1108
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
PENSIYA SAVODXONLIGINI BOLALAR VA YOSHLAR ORASIDA
SHAKLLANTIRISH VA BILIM KO’NIKMA HOSIL QILISH (YAPONIYA METODI
ASOSIDA)
Jo’rayeva Zarina Kuntug’diyevna
O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi Moliya yo’nalishi 1-kurs magistratura
tinglovchisi.
AT Xalq banki Romitan Standart BXM mijozlar bilan ishlash resepshn xodimi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14909776
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Yaponiya metodi asosida Pensiya savodxonligini bolalar
va yoshlar orasida shakllantirish va bilim ko’nikma hosil qilish masalalari keng yoritib berilgan.
Maqola davomida pensiya tizimi, uning ishlash prinsiplariga oid bilimlarni yoshlar
orasida shakllantirish uchun amaliy, interaktiv, va gamifikatsiya asosidagi ta’lim metodlari
qo’llaniladi. Tadqiqot natijalari yoshlarni pensiya tizimi haqida o’rgatishning ijtimoiy ta’sirini
va kelajakda moliyaviy ta’minotni oshirishga qaratilgan samaradorligini ko’rsatadi.
Kalit so’zlar:
Pensiya savodxonligi, yoshlar ta’limi, Yaponiya metodi, gamifikatsiya,
interaktiv o’qitish, moliyaviy savodxonlik, pensiya tizimi, ijtimoiy ta’minot, ta’lim
metodologiyasi, bolalar va yoshlar ta’limi.
FORMATION OF PENSION LITERACY AMONG CHILDREN AND YOUTH AND
FORMATION OF KNOWLEDGE AND SKILLS
(BASED ON THE JAPANESE METHOD)
Abstract.
This article broadly covers the issues of formation of pension literacy among
children and youth and formation of knowledge and skills based on the Japanese method.
Throughout the article, practical, interactive, and gamification-based educational
methods are used to form knowledge about the pension system and its principles of operation
among young people. The results of the study show the social impact of teaching young people
about the pension system and its effectiveness in increasing financial security in the future.
Keywords:
Pension literacy, youth education, Japanese method, gamification, interactive
teaching, financial literacy, pension system, social security, educational methodology, education
of children and youth.
РАЗВИТИЕ ПЕНСИОННОЙ ГРАМОТНОСТИ СРЕДИ ДЕТЕЙ И МОЛОДЕЖИ И
ФОРМИРОВАНИЕ ЗНАНИЙ И НАВЫКОВ
(ПО ЯПОНСКОЙ МЕТОДИКЕ)
Аннотация.
В статье подробно рассматриваются вопросы формирования
пенсионной грамотности и приобретения знаний и навыков у детей и молодежи на
основе японской методики. В статье используются практические, интерактивные и
1109
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
игровые методы обучения для формирования знаний у молодежи о пенсионной системе и
принципах ее функционирования. Результаты исследования демонстрируют социальное
воздействие и эффективность просвещения молодежи о пенсионной системе для
повышения их финансовой безопасности в будущем.
Ключевые слова:
Пенсионная грамотность, образование молодежи, японский
метод, геймификация, интерактивное обучение, финансовая грамотность, пенсионная
система, социальное обеспечение, образовательная методика, образование детей и
молодежи.
KIRISH
Hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatimizda inson omilining hal
qiluvchi kuch sifatida amal qilishi va izchil ravishda rivojlanib borishi uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ahamiyatga molik ulkan o’zgarishlar
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,
«..Eng muhim vazifamiz - mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni,
xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat»
1
.
O’zbekiston Respublikasida kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, ijtimoiy-madaniy
sohalarni yanada rivojlantirish, pensiyalar yordamida mamlakatimiz aholisi daromadlarini
ko’paytirish, aholi turmush darajasini ko’tarish va aholini manzilli ijtimoiy himoyalash
masalalari har doim Hukumatimiz e’tibori markazida bo’ldi. «Amaliy natijadorlik, inson
manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlaming bosh maqsadi etib belgilandi. ...Chunki
xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z hayotida ijobiy o’zgarishlami
ko’rishni istaydi»
2
.
Barchamizga ma’lumki, pensiya ta’minoti milliy g‘oyani aks ettiradi hamda milliy
iqtisodiy siyosat markazida turadi. Oxirgi o‘n yillikda ko‘p mamlakatlar o‘zlarining amaldagi
pensiya tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan isloh qilish zarurati bilan to‘qnash keldilar. Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda
avlodlar birdamligi va jamg‘arish tizimlariga asoslangan pensiya tizimlari amal qilmoqda.
Pensiya savodxonligi — bu shaxsning pensiya tizimi, uning ahamiyati, shakllanishi va
unga oid huquqlarni tushunish hamda bu haqda to’g’ri qarorlar qabul qilish qobiliyatidir. XXI
1
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo'lishi kerak. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljalIangan iqtisodiy dastuming eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlan
2
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017-yil. 22-
dekabr.uza.uz/.../zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkatmirziyev.
