Authors

  • Maftuna Rahmonova
  • Sevara Nurmatova
  • Oʻgʻlon Xoliqulova
  • Maxbuba Mamatqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68558

Keywords:

ta’lim mazmuni boshlang’ich sinf o’qish darslari pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslari jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash usullari va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va xulosalar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

979

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARI JARAYONIDA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH USULLARI

Rahmonova Maftuna Muradaliyevna

Nurmatova Sevara Dusmamatovna

Xoliqulova Oʻgʻlon Abduxaliqovna

Mamatqulova Maxbuba Toshtemirovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.14931457

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslari jarayonida pedagogik

texnologiyalarni qo’llash usullari va ahamiyati

haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr

va xulosalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ta’lim mazmuni, boshlang’ich sinf o’qish darslari, pedagogik

texnologiyalardan foydalanish.

METHODS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF

PRIMARY GRADE READING LESSONS

Abstract.

This article discusses the methods and importance of using pedagogical

technologies in the process of primary grade reading lessons. The article presents substantiated

ideas and conclusions.

Keywords:

educational content, primary grade reading lessons, use of pedagogical

technologies.

МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

В статье рассматриваются методы и значение использования

педагогических технологий на уроках чтения в начальной школе. В статье представлены

аргументированные мнения и выводы.

Ключевые слова:

образовательный контент, уроки чтения в начальной школе,

использование педагогических технологий.

Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib

kelishi ta’lim sohasida ham bir qator o‘zgarishlar qilinishini taqoza etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim

sohasida erishilgan yutuqlami saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan

saqlanmoq zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

980

Ta’limning kishi xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har

tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qo

c

llash, ularda amaliy

ko‘nikma va malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o

£

tishga harakat qilish shu kunning talabi.

Shunga erishilsagina vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi oldiga qo‘yilgan

vazifa oqilona hal etilishi mumkin.

Ta'lim mеtodlarini to’g’ri tanlash va ulardan o’rinli foydalanish - ta'lim samarasini

ta'minlashga yordam bеradi

“Kadrlar

tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim berishning ilg’or pedagogik

texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta

ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.

Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini

aniq belgilab beradi.

O’qitish mеtodi dеganda ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan

maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O’qitish usullari ta'lim

jarayonida o’qituvchi