951
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
O'QITUVCHILARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM
MASALALARI
Sanayev Farrux Axmatovich
Buxoro Osiyo Xalqaro universiteti
Pedagogika kafedrasi 1-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14901630
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bevostida nutq madaniyatining shakllanishida
o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek ajdodlarimizning inson
hayotida til va nutqning ahamiyati qanchalik ekanligi haqida fikr yuritiladi. O‘qituvchining nutq
madaniyatini rivojlantirishga e’tibor qaratish uchun nimalarga ahamiyat berilishi kerakligi
haqida fikr yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
nutq, nutq madaniyati, til, millat, tafakkur, fonetik tahlil, kamolot.
НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ
ПЕДАГОГОВ.
Аннотация.
В данной статье рассматривается роль и значение учителя в
формировании культуры речи. Думается также о значении языка и речи в жизни человека
наших предков. Выделена мысль о том, чему следует придавать значение, чтобы уделять
внимание развитию речевой культуры учителя.
Ключевые слова
: речь, речевая культура, язык, нация, мышление, фонетический
анализ, зрелость.
SOME ISSUES OF FORMING A SPEECH CULTURE IN TEACHERS.
Abstract.
This article discusses the role and importance of the teacher in the formation of
speech culture. We also think about the importance of language and speech in human life of our
ancestors. The idea of what should be given importance in order to pay attention to the
development of the teacher's speech culture is highlighted.
Key words:
speech, speech culture, language, nation, thinking, phonetic analysis, maturity.
Kirish:
Insonning hayotda dunyoqarashi boy, ma`naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning
madaniy-ma`rifiy jihatdan rivojlanishda va ravnaq topishida bugungi kunda ona tilimizning o‘rni
va ahamiyati juda muhim hisoblanadi. Millatning qanday ekanligi, unda kamol topayotgan har bir
shaxsning ma’rifat va madaniyatini ko‘rsatuvchi yagona narsa bu tildir. Til milliy ma`naviyat,
ma`rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi sharifda alohida ta’kidlab
o‘tigandek, “Kishining zeb-u ziynati go‘zalligi uning tilidadir” deydilar. O‘tmishdagi
ajdodlarimiz,ota-bbolarimiz ham insonda nutqning chiroyli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratganlar.
952
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Jumladan Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nutqining sodda, chiroyli
va ravon bo‘lishi insonda muhim ahamiyat kasb etishi haqida alohida to‘xtalib o‘tadi.
Buyuk mutaffakkir bobomiz A.Navoiy ijodida ham til va nutq madaniyatiga alohida
to‘xtalib o‘tadi. Masalan, A.Navoiyning muhtasham “Hamsa” sining barcha dostonlari (alohida-
alohida boblar) da, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Nazm ul-javohir” va boshqa
ko‘plab asarlarida so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid betakror fikrlarni
bayon qilganganligini uchratishimiz mumkin. [Maxmudov, 2007: 8]. Ayniqsa, uning nutq va til
madaniyatiga bag‘ishangan “Muhokamat ul – lug‘atayn” asarini o‘qib o‘rganib chiqsak bu
tushunchalarning qanchalik tog‘ri ekaanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
Bu asar o‘zbek tilining bitmas tuganmas fikr bayon qilish imkoniyatlariga ega ekanligini,
uning har qanday fikrni ham nazmda to‘la va chiroyli ifoda etishga qodirligini ilmiy va amaliy
dalillar asosida isbot qilib beradi. Ushbu asarda A.Navoiy ko‘ngilni dengizga, so‘zni durga,
so‘zlovchini esa g‘avvosga qiyoslaganini ko‘rishimiz mumkin. Demak bu fikrlardan bilinadiki til
– umumiylikka, nutq esa xususiylikka egadir. Bundan tashqari A.Navoiy o‘zining ”Mahbub ul-
qulub” asarida shunday deydi: ”Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar
nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur...”[Navoiy, 1998: 94] ya’ni, tilning shunchalik sharafi
bo‘lgani bilan u nutqning qurolidir, agar u o‘rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir deya ta’rif
berganliklarini ham ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til
qobiliyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir
(A.A.Leont’ev)[Babayeva, 2018: 432]
Dunyo miqiyosida “Til va nutq hodisalarini o‘zaro farqlab yondashish dastlab ilk
o‘rganish bosqichlari sifatida VIII-IX asrlarda shakllangan arab tilshunosligining til o‘rganish
usullarida, keyinchlik esa V.Glumboldtning tildagi “energio” (harakat, jarayon, kuch) va “ergon”
(mahsulot), A.Shteyntalning tildagi “barqaror mohiyat” va “harakatdagi kuchlar”, Boduen de
Kurtenening “tildagi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik” haqidagi ta’limotlarida uchratamiz. Lekin til
bilan nutq hodisalarini va ularga hos birliklarni tom ma’noda ilmiy – nazariy hamda amaliy
farqlash; til va nutq birliklarining mohiyatini ochish yo‘llari, “til” va “nutq” tushunchalariga
batamom yangi mazmun berilishi F. de Sosyur va uning izdoshlari yaratgan ta’limot bilan
bog‘liqdir” deb o‘rganamiz[Ne’matov, Bozorov, 1993: 7].
