ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
955
QISHLOQ ХO’JАLIGI KORХONАLАRIDА INVЕSTITSION FАOLLIKNI OSHIRISH
BO‘YICHА ХORIJ TАJRIBLАRI
Nazirova Sayyora Baxtiyorovna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 2-bosqich tayanch doktaranti.
Usmonova Suhrob Abdirasul o‘g‘li
Termiz davlat universiteti Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi menejeri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14931150
Annotatsiya.
Ushbu maqolada investitsiyalar borasidagi xorijiy tajribalar, mazkur
kontseptsiyalarning mamlakat iqtisodiy o'sishi, ish o'rinlarining yaratilishi, texnologik taraqqiyot
va turmush darajasining oshishi kabi ko'plab muhim omillarga ta'sir etishi haqida so‘z boradi.
Maqola orqali turli mamlakatlarning sarmoyaviy tajribalarini o'rganib chiqib,
muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz investitsiya strategiyalarining sabablarini tushunish,
kelajakdagi investitsiya qarorlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
Sarmoya, investitsion muhit, texnologiya,tajriba, iqtisodiy o‘sish, bandlik,
strategiya, pul oqimi, samarali kontseptsiya.
FOREIGN EXPERIENCES ON INCREASING INVESTMENT ACTIVITY IN
AGRICULTURAL ENTERPRISES
Abstract.
This article discusses foreign experiences in investment, the impact of these
concepts on many important factors, such as a country's economic growth, job creation,
technological progress, and increased living standards. By studying the investment experiences of
different countries, you can understand the reasons for successful and unsuccessful investment
strategies and gain more information about future investment decisions.
Keywords:
investment climate, technology, experience, economic growth, employment,
strategy, cash flow, effective concept.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОВЫШЕНИЯ ИНВЕСТИЦИОННОЙ
АКТИВНОСТИ В СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ
Аннотация.
В статье рассматривается зарубежный опыт инвестирования и влияние
этих концепций на многие важные факторы, такие как экономический рост страны,
создание рабочих мест, технический прогресс и повышение уровня жизни. Изучая
инвестиционный опыт разных стран с помощью статьи, можно понять причины успешных
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
956
и неудачных инвестиционных стратегий и получить больше информации о будущих
инвестиционных решениях.
Ключевые слова:
Капитал, инвестиционная среда, технология, опыт,
экономический рост, занятость, стратегия, денежный поток, эффективная концепция.
KIRISH:
O’zbеkiston iqtisodiyoti rivojlаnishigа hissа qo’shib kеlаyotgаn sohаlаrdаn biri qishloq
хo’jаligidir. Iqtisodiyotning mаzkur tаrmog’i hаm yuqori sаlohiyatgа egа bo’lib, undа аholi
ehtiyojlаrini qondirish uchun zаrur mаhsulotlаr ishlаb chiqаrilаdi, qishloq хo’jаligi korхonаlаridа
sаmаrаdorlikning oshishi аholi turmush dаrаjаsi yaхshilаnishini tа’minlаydi. Iqtisodiyotni
modеrnizаtsiyalаsh vа divеrsifikаtsiya qilish borаsidа tub islohotlаrning аmаlgа oshirilishi qishloq
хo’jаligi korхonаlаrining iqtisodiy, tехnik vа moliyaviy sаlohiyatidаn sаmаrаli foydаlаngаn holdа
аholi turmush dаrаjаsini oshirishni tаlаb etаdi. Qishloq хo’jаligi korхonаlаridа sаmаrаdorlikning
oshishi bugungi kundа ulаrdа innovаtsiyalаrning qo’llаnilishi bilаn bog’liq. Mаmlаkаtimizdа
qishloq хo’jаligini innovаtsion rivojlаntirish bo’yichа qаtor chorа-tаdbirlаr аmаlgа oshirilmoqdа.
Jumlаdаn, qishloq хo’jаligini rivojlаntirish bo’yichа turli dаsturlаr ishlаb chiqilib, ulаr
аsosidа ko’plаb loyihаlаr аmаliyotgа tаtbiq etilmoqdа. Bu oshirish esa o‘z navbatida rivojlangan
mamlakatlar tajribalarini o‘rganish kerakligini anglatadi.
MAVZUGA DOIR ADABIYOTLAR SHARXI:
Qishloq xo‘jaligiga
investitsiya jalb qilishnizng dolzarbligi va ahnmyati borasida qator
olimlar izlanishlar olib bormoqdalar. Mаmlаkаtimiz iqtisodchilаridаn N.G‘. Karimov, R.X.
