ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
928
AYOLLAR NUTQIGA XOS PARALINGVISTIK VOSITALARNING LEKSIK-
SEMANTIK XUSUSIYATLARI
(Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi asosida)
Pirnazarova Nigina Majid qizi
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti magistranti.
niginapirnazarova523@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14929907
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
Abdulla Qahhor hikoyalarida qo’llangan
ayollar obrazi
nutqiga xos paralingvistik vositalar haqida ma’lumot berilgan. Xususan, ayollar nutqining leksik-
semantik xususiyatlari, qahramonning o’ziga xos xarakterini verbal va noverbal birliklar orqali
ifodalash usullariga urg’u beriladi.
Qahramonlar nutqidagi paralingvistik unsurlarning o’ziga
xos uslub bilan bayon etilishi hikoyadan olingan.
Tayanch so’zlar:
paralingvistika, gender lingvistikasi, noverbal vositalar, mentalitet
tushunchasi, ohang, mimika, imo-ishora, tana harakatlari.
ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПАРАЛИНГВИСТИЧЕСКИХ
СРЕДЕСТВ, ХАРАКТЕРНИХ ДЛЯ ЖЕНСКОЙ РЕЧИ
(На основе рассказа Абдуллы Каххара “Anor”)
Аннотация.
В этой статье женщины фигурируют в рассказах Абдуллы Каххора.
Даны сведения о паралингвистических средствах спесифичных для речи персонажа. В
часности, акцент делается на лексико-семантических особенностях женской речи,
способах выражения своеобразия характера через вербальные и невербальные единцы.
Описание паралингвистических элементов в речи героев в уникальном стиле взято из
повести.
Ключевые слова:
паралингвистика, гендерная лингвистика, невербальные
средества, менталитет, мимика, жесты, телодвижения.
LEXICAL-SEMANTIC FEATURES OF PARALINGUISTIC MEANS SPESIFIC TO
WOMEN’S SPEECH
(Based on Abdulla Qahhor’s story “Anor”)
Abstract.
In this article, the women used in the stories of Abdulla Qahhor. Information
about paralinguistic tools spesific to the speech of the character is given. In particular, emphasis
is placed on the lexical-semantic features of women’s speech, ways of expressing the character’s
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
929
unique character through verbal and non-verbal units. The description of paralinguistic elements
in the characters’ speech in a unique style is taken from the story.
Keywords
: paralinguistics, gender linguistics, nonverbal verbs, mentality, concept,
mimicry, gestures, div movements.
Kirish.
Paralingvistika – noverbal birliklar, ya’ni intonatsiya, ohang, ustsegment birliklar,
mimika, imo-ishora, tana harakatlarining xususiyatlarini o’rganuvchi soha hisoblanadi.
Nolisoniy vositalar nutq jarayonining uzviy va ajralmas bo’lagi sifatida, muhim qismi
sifatida milliy o’ziga xoslikni aks ettiradi, urf-odatlar va odob harakatlari, jins munosabati bilan
chambarchas bog’liq bo’ladi, nutq jarayonida qo’llanilib, mazmunni yorqin ifodalashga, ochib
berishga xizmat qiladi.
Asosiy qism.
Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi milliy mentalitetga yaqqol
yo’naltirilgan hikoyalardan biridir. Adib hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish
kuchi, ta’sir quvvati bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasvirlayotgan barcha voqealar
hayot hodisasi, aynan sodir bo’lgan voqea, real hayotning bir parchasi, qahramoni bilan
gavdalanadi.
“Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng
yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo’yish mumkin”, rus tanqidchisi V.Smirnova. [1, 2]
Nutqiy muloqot jarayonida ifodalanishiga ko’ra nolisoniy birliklar ayollar va erkaklar
nutqida farqlanishi hammaga ma’lum. Nutqiy jarayonda ularning turlicha ko’rinishda aks etishi,
erkaklar va ayollarning tana tuzilishi, fiziologik o’ziga xoslik, erkak va ayollar nutqining yuzaga
chiqishida ularning psixlogik xususiyati, yoshi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi va albatta, oilaviy
muhiti alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda aynan jins bilan bog’liq lisoniy hodisalarni
farqlash va tadqiq qilish maqsadida “gender tilshunosligi” istilohi keng qo’llaniladi. ”Gender”
tushunchasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, “gender”-“jins” degan ma’noni anglatadi.Jins
tushunchasi fiziologik voqelik asosi bo’lgan ijtimoiy qurilma sifatida baholaydi. [3, 11]
Abdulla
Qahhorning “Anor” hikoyasida ham ana shunday maskulinlik va femininlik qarashlari yaqqol aks
etgan. Ya’ni ayollarga va erkaklarga xos noverbal vositalar deyarli har bir hikoyada uchraydi.
”Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o’zida eshik oldida o’tirib
tugunchani ochdi-da, birdan bo’shashib ketdi va sekin boshini ko’tarib eriga qaradi. O’z
qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning ko’zida jiqqa yosh ko’rib:-Nima ekanini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
930
bildingmi?-dedi. -Asalarining uyasi! Turgan bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi.
Bunisi oq mum, harom emas-shimsa ham bo’ladi, chaynasa ham bo’ladi
.[1, 3]
Ta’kidlash joizki,
gender lingvistikasi hozirgi o’zbek tilshunosligida tadqiqot markaziga
aylangan sohlardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi parchada ham aynan gender lingvistikasiga xos
elementlar ko’zga tashlanadi. Anorga bosh qorong’i bo’lgan ayol erining anor olib kelishini
intiqlik bilan kutayotgan bir paytda, erining asalari uyasini ko’tarib kelishi, ayolining ahvolini qay
darajaga tushganini, uning birdan bo’shashib ketgani va eriga sekin
boshini ko’tarib
qaragan
vaziyatida tasvirlab berilgan. Aynan boshini sekin ko’tarishiga diqqatimizni qaratadigan bo’lsak,
bu holat aynan ayollarga xos noverbal vositadir. Ayol eriga aynan shahd bilan qarasa ham bo’lardi,
ammo bu yerda o’zbekona mentalitet va o’zbek ayollariga xos tarbiya, ularning erkaklarga bo’lgan
hurmati, o’z xohishlaridan ham (ayni ana shunday vaziyat bo’lishiga qaramasdan) ustun qo’yishi
o’z isbotini topgan. Shu vaziyatda,
nutq jarayonida erining gerdayib turishi erkaklarga xos
noverbal vaziyatning dalilidir. Ya’ni o’zbek erkaklariga xos gerdayish, qomatning g’oz turishi
ularning fe’l-atvori va gender xususiyatlarining namunasidir. Bundan tashqari o’zbek erkaklari
o’zining qat’iyatliligi, bir so’zliligi bilan ajralib turadi. Insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab
ayollar va erkaklar o’rtasidagi tafovut yaqqol ko’zga tashlanib kelinmoqda. Bu tafovutlar
dastavval, ularning bajarayotgan ishlarida, yumushlarida, keyinchalik esa kishilik jamiyatining
rivojlanishi natijasida, ularning xulq-atvorida, kiyinish uslubida, shuningdek, so’zlashida ham
ajrala boshlagan.
”Turobjon uning ko’zida jiqqa yosh ko’rdi”,
- [1, 3] ayollarga xos ojizalik,
ko’ngil bo’shligi izohlangan. Ya’ni ularning vaziyatga ta’sirchanligi ifodalangan. Bu esa asar
qahramonlari holatini yanada yaqqol tasvirlab bergan.
“Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi”.
[1, 4]
Adib ayolning ichki
holatini, uning ko’nglidan kechayotgan his-tuyg’ularni, anorga bo’lgan intiqlikni,ko’nglidagi
xohish hissining tobora kuchayib borayotganligi adib mahorati bilan g’oyat ta’sirchan tasvirlab
berilgan. O’zbek paralingvistik vositalarining ko’pchiligi kishilarning salbiy hislatlarini aks
ettirishi bilan xarakterlidir. Kishilardagi qaysarlik, o’jarlik, harakatsizlik,
sergaplik,
maqtanchoqlik, manmanlik kabi salbiy hislatlar nutq jarayonida turli nolisoniy vositalar orqali
yuzaga chiqadi va so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalab, yanada kuchliroq baho
ifodalovchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
“Uning avzoyidan “esiz jo’xori, qatiq, o’tin”
ma’noni anglab, xotin ko’ngli
tortmasligiga qaramasdan, kosani bo’shatdi, ammo darhol tom orqasiga o’tib ko’zlari
qizargan, chakka tomirlari chiqqan holda qaytdi.
[1, 5]
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
931
Yuqoridagi matnda esa noverbal vositalarning qo’shaloq holda qo’llanilishi berilgan. Bu
esa nutqiy vaziyatning yanada yorqinroq ochib berilishiga xizmat qilgan. Erkaklarga xos bo'lgan
g’azablanish, ko’zlarning qizarishi, chakka tomirlarning bo’rtib chiqishi, ularga xos bo’lgan xulq-
atvorning isbotidir. Bu holat Turobjonning g’azablanganini, uning ichki kechinmalarini ifodalab
bergan.[Bunda Turobjonni emas,ayolining holatini tasvirlangan.Ovqatni majburan yegani uchun
qayt qilib tashlaydi].
-O’sha asalning puliga anor ham berar edi.
-Berar edi ! - dedi Turobjon zaharxanda qilib.-Anor olmay asal oldim!
-Albatta, berar edi! Albatta anor olmay asal oldim!
