Authors

  • Dilbar Axmatqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68027

Keywords:

Insoniylik axloqiy qadriyatlar tarbiya odob - axloq ilm jaholat ma’rifat oila jamiyat.

Abstract

Ushbu maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida keltirilgan insoniylik, axloqiy qadriyatlar, tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, ahamiyati, milliy odob – axloq masalalari talqini haqida so‘z yuritildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

810

TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA INSONIYLIK VA AXLOQIY

QADRIYATLAR TALQINI

Axmatqulova Dilbar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

2- bosqich magistranti.

dilbaraxmadqulova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14911130

Annotatsiya. Ushbu maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida keltirilgan

insoniylik, axloqiy qadriyatlar, tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, ahamiyati, milliy odob –

axloq masalalari talqini haqida so‘z yuritildi.

Kalit so‘zlar: Insoniylik, axloqiy qadriyatlar, tarbiya, odob - axloq, ilm, jaholat, ma’rifat,

oila, jamiyat.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ЧЕЛОВЕЧНОСТИ И НРАВСТВЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ В

“ОДАМИЛИК МУЛКИ” ТАХИРА МАЛИКА

Аннотация. В данной статье говорится о трактовке гуманности, моральных

ценностей, роли и значении образования в жизни общества, а также вопросах

национальной порядочности и этики, представленных в труде Тахира Малика

Одамилик

мулки

.

Ключевые слова: Человечество, нравственные ценности, образование, нравы –

мораль, наука, невежество, просвещение, семья, общество.

THE INTERPRETATION OF HUMANITY AND MORAL VALUES IN TAHIR

MALIK'S “ODAMIYLIK MULKI”

Abstract. This article talks about the interpretation of humanity, moral values, the role and

importance of education in the life of society, and the issues of national decency and ethics

presented in Tahir Malik's work "Odamiylik mulki".

Keywords: Humanity, moral values, education, manners - morality, science, ignorance,

enlightenment, family, society.

KIRISH

O‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lgan Tohir Malik asarlarining asosiy

qismida axloqiy qadriyatlar, odob-axloq masalalari, insoniylik tushunchalari hamda shaxsning

ijtimoiy mas’uliyati katta o‘rin egallaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

811

Inson-qalb va ruhiyat olamidir. Odam o‘zini jamiyatda to‘laqonli namoyon etishi uchun

faqat iste’dodning o‘zi kamlik qiladi. U iste’dod bilan birga yuksak ma’naviy axloqqa ega

bo‘lmog’i lozim. Insonda adolatlilik, to‘g‘riso‘zlik, sahiylik, husnixulq kabi fazilatlar yoshligidan

shakllanishi lozim. Bular esa qalbni tarbiyalaydi. Qalbning pokizaligi, buyukligi bilan inson ruh

tozaligiga erishadi. Har doim ruh qalbdan ozuqa oladi. Ruhni esa aql boshqaradi. Natijada, komil

inson degan qadriyatga yetib kelamiz. Biz yangilanishlar jarayonida komil insonlarni

tarbiyalashimiz, shakllantirishimiz uchun qalb tarbiyasiga, ruhiyat tarbiyasiga jiddiy e’tibor

bermog‘imiz lozim. Buning uchun esa adabiyot asosiy vosita hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya, axloqqa

oid kitoblarga doimo ehtiyoj sezamiz. Yozuvchi Tohir Malikning bu yo‘nalishdagi juda ko‘p

asarlarini ko‘rishimiz mumkin. “Tiriklik suvi”, “Ko’ngil nimadan qorayadi”, “Nafs kishanlari”,

“Saodat saroyining kaliti”, “Mehmon tuyg‘ular” va biz so‘z yuritishimiz kerak bo‘lgan

“Odamiylik mulki” risolasini aytishimiz mumkin.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqot davomida qiyoslash va tavsiflash usullari yordamida asarni talqin qilishga

harakat qildik.