Xojimatov, J.X. Razzoqovlarning (2019-o‘quv qo‘llanma) fikriga ko‘ra “investitsiya” deganda,
kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan qo‘yiladigan barcha
turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar hamda ularga doir huquqlar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi moddiy, moliyaviy
va nomoddiy boyliklarni ijtimoiy-iqtisodiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritish hamda
ularga doir boshqarishdir.
Yaqin xorij mamlakatlari olimlaridan L.Agaeva, V.Anisimova, M.Brodskiy, G.Litvinseva,
M.Nasrutdinov, A.Neshitoy, T.Teplova, V.Chernov, L.Yuzvovich (2018) tomonidan mintaqaning
investitsiyaviy jozibadorligi, hududlarning investitsiya jozibadorligini oshirish omillari,
hududlarda investitsiyaviy faollikni ta’minlash yo‘llari haqida fikr yuritgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
957
TAHLIL VA NATIJA
Har bir mamlakatning o'ziga xos iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi investitsiya
qarorlarini shakllantiradigan muhim omillardir. Masalan: Iqtisodiy barqarorlik, past inflyatsiya,
past foiz stavkalari va o'sib borayotgan iqtisodiyot, siyosiy barqarorlik, huquqiy baza, infratuzilm,
ta'lim darajasi, soliq tizimi, tabiiy resurslar salohiyati ham investitsiyalarni rag'batlantirishi
mumkin.
Turli mamlakatlarning sarmoyaviy tajribalarini o'rganib chiqib, muvaffaqiyatli va
muvaffaqiyatsiz investitsiya strategiyalarining sabablarini tushunish mumkin. Shunday qilib,
kelajakdagi investitsiya qarorlari ko'proq ma'lumotga ega bo'lishi mumkin. Albatta investitsiya
samarasi to'g'ri sektorni tanlash, qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar uchun manfaatli
investitsiya portfeli yaratilishni, risklarni boshqarishva investitsiyalar bilan bog'liq xavflarni
diqqat bilan baholash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va global iqtisodiy integratsiyada ishtirok
etish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni taqazo etadi.
Barcha sohalarda bo‘lganligi kabi qishloq xo‘jaligi va investitsion faoliyat borasida
Germaniya tajribasi bugungi kunda dunyoga mashur. Germaniya hozirda Yevropa Ittifoqida eng
ko'p aholiga ega. Shuningdek, u Yevropaning eng boy davlatlaridan biridir. So‘ngi yillarda qishloq
xo'jaligi korxonalari soni sezilarli darajada kamaydi. Agar 1975 yilda 904,7 mingta korxona
mavjud bo‘lgan bo'lsa, 2023 yilda ular 255,000 taga yetdi.Ammo qishloq xo‘jaligi maxsulotlari va
texnologiyalari eksporti borasida, shuningdek, o'rim-yig'im mavsumida boshqa mamlakatlardan
ishchilarni yollash kabi biznes faoliyatlarida peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqda. Boshqa
tomondan, sanoat va texnologik taraqqiyot o'tgan o'n yilliklarda ko'p mehnat talab qiladigan
ishlarni texnaloyiganing o'zaro ta'siri bilan yakunlash imkonini berdi.
Germaniya qishloq xo'jaligi texnikasi bozorining hajmi 2022 yilda 20 milliard AQSh
dollarini tashkil etadi va 2023-2031 yillar prognoz davrida CAGR 3,8 foizni tashkil etgan holda
2031 yilga kelib bu ko‘rsatgich 3 barobarga kengayishi kutilmoqda. Bozorning o'sishi
fermerlarning fermer xo'jaliklarining mahsuldorligini oshirish va oziq-ovqatga bo'lgan talabni
qondirish uchun zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirgani bilan bog'liq. Qishloq xoʻjaligi
texnikasi dehqonchilik yoki boshqa qishloq xoʻjaligi ishlarida foydalaniladigan mashinalardir.
Bunday uskunalarning bir nechta turlari mavjud: qo'l asboblari va elektr asboblaridan tortib
traktorlar va ular quvvatlaydigan yoki tortadigan ko'plab qishloq xo'jaligi asboblari. Organik va
noorganik dehqonchilikda turli xil jihozlardan foydalaniladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
958
Ayniqsa, mexanizatsiyalashgan qishloq xo'jaligi paydo bo'lgandan beri, qishloq xo'jaligi
texnikasi dunyo oziqlanishining ajralmas qismiga aylandi.
Umuman olganda, 2023-yilning iyunidan 2024-yilning mayigacha bo‘lgan davrda
Germaniyada qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investitsiyalar jami 176,2 ming yevroni tashkil
etdi. Investitsiyalarning asosiy qismi “tashqi savdo uchun mashinalar” sohasiga yo‘naltirildi.
