ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
962
O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING SHAKLLARI
Xudoyqulova Shaxnoza Aliqulovna
Toʻraxonova Dilnoza Mengboevna
Isoqova Gulzebo Ibrohim qizi
Togʻaeva Oʻgʻiloy Oltiboy qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14931224
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o’qish darslarini tashkil etishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning shakllari va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida
asosli fikr va xulosalar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim mazmuni, o’qish darslarini tashkil etish, pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
FORMS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN ORGANIZING
READING LESSONS
Abstract.
This article discusses the forms and importance of using pedagogical
technologies in organizing reading lessons. The article presents substantiated ideas and
conclusions.
Keywords:
educational content, organization of reading lessons, use of pedagogical
technologies.
ФОРМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В
ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ ЧТЕНИЯ
Аннотация.
В статье рассматриваются формы и значение использования
педагогических технологий при организации уроков чтения. В статье представлены
аргументированные мнения и выводы.
Ключевые слова:
содержание образования, организация уроков чтения,
использование педагогических технологий.
Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratilib, DTS o’quv dasturlarining yangi
tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o’quv
jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot
komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
963
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish,
bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va
shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda
pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi.
Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu
bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning
savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakl- lanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.
Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib
topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim
jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor
qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv
faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.
Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat
kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur
o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o‘yinlarning roli
beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida
o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim jarayonini
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi.
Didaktik o’yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning
o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik
o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari
ortadi.
Didaktik o‘yinlar nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki ta’limning keyingi bosqichlarida
ham o‘quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkin. Ayniqsa
qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali
ta’sir ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv
qo’llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor
qaratilmoqda.
Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobi- liyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan
holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va
usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u Haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
964
oshiradi, o
’
quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin
foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Shuning uchun ham ta’lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Ta’lim ishiga texnologik yondashuv:
— ta’lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
— o‘qish-o‘qitish jarayonini uzviy bog‘liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
— ta’lim jarayonida mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni
muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
— loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barcha- sini bir xil bajarishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u
rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar maqsadni aniq
belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv
predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.
Shuni ta’kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o‘tkaziladigan didaktik jarayonning
aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi.
Didaktik jarayonning samarali o‘tishida motivlar muhim o‘rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq
maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo‘ladi.
Motiv kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da’vat, turtki. Shunday ekan,
muallimlar bolada o‘qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o‘stirishlari kerak. Motivlar
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni oson egallashlariga yordam beradi.
Motiv bolada bilim olishga ishtiyoq va qiziqish uyg‘otadi. O‘qituvchilar bundan mohirlik
bilan foydalanishlari va o‘quvchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari
foydadan xoli bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinf o
’
qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik
o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi.
Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar
oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning
a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo’ladi.
Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish,
murakkab materiallarni o‘r- ganish kabi zarur yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga,
kundalik majburiy va davomli mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
965
Hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi.
Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik
darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola
maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar bolalarning
maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga
harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z- o‘zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik
xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.
Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
darslarni qiziqarli olib borish natijasida o’quvchilarni darsga jalb etish samarali bo‘ladi. Shunday
darslarda bolalar diqqati to
’
liq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar o‘quvchilaming
bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari ta’lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur.
«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va
metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o’quv-tarbiya jarayonining
eng qadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan edi.
O’qituvchi bir o’quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat
etgan. O’qituvchi matnlarni o’qib bergan yoki bolalariga o’qitib so’zlatgan. Qoida va ta`riflarni
yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan
bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan.
Keyinchalik individual ta`lim o’rnini guruhlar asosida o’qitish egallagan. O’rta asrlarga
kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og’zaki savol-javob, yuqori
pag’onalarda esa ma`ruza, munozara ta`limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat
asta-sekin sinf - dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin
hozirlagan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakatlarda ko’plab pedagogik
nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrimlari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o’quvchilar
faolligini oshirishga qaratilgan edi.