”Odamiylik mulki” asari aslida axloq kitobi bo‘lib, uchta katta faslni o‘z ichiga oladi.

Asarning birinchi fasli “Ishq” deb nomlanadi. Bu faslda dunyo bozoridagi falokat, saodat

masalalari, shuningdek, axloqiy tarbiya, ota-ona va farzand munosabatlariga doir axloq hamda

muammolar haqida so‘z yuritiladi. Har bir narsaning asosida tarbiya turadi. Dunyoga kelgan

farzand aynan oila bag‘rida dastlabki ko‘nikmalarni egallaydi. Milliy urf-odat va an’analar asosan

bola yoshligidan boshlab jamiyat va oila orqali unda shakllanib, rivojlanib boradi. Bir so‘z bilan

aytganimizda, oila farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tarbiyalovchi

maskan hisoblanadi. Dastlabki axloqiy qadriyatlar, or-nomus, vijdon, to‘g‘riso‘zlilik, insof,

halollik kabi xislatlar yosh avlod ongida yillar davomida oila a’zolari, ota-onasi, jamiyat orqali

shakllanib boradi. Qadimda ham farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Buyuk ajdodimiz

Sohibqiron Amir Temur xonadonida o’rnatilgan tartib qoida bo‘yicha nabiralari tarbiyasi bilan

Saroymulkxonim shug‘ullangan. Bu ulug‘ xonadonda yosh avlodning tarbiyasiga alohida

ahamiyat qaratilgan. O‘z navbatida, Amir Temur bobo sifatida, xususan, Mirzo Ulug‘bekning

harbiy ish, davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi.

Natijada Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun dunyoga mashhur olim,

yetuk falakiyotshunos bo‘lib yetishadi. Buni tarix manbalaridan ko‘rishimiz mumkinki, ulkan

natijalar Sohibqiron xonadonidagi ta’lim va tarbiyaning ildiziga borib taqaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

812

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘gitlari, yillar silsilasida toblangan chuqur hayot

tajribalari yoshlarimizning o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olishida asrlar davomida mayoq

vazifasini bajarib kelmoqda. Afsuski, hozirgi paytda oilada, farzand tarbiyasida milliy va

umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish bilan bog‘liq ko‘plab qiyinchiliklar va muammolar

yuzaga kelmoqda. Aksariyat oilalarda oila a’zolarining bir-biridan uzoqlashishi hamda

begonalashuvining ham guvohi bo‘lyabmiz. Bugungi kundagi zamonaviy oila ko‘rinishi - har

bir oila a’zosi qo‘lidagi uyali aloqa vositasi bilan soatlab vaqt o‘tkazishi, o‘zaro sovuq

munosabatlar, turli avlod vakillarining o‘zaro bir-birini tushunmasligi holatlarini ko‘rishimiz

mumkin. Ba’zi oilalarda ota – onalar ertalabdan kechgacha ro’zg’or tashvishi ilinjida jamiyatning

turli jabhalarida ish bilan band bo‘ladi, ayrimlari esa uyda bo‘lgan vaqtlarida ham o‘z ishlari bilan

ovvora bo‘lib farzandlari ,oila a’zolari uchun deyarli vaqt ajratmaydi. Bu borada ma’rifatparvar,

jadid Abdurauf Fitrat biroz keskinroq quyidagi fikrlarni bildirgan: “...ko‘raylikchi biz

musulmonlar, xususan, turkistonliklar, o‘z farazandlarimizga tarbiya beryapmizmi yoki yo‘qmi?