"Qayta tiklanadigan energiya" sohasiga o'rtacha investitsiyalar hajmi 8700 yevroni tashkil etdi.
AQSH qishloq xoʻjaligidagi investitsiya siyosati qishloq xoʻjaligi sektorini qoʻllab-
quvvatlash, rivojlantirish va barqarorligini taʼminlashga qaratilgan siyosat va amaliyotlar
majmuasini oʻz ichiga oladi. Bu siyosatlar fermerlarni qoʻllab-quvvatlash dasturlaridan tortib,
savdo qoidalari va tadqiqot va ishlanmalar faoliyatigacha boʻlgan keng koʻlamli sohalarni qamrab
oladi.
AQSh qishloq xo'jaligi siyosatining asosiy maqsadlari:
Oziq-ovqat xavfsizligi:
Fermerlar daromadlarini qo‘llab-quvvatlash
Qishloq taraqqiyoti:
Resurslarni saqlash:
Raqobatbardoshlik:
Asosiy siyosiy ko‘makalar fermerlarga to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar, mahsulot narxini qo'llab-
quvvatlash, sug'urta va kredit imkoniyatlari kabi turli xil yordamlar taqdim etiladi. Qishloq
xo'jaligi mahsulotlari savdosi eksportni rag'batlantirish, import tariflari va savdo shartnomalari
orqali tartibga solinadi.Yangi texnologiyalar, mahsulot turlari va qishloq xo'jaligi amaliyotlarini
ishlab chiqish uchun tadqiqot faoliyati qo'llab-quvvatlanadi. Tuproq va suv resurslarini himoya
qilish, eroziyaning oldini olish va barqaror qishloq xo'jaligi amaliyotini rivojlantirish uchun turli
xil ekologik siyosatlar amalga oshiriladi. Qishloqlarda infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim va
sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, iqtisodiy faoliyatni
diversifikatsiya qilish bo‘yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda.
2025-yilda o‘z tashkilotlari investitsiyasini ko‘payish yoki kamyishini aniq ayta oladigan davlatlar
(%)
T/R
Mamlakat
Kamaytirish
O‘zgarishsiz
qoldirish
Yirik
kengaytirish
1.
Singapur
23
19
58
2.
Hindiston
24
20
55
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
959
3.
AQSH
19
28
53
4.
Yaponiya
28
20
50
5.
Germaniya
29
23
47
6.
Shvetsiya
27
27
45
7.
Fransiya
22
23
54
8.
Daniya
16
31
52
Manba: Investment-Trends-Report
Jadval ma’lumotlaridan ma’lumki dunyo mamlakatlari doimo investitsion salohiyatni
oshirishdan manfaatdor. Ammo bu ko‘rsatkichlar ichida qishloq xo‘jaligi mkorxonalarining ulushi
katta emas.
O‘zbekiston-Germaniya investitsion aloqalar
Germaniya tashqi savdo aylanmasida O‘zbekistonning 10 ta eng yirik hamkor
davlatlaridan biri bo‘lib, savdo aylanmasi bo‘yicha 7 -o‘rin, eksport hajmi bo‘yicha 19-o‘rin va
import hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi. 2016-2023 yillarda O‘zbekiston va Germaniya
o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2 barobarga oshib, 529,1 million dollardan 1072,3 million
dollargacha, eksport hajmi 2,4 barobarga oshib, 36,9 million dollardan 87 million dollargacha,
import hajmi 2 barobar oshib, 492,2 million dollardan 986 million dollargacha o‘sdi.
O‘zbekistonning umumiy tovar aylanmasida Germaniyaning ulushi 2,2 foizdan 1,7 foizga
kamaydi, eksportda 0,3 foizdan 0,4 foizga o‘sdi, importda 4,1 foizdan 2,6 foizga qisqardi.
2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonda Germaniyadan investorlar ishtirokida 276
ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 57 tasi 2024 yil boshidan buyon tashkil etilgan. 2023
yilda Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar va kreditlar hajmi 757,8 million dollarni tashkil
etgan bo‘lsa, 2024 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 577,7 million dollarga yetdi. Umuman
olganda, Germaniyadan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiya va kreditlarning to‘plangan hajmi 4,5
milliard dollardan oshdi.
