ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
815
OILA XUSUSIDA SHARQ MUTAFAKKIRLRINING FALSAFIY QARASHLARI
Ziyayeva Sojibi Shermirzayevna
Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litsey psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14911153
Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o’zaro qurmat,
tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog`langan kichik ijtimoiy guruh oila deyiladi.
Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o’zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi:
birinchidan, oila ko’p muddatga, ya'ni bir necha o’n yillar va ko’p yillarga mavjud bo’ladi;
ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya'ni
milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar
o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy,
psixologik, xissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida yoki salbiy yoki ijobiy qolatlar
yuzaga keladi, ya'ni oila a'zolaridan kimningdir kimgadir ta'siri oqibatida shaxs yoki yaxshi
shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og’ir, xulqi buzuq odam bo’lib
tarbiyalanishi mumkin.
Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila
a'zolarining o’zaro munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga
keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har
bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o’rganilib kelinganligini va ularning
qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning
xukmingizga havola etish orqali oila, o’zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda
doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon
jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida
asosiy masalalardan bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Farobiy,
AbuRayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Koshqariy, Kaykovus, Xotam
Ibn Toy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin Ibn Faxriddin, Muqimiy,
Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va
yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki,
ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
816
Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e'tibor berilgan, shuning
uchun biz yuqoridagi buyuk
mutafakkirlarning ayrim pedagogik va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini taqlil etish orqali
talabalarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz.
Sharq mutaffakirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki,
ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan, ayniqsa,
shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi
va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e'tibor berilgan. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin
bo’lgan sifatlar - halollik, poklik, mardlik, so’zomollik, mehribonlik, xaqgo’ylik kabi qator
fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insondagi insoniy munosabatlarda
namoyon bo’ladigan yuksak fazilatlar avvalo ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat
taraqqiyotiga ijobiy ta'siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z
falsafiy, sosiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.
Zardushtiylikning qadimiy kitobi - "Avesto" da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila
barqarorligida er va xotinning baravar mas'ulligi, farzand tarbiyasi to’g’risidagi fikrlar bayon
etilgan. Oilaning tinch va farovon bo’lishi nimalarga bog’liq ekanligi haqida esa: "Porso, inson uy
tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o’rin ajratib bersa, uyida noz-ne'matlari muhayyo
bo’lib, xotin va
farzandlari farovon yashasa, uyida e'tiqod, sobit olovli alangali, boshqa narsalari ham mo’l-ko’l
bo’lsa, o’sha manzil muhtaramdir",- deb yozilgan.
Shuningdek, unda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya etishi lozim
bo’lgan. Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda er-xotinni o’zaro sodiq, g’amxo’r, mehribon
bo’lishlari lozimligi va ayolning xaq-huquqi qimoya qilish o’sha davrda ham qonun darajasiga
ko’tarilganligi ma'lumdir. Umuman olganda, zardushtiylik davridanoq oila masalalariga katta
e'tibor qaratilgan bo’lib, bu esa oilaning jamiyatda tutgan o’rni va mavqeini mustahkamlash uchun
azal davrlardanoq zamin yaratilganligini kuzatamiz.
Ma'lumki, Islom dinining muqaddas manbaalaridan bo’lmish qur'on va hadislarda ham
odob-axloq, ayollarning turmushdagi o’rni va vazifalari, er va xotin o’rtasidagi munosabatlar,
bolalar tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat masalalariga keng o’rin berilgan.
Quyida hadislar to’plamidan bir necha misollar keltiramiz:
"Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o’z aqli-ayoliga foydasi ko’p tegadigan kishidir" /18-
hadis/ , "Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog’i uning eridir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
817
Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirog’i - bu uning onasidir" /34-hadis/;
"Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz" /38-hadis/;
"Qachonki er o’z xotiniga va xotin o’z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bilan
qaraydi, bordiyu kaftini kaftiga qo’ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to’kiladi" /44-
hadis/; "Sizlarning har biringiz bamisoli cho’pondirsizlar va o’z qo’l ostingizdagilarga
mas'uldirsizlar, Podshoh o’z fuqarolariga, er o’z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o’z
xo’jasi moliga, farzand o’z otasi mulkiga mas'uldir. Demak har birlaringiz mas'uldirsizlar"
/116-hadis/; " Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi, /136-hadis/.
Keltirilgan namunalardan ko’rinadiki, demak diniy manbalarda ham oilaning muqaddas
ekanligi, erkak va ayollarning oila oldidagi burch va mas'uliyatlari, ota-onaning bola va o’z
navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xotiniga hurmat va e'zozi muqaddas
qadriyatlar sifatida qaralgan ekan.
Agar xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga ko’chib
saqlanib kelgan bo’lsa, xalqning eng donishmandlari va olimlari o’z qimmatli fikrlarini xalq
an'analariga tayangan holda o’z asarlarida yoritib, ularni kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar,
shunday faylasuf-olimlardan biri Abu Nasr Forobiydir. Uning inson kamoloti, baxti, ta'lim va
tarbiyasi, umuman axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va
tushuntirishlardan iborat o’git bo’lib, axloq nazariyasini boyitdi. Uning ta'limotlarida
keltirilishicha, haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nisbatan g’ayirligi, zulmi yo’qolgandagina
bo’ladi, oila a'zolarining bir-birlariga samimiy munosabatlari, mehru-oqibatlari esa ana shu
oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Bundan tashqari, har bir ota-onaning o’z farzandlari
uchun birlamchi ustoz, yo’l ko’rsatuvchi ekanligi va aynan ular bolada ta'lim-tarbiyaga kerakli
tayyorgarlik holatini shakllantirish ta'siriga ega ekanligi to’g’risidagi xulosalar mutafakkir
qarashlarining hozirgi kunlar uchun ham naqadar ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi.