1110
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
asrda iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning tezkor o’zgarishi pensiya tizimiga nisbatan talablarni
kuchaytirib, bu boradagi savodxonlikni oshirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bolalar va
yoshlar orasida pensiya savodxonligini shakllantirish, ularning kelajakda iqtisodiy
mustahkamligini ta’minlash va pensiya tizimiga oid bilishlarini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Bu maqolada Yaponiya metodini asos qilib olgan holda, yoshlarni pensiya
savodxonligiga o’rgatish usullari tahlil qilinadi va metodologik yondashuvlar ko’rib chiqiladi.
METOD VA METODOLOGIYA
Yaponiyaning pensiya savodxonligi borasida amalga oshirgan tajribasi, yoshlarni pensiya
tizimi haqida bilimga ega bo’lishlari uchun ta’lim jarayonini tizimli ravishda tashkil etish
bo’yicha samarali metodlarni ishlab chiqqan. Yaponiyada bu boradagi ta’lim yoshlarni
psixologik, iqtisodiy va huquqiy jihatdan tayyorlashni maqsad qilib qo’ygan.
Boshqa davlatlardagi tajribalarga qaraganda, Yaponiyada yoshlar uchun pensiya
tizimining ahamiyati, pensiya jamg’armalariga sarmoya kiritish, davlatning pensiya siyosati,
ijtimoiy ta’minot va ularning kelajakdagi pensiya tarmog’iga ta’siri haqida keng qamrovli
tushunchalar yaratilgan. Bu metodni o’zlashtirishda asosiy e’tibor quyidagi usullarga qaratiladi:
1.
Inson psixologiyasini hisobga olish
:
Yoshlar va bolalarga pensiya tizimi haqida
tushunchalar berish, ular uchun qiziqarli va yengil tushunarli bo’lishi kerak.
2.
Gamifikatsiya usulini qo’llash
:
O’yinlar orqali pensiya savodxonligi darslarini o’tish
yoshlarni jalb etadi va ularning faol ishtirokini ta’minlaydi.
3.
Amaliy mashg’ulotlar
:
Yoshlar uchun pensiya tizimi haqidagi ma’lumotlarni real hayotga
moslash va amalda qo’llash uchun interaktiv mashg’ulotlar tashkil etish.
4.
Erta yoshdan boshlash
:
Pensiya savodxonligini yosh bola yoki o’smirlik davridan
boshlab o’rgatish, ularning kelajakdagi moliyaviy ta’minotiga yordam beradi.
Bugungi kunda keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda
Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va uning alohida ustuvor yo’nalishlari ham inson hayoti
va uning manfaatlarini himoyalash bilan bogiiq yo’nalish va tarmoqlami o’zida mujassam etgan
ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, uni yangi bosqichga ko’tarish, bu sohadagi muammolami
yechish, ijtimoiy ta’minot va pensiya sohasi rivojining qonuniyhuquqiy asoslarini
mustahkamlashga qaratilganligi bilan ayniqsa ahamiyatlidir. Pensiya tizimining institutsional
mohiyatidan kelib chiqqan holda, bosh masala - fuqarolaming jam g’arib boriladigan pensiya
ta’minoti tizimini rivojlantirish, pensionerlar moddiy ta’minotining barqaror mexanizmini
nazorat qilish vazifasi to iiq hal etilishi alohida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini
ko’rsatadi. Ijtimoiy himoyalash shakllari haqida gap borganda, pensiya ta’minoti davlat ijtimoiy
siyosatida muhim o’rin tutganligi hammaga ma’lum.
1111
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Iqtisodiyotni modemizatsiyalash va yangilash sharoitida pensiya ta’minotining ijtimoiy
funksiyasi yanada takomillashtiriladi, amaldagi pensiya miqdori fuqarolaming yashash
sharoitlarini ta’minlashga ko’maklashadi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Pensiya savodxonligi bo’yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar va maqolalar mavjud. Xususan,
Yaponiya tajribasi haqida bir necha ishlar, masalan, Matsuda (2018) tomonidan yozilgan
"Yaponiyada pensiya savodxonligini oshirishda metodologik yondashuv" va Kato (2020) ning
"Bolalar va yoshlar orasida pensiya ta’limi" asarlarida, yoshlarni pensiya tizimi haqida ta’lim
berishning samarali usullari tahlil qilingan. Ushbu manbalar, pensiya ta’limining ijtimoiy tizimga
ta’sirini, yoshlar psixologiyasini hisobga olgan holda, o’qitishning optimal metodlarini ishlab
chiqishga yordam beradi. Bundan tashqari, xalqaro tajribalarda pensiya savodxonligini
oshirishga qaratilgan o’qitishning asosiy maqsadi, fuqarolarni pensiya tizimi, uning ishlash
prinsiplari va kelajakdagi moliyaviy ta’minotni o’z vaqtida tushunishga yo’naltirilgan.
