2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
248
MIKROBLARGA QARSHI VOSITALAR. ANTIBIOTIKALAR
Abduraxmonov Maxsud Karimovich
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi “Farmatsiya” kafedrasi
katta o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14911222
Annotatsiya. Ushbu maqolada mikroblarga qarshi qo’llaniladigan dori vositalari ya’ni
antibiotiklar haqidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, antibiotiklarning qanday
holatlarda qo’llanilishi hamda ularning tarkibiga kiradigan dori vositalari keltirib o’tildi.
Kalit so’zlar: Antibiotiklar, bakteriya, benzilpenitsillin, ekmovotsillin, bitsillin,
eritromitsin, oleandomitsin fosfat, streptomitsin, levomitsetin.
Abstract. This article presents general information about antimicrobial drugs i.e.
antibiotics. In particular, in what cases antibiotics are used, as well as drugs that are part of their
composition, were cited.
Keywords: Antibiotics, bacteria, benzylpenicillin, ecmovocillin, Bicillin, erythromycin,
oleandomycin phosphate, streptomycin, levomycetin.
Kirish
Inson hayoti havf ostida bо‘lgan holatlarda, ya’ni organ va tizimlarning bakterial
zararlanishida, sepsisda, intoksikatsiya holatlarda, organizmning immun tizimi о‘zi kurasha
olmaydi, bunda infeksiya bilan kurashadigan yagona qurol antibiotiklardir.
Barcha mutaxassislikdagi shifokorlarning amaliyotida infeksion jarayonlar uchraydi.
Ularning qо‘zg‘atuvchisi bakteriya, virus, zamburug‘, sodda hayvonlar va boshqalar bо‘lishi
mumkin. Infeksiyani yо‘qotish uchun qо‘zg‘atuvchini hayot faoliyatini tо‘xtatish yoki uni
susaytirishga qaratilgan etiotrop davo о‘tkazish zarur. Infeksiyaga qarshi DV barcha boshqa
preparatlardan farqi, aynan qо‘zg‘atuvchilarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatib, ularni yashashi
va kо‘payishini tо‘xtatadi. Bu preparatlar infeksiya qо‘zg‘atuvchisiga nisbatan tanlab ta’sir
kо‘rsatgani uchun, zamonaviy tibbiyotda ularni “mikrobga qarshi”, davolashni esa — “mikrobga
qarshi ximioterapiya” termini bilan belgilanadi. Makroorganizmga zarar keltirmasdan,
mikroorganizmlarni о‘sishi va kо‘payishini sо‘ndiruvchi moddalar “antibiotiklar” deb ataladi.
Asosiy qism
Antibiotiklar mikroorganizmlarning yashash qobiliyatini susaytiradigan moddalar bo’lib,
ular mikroblar o’rtasidagi antagonizm - antibioz xodisasi natijasida mikrob xujayrasida ishlanib
chiqadi. Antibiotiklar bakteriostatik, bakteritsid va bakteriolitik ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
249
antibiotiklar kam dozada va qisqa muddat qo’llanganda mikroblarning rivojlanishini to’xtatadi,
qisqa konsentratsiyalarda va uzoq vaqt qo’llanganda esa, mikroblarni nobud qiladi. Antibiotiklar
mikroblarning ayrim gurpalariga tanlab ta’sir ko’rsatadi. Ular organizmga, asosan, og’iz orqali va
parenteral yo’l bilan yuboriladi. Antibiotiklar dozasi ta’sir birliklari (TB) bilan ifodalanadi.
Antibiotiklar, ularni xosil qiluvchi mikroorganizmlar yashab turgan kultura, suyuqligida
xosil bo’ladi, ba’zilari esa sintetik yo’l bilan olinadi. Bu preparatlarga benzilpenitsillin,
ekmovotsillin, bitsillin, fenoksimetilpenitsillin, eritromitsin, oleandomitsin fosfat, streptomitsin,
levomitsetin, tetratsiklin, gramitsidin va boshqalar kiradi.