O’rta asrlarning buyuk arbobi, olim-ensiklopedist Abu Rayqon Beruniy /973-1048/
Forobiy qarashlari ta'sirida qator fanlar bobida o’z izini qoldirgan donishmanddir. Uning ko’pgina
asarlarida inson odobi va axloqi xususidagi noyob fikrlar o’z ifodasini topgan, Mutaffakkir
o’zining "Minerologiya", "Geodeziya", "Hindiston", "O’tgan avlodlar obidalari" nomli
asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki, xalovat va lazzati, sabr-toqat va kamtarlik
, go’zallik va did, poklik va xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruqiyatining bilimdoni sifatida
ta'rif bergan. U bunday yozadi: "Inson jamiyatda o’z qarindosh-urug’lari bilan birlashib olishga
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
818
majburdir, bundan maqsad bir-birini qo’llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o’zini,
ham boshqalarini ta'minlash uchun ishlarni bajarishdir". ( Minerologiya, 1966, 10-bet).
A.R.Beruniy "ozodalik va orastalik olijanoblikning o’zagi" bo’lishi kerakligini uqtiradi;
insonning tashqi yoqimli qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi o’rtasidagi bog’liqlik haqida
gapirib, "tishni yuvib, ko’z va qovoqlarni toza tutish, ularga surma qo’yish, sochni esa zarur
bo’lganda bo’yab, tirnoqlarni olib turish va silliqlash" inson salomatligi va ruhiy pokligining
asosidir, deb ta'kidlaydi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q,
chunki oila a'zolarining, er-xotinning ushu ko’rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining
zaminlaridan biridir.
Axloq-odob egasi bo’lgan inson eng avvalo o’z yurish-turishi, muomala madaniyatida,
hayot kechirishida, oila barqarorligida namuna bo’lishi kerakligi haqidagi fikrlari olimning oila
etikasi bo’yicha ibratli qarashlaridan namunadir. "Inson o’z ehtiroslariga xukmron, ularni
o’zgartirishga qodir, o’z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek narsalarga
aylantirishga, uni ma'naviy shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, axloq haqidagi
kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir".
Shunday qilib, Beruniy o’z ustozlari izidan borib, o’zining gumanistik umuminsoniy
qarashlari bilan oila psixologiyasiga munosib hissasini qo’shdi. U insonlar o’rtasida o’zaro bir-
birlarini tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdi-ki, bu qarashlar bizning
davrimizda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq mutaffakkirlaridan biri,
butun Evropa xalqlari ham uning qomusiy bilimdonligini tan olgan alloma Abu Ali Ibn Sinodir
/980-1037/. Buyuk olim sifatida u barcha hodisalarning ilmiy mohiyatini ochib berishga qarakat
qilgan. Ibn Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo’lib, u bola
tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning qo’llanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga
bolani qattiq tana jazosidan ko’ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma'qulligini uqtirgan.
Mutafakkirning qalamiga mansub bo’lgan "Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari",
"Uy xo’jaligi" kabi qator asarlari O’rta Osiyo xalqlari axloq-odobi, psixologiyasi va tabobat
olamida alohida o’rin tutgan yirik ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o’rnini alohida ta'kidlagan. Oila va oilaviy
munosabatlar masalasi uning "Tadbiri manzil" asarida alohida o’ziga xos tarzda bayon etilgan.
Oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, Ibn Sino, avvalom bor oila
boshlig’i oldiga qator talablarni qo’yadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
819
Oila boshlig’i, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini
mukammal o’zlashtirmog’i lozim. Agar oila boshlig’i tajribasiz bo’lsa, u o’z a'zolarini yaxshi
tarbiyalay olmaydi, oxir oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat
ushbu oila, balki qo’shnilarga, mahalla-kuyga ham yomon ta'sir qilishi mumkin.
REFERENCES
1.
Алешина Ю.Е. Индивидуальное и семейное психологическое консультирование. –
М.: Класс, 2004.
2.
Jalilova S.X., G‘ayibova N.A. Umumiy psixodiagnostika. T.:-2017.
3.
G‘ayibova N.A. “O‘smir sibling maqomining tengqurlari bilan bo‘ladigan shaxslararo
munosabatlarga ta’siri”. Monografiya T.: -2016.
4.
G‘ayibova N.A. Oilada farzandlar o‘zaro munosabatlarini o‘rganish. Metodik qo‘llanma.
T.: 2014.-68 b.
5.
Karabanova O.A. Psixologiya semeynыx otnosheniy i osnovы semeynogo
konsulьtirovaniya: Uchebnoe posobie. M.: Gardariki, 2005. 320 s.
6.
Осипова А.А. Общая психокоррексия. Учеб. пособие. М.: СФЕРА, 2002 г. 510 с.