Shu davrlarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo’lib, uning asoschisi
fransuz pedagogi E.Demolen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSh, Fransiya, Belgiya,
Shvesariya kabi ko’plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi»
tuzildi va unda yangi maktablarga qo’yilgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo’lib,
unda haq to’lashga kodir kishilarning bolalarigina o’qitilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
966
Yangi maktablarda ish yaxshi yo’lga qo’yilgan, to’liq jihozlangan kabinet va
laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol» metodlar qo’llanilgan. O’quvchilarning o’z-o’zini
boshqarish organlari bo’lgan.
Maktablarning amaliy pedagogik laboratoriyasi bo’lib, bolalarning miyasini yodlab
olingan bilimlar bilan to’ldirish orqali ta`lim berish o’rniga, ularning fikrlash qobiliyatini umumiy
o’stirish yo’li bilan ta`lim berishga harakat qilingan. O’quvchilarga qanday qilib kuzatish,
gipotezalar topishni, o’z taxminlarini tekshirib ko’rishni o’rgatganlar. Bunday maktablarda
o’qitish faktlarga va tajribaga tayanishga, bolalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini
tarbiyalashga asoslangan edi.
XIX asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay (1862- 1926) «ish-harakat
pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g’oyalarida ham o’ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor
edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha,
mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o’quvchilar o’z faolliklarini ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’ladilar, harakat qiladilar.
Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar
yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizasiya, ashula, musiqa, raqslar,
shuningdek, o’simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, og’zaki va yozma
ishlar va shu kabilar ta`lim jarayonidagi «ifodalash» vositalaridir. Lay fikricha hamma darslar ana
shu qoidalar asosiga qurilishi lozim.
Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish; o’quvchilarning
ravon va to’g’ri, ongli va ifodali o’qishining takomillashuviga erishish; Mashg’ulotga
o’quvchilarning faol qatnashuviga erishish; ularning o’qish motivlarini qo’zg’ash va qiziqtirish,
o’quvchilarni faollashtirish yo’llarini bеlgilash va qo’yilgan maqsadga to’liq erishish; Pеdagogik
tеxnologiyalarni o’zlashtirish va boshlang’ich ta'limda uni qo’llash yo’llarini izlash va
takomillashtirish, o’z ustida ishlash; Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish motivlarini o’stirish
ustida ishlash; Darsni hayotiy tajribalar bilan bog’lash.
Va buning oqibatida o’quvchi to’g’ri, ongli va ifodali o’qishga o’rganad Turli mashqlar
vositasida tеz o’qish malakalari takomillashadi. Vatan haqidagi tushunchalari kеngayadi, Vatanga
muhabbat shakllanadi, Vatandan g’ururlanish, ya'ni milliy g’umr shakllanishiga asos yaraladi.
Matn bilan mustaqil ishlashga o’rganish. O’z fikrini erkin bayon etishga o’rganish;
o’rganilganlar asosida ertak, maqol, hikmatli so’zlar, tеz aytishlarni o’rganish. o’rtoqlari fikrini
ma'qullash yoki yangi fikrlarni aytishga o’rganish.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
967
Dars qurilishida ham qat'iy andoza, birinchidan, ijodkorlikka yo’l bеrmaydi, ikkinchidan,
o’quvchilarning imkoniyatlarini chеklab qo’yadi. Shuning uchun ham biz o’qish darsnining
taxminiy algoritmini diqqatingizga havola etamiz:
Darsning maqsadi.
Ta'limiy maqsad:
a) o’quvchilarning to’g’ri va ravon o’qish malakalarini shakllantirish;
b) matn mazmuniga ko’ra, o’quvchilarning xususiyatiga mos tabiat, jamiyat va inson
tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad:
a) o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish;
b) matn mazmuniga ko’ra aqliy, ma'naviy-a'loqiy, estеtik, jismoniy, mеhnat, ekologik,
iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
a) o’quvchilarning o’qish malakalarini rivojlantirish;
b) tеz, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishga o’rgatish;
d) dunyoqarashlarni, hulq-odob, insoniy munosabatlarni, aqliy, jismoniy va boshqa
sifatlarni rivojlantirish;
Darsni tashkil etish:
Birinchidan, o’qituvchi o’quvchilarga darsga qiziqish uyg’otishi zarur. Yani,
Motiv hosil
qilish
: Buni darsning o’tgan darsni mustahkamlash qismida va yangi darsni o’tishga tayyorgarlik
qismida, butun dars davomida ham amalga oshiriladi. Motiv hosil qilishda turli didaktik o’yinlar,
topshiriqlar, musobaqalar va boshqa ish usullaridan foydalaniladi.