Penitsillin
. Mog’or zamburug’larining ba’zi turlaridan olinib, bir necha ko’rinishda
chiqariladi. Jumladan, kristall benzilpenitsillin - natriy tuzi va tuzi ko’proq ishlatiladi. Bu ikkala
preparat oq kristall poroshok bo’lib, suvda oson eriydi (spirtda ham eriydi). Qaynatilganda tez
parchalanadi. Streptokokklar, gangrena, suzak, meningit, sepsis qo’zg’atuvchilari va boshqalarga
bakteriostatik, ayrim hollarda bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Chechak, poliomiyelit, gripp viruslari,
sil kasalligi, brusellyoz va toun qo’zg’atuvchilari hamda ichak tayoqchalariga ta’sir etmaydi.
Benzilpenitsillin preparatlari sutkasiga 200000-1000000 TB dan muskul orasiga yuboriladi.
Bunda ular tez so’rilib, 20-30 minutdan so’ng qonda maksimal konsentratsiyasi xosil bo’ladi va
3-4 soat saqlanib turadi. Shu boisdan, preparatning qondagi konsentratsiyasini bir meyorda saqlash
uchun uni takror yuborib turiladi.
Ba’zan organizmga preparatlar yuborilganda noxush alomatlar ro’y beradi. Bunday
alomatlar organizmi o’ta sezgir odamlarda ko’proq uchrab, bosh og’rig’i, isitma ko’tarilishi va
terida turli o’zgarishlar sodir bo’lishi bilan o’tadi. Penitsillin qo’llangandan so’ng anafilaktik shok
ro’y berib, o’lim sodir bo’lgan xollar ham ma’lum. Penitsillin preparatlari ingalyatsiya usulida
qo’llanilganda allergik xarakterdagi faringit va laringit kuzatilishi, bronxial astma xuruji ro’y
berishi mumkin.
Odatda, preparatning noxush ta’siri, uni berish to’xtatilgach, yo’qoladi. Mabodo, ular
qo’llanganda og’ir allergiya reaksiyalar ro’y bersa, adrenalin, dimedrol, kalsiy preparatlari va
boshqalar buyuriladi. Bronxial astma allergik kasalliklar bilan og’rigan va eshakyem toshgan
bemorlarga hamda boshqa antibiotiklarga nisbatan o’ta sezgir kishilarga penitsilin buyurish
mumkin emas. Benzilpenitsillin natriyli va kaliyli tuzlarining dozasi kasallik xarakteri, bemor
yoshi va boshqalarga qarab belgilanadi. Kattalar uchun bir martalik dozasi 50000 TB dan 200000
TB gacha, sutkasiga 200000 - 1000000 TB. Preparatning xar 100000 TV ni 1 ml 0,25-0,5% - 1%
li novokainda eritib muskul orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Benzilpenitsillinning natriyli va
kaliyli tuzlari faqat vrach buyurgan xollarda qo’llaniladi. Preparatlar og’zi maxkam berkitilgan
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
250
shisha flakonlarda 100000; 200000; 300000; 500000 va 1 000 000 TB dan qilib chiqariladi.
Xarorat 20 gradusdan oshmaydigan sharoitda extiyotlik bilan ( B ro’yxati) saqlanadi. Inyeksiya
qilish uchun tayyorlangan eritmalarini darxol ishlatish kerak, zarur bo’lgan taqdirda salqin va
qorong‘u joyda 1-2 sutkagacha saqlash mumkin.
Ekmonovotsillin
. Benziliyenitsillin novokainli ekmolinning suvli eritmasidagi
suspenziyasi. Yuborish oldidan 300000 yoki 600000 TB benzilpenitsillinning novokainli tuzi va
2,5 yoki 5 ml ekmolinning suvdagi eritmasini aralashtirib tayyorlanadi. Penitsillin qo’llaniladigan
barcha hollarda sutkasiga bir marta yuboriladi.