O‘zbekiston-AQSH iqtisodiy aloqalar
Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza,
jumladan, turli xarakterdagi 100 dan ortiq hujjatlar mavjud. Siyosiy muloqotni mustahkamlash,
xususan, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi
sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan tashqi ishlar vazirliklari aro siyosiy
maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
960
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri savdo-iqtisodiy
sheriklikdir. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni doimiy ravishda kengaytirishga intilib, iqtisodiy
aloqalarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. O‘zaro savdo so‘nggi uch yil ichida o‘sib
bormoqda. Misol uchun, O‘zbekistonning AQSh bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022 yil yakuni
bo‘yicha 436,8 million dollarni (eksport – 68,5 million dollar, import – 368,3 million dollar)
tashkil etib, 2021 yilga (426,3 million dollar) va 2020 yilga (277 million dollar) nisbatan
oshganligini ko‘rsatmoqda.
XULOSA
Investitsiyalar va milliy tajribalar bir-biriga ta'sir qiluvchi murakkab munosabatlarga ega.
Mamlakatlar o'zlarining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlariga mos keladigan investitsiya
strategiyalarini ishlab chiqish orqali yanada barqaror o'sishga erishishlari mumkin.
Ayniqsa, globallashib borayotgan dunyomizda qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritishda
xorijiy tajribaning ahamiyati ortib bormoqda. Xorijiy tajriba qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat
yurituvchi investor va kompaniyalarga ko‘plab afzalliklarni taqdim etadi:
1. Yangi bozorlarga kirish: xorijiy mamlakatlarda to'plangan tajriba turli bozorlar haqida
bilim beradi. Shunday qilib, yangi mahsulot va xizmatlar uchun potentsial bozorlarni ochish va
eksport imkoniyatlarini oshirish mumkin.
2. Ta'minot zanjirini rivojlantirish: Chet el tajribasi turli etkazib beruvchilar bilan muloqot
qilish va hamkorlik qilishni osonlashtiradi. Shunday qilib, yuqori sifatli va arzonroq xomashyo
sotib olinishi va ta'minot zanjiri yanada samarali bo'lishi mumkin.
3. Texnologik innovatsiyalar: Qishloq xo‘jaligidagi texnologik o‘zgarishlarni xorijiy
mamlakatlarda ham yaqindan kuzatish mumkin. Shu tariqa yangi texnologiya va usullarni
o‘rganish va o‘z biznesida qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish mumkin.
4. Raqobat ustunligi: Xorijiy tajriba raqobatchilarga nisbatan sezilarli ustunlik beradi. Turli
bozorlar va madaniyatlarda tajriba orttirish raqobatbardoshlikni oshiradi va oldinga intilishni
osonlashtiradi.
5. Risklarni boshqarish: Chet el tajribasi sizni turli xavf omillarini tanib olish va
boshqarishni o'rgatadi. Shunday qilib, qishloq xo'jaligi sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan
xatarlarga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish va yo'qotishlarni minimallashtirish mumkin.
6. Madaniy xabardorlik: Xorijiy tajriba turli madaniyatlarni bilish va tushunish
imkoniyatini beradi. Shunday qilib, turli mamlakatlardagi odamlar bilan yaxshiroq muloqot va
hamkorlikka erishish mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
961
7. Investitsion imkoniyatlar: xorijiy tajriba turli mamlakatlardagi sarmoyaviy
imkoniyatlarni oʻrganishni osonlashtiradi. Shu tariqa qishloq xo‘jaligi sohasida yangi sarmoya
yo‘nalishlarini aniqlash va rentabellikni oshirish mumkin.
8. Hamkorlik imkoniyatlari: Xorijiy tajriba xalqaro kompaniya va tashkilotlar bilan
hamkorlik qilish imkoniyatlarini oshiradi. Shunday qilib, qo'shma loyihalar ishlab chiqilishi va
resurslarga osonroq kirish mumkin.
REFERENCES
1.
Xashimov P.Z. Daromadlar tabaqalanishi aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich
sifatida // Iqtisod va moliya. 2020 Xashimov P.Z. Daromadlar tabaqalanishi aholi turmush
darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida // Iqtisod va moliya. 2020
2.
G‘ozibekov D. G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. Monografiya. – T.:
«Moliya», 2003
3.
Mustafakulov Sh.I. O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirishning ilmiy-
uslubiy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
avtoreferati. – T.: «TDIU», 2017.
4.
Investment-Trends-Report
5.
Yeşil ihracat stratejisinin öncüllerinin ve sonuçlarinin belirlenmesine yönelik keşifsel bir
araştirma. Yüksek Lisans Tezi Ankara 2024
6.
Инвестиции: учебное пособие для студентов направления «Экономика» / сост.
Т.В.Денисова, И.Г.Нуретдинов, Ю.В.Нуретдинова. – Уляновск: «УлГТУ», 2017.
ITERNET SAYTLARI
7.
8.
9.
10.
https://openaccess.hacettepe.edu