2-O’quv elеmеnti. Matnni o’qishga tayyorgarlik: yozuvchi haqida ma'lumot bеriladi. Matn
mazmuni haqida tushuntirilib, o’quvchilarning matn- ga qiziqishlari oshiriladi. Ba'zan matn
mazmuni haqida gap boshlab, qolganini kitobdan o’qib, o’rganamiz, dеb, o’qituvchi bolalarning
matnga qiziqishini oshiradi. Tarbiyaviy ta'sirini kuchaytiradi.
3-O’quv elеmеnti. Matnni o’qish va mazmunini so’zlash. Bunda o’qituvchi matnni o’zi
o’qib bеradi va mazmunini tushuntiradi yoki bu ishni tashkil etishda o’quvchilar faolyatidan ham
foydalanishi mumkin.
4-O’quv elеmеnti. Quvnoq daqiqa.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
968
5-O’quv elеmеnti. Lug’at ustida ishlash. Notanish so’zlarga izo’ bеrilib, o’quvchilarning
so’z boyliklari oshiriladi (bunda ko’proq o’quvchilar faoliyatini ishga solish lozim),
dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatiladi.
6-O’quv elеmеnti. O’quvchilar matnni o’qiydilar. Bunda ham motivni ri- vojlantirish
uchun o’quvchilar guruhlashtirilishi mumkin. 2 ta, 3 ta 4 tadan o’quvchilar guruhi matnnni navbat
bilan o’qiydilar. To’g’ri, ravon va ifodali o’qishga alohida diqqat qaratiladi. Shu talablarga rioya
qilgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
7-O’quv elеmеnti. Topshiriq bilan o’qish. O’qituvchi o’quvchilarning o’qish malakalarini
rivojlantirish, o’qiganini tushunib olishga o’rgatish uchun turli mashq usullaridan foydalanadi.
Matn mantiqiy qismlarga bo’linib, har bir qismining mazmunini so’zlash topshirig’i,
qismlarga alohida sarlavha topish, rеja tuzish kabi topshiriqlar bеrilishi mumkin. Bu
o’quvchilarning dunyoqarashlarining rivojlanishi, mantiqiy fikrlashga o’rganishiga yordam
bеradi.
8-O’quv elеmеnti. Quvnoq daqiqa.
9-O’quv elеmеnti. Matn mazmuni ustida ishlash. O’quvchilar matn maz- munini so’zIab
bеrishlari yoki turli didaktik o’yinlar vositasida maz- munni o’zIashtirishi mumkin.
Masalan, «Davom ettir» o’yini: O’qituvchi matn mazmunini hikoya qilishni boshlaydi, bir
o’quvchi uni davom ettiradi. Shu taxlitda barcha o’quvchilarni matn hikoyasiga qatnashtirish
mumkin.
«Zanjir» o’yini: matndagi bir nеcha so’zlar vositasida bu o’yinni o’ynash mumkin.
O’qituvchi boshlab bir so’z aytadi, so’zning tugagan harfidan boshlanadigan so’zni bir
o’quvchi aytadi, shu taxlitda hamma o’quvchilarni o’yinga qatnashtirish mumkin.
«Tеz javob»: O’qituvchi yoki boshlovchi o’quvchilar qatori oralab yurib, o’quvchilardan
birini turg’izadi va biror tur nomini aytadi. O’quvchi shu turga kimvchi so’z topib aytishi lozim.
Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kеrak. Javob bеrolmagan o’quvchi o’yindan chiqadi.
O’yin toki bir o’quvchi qolguncha davom еttiriladi. Bunday o’yin davomida o’quvchilarda
hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga
o’rganadi, atrofdagi sodir bo’ladigan voqеa va hodisalarga qiziqishi ortadi.
