Authors

  • Saodat Raximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68036

Keywords:

Kislorod miqdorining kamayishi karbonad angidridning ortishi meva sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytiradi. Kasalliklar (chirish mogʻorlash va boshqalar).

Abstract

Meva va sabzavotlarni saqlash jarayonida ularning fizik xossalarini bilish, saqlashda bu xossalardan ilmiy asosda foydalanish muhim hisoblanadi. Meva va sabzavotlarning fizik xossalari ularni yig‘ib-terib olishda, tashishda hamda saqlashda katta ahamiyatga ega.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

708

MEVA VA SABZAVOTLARNING FIZIK XOSSALARI VA ULARNI SAQLASHDAGI

O‘ZGARISHLAR

Raximova Saodat Madaminovna

Astraxan davlat texnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filialining

“Suv resurslari va texnologiyasi” kafedrasi Mahsulotlarni saqlash, tashish va sotish

texnologiyalari fani o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14902876

Annotatsiya.

Meva va sabzavotlarni saqlash jarayonida ularning fizik xossalarini bilish,

saqlashda bu xossalardan ilmiy asosda foydalanish muhim hisoblanadi. Meva va sabzavotlarning

fizik xossalari ularni yig‘ib-terib olishda, tashishda hamda saqlashda katta ahamiyatga ega.

Kalit so’zlar:

Kislorod miqdorining kamayishi, karbonad angidridning ortishi meva,

sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytiradi. Kasalliklar (chirish, mogʻorlash va boshqalar).

PHYSICAL PROPERTIES OF FRUITS AND VEGETABLES AND CHANGES DURING

THEIR STORAGE

Abstract.

It is important to know the physical properties of fruits and vegetables during

their storage and to use these properties on a scientific basis. The physical properties of fruits and

vegetables are of great importance in their harvesting, transportation and storage.

Keywords:

A decrease in the amount of oxygen, an increase in carbon dioxide extend the

shelf life of fruits and vegetables. Diseases (rot, mold, etc.).

ФИЗИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ФРУКТОВ И ОВОЩЕЙ И ИХ ИЗМЕНЕНИЯ ПРИ ИХ

ХРАНЕНИИ

Аннотация.

Важно знать физические свойства фруктов и овощей во время их

хранения и использовать эти свойства на научной основе во время хранения. Физические

свойства фруктов и овощей имеют большое значение при их сборе, транспортировке и

хранении.

Ключевые слова:

Снижение уровня кислорода и повышение уровня углекислого газа

продлевают срок хранения фруктов и овощей. Болезни (гниение, плесень и т. д.).

Meva va sabzavotlarning fizik xossalariga ularning suv bug‘latishi, terlashi, issiqlik

xossalari, mexanik pishiqligi, to‘kiluvchanligi, o‘z-o‘zidan sortlarga ajralishi, g‘ovakligi va

boshqalar kiradi. Saqlash jarayonida mahsulotlar suvni ko‘p miqdorda bug‘latadi, terlaydi va

natijada so‘lib qoladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

709

Bug‘lanish miqdori mevaning turi, navi, morfologik tuzilishi hamda uning kimyoviy

tarkibiga bog‘liq. Po‘sti yupqa, po‘stining mum g‘ubori sidirilib ketgan, hujayra tarkibida

oqsil va kolloid moddalar kam bo‘lgan, suvni saqlab qolish xususiyati past bo‘lgan meva

va sabzavotlar suvni tez bug‘latadi va so‘liydi. So‘ligan mevalar tez buziladi va uzoq

saqlanmaydi. Havoning harorati baland, namligi past bo‘lib, uning ombordagi harakati tez

bo‘lsa, bug‘lanish tezligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Mayda mevalar yirik mevalarga

qaraganda nisbatan suvni tez yo‘qotadi.

Bug‘lanish tezligi mevadagi suvning miqdoriga ham bog‘liq. Agar meva terishdan oldin

sug‘orilsa terilgan mevalar sersuv bo‘lib, saqlash davrining boshida tarkibidagi suvni tez

bug‘latib so‘lib qoladi. Ko‘pincha ularda achchiq mog‘or hosil bo‘ladi, danakli mevalarning

danagi yorilib ketadi. Terishdan oldin uzoq vaqt suv ichmagan mevalar ham saqlash vaqtida suvni

tez bug‘latadi va so‘lib qoladi.

Bug‘lanish mevalarda suvning taqsimlanishiga ham bog‘liq. Masalan, nokda suvning

ko‘p qismi hujayra oralig‘ida joylashgan bo‘ladi, shu sababli u suvni tez bug‘latadi.

Mevalar saqlanishining dastlabki kunlarida suvni juda tez bug‘latadi, bunda mevalar

tarkibidagi erkin suvdan xalos bo‘ladi. So‘ngra bug‘lanish pasayadi, meva yetilishi bilan

bug‘lanish kuchayadi. Meva va sabzavotlar idishga joylashgan yoki to‘kma holda qalin qilib va

ustidan havo o‘tishi uchun ochiq joy qoldirilmay joylanganda ular terlay boshlaydi. Yashik yoki

uyum o‘rtasidagi harorat odatda ombor haroratidan yuqori bo‘ladi. Shu sababli yuqori qavatdagi

yoki yon tomondagi mevalar terlaydi. Bunda ular tez buziladi. Ularning sirtidagi namlik

mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

710

Meva va sabzavotlarni saqlash uchun sun‘iy usulda sovutgichlarda va tabiiy usulda

ventilyatsiya tashqi havo yordamida muzlatiladi. Meva va sabzavotlarning muzlashi 0,5 dan

3°С gacha yuz beradi. Mevalarning muzlash harorati ular tarkibidagi suvning miqdoriga

bog‘liq.

Mevalar qanchalik tez sovitilsa zararli mikroorganizm-larning rivojlanishi va biokimyoviy

jarayonlar sekinlashadi, natijada mahsulotning saqlanish muddati uzayadi va nobudgarchilik

kamayadi. Muzlatishda meva va sabzavotlar tarkibidagi suv turli muddatlarda muzlaydi.

Avvalo erkin suv, ya‘ni hujayra oralig‘idagi suv keyin esa hujayra tarkibidagi suv

muzlaydi. Kichik idishlardagi va to‘kma qilib joylangan mevalar, hajmi kichik mevalar odatda

tez muzlaydi. Ko‘pincha qattiq muzlatish natijasida hujayralarning suvsizlanib qolishi, oqsillar va

plazmaning hamda boshqa kolloid moddalarning qaytarilmaydigan kaogulyatsiyasi natijasida

mevalar nobud bo‘ladi. Mexanik shikastlangan mevalar ularning sovuqdan nobud bo‘lishini

kuchaytiradi.

Meva va sabzavotlarning issiqlik xossalari ham ularni saqlashda muhim ahamiyatga

ega. Ular issiqlikni va haroratni yomon o‘tkazishi bilan xarakterlanadi. Shu sababli hamda

g‘ovakligi katta bo‘lganligi uchun ular juda sekinlik bilan soviydi va isiydi.

Meva va sabzavotlarning issiqlik va harorat o‘tkazuvchanligi yomon bo‘lganligi uchun

omborlarda o‘z-o‘zidan qizish jarayoni paydo bo‘ladi va natijada saqlanayotgan mahsulotning

bir qismi yo‘qotiladi. Omborlardagi havoning harorati, namligi meva va sabzavotlarni

saqlashda ularning issiqlik ajratib chiqarish tezligiga bog‘liq. Meva va sabzavotlarning issiqlik

ajratib chiqarish xususiyati nafas olish tezligiga bog‘liq u ajralib chiqadigan karbonat angidrid

miqdoriga qarab hisob qilinadi. Meva va sabzavotlarning tarkibida suv ko‘p bo‘lganligi sababli

ularning issiqlik sig‘imi baland. Odatda meva va sabzavotlarning issiqlik sig‘imini hisoblashda

undagi suvning miqdori hisobga olinadi.

Masalan, pomidorning tarkibida 86% suv bo‘lsa, uning issiqlik sig‘imi 860 kkal/t °С ga

teng bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

711

Meva va sabzavotlarning issiqlik sig‘imini va undan ajralib chiqadigan issiqlik

miqdorini bilgan holda ombordagi mahsulotning harorati qanchalik oshganligini hisoblash

mumkin. Masalan, kartoshka saqlanadigan omborda issiqlik ajralib chiqishi 15°С da sutkasiga 570

kkal/t ga teng bo‘ladi. Issiqlik sig‘imi esa agar tuganakda 85% suv bo‘lsa, 850 kkal/t°С bo‘ladi.

Bunda kartoshka uyumida haroratning oshishi sutkasiga 570:850=0,67°С ni tashkil

qiladi.

REFERENCES

1.

Bo’riyev H Ch., Jo’rayev R., Alimov O. Meva sabzavotlarni saqlash va daslabki ishlov

berish. – T.: Mehnat, 2002. – 45-56 b.

2.

Bo’riyev H, Zuyev V., Qodirxo’jayev O., Muxamedov M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari

yetishtirishning progressiv texnologiyasi” kitob. – T.: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,

2002. – 221-225 bet.

3.

file:///C:/Users/samsung/Downloads/ZDTF0205.pdf

4.

Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING

XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. –

2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 91-93.

5.

Yusubjanovna A. M. BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI VA UNI

BAJARISHNING UMUMIY QOIDAIARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC

RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 1.

6.

Abdusubxon o’g’li U. S. et al. YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI

OLISHNING ZAMONAVIY USULLARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC

RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 6.

7.

M.B. ISAKOVA “INTERYERDA KOMPOZITSIYA VA RANG” Toshkent «Info Capital

Group» 2018 – yil. 32-40-sahifalar

References

Bo’riyev H Ch., Jo’rayev R., Alimov O. Meva sabzavotlarni saqlash va daslabki ishlov berish. – T.: Mehnat, 2002. – 45-56 b.

Bo’riyev H, Zuyev V., Qodirxo’jayev O., Muxamedov M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari yetishtirishning progressiv texnologiyasi” kitob. – T.: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002. – 221-225 bet.

file:///C:/Users/samsung/Downloads/ZDTF0205.pdf

Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 91-93.

Yusubjanovna A. M. BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI VA UNI BAJARISHNING UMUMIY QOIDAIARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 1.

Abdusubxon o’g’li U. S. et al. YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI OLISHNING ZAMONAVIY USULLARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 6.

M.B. ISAKOVA “INTERYERDA KOMPOZITSIYA VA RANG” Toshkent «Info Capital Group» 2018 – yil. 32-40-sahifalar