Authors

  • Yulduz Tosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68046

Keywords:

mantiqiy masalalar kreativlik ijodiy tafakkur matnli masalalar.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy masalalar ustida ishlash metodikasi, usullari hamda ushbuu masalalarni yechtirishning samarali vositalari haqida fikr yuritiladi.

background image

955

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MANTIQIY MASALALAR VOSITASIDA

IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH.

Tosheva Yulduz Giyasovna

Osiyo Xalqaro universiteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14901658

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy masalalar

ustida ishlash metodikasi, usullari hamda ushbuu masalalarni yechtirishning samarali vositalari

haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

mantiqiy masalalar, kreativlik, ijodiy tafakkur, matnli masalalar.

DEVELOPING THE CREATIVE ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

THROUGH LOGICAL PROBLEMS.

Abstract.

This article discusses the methodology, methods of working with primary school

students on logical problems, as well as effective tools for solving these problems.

Keywords:

logical problems, creativity, creative thinking, text problems.

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ

ЧЕРЕЗ ЛОГИЧЕСКИЕ ЗАДАЧИ.

Аннотация.

В статье рассматриваются методика, методы и эффективные

средства решения логических задач для учащихся начальной школы.

Ключевые слова:

логические задачи, креативность, творческое мышление,

текстовые задачи.

Kirish:

Bugungi kunda o‘quvchida ijodiy taffakkurni rivojlantirish,kreativ fikrlash

qobilyatini o‘stirish juda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab maktabga qadam qo’ygan

o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun o‘qituvchidan juda katta mahurat talab qiladi. O‘qish

savodxonligi va ona tili darslari bilan birgalikda, o‘quvchilarni matematika darslarida ham

kreativlikka o‘rgatish juda muhimdir. Matematika darslarida o‘quvchini kreativlikka o‘rgatishning

asosiy masalalaridan biri bu-mantiqiy masalalar yechtirish hisoblanadi.

Barchamizga ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda matematik masalalar yechish matematika

o`qitishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘quvchiga masalalarni yechtirmasdan

matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham etish juda qiyin hisoblanadi, hattoki buni tasavvur qilish

qiyin. Masalalar yechishning ayniqsa mantiqiy masalar ustida ishlashni o‘quvchiga o‘rgatish

boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o`zlashtirish jarayonida muhim

rolni va o`quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o‘stirish uchun muhumdir.


background image

956

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Matnli masalalar boshlang‘ich sinflar matematika kursi mazmunining asosini tashkil qiladi va

ularni yechish jarayonida qo‘llaniladigan aqliy faoliyat usullari: analiz, sintez, taqqoslash, analogiya,

umumlashtirish, abstraktsiyalash va konkretlashtirish

o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu sababli Davlat

ta’lim standarti talablari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim matematika

o‘quv dasturida matnli masalalar turlari kengaytirilib, ularning tarkibiga mantiqiy va kombinatorik

masalalar kiritildi. Boshlang‘ich sinf matematika kursiga mantiqiy masalalarning kiritilishini ikki

yo‘l orqali ochish mumkin:

a) bu masalalarni yechish o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, ulardan

o‘z fikrini mantiqiy izchillik asosida ifodalash ko‘nikmalarini tarkib toptirishi bilan izohlanadi;

b) bu masalalarni yechishda hisoblashlarni bajarish umuman kerak bo‘lmasligi yoki

yordamchi rol o‘ynab, faqat arifmetikaga doir ma’lumotlar bilan chegaralanishi orqali izohlanadi[2].

Mantiqiy masalalar o‘quvchilarning mantiqiy qarashlarini rivojlantirishda va ularni to‘g‘ri va

oson usulda yechish tajribalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ularning ahamiyatlari quyidagi

maqsadlarga ajratiladi:

Mantiqiy masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so‘z har bir yangi

tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan

uning qo`llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi. Bоlа mаktаbdаgi

mаshg’ulоtlаrning birinchi kunidаyoq mаsаlа bilаn uchrаshаdi. O‘quvchilаrning qаndаy хаyotiy

tаjribа vа bilimgа egа ekаnini аniqlаsh mаqsаdidа o‘qituvchi o‘quvchigа eng sоddа mаsаlа оrqаli

murоjааt qilаdi.

Mаsаlаn: "Sеning to’rttа qаlаming bоr edi, sеn yanа bittа qаlаm оlding. Sеndаgi qаlаmlаr

nеchtа bo’ldi?" Mаtеmаtik mаsаlаlаr o‘quvchilаrgа mаtеmаtik tushunchаlаrni to‘g‘ri

shаkllаntirishgа, uni o‘rаb turgаn muhitni chuqurrоq аnglаshgа, shu bilаn birgа mаsаlаlаr еchishgа

bоlа tаfаkkurining rivоjlаnishigа yordаm bеrаdi. Eng аsоsiylаridаn yanа biri mаsаlаlаr yеchish оrqаli

o‘quvchi to‘rtаlа аrifmеtik аmаl vа ulаrning хоssаlаrini puхtа o‘rgаnаdi.

Mаtеmаtikа tili rivоjlаnаdi. qisqаsi, mаsаlаgа bu nаzаriya bilаn аmаliyotni bоg‘lоvchi

muhim omil hisoblanadi.

