumkin?” yoki
“Yangi texnologiyalar bu sohani qanday o‘zgartiradi?”
4.
Elaborate (Kengaytirish).
Mavzuni chuqurroq tushunish uchun qo‘shimcha
faoliyatlar orqali o‘rganishni kengaytirish.
Moslashtirish usullariga quydagilarni kiritish
mumkin:
- Real hayotdagi qo‘llash. Masalan, fizika darsida energetik yechimlar yoki ijtimoiy
fanlarda ijtimoiy masalalarni hal qilish.
- Murakkab loyiha yoki topshiriq. O‘quvchilarni mavzu bilan bog‘liq kichik tadqiqot
yoki loyiha bajarishga undash.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
794
- Tanqidiy fikrlash.
O‘quvchilarga o‘z yechimlarini tahlil qilish va ularni himoya qilish
imkonini berish.
5.
Evaluate (Baholash).
O‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va baholash.
Moslashtirish usullariga quydagilarni kiritish mumkin.
- O‘z-o‘zini baholash va tahlil.
O‘quvchilar o‘z ishlari haqida yozma yoki og‘zaki
mulohazalar qoldirish.
- Amaliy testlar.
O‘rganilgan bilimni amalda qo‘llash imkonini beruvchi topshiriqlar.
- Birgalikda baholash.
O‘quvchilar o‘zaro ishlari bo‘yicha mulohaza bildirishlari uchun
imkoniyat yaratish.
Tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E yondashuvining afzalliklari:
•
O‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi.
•
Mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
•
Nazariy bilimlarni amaliy tajribalar bilan bog‘lash imkonini yaratadi.
•
O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
•
Baholash jarayoni orqali o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlaydi.
5E yondashuvi asosida tabiiy fan darslarini tashkil etish:
Misol tariqasida "Fotosintez jarayoni" mavzusini ko‘rib chiqamiz:
1.
Qiziqtirish (jalb qilish)
: O‘quvchilarga "Nega o‘simliklar yashil rangda?" degan savol
bilan murojaat qilish. Shu orqali ularning diqqatini mavzuga jalb qilish va qiziqishini oshirish.
2.
Tadqiq etish
: O‘quvchilar kichik guruhlarda o‘simlik barglarini kuzatish va yorug‘lik
ta’sirini o‘rganishadi. Bu jarayon orqali ularning mustaqil tadqiqotchilik qobiliyatlari shakllanadi.
3.
Tushuntirish
: O‘qituvchi fotosintez jarayonining ilmiy asoslarini tushuntiradi,
o‘quvchilar esa o‘z kuzatishlarini izohlaydi va muhokama qiladi.
4.
Chuqurlashtirish (qo‘llash)
: O‘quvchilar o‘simliklarsiz hayotning imkonsizligi haqida
bahs yuritadilar va turli tajribalar orqali bilimlarini mustahkamlashadi.
5.
Baholash
: O‘quvchilar testlar, savol-javob hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z
bilimlarini mustahkamlaydilar.
5E yondashuvi asosida tabiiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar:
•
Darslarda interfaol metodlardan foydalanish:
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib,
muammoli vaziyatlarni muhokama qilishga undash kerak.
•
Tajribalar va kuzatishlar o‘tkazish:
Laboratoriya ishlarini ko‘paytirish orqali tabiiy
jarayonlarni amalda tushunish imkoniyatini yaratish.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
795
•
Texnologiyalardan
foydalanish:
Multimediali
taqdimotlar,
animatsiyalar
va
simulyatsiyalar orqali darslarni yanada qiziqarli qilish.
•
Mustaqil o‘rganish faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash:
O‘quvchilarga mustaqil izlanish
va loyiha ishlari tayyorlash imkoniyatini yaratish.
Xulosa qilib aytganda,
5E yondashuvi tabiiy fanlarni o‘qitishda samarali usullardan biri
bo‘lib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida ushbu yondashuvdan
keng foydalanish tabiiy fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshiradi. O‘qituvchilar dars jarayonida 5E
modelidan foydalanib, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ularning ilmiy bilim va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, o‘z navbatida, tabiiy fanlarni
o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, 5E modeli o'quvchilarning bilim olish jarayonini interfaol va samarali
tashkil etishga xizmat qiladi. Singapur ta'lim tizimida ushbu modelning muvaffaqiyatli qo'llanilishi
boshqa mamlakatlar uchun ham o'rnak bo'lib, ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi
to‘g‘risida”gi 57-12 son qarori.
2.
B.Namdar, M.Kucuk. Preservice Science Teachers’ Practices of Critiquing and Revising
5E Lesson Plans. Journal of Science Teacher Education. 2018, May.
3.
II-Ustozlar Forumi materiallari, 2024
4.
K. Saparov, I. Azimov, M. Umaraliyeva, Z. Tillayeva, I. Abduraxmanova, U. Raxmatov,
S. Haytbayeva, M. Bо‘ronboyeva “Biologiya” 7-sinf darsligi 2022-yil.
5.
Lex.uz
6.
uzedu.uz