Bu o’yindan dars davomida o’tilgan mavzuga bog’lab, darsning mustahkamlash qismida
yoki dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.
O’qituvchi: «Hayvon».
O’quvchi: «It».
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
969
O’qituvchi: «O’quv quroli».
O’quvchi: «Daftar».
O’qituvchi: «Sinf jihozi».
O’quvchi: «Xantaxta».
O’qituvchi: «Ertaklar».
O’quvchi: «Zumrad va Qimmat» va hakozo.
Shu kabi o’yinlardan foydalanish orqali o’qituvchi o’quvchilarning o’qish motivini
rivojolantiradi va ularning dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi, o’quvchilarda
topqirlik, chaqqonlik, bilimdonlik kabi sifatlarni rivojlantiradi, xulqiga ta'sir ko’rsatadi.
10-O’quv elеmеnti. O’quvchilar bilimini nazorat qilish. Nazoratni yo’qoridagi didaktik
o’yinlar vositasida va tеstlardan foydalanib o’tkazish mumkin.
Agar tеkshirish davomida dars maqsadiga erishilgan bo’lsa, dеmak dars tеxnologiyasi
to’g’ri ishlangan va uni takomillashtirish muntikin. Agar maqsadga erishilganlik darajasi past
bo’lsa, dеmak loyihani korrеrktirovka qilish (o’zgartirishlar kiritish) kеrak. O’qituvchi qaеrda xato
qilganini bilib, xatolarini tuzatadi.
Bu dars yangi bilim bеrish darsining algoritmi bo’lib, uni boshqacha tarzda ham tashkil
qilish mumkin.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning
qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv
materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy
hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang
qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan o’rinli foydalanish
talab etiladi
O’zbеk xalqining ulug’ allomalaridan biri Abu Rayhon Bеruniy asarlarida yosh avlodga
bilim bеrishning turli yo’llari va vositalari haqida tushunchalar bеrilgan bo’lib, ularni mustaqil
fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to’xtalib o’tgan. «Qadimiy
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Bеruniy sxolastik mеtodlardan voz kеchish, dars
samaradorligini oshirish yo’llarini izlash bolalarning xotirasini rivojlantirishga, fikrlashga
o’rgatishini ta'kidlab o’tgan. «Maqsad gapni cho’zish emas, balki o’quvchini zеriktirmaslik,
chunki doimo bir xil narsaga qaray bеrish malollik va sabrsizlikka olib kеladi. O’quvchi fandan-
fanga o’tib tursa, turli bog’larda yurganga o’xshaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
970
Birini ko’rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o’ziga yarasha
lazzat bor dеyilganidеk ularni ko’rishga qiziqadi va ko’zdan kеchirishni istaydi. Bir xil narsa
charchatadi, xotiraga malol kеltiradi»
15
Ta'lim bеrish o`qituvchidan izlanishni, pеdagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy
salohiyatga boy bo`lgan ustozgina mavzuni pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
o’quvchilarga mahorat bilan etkazib bеradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta'lim mеtodlarini tanlay
biladi, kеrakli vositalardan o`z o`rnida foydalanadi.
O`quv informatsiyasini so`z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish
mеtodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo`yiladig’
O`qitishning og`zaki mеtodlari uch turga:
a) o`qituvchining hikoyasi;
b) suhbat;
v) maktab ma'ruzasiga bo`linadi.
Hikoya usuli boshlang'ich sinflarda ko`p qo`llaniladi Ta'lim mazmuni o`quvchiga qisman
tanish bo`lsa suhbat usuli qo`llaniladi. Og`zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning
o`qituvchining bayon qilishi va o`quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab
ongli va mustahkam o`zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Hikoya maktab ta'lim tizimida eng ko`p qo`llanadigan usul bo`lib, u hamma sinflarda
barcha fanlarni o`qitishda, maktab ta'limining hamma bosqichlarida qo`llaniladi. Boshlang`ich
sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo`ladi, sinflarning o`rta guruhiga kеlib hikoya ancha kattaroq
hajmda va davomli bo`ladi.