O‘quvchilar bilan matematika darsini turli o‘yin va metodlar bilan olib borish juda samarali

hisoblanadi. Ularni matematika darsligidan tashqari turli mantiqiy masalalarni yechishga o‘rgatib

borish miyaning tez ishlashini ta’minlaydi, aql-idrok va kognitiv qobiliyatni rivojlantiradi hamda

o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi. O‘quvchilar har bir masalaga o‘z bilim darajasi va

dunyoqarashidan kelib chiqib tashhis qo‘ya boshlaydi. O‘quvchilarga matematik muammolarni hal

qilish orqali quyidagilarni o‘rgatish mumkin:

1) fikrlarni umumlashtirish va ular ichidan muhimlarini ajratish;


background image

957

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

2) tahlil qilish va tizimlashtirish;

3) qonuniyatlarni aniqlash va sabab munosabatlarini o‘rnatish;

4) xulosa va natijalar chiqarish;

5) mantiqiy, strategik va abstrakt o ‘ylash[3].

Boshlang‘ich sinflarda matematika dars jarayonida o‘qituvchi har bir yangi mavzuni turli

metodlar orqali, ko‘rgazmali va ko‘rsatmali qurollardan foydalangan holda olib borishi va axborot

kommunikatsion vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilar og‘zaki nutqini

o‘stirish uchun ularga jamoaviy topshiriq berib turish kerak. Masalan, masala tuzish va uni yechish

topshirig‘ini beramiz, bunda o‘zi tuzgan masalani boshqa guruhga o‘qib beradi va boshqa guruh

masalasini jamoa bo‘lib yechadi. Bir masalani bir necha usullar bilan yechish mumkinligini o‘rganadi

va o‘zaro axborot almashadi. Mantiqiy masalalar yechishga o‘rgatishda amaliy usullardan

foydalanish o‘zgaruvchan va samarali bo‘lishi muhimdir.Mantiqiy masalalar yechishda quyidagi

tartibni o‘rganish foydali bo‘ladi:

a)

masalani tushunish:

bir mantiqiy masalani o‘qib, masalaning tushunarli bo‘lishi va

mavzusini tushunishga yordam beradi. Masalani tushunish, uni yechish uchun yo‘nalishni aniqlashda

muhimdir.

b)

masalani tahlil qilish:

masalani qanday yechish kerakligini tahlil qilish lozim.

Bu masalani o‘z ichiga olgan savollarni tushunish, ularni ajratish va ularning hal qilish

yo‘llarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.

c)

qadriyatli o‘zlashtirish:

masalani yechish uchun qadriyatli o‘zlashtirish va tahlil qilishni

boshlash, masaladagi muammolar va ularning bir-biriga qanday bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerakligini

tushunish uchun qadriyatli o‘zlashtirishning ko‘rsatilishi muhimdir.

d)

yechimni qidirish:

masalani yechish uchun yechimni izlash. Bu qadamda, masalani o‘qib,

muammolarni tahlil qilish va ularni hal qilish uchun qanday yo‘llar borligini tushunish lozim.

e)

yechimni sinab ko‘rish:

topilgan yechimni sinab ko‘rish. Bu masalani yechishda qat’iy

yechimni aniqlashni va uni sinab ko‘rishni o‘z ichiga oladi.

f)

natijani tekshirish:

topilgan yechimni sinab ko‘rganimizdan so‘ng, natijani tekshirish. Bu

to‘g‘ri javobga ega bo‘lishimizni ta’minlash uchun muhimdir. Bu tartibni bolalarga yetkazishda

ularning fikrlash qobiliyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda o‘rgatish o‘qituvchida yuksak

mahorat talab qiladi. [4].

Xulosa:

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda o‘quvchini kreativ

fikrlashga o‘rgatish, bubing uchun esa boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy masalalar

yechishga e’tiborni qaratish yanada samarali natija beradi. Bu esa o‘z navbatida boshlang‘ich sinf

o‘qituvchisi hamda o‘quvchisidan yanada ko‘proq ishlashni talab qiladi.


background image

958

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

REFERENCES

1.

Jumayev M.E. « Matematika o`qitish metodikasidan praktikum” T-2003-yil.

ikbayeva N., Yangabayeva E., Girfanova K.To’rtinchi sinf matematika darsligi.Toshkent.”

O”qituvchi ” 2017 yil.

3.

Саидова Г. Э. Ситуация свободного выбора на уроках математикиначальных классах

//Вестник науки и образования. – 2019. – №. 7-3 (61).

4.

Ergashevna S. G., Furqatovna S. S. Modern Forms of Mathematics in Primary Schools

//Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 8.

5.

Nekmurodovna, Omonova Dildora. "Theoretical basis of the integrative approach in primary

education process."

italy" actual problems of science and education in the face of modern

challenges".

14.1 (2023).

References

Jumayev M.E. « Matematika o`qitish metodikasidan praktikum” T-2003-yil.

Bikbayeva N., Yangabayeva E., Girfanova K.To’rtinchi sinf matematika darsligi.Toshkent.” O”qituvchi ” 2017 yil.

Саидова Г. Э. Ситуация свободного выбора на уроках математикиначальных классах //Вестник науки и образования. – 2019. – №. 7-3 (61).

Ergashevna S. G., Furqatovna S. S. Modern Forms of Mathematics in Primary Schools //Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 8.

Nekmurodovna, Omonova Dildora. "Theoretical basis of the integrative approach in primary education process." italy" actual problems of science and education in the face of modern challenges". 14.1 (2023).