-Albatta, berar edi! Albatta, anor olmay, asal olgansiz!
Mana shunday vaqtlarda til qotib, og’izda aylanmay qoladi, mabodo aylansa,
mushtning xizmatini qiladi.
[1, 5]
Til qotib og’izda aylanmay qolishi ifodalanayotgan verbal
nutq jarayonida ma’noni yanada kuchaytirib ifodalash uchun, aynan, ana shu noverbal vosita
qo’llangan.Bu o’rinda g’azab darajasining yuqori ko’rsatkichi ifodalangan.Erkaklarga xos bo’lgan
g’azablanish jarayonining yuqoriligi birgina so’z natijasida yuzaga chiqishi murakkab jarayon.
Bunday holatda noverbal vositalarning ishtiroki, albatta, ma’noni yorqinroq ifodalashga yordam
beradi.
“Xotin uyga kirib ketdi. Anchadan keyin darchadan xira shu’la tushdi. Turobjon
ham kirdi. Xotin darcha yonida, bir tizzasiga boshini qo’ygan, qoramtir-kulrang osmonga
qarab o’tirar edi.
[1, 6]
Femininlik xususiyati, ichki kechinmalar noverbal vositalar yordamida
yanada aniqroq ifodalanadi. Asar qahramoni bo’lgan ayolning ichki kechinmalari, ruhiy holati
noverbal vositalar yordamida yanada aniqlashtirib berilgan. Tizzasiga boshini qo’yish, bu nutqiy
jarayonning qay ahvolda ekanligi, qahramonning holati, jins munosabatida o’z aksini topadi.
Ayollarning boshini tizzasiga qo’yishi, ularning o’ychan, tashvishli, nimadadir xavotirda ekanligi,
mehrga, yupanchga muhtojigini ifodalaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha,ayollar ham erkaklarga
o’xshab o’z g’azablarini turli noverbal vositalar yordamida ifodalab beradilar. Hikoyada
keltirilgan noverbal birliklar adib mahoratini yana bir bor gavdalantiradi.
Jamiyatda erkak va ayollar teng huquqliligining ta’minlanishi, ayollarning turmush
sharoiti, yashash tarzi, ish faoliyati, kundalik muloqotiga va noverbal xatti-harakatlariga ham
sezilarli darajada ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Bu holat hozirgi zamonaviy jamiyatda, nutqiy
muloqot jarayonida, ularning noverbal vositalardan foydalanishlarida ham bir xilliklarni yuzaga
keltirmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
932
Xulosa o’rnida aytish joizki, paralingvistika – noverbal birliklar, ya’ni ohang, imo-ishora,
mimika, tana harakatlarining xususiyatlarini o’rganuvchi sohadir. Uni o’rganishdan asosiy
maqsad, nutq egasining maqsadini yanada yorqinroq ochib berish, nutqni tejash, bo’yoqdorligini
oshirish kabi vazifalarni bajarishga qaratilgan. Xuddi shu o’rinda, Abdulla Qahhor asarlari,
ularning sodda tili, bo’yoqdorligi,paralingvistik vositalarga, milliy mentalitetga boy noverbal
vositalarga uyg’unligi bilan ajralib turadi. Bu nolisoniy birliklar zamirida asar qahramonlarining
ruhiy va jismoniy holatlari yanada ochiq tasvirlab berilgan. O’zbek tilida baho lingvistik vositalar
bilan birga, balki paralingvistik vositalar bilan yordamida aks etishi yozuvchi hikoyalarida yaqqol
isbotini topgan.Paralingvistik vositalar milliy xususiyatlarni o’zida gavdalantiradi, urf-odatlar,
odob xatti-harakatlari bilan aloqador bo’ladi va muloqotning ajralmas uzvi sifatida nutqiy
muloqotda bevosita va bilvosita ishtirok etadi.
REFERENCES
1.
Abdulla Qahhor. ”Anor” hikoyalar to’plami. ”Abadiy barhayot asarlar” turkumi-T.:”Oltin
qalam”, 2024. -128b.
2.
B.R.Ahmedov. Nutqiy muloqotda paralingvistik vositalarning o’rni. “O’zbekistonda xorijiy
tillar” ilmiy-metodik elektron jurnal,N 5/2019. -77 b.
3.
B.R.Ahmedov. Paralingvistik vositalarning genderologik va pragmatik tadqiqi.Andijon-
2021.-14 b.
4.
X.I.Islomjonova. Paralingvistik vositalarning gender xususiyatiga oid lingvopragmatik
tahlil. “21-asr: fan va ta’lim masalalari” ilmiy elektron jurnali.N4, 2018-yil. -3b.
5.
Barotova M.O. O’zbekona paralingvistik vositalarning tizimiy tadqiqi. Buxoro-2023. -11 b.