Savolning oxiridagi so‘z bunga javob bo‘ladi, ya’ni “yo‘q”. Men buni shunday isbot

qilaman: biz, turkistonliklar bolalarimizdan ko‘ra mollarimizga yaxshiroq qaraymiz. Ularni

farzandlarimizdan ham ko‘proq yaxshi ko‘ramiz, deb aytmayabman. Yo‘q – yo‘q, bolalarimiz

jonimizdan ham aziz. Ular nazarimizda hammadan suyukli va ardoqli. Lekin baxtimizga qarshi

shuni e’tirof qilishimiz lozimki, shuncha muhabbat va mehrga qaramasdan eshak va

qo‘ylarimizdan kamroq tarbiyalaymiz. Falon narsani tarbiyalash, ya’ni uni asta – sekin kamolga

yetishtirishdir. Nazarimizda molning kamoli uning semizligi va sog‘lomligidadir. Shu sababli

ularga diqqat e’tiboringizni qaratib, ya’ni ularni tarbiyalab kamolga yetishtirasiz. Ammo

farzandlaringizga shunday diqqat bilan tarbiya bermaysiz.... Haqiqatdan, agar odam qo‘y va

eshakka o‘xshab kamol topishi , bilaklarining kuchliligi bilan chegaralanib qolganda edi, biz ham

farzand sog‘ligi uchun bo‘lgan harakatni, farzand tarbiyasi deb atardik. Tanu to‘shli va sog‘lom

bolani kamolga yetishgan deb qabul qilardik.

Odamning kamoli faqat sog‘lik va kuchdan iborat bo‘lmay, balki jismonan, aqlan va

axloqan yuksalishdan iborat. Odamning jismi, aqli va axloqi turli kasallik va nuqsonlardan uzoq

bo‘lishi lozim...” Bu fikrlar ko‘p yillar oldin aytilgan, lekin ayrim jihatlariga e’tibor bersak , bugun

aytilayotganga o‘xshaydi. Bugun biz farzandlarimizni faqat moddiy tomondan ta’minlashni

o‘ylayabmiz, lekin ularga ma’naviy va axloqiy ozuqa berishni unutib qo‘yayabmiz. Natijada

farzand va ota-ona o‘rtasidagi muloqot jarayoni yanada qisqarib bormoqda, hamda bolalar asosiy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

813

vaqtini yaqinlari bilan emas, balki turli elektron vositalar bilan o‘tkazmoqda. To‘g‘ri, biz axborot

texnologiyalari asrida yashayabmiz, lekin o‘zimiz ham temirga aylanishimiz kerak emas. Shuni

unutmasligimiz kerakki, jamiyatdagi bunday munosabatlar natijasida, yoshlarimiz turli oqim va

begona madaniyatlar ta’siriga tushib, insoniylik degan tushunchadan uzoqlashib ketishi mumkin.

Oiladagi ma’naviy muhit, axloqiy tarbiya har bir insonning kelajagini, ertangi kunini

belgilab beradi. Jumladan, ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy tarbiya masalasini hayot-

mamot masalasi ekanligini quyidagicha ta’kidlagan: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot,

yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”.

Asarning ikkinchi fasli “Baxt” deb nomlangan, ushbu faslda yozuvchi baxt va saodatning

kaliti, ilm olish sirlari, jaholatning zarari, sabr – qanoat hamda nafs haqida fikr yuritilgan. Baxtga

yetishishning asoslaridan biri ilmga intilishdir. Ilmga intilgan kishi eng yaxshi insonlardan biri

hisoblanadi. Odam o‘z insoniy qiyofasini asrash uchun hikmat va ma’rifat libosini kiyishi darkor.

Ilmdan yuz o‘girish insoniylikdan yuz o‘girish demakdir. Chunki ilm insoniylikning toji

hisoblanadi. Inson ilm bilan sharaf topadi. Ilmi bo‘lmagan insonning yaxshi va yomonnning,

foyda va zararning farqiga borishi qiyin bo‘ladi. Bu borada So‘fi Olloyorning quyidagi baytlarini

keltiramiz:

Agar bo‘lmasa ilming, ey sabuk sayr,

Bilur boling vu boling barchasin xayr.

Baytda aytilganki, ey shoshqaloq inson, ilming bo‘lmasa, sen uchun foyda ham, zarar ham

birdir. Zero, sening zaif fikringcha, gunohlaringning barchasi o‘zingga xayrliday bo‘lib ko‘rinadi.