Yana bir buyuk ajdodimiz, bugungi kunda Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig”
(Saodatga eltuvchi bilim) asarida til va inson nutqida quyidagicha ta’rif beradi: “ o‘quv va
bilimning tilmochi, tarjimoni tildir. Kishiga ro‘shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi,
buni yaxshi bilib olish kerak.
953
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Qut-izzatni ham, obro‘-e’tiborni ham kishi til orqali topadi. Agar tilga e’tibor bermasa, uni
noo‘rin qo‘llasa, odam boshining yorilishi hech gap emas” deb alohida ta’kidlab o‘tadi. [To‘xliyev,
2017: 16].
Asosiy qism:
“Nutq” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratar ekanmiz, arabcha
so‘zdan olingan bo‘lib, fikrni so‘z orqali ifodalash degan ma’noni anglatadi.
Nutq – kishi faoliyatining bir turi bo‘lib, o‘zaro aloqa va xabar almashinish, hamda o‘z
fikrini his – hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish kabi vazifalarni bajaradi.
shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining ehtimol eng muhim shartidir. Nutq – bosh miya
tomonidan ta’minlanadigan muhim oliy ruhiy vazifadir va uning rivojlanishida kuzatiluvchi har
qanday og‘ishlarga vaqtida e’tibor berilishi lozim”
Haqiqatdan ham e’tibor qlib qaraydigan nutq har qanday insonda har xil shakllanib bortadi.
Nutqning inson hayotida qanday tarda shakllanishida esa bevosita o‘qituvvchining o‘rni va
ahamiyati o‘ziga xos hisoblanadi. Ayniqsa boshlang‘ich sinfda o‘quvchining nutqining asosiy
qismi shakllanadi va bu bevosita shu davrda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiningh ’rni va ahamiyati
aohida hisoblanadi.
O‘quvchining yozuv, o‘qish, gapirish va tinglash kabi ko‘nikmalarning shakllatirish
jaroyonida yagona maqsad uning nutqiy ko‘nikmasini rivojlantiirshdan iboratdir.Bunda
o‘qituvchining o‘rni alohida ekanligi ta’kidlanadi. O‘qituvchi nutqi adabiy talaffuz me’yorlariga
amal qilishda o‘quvchiga namuna bo‘la olishi lozim. Adabiy talaffuz me’yorlarining buzilishi eng
avvalo shevaning natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘zi va o‘quvchilari nutqini
shevaga oid artikulyatsion baza va shevaning fonetik qonuniyatlaridan batamon qutilish oson
kechmaydi.
O‘qituvchining nutqiy qobiliyati rivojlanishi uchun bir necha omillar ta’sir qiladi. Bu
qobiliyat, asosan, o‘qituvchi o‘z ishiga sadoqatli, ma‘naviy yetuk va kommunikativ bo‘lishiga
bog‘liq. Nutqiy qobiliyatning rivojlanish jarayoni quyidagi bosqichlardan o‘tishi mumkin:
1. O‘qitish tajribasi:
O‘qituvchining dars berishdagi tajribasi ortgani sari, uning nutqi
aniqroq va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Boshqalar bilan muloqot qilish, savollarni aniq va
tushunarli tarzda berish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
2. O‘qituvchining bilim darajasi:
O‘qituvchining o‘qish va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan
qiziqishi, uning nutqida ko‘rinadigan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. To‘g'ri terminologiya va
ilmiy uslubni qo‘llash uning nutqiy qobiliyatini mustahkamlaydi.
3. O‘quvchilar bilan muloqot:
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi,
ularning fikrlarini tinglash, savollariga javob berish orqali o‘z nutqini yanada takomillashtiradi.
4. Nutqni nazorat qilish:
O‘qituvchining o‘z nutqini tahlil qilib, xatolarni to‘g‘irlay olish
qobiliyati nutqiy mahoratini oshiradi.
954
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
5. Muvaffaqiyatli pedagogik uslublar:
O‘qituvchi o‘z pedagogik uslublarini muntazam
ravishda rivojlantirsa, bu uning nutqining ifodaliligini oshiradi.
Xulosa: Xulosa qilib shuni alofida ta’kidlashiiz mumkinki, bugungi kunda o‘qituvchining
nutqiy qobilyatini rivojlantirish uchun nutqiy qobiliyatning rivojlanishi tajriba, ilmiy bilim,
muloqot va pedagogik uslublarning kombinatsiyasi orqali amalga oshadi.
REFERENCES
1.
Ta’lim jarayonida nutq madaniyatini shakllantirish masalalari Toshkent. “Sharq” 1999 256 b
2.
Ona tili- davlat tili. Toshkent “Adolat” 2004 80 b
3.
A.Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq “O‘qituvchi” 1992
4.
Yo‘ldashev J. Hayot va tafakkur sayyorasi- T. Fan 1991
5.
Kommenskiy Ya. A Buyuk didaktika- T O‟qituvchi, 1975, 238 b
6.
Dildora O. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetentsiyasini rivojlantirish
//prospects of development of science and education. – 2023. – т. 1. – №. 12. – с. 46-48.