O`quv matеrialini og`zaki bayon qilish usuli quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga
asosan qo`llaniladi:
O’qish darslarida bayon qilinayotgan matеriallar g`oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy
hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lashga qaratilgan bo`lishi kеrak. Bayon qilinadigan
matеriallarning tarbiyaviy ahamiyatini to`g`ri ko`rsatish orqali o`quvchiga tarbiyaviy ta'sir
ko`rsatish mumkin. Oqish darslarini tashkil etishning qanday hollarida suhbat usuli qo`llaniladig’
1
Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. Tosh- kent, 1968.
106-107-b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
971
Uni qo`yishda qanday qoidalarga amal qilish lozim? Suhbat usuli - savol-javob usuli dеb
ham yuritiladi.
O`quvchilar darsga etarli darajada tayyor bo`lsa o`qituvchi rahbarligida muammoli
savollarga javoblarni o`zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar
evritsik izlanish, ahtarib topish haraktеrida bo`ladi.
O`qish jarayonida o`rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi
suhbatlar ham qo`llaniladi.
Suhbatlar, ayniqsa, o`qitishning tarbiyalovchilik haraktеrida dunyoqarash, e'tiqodni tarkib
toptirishda qo`l kеladi. Suhbatlar butun sinf hamda o`quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham
o`tkaziladi.
Suhbatlar orqali:
a) O`quvchilarning o`z hayotlarida uchratgan voqеa, hodisalar yuzasidan savollar bеrish
orqali o`quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e'tibor qilish,
o`quvchilarning ilgari o`rgangan tayanch bilimlarini esga tushirishga erishish lozim. Suhbat usuli
bilan ish ko`rganda o`qi-tuvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
O`qituvchining suhbat uchun tayyorlab kеlgan savollari sinf O`quvchilarining hammasiga
taalluqli bo`lib, so`roq o`rtaga tashlanishi kеrak.
O`quvchilardan biri javob bеrish uchun chaqiriladi.
Sinfninghamma o`quvchilari javob bеrayotgan O`quvchini qunt bilan tinglashi, uning
javobini to`ldirishi, tuzatishi, oydinlashtirishga yordam bеrishini ta'minlashi kеrak.
O`quvchilarning javobi qay darajada to`g`ri-noto`g`ri bo`lishidan qat'i nazar o`qituvchi
tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.
Ta'lim jarayonida turli ko`rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Ho`sh,
ushbu o`quv informatsiyasini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish mеtodining
ahamiyati qanday? Ko`rgazmalilikning qanday turlari mavjud? dеgan savollarga javob topishga
harakat qilaylik.
Ko`rgazmali usulning muhimligi o`rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga,
ularni kuzatib mushohada qilishga o`quvchini undash, mantiqiy va nazariy elеmеntlarning
birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishga o`rgatishdan
iborat.
Ta'limda ko`rgazmalilik usuli namoyish etish, illyutsratsiya va ekskursiya tariqasida olib
boriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
972
Ta'lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy matеrialning haraktеriga -
mazmuni, shakli va hajmiga bog’liq. Bu xaraktеr ikki turlidir:
Aslicha ko`rsatilishi mumkin bo`lgan buyum va narsalar: o`simliklar, ularning tarkibi,
hayvonlar, ma'danlar, kollеksiyalar, asbob va mashinalar, modеllar va h.k.
Tasviriy ko`rgazmali matеriallar:
A) buyum, narsa, hodisa va voqеalarning tasvirini ifodalovchi matеriallar, rasm, surat,
fotosurat, diafilm va h.k.
Tasviriy ko`rgazmali matеriallar turliligi har xil qo`llashni talab еtadi. Masalan:
1. Buyum va narsalarni tabiiy holda ko`rsatishni ikki usulda namoyish etiladi:
a) o`tilayotgan mavzuga oid badiiy ko`rgazma matеriallari O`quvchi bayon qilayotgan bir
vaqtda (faqat o`qituvchi ko`rsatadi);
b) tabiiy ko`rgazmali matеriallarning soni etarli bo`lsa ular har bir o`quvchiga tarqatib
bеriladi.