Demak, inson gunoh va savobning farqiga borish uchun ham bilimga ega bo‘lishi lozim.

Insonlarning boshiga tushadigan kulfat va zulmning asosiy boisi – jaholatdir. Kulfat va

zulmdan xalos bo‘lishning yagona davosi esa – ilm. Jaholat bu aslida haqiqatdan bexabarlikdir.

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish lozim.

Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari ilm o‘rganish bilan shug‘ullanmaydigan, ilmdan yiroq

kishilarni “nodon” deb ataydilar. Johilliklari aniq bo‘lgani sababli ham ular nodondirlar:

Avval - oxir xo‘blar ketti, qoldim yolg‘iz,

Nodonlardin eshitmadim bir yaxshi so‘z.

Dono ketti, nodon qoldi, yedim afsus,

Yo‘lni topmay, hayron bo‘lub qoldim man.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

814

Ilmdan yiroq kishilar doimo nodonlik ostonasida turishadi, chunki ularda o‘zlari

gapirayotgan so‘zlarni anglamaydi va boshqalarga ham tushuntira olishmaydi. Jaholatning oldini

olish uchun birinchi navbatda ilm – ma’rifatga, ta’lim-tarbiyaga e’tiborni kuchaytirish lozim.

Kitobning uchinchi fasli “Saodat” deb nomlanib, unda husnixulq, axloqiy qadriyatlar,

odob-axloq masalalari talqin qilingan.

XULOSA

Axloq ijtimoiy masala va u jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Faqat ijtimoiy

munosabatlarda ahamiyati bilinadi va ko‘zga tashlanadi. Axloq ijtimoiy masala bo‘lgani uchun

faqat bir kishiga bog’liq emas. Bir xonadondan bir - ikki kishining odobli bo‘lishi kifoya

qilmaydi. Chunki inson axloq munosabatlarini yakka holda yuzaga keltirolmaydi. Atrofdagi

odamlar bilan o‘zaro munosabatlarda, ya’ni insoniy munosabatlarda shu jamiyatga xos bo‘lgan

axloq majmuasi shu jamiyatga mansub bo‘lgan insonlar tomonidan davom ettiriladi va tahlil

qilinadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, insoniylik fazilatlari, qachonki, hayotiy tajribalarda aks etib,

shaxsning munosabatga kirishish jarayonida yorqin namoyon bo‘lsa, bu uning tarbiyalanganlik

darajasini belgilaydi. Jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga diqqat

e’tiborni qaratishimiz lozim. Chunki, jamiyatni ma’naviy - axloqiy tarbiyalangan insonlarsiz

tasavvur etib bo‘lmaydi.

REFERENCES

1.

Malik, Tohir. (2022)

“Odamiylik mulki”.

–T.: “Tohir MALIK nomidagi nashriyot uyi”.

2.

Ahmad Yassaviy. (2007)

Hikmatlar.

3.

Abdurauf Fitrat

.(2000) Oila. – T.: “Ma’naviyat”.

4.

So‘fi Olloyor (1991) “

Sabot ul-ojizin”

sharhi. Tuzuvchi Abdusodiq Irisov. “Mehnat”

nashriyoti.

5.

Malik, Tohir. (2019)

“Ko‘ngil nimadan qorayadi”.

“Yangi asr avlodi”.

References

Malik, Tohir. (2022) “Odamiylik mulki”. –T.: “Tohir MALIK nomidagi nashriyot uyi”.

Ahmad Yassaviy. (2007) Hikmatlar.

Abdurauf Fitrat.(2000) Oila. – T.: “Ma’naviyat”.

So‘fi Olloyor (1991) “Sabot ul-ojizin” sharhi. Tuzuvchi Abdusodiq Irisov. “Mehnat” nashriyoti.

Malik, Tohir. (2019) “Ko‘ngil nimadan qorayadi”. “Yangi asr avlodi”.