ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
933
F. SHOPENNING FORTEPIANO UCHUN “VALS” ASARLARI
Razatdinova Aysulu
O’zbekston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Teatr san’at fakulteti, “Vokal” kafedrasi
Abdullaeva Ulbiybi Keńesbaevna
Ilmiy rahbar, professor.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14929976
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Polsha xalq musiqasini butun dunyoga tanitgan
Shopenning fortepiano uchun yaratilgan “Vals” asarlari haqida so’z boradi. Shuningdek,
maqolada Shopenning hayoti va ijodi, ijodiy faoliyati haqida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
fortepiano, xalq musiqasi, murakkab tarixiy jarayon, kompazitorlar.
CHOPIN'S "WALTZ" FOR PIANO
Abstract.
This article discusses Chopin's "Waltz" for piano, which introduced Polish folk
music to the whole world. The article also discusses Chopin's life and work, creative activity.
Keywords:
piano, folk music, complex historical process, composers.
«ВАЛЬСЫ» ШОПЕНА ДЛЯ ФОРТЕПИАНО
Аннотация.
В статье рассматривается «Вальс» Шопена для фортепиано,
который познакомил мир с польской народной музыкой. В статье также
рассматриваются жизнь, творчество и деятельность Шопена.
Ключевые слова:
фортепиано, народная музыка, сложный исторический процесс,
композиторы.
XIX-asrda Polsha musiqa madaniyatining yirik namoyondasi F.Shopen o’z ijodi va musiqa
asarlari bilan Polsha xalq musiqasini butun dunyoga tanitdi.
Buyuk polyak kompazitori Shopen Mosart va Betxoven kabi
kompazitor va ijro sifatida vokal va fortepiano musiqasi bilan
boshqa kompazitorlar ijodidan farq qilib turdi. Shopen hayoti
murakkab tarixiy jarayonda shakllandi. Polshada tug’ilib butun
umrini Parijda yashab ijod etdi va Polyak xalq musiqasini
ulug’ladi.
U polyak klassik musiqasi asoschisi. U xalq qo’shiq, kuy va
raqslari asosida asarlar yozgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
934
Shopen musiqasi buyukligi uning tirik paytidayoq tan olingan. 1927-yildan boshlab
Varshavada doimiy ravishda Shopen nomli pioninachilar ko’rik-tanlovi o’tkazilib kelmoqda.
F.Shopen 1810-yilda Polsha poytaxti Varshava yonidagi Jelyazova Volya shaharchasida
tug’ilgan, uning onasi polyak otasi frantsuz edi. Ular graf Skarbet yerlarida yashardilar. Uning
otasi Varshava shahridagi litseyda o’qituvchilik qilardi, oilasida barchasi skripka, fleyta,
fortepiano chalar edilar. Yosh Shopen bir kuni musiqa ovozini eshitgach jim bo’lib qoldi, keyin
esa g’amgin kuyni eshitib yig’lab yuborgan ekan, ota-onasi hayratda qolishgan. Besh yoshida
opasi Lyudviga yurdamida turli asarlar cholgan, yetti yoshida Varshava bo’ylab birinchi
kontsertini o’tkazdi va mashhur bo’la boshladi. O’zi yozgan Polonez sol minor, mazurkalari va
turli pe’ssalarni ham ijro qilgan. O’nikki yoshida nemis, fransuz tili va tarixga qiziqadi. O’n besh
yoshida litseyda o’qib rassomchilik va aktyorlik qobiliyati ham rivojlanadi. Shopen o’nsakkiz
yoshida aqli teran, sinchqov va qiziquvchan iste’dod sohibi bo’lib yetishadi. Katta qiziqish bilan
opera, kontsertlarni tomosho qilar edi, shunday kontsertlarning birida mashhur Italiya skripkachisi
Nikola Poganiniyning ijro mahorati o’chmas iz qoldirgan. Yoshligidan polyak xalq kuy va
qo’shiqlarini tinglar va sevib ijro qilar edi. 1828-yilda Yuzef Elsner sinfida Varshava oliy o’quv
dargohida o’qiydi. Uni ustozi “G’ayri tabiiy imkoniyatga ega buyuk musiqachi” deb yozgan.