2. Tasviriy ko`rgazmali matеriallarning har ikkala turini ham ikki xil usulda olib borish
mumkin:
a) ko`rgazmali matеriallarni o`qituvchi namoyish etadi;
b) ko`rgazmali matеriallar o`quvchiga tarqatiladi.
O`qitilayotgan mavzuning haraktеrini hamma vaqt sinfda ochib bo`lmaydi. Bu holda nima
qilish kеrakg’ Ekskursiya mеtodidan foydalanish mumkin. Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham
ko`rsatish mumkin. Bu usulda o`rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda zavod, fabrika,
tabiatda, muzеy, ko`rgazmalarda tashkiliy ravishda ko`rsatiladi. Agar ko`rsatilayotgan joyda
o`tilayotgan mavzu mazmunini kеng ochib bеrish imkoni bo`lsa, buni o`qituvchi oldindan borib
kuzatib kеyin O`quvchilarni olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi, O`quvchilar ekskursiya
davomida obеkt ustidan ma'lumotlarni eshitish yoki kuzatish bilan chеgaralanmasdan zarur
matеriallarni yozib oladilar, rasmini chizadilar, o`lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
O`qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va
mashg`ulotni yakunlaydi.
Mashq davomida ilgari egallangan bilim, ko`nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tatbiq
etiladi.
O`quvchilarning o`zlashtirilgan ko`nikma va malakalarni mustahkamlash ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish asosida olib boriladi:
-mashq uchun bеrilgan topshiriqning maqsadi O`quvchilarga aniq tushuntirilgan borishi;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
973
-mashq ustidan sinf o`quvchilar jamoasi va har qaysi o`quvchilarning shahsiy intilish,
qiziqishini hisobga olishi;
-topshiriq butun sinf o`quvchilarining aktiv faoliyatini ta'minlaydigan bo`lishi va mashqni
bеlgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi.
Mashq qilishda o`quvchilarning yozma, ijodiy mashqlari alohida o`rin egallaydi.
Mutafakkir Abu Rayhon Bеruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o`quvchilarni o`qitish
hamda tarbiyalash jarayonida, birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o`quvchining
zеrikmasligini, zo`riqmasligini ta'kidlagan.
Ta'lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo`lida ta'lim vositalaridan
foydalaniladi. Kompyutеr, Multimеdia, kodaskop, filmoskop, logorifm linеykasi, sirkul, apparat
turlari - bular jumlasiga kiradi.
Ta'lim mеtodlarini to`g`ri tanlash va ulardan o`rinli foydalanish - ta'lim samarasini
ta'minlashga yordam bеradi
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini,
zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy
vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini
aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida
amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi.
O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya,
xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
REFERENCES
1.
Ishmuhamеdov R., Abduqodirov A., Pardaеv A. Tarbiyada innovatsion tеxnologiyalar. T:,
2010-yil
2.
Nishonaliеv U. Ta'lim standarti va pеdagogik innovatsiyalar. – «Xalq ta'limi», 1999-yil
3.
Nаzаrоvа T.S. Pеdаgоgichеskаya tехnоlоgiya: nоviy etаp evоlyusii.-T. 1999-yil,16 b
4.
Nаzаrоvа T.S. Pеdаgоgichеskаya tехnоlоgiya: nоviy etаp evоlyusii.-T. 1999,16 b
5.
Mallayеv O. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. T. 2000-yil
6.
Ochilov M. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. – Karshi «Nasaf», 2000-yil
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
974
7.
Rozikov O., Og’aеv S., Maxmudov A., Adizov B. Ta'lim tеxnologiyasi. – Toshkеnt
«O’qituvchi» 1999-yil
8.
Sayidaxmеdov N.S. Yangi pеdagogik tеxnologiya mohiyati. – «Xalq ta'limi», 1999-yil 1-son,
97-102 bеtlar.
9.
Sayidaxmеdov N.S. Pеdagogik maxorat va pеdagogik tеxnologiya. – Toshkеnt, 2003-yil