TADQIQOT NATIJASI
Yaponiya metodining yoshlar orasida pensiya savodxonligini shakllantirishga bo’lgan
ta’siri quyidagicha tahlil qilindi:
1.
Amaliy kurslar va seminarlar: Yoshlar uchun pensiya tizimi haqidagi kurslar va
seminarlar samarali bo’lib, ular pensiya tizimi haqida kengroq tushuncha hosil qilishdi.
2.
Gamifikatsiya orqali o’qitish: O’yin va simulyatsiyalar yordamida yoshlar pensiya
jamg’armalariga oid qarorlar qabul qilishni o’rganishdi. Ushbu usul ularning faol ishtirokini
ta’minladi va qiziqarli o’qitish metodini yaratdi.
3.
Ijtimoiy ta’minot tarmog’ining tushunilishi: Yoshlarning ijtimoiy ta’minot, pensiya
jamg’armalari va ularning kelajakdagi pensiyaga ta’siri haqida bilimi sezilarli darajada oshdi.
MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, pensiya savodxonligini shakllantirishda yoshlar
bilan interaktiv metodlar, gamifikatsiya va real hayotga moslashtirilgan mashg’ulotlar samarali
bo’lishi mumkin. Yaponiyaning metodologiyasi yoshlar orasida nafaqat pensiya tizimi, balki
moliyaviy savodxonlikni ham oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, erkin va ochiq suhbatlar
tashkil etish, yoshlar bilan pensiya tizimi haqida so’rovlar o’tkazish, ularning fikrlarini tinglash
va o’rgatishning muhim jihatlari sifatida ko’rilishi kerak.
Biroq, ushbu metodlarni boshqa davlatlarda joriy etishda madaniy va iqtisodiy
sharoitlarni hisobga olish zarur. Yoshlar orasida faqatgina amaliy ko’nikmalarni shakllantirish
bilan cheklanib qolmasdan, ular uchun bu tizimning ijtimoiy ahamiyatini ham yoritish muhimdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «Pensiyalar va nafaqalar
to’lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2826-sonli qarori
1112
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, Pensiya jamg’armasi
pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to’lovlarni naqd shaklda to’lashni
«O‘zbekiston pochtasi» AJdan O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki
bo’limlariga mart-iyul oylari mobaynida bosqichma-bosqich o‘tkazildi. O‘zbekiston
Respublikasining barcha hududlarida 2017-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalami to’lash faqat
Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalami
maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega boim agan shaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq
banki tomonidan bevosita ular yashaydigan joyga yetkazib beriladi. O‘zbekistonda jam g’arib
boriladigan pensiya tizimining joriy qilinishi aholining turmush darajasini oshirishda ijobiy
burilish yasaydi. Fuqarolaming shaxsiy jam g’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi
mablagiardan mamlakatning moliyaviy resurslari sifatida samarali boshqarish va mazkur sohada
moliyaviy nazoratni ta’minlash davlat pensiya ta’minotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
XULOSA
Yaponiya metodologiyasi asosida bolalar va yoshlar orasida pensiya savodxonligini
shakllantirish uchun keng qamrovli, amaliy va interaktiv o’qitish usullaridan foydalanish zarur.
Yoshlarni pensiya tizimi haqida o’rgatish, kelajakda moliyaviy mustahkamlikni
ta’minlash va ijtimoiy ta’minot tizimi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga,
bu metodni joriy etish, mamlakatning iqtisodiy va madaniy sharoitlariga moslashtirilgan holda
amalga oshirilishi kerak. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, yoshlarni pensiya savodxonligiga
o’rgatish — ularning kelajakdagi ijtimoiy ta’minoti va barqaror rivojlanishi uchun muhim
qadamdir.
REFERENCES
1.
Disney R. Public pension reform in Europe: policies, prospects and evaluation // The
World Economy. 2003. Vol 26. № 10. P .1425-1445.
2.
Djo’raev A. 2016-yil yanvar oyi uchun jismoniy shaxslaming daromadidan olinadigan
soliq va majburiy toiovlar va badallar hisob-kitobi.W Soliq solish va buxgalteriya hisobi.
2016. №1. -B.l 11- 16.
3.
Kasimova G.A.Ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari. Monografiya. «Iqtisod-moliya».
T., 2008. -113 b. 75. Kasimova G.A., Botirov A.A.Jamg’arib boriladigan pensiya
ta’minoti. Monografiya. T.: Tamaddun. 2015. -108 b.
4.
Voxabov A. Bozor munosabatlariga o’tish bosqichida ko’p ukladli iqtisodiyot va uning
takroran hosil bo’lishi. Monografiya. -T.: Moliya. 2002. -293b.
1113
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
5.
Vahabov A.V., Muxamedova S.A. O‘zbekistonda pensiya tizimini rivojlantirish
muammolari va istiqbollari. Iqtisodiyot nazariyasi muammolari: talqini va yechimlari.
Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami. Toshkent. 2015-yil. 24
aprel. -B.506-509.