O’sha davrda № 1, № 2 konsert fortepiano uchun “Orzu” nomli qo’shiqini yozgan. 1829-
yilda Vena shahrida muvaffaqiyat bilan konsert uyushtiradi. 1830- yilda esa do’stlari qutichaga
to’ldirilgan polsha yeri bilan uni safarga kuzatishadi, hayrlashuvda ustozi Elsner ham bor edi.
Shopenni shu safardan Vataniga qaytmaslik gumoni bor edi va xaqiqatan ham Vataniga
qaytib kelmadi, chunki Varshavada qo’zg’olon bo’lib unda uning do’stlari ham qatnashgan edi.
O’zining qayg’usini “Inqilobiy” deb nomlangan Etud do minor asarida ifoda etdi. 1831-
yilda Shopen Parijga keladi va butun umrini shu yerda o’tkazadi. Parijni u pionina ijrochisi sifatida
zabt etadi, keyinchalik esa kompozitor sifatida. Mashhur Venger pioninachisi Ferents List:
“Qarsak jarangi uning iste’dodini nomoyon qilishga qodir emasdek tuyulardi va iloji boricha
qattiqroq qarsak chalishga harakat qilardik.”- degan. Shopen Parijliklarning e’tiborini qozondi,
kontsertlarda o’z asarlaridan fortepiano va orkestr uchun kontsert, kontsert rondo, mazurkalar,
Etudlar, noktyurnlar, Mosart “Don – Juan” operasi mavzusiga variatsiyalar ijro qilgan, mashhur
nemis kompozitori R.Shuman o’zining maqolalaridan birida “Shlapangizni oling janoblar,
qoshingizda doho turibdi”. Shopen musiqasi va kontsert chiqishlari hammani hayratlantirardi,
do’stlari yordamida asarlari chop qilina boshlandi, bir qanchabuyuk kompozitorlar List, Berlioz
fransuz rassom Delakrua nemis shoiri Geynilar bilan do’stlashadi. Lekin doimo Vatanini qumsab
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
935
qo’shiqlar yozgan. 1835-yillarda mashhur fransuz yozuvchisi Avrora Dyudevan (Jorj Sand
tahallusi bilan mashhur) yaqindan tanishib, sevishadilar. Umrining ohirgi yillarida do’sti, otasi
vafot etadi Jorj Sand bilan oralari uzuladi, buning natijasida Shopen kasal bo’lib qoladi, ohirgi ikki
yilda umuman asarlar yozmaydi. Shu yili Londonga kontsert uyushtiradi, lekin Angliyaning nam
ob-havosi uning ahvolini yanada yomonlashtiradi. 1848-yilda doktorlar maslahatiga ko’ra tezda
Parijga qaytadi, oxirgi asari mazurka fa minor bo’ladi. 1849-yilda vafot etadi, uning dafn
marosimiga mashhur artistlar, shoirlar, rassomlar keladi. Parijning iste’dodli san’atkorlari
Mosartning Rekviem, Shopenning Si bemol minor fortepiano sonatasidan “Dafn marshi” ijro
qilinadi. Uning qabri do’sti Bellini yoniga qo’yildo’i va Polsha tuprog’i sepildi, yuragi esa
Varshavadagi “Avliyo krest” cherkoviga olib borildi va hozirgi davrgacha saqlanmoqda. Shopen
betakror fortepiano asarlari yaratgan, uning prelyudiyalari janr sifatida musiqiy pe’ssa uslubida
namoyon bo’lgan. U Bax kabi prelyudiyalarini 24 tonallikda yozgan, lekin ularning ketidan fugalar
yozib polifonik asarga aylantirmagan. Prelyudiya so’zi lotincha bo’lib, kirish ma’nosini bildiradi.
Shopen prelyudiyalari hajm jixatidan turlicha. Kichkina miniatura preliyudiyalari lya
major, do minor va katta hajmli mi minor prelyudiyalarigacha. Rus kompozitori va pioninachisi
Anton Rubenshteyn Shopen proyelyudiyalarini “Durdonalar” degan. Polonez – Shopenning
polonezlari mazurkalari kabi kontsert ijrosi uchun mo’ljallangan. Turli harakterlarga ega
polonezlar lirik poyema ba’zida esa dramatik harakterga ega. Tantanali harakterdagi polonezlari
qirol davridagi xolatni tasvirlaydi. Polonez polyak raqsi bo’lib, Frantsuzcha Poloneza deb
nomlangan. Qadimda jangchi ritsarlarning tantanavor chiqishida ijro qilinadigan musiqa bo’lgan.
Хalq orasida shakllangan polonez – ballarda ijro qilinadigan raqslarga aylandi, chunki
XIX-asrda har bir bal bazmi polonez bilan boshlanadi va birinchi bo’lib saroy egalari chiqib
kelishadi. Shopenning mashhur polonezlaridan lya major o’zining orkestrga xos jarangi bilan,
qudrati bilan farqv qiladi, undagi forte va fortessimo belgilari buqudratni yanada yorqinroq
ko’rsatadi. Vals – Shopenning raqs harakteridagi asarlaridan vals janridagi asarlari bunga misol
bo’la oladi. Mazurka kabi valsda bir necha epizod lar bor. Shopenning 17 valslari orasida do-diez
minor valsi eng mashxur. Shopen o’z valslarida tempni doimo o’zgartirib turadi, uning sevimli
rubato uslubi – yani sezilarsiz darajada tempda chiqish keng qo’llaniladi. Misol: Vals do diez –
minor.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
936
Shopenning mazurka va polonezlarida xalqchil-milliy unsurlar yorqinligi bilan ajralib
turadi. Bastakor ularda xalqchil musiqiy poetik obrazlarni yaratadi. Uning mazurkalari qishloq
manzaralarining rosmana tasvirlari, qishloq hayotidan olingan janriy ishlanmalar bilan boyitilgan.
Shopen mazurkalari orasida dramatik mazmundagi, shuningdek, lirik poemalar yoki
miniaturaviy qaydlar harakteridagi mazurkalar mavjud. Qo’shiq va raqsning o’zaro uzviy
aloqadorligi qadimdan Polsha musiqasiga xos xususiyatdir. Raqs qo’shiq sadolari ostida ijro
etilgan, qo’shiq ohanglari esa raqs harakatlariga uyg’un bo’lgan. Polshada qo’shiq-raqs janrlari
shakllangan, ularda barqaror vaz-nusul tarkibi mavjud bo’lgan. Polonez, krakovyak, mazurka,
oberek uch zarbli metrik asosga tayansa, krakovyak — ikki zarbli asosga tayanadi. Ayrim raqslar
o’zlari paydo bo’lgan yoki mansub bo’lgan viloyat va joy nomlari bilan ataladi.
Jumladan, «mazur» Mazoviyada paydo bo’lgan, «krakovyak» esa Kuyavsk viloyatida
shakllangan. Eng qadimgi raqslardan biri polonez hisoblanadi. Shopen uchun mazurka uning
olisdagi Vatani ramziga aylangan edi. Shopenning barcha mazurkalari ikki guruhga bo’linadi:
«kayfiyat mazurkalari» hamda «mazurka-manzaralar». Janriy sahnacha, rosmana qishloq
shodiyonasi F-dur, op. 68 NO 3 mazurkasida ifoda etilgan. Ushbu mazurkaga hammaga yaxshi
ma’lum bo’lgan C-dur, op. 24 N° 2 va op. 56 NQ 2 mazurkalari kelib qo’shiladi. Bu guruhdagi
mazurkalarni hayotsevarlik, vatanga, yurt va xalqqa bo’lgan qaynoq muhabbat tuyg’ularni
birlashtirib turadi. Boshqa bir guruhdagi mazurkalar g’am, melanxoliya kayfiyatlarni
mujassamlashtirgan. Ularga a-moll, op.68 N° 2, a-moll, op. 17 NQ 4 mazurkalarini kiritish
mumkin. Bu janrning katta hajmdagi, ko’lamdor asarlariga fis-moll, op.59 Ne 3 mazurkalarini
kiritish mumkin. Bu mazurka — teran mazmun va murakkab rivojlanishga ega bo’lgan poema
bo’lib, murakkab uch qismli shaklda yozilgan. Agar mazurkalarda Vatan mavzusi va uning
obrazlari bastakor tomonidan janri hamda lirik planiga ko’ra aks ettirilgani bo’lsa, tarixiy,
qahramonona-epik yo’nalishda olingan xuddi shu mavzu polonezning mahobatli shakllarida o’z
ifodasiga ega bo’ldi. Shopenning har bir polonezi bu mavzuning yangicha turlanishidir: ularda
epik fojiaviy, qahramonona-jangovar, ko’tarinkibayramona va boshqa uslublar yorqin ko’rinadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
937
Shopenning barcha polonezlari monumentalligi bilan e’tiborni tortadi. Polonezlarning
barchasidagi janriy alomat ularning uch zarbli vazni hamda polonezlar uchun xos bo’lgan, ritmik
formulalardir. A-dur, op.26 N° 2 polonezi ritsarona jasorat ruhi bilan to’ldirilgan. Bayramona-
tantanavor yurish manzarasini zarbli — burro ritm, melodik tovushning yuqoriga intilgan
ommaviy holati tasawurini hosil qiladi. Qahramonlikning boshqa jihatlari es-moll va fis-moll
polonezlarida kursatib berilgan. Es-moll polonezi musiqiy obrazlarning ichki quwati, ularning
tasviridagi ko’lamdorligiga ko’ra, Shopen ijodining eng yaxshilari qatoriga kiradi. Unda borliq
obrazlari tragik mushohadalar prizmasi orqali qabo’l qilinadi. Shopen fis-moll polonezida
qahramonona epopeyani katta dramatik ko’lamda rivojlantiradi.
Shopen o’n to’rtta vals ham yaratgan, ular mazmuni va ifoda vositalariga ko’ra turli-tuman
harakterga ega. Ular orasida a -moll, op. 34 yoki f-moll, op. 69 ga o’xshagan kuylovchi, chuqur
nafasli ohanglari bilan bir qatorda, xayolchanlari ham uchraydi; estradaviy tezkor toifadagi xuddi
Es-dur, op. 18 yoki As-dur op. 42. «katta yorqin vals»ga o’xshash samarali valslar ham bor. Cis-
moll op. 64 valsi qayg’uli-melanxolik obrazlarning nozik poeziyasini ochib beradi. Shopen
tomonidan kun tartibiga qo’yilgan valsona yo’nalish poeziyasi bu janrning rivojlanishi uchun
chegarasiz imkoniyatlarni ochib berdi, bu hoi keyinchalik List, Verdi, Chaykovskiy, Glazunov va
Skryabinlar tomonidan liar tomonlama ishlab chiqildi.
REFERENCES
1.
D. Jamolova, N. O‘tayeva “Fortepiano olamiga ilk qadamlar” Jahon kompozitorlari
asarlaridan namunalar. Bolalar musiqa va sa’nat maktablari uchun o‘quv-uslubiy
qo‘llanma. Toshkent 2016
2.
D.Rajabova “Fortepiano mashg‘ulotlari” (fortepiano ta’limi metodikasi) Toshkent
“O‘qituvchi” 1994
3.
R. Qodirov “Ommabop musiqiy glossariy” ma’lumotnoma “Musiqa” nashriyoti Toshkent
2014
4.
Rubinshteyn S. L. Problemi obshey psixologii. M. 1973, 220-bet.
5.
Teplov B.M. Psixologiya muzikalnix sposobnostey.
6.
Uspenskiy V.A. Stat’i, vospominaniya, pis’ma. – T.: izd.lit. i iskusstva im. Gafura
Gulyama, 1980. – 384 s.
7.
X.F Azimov “Fortepiano darsligi” Toshkent “o‘qitiuvchi” 1998-yil
8.
Марк Зильберквит “рождение фортепиано” П. Юргенсон москва 2016