Suspenziya quyidagicha tayyorlanadi: ekmolin solingan flakon qopqog’ini spirt bilan artib,
sterillangan shprits va igna bilan teshilgach, 2,5-5 ml ekmolin olib, benzilpenitsillinning
novokainli tuzi yoki natriyli yoxud kaliyli tuzi aralashmasi bor flakonga solinadi. Flakon biroz
silkitiladi va ana shunda sut kabi ok suspenziya xosil bo’ladi. Uni darxol dumbaning tashqi yuqori
qismiga, kattalarga 300000-600000 TB, bolalarga 100000-300000 TB ( xar 1-kg vaznita sutkasiga
10000-15000 TB dan yuboriladi). Preparat faqat muskul orasiga inyeksiya qilinadi.
Ekmonovotsillin ikkita aloxida flakonda beriladi: birida benzilpenitsillinning novokainli tuzi,
ikkinchisida - ekmolin eritmasi bo’ladi. B gruppasi bo’yicha saqlanadi.
Bitsillin.
Suvda juda kam, spirtda yaxshi eriydigan oq poroshok. Suv bilan
aralashtirilganda turg’un suspenziya xosil bo’ladi. Preparat faqat muskul orasiga yuboriladi: u asta
- sekin surilib, uzoq muddatgacha qonga o’tib turadi. Streptokoklar, pnevmokoklar, stafilokoklar
va boshqa koklar qo’zg’atgan yuqumli kasalliklar, shuningdek, revmatizm va zaxm kasalliklarini
davolash va oldini olishda qo’llaniladi. Bitsillin suspenziyasi ishlatish oldidan tayyorlanadi. Uni
kattalarga xaftada bir marta 300000 yoki 600000 TB dan, yoxud har 2 xaftada bir marta 1200000
TB dan yuboriladi. Revmatizm qaytalanishi (retsidiv) ning oldini olish maqsadida 6 xafta
davomida xaftada bir marta 600000 TB dan yuboriladi. Bolalarga har 1-kg vazniga haftasiga bir
marta 5000-10000 TB dan yoki ikki xaftada bir marta 20000 TB dan yuboriladi. Yaxshilab
berkitilgan flakonlarda 300000; 600000; 1 200000 va 2 400000 TB dan qilib chiqariladi.
Eritromitsin.
Hidsiz, achchiq, oq kristall poroshok. Suvda yomon, spirtda oson eriydi.
Pnevmoniya, qizilcha, saramas, sepsis, yiringli otitlar, angina, chipqon, jaroxat infeksiyalari va
boshqalarni davolashda qo’llaniladi. Sutkasiga 5 - 6 marta 0,1-0,25 ( 100000-250000 TV dan)
ichish buyuriladi. Terining yiringli kasalliklarida, kuyganda, yotoq yaralar va trofik yaralarni
davolashda eritromitsin mazi qo’llaniladi.
Oleandomitsin fosfat.
Oq yoki sarg’ish tusli oq kristall poroshok, suvda oson eriydi.
Pnevmoniya, plevrit o’pka absessi, tonzillit, otit, osteomiyelit, streptokok, stafilokok, pnevmokok
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
251
sepsislari, suzak va boshqa kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Kattalarga sutkasiga 4-6 marta
0,25 ( 250000 TB) dan, bolalarga yoshiga qarab sutkasiga 0,02 ( 2000 TV) - 1,5 ( 1500000 TB.)
dan ichish buyuriladi. Tabletkasi 0,125 dan 12-25 tadan qilib chiqariladi.
REFERENCES
1.
Козлов Р.С., Голуб А.В. // Стратегия использования антимикробных препаратов как
попытка ренессанса антибиотиков. //Клиническая антимикробная химиотерапия —
2011;
2.
Яковлев C.B., Довгань E.B. // Аспекты эффективности антибиотиков. // Справочник
поликлинического врача— 2014.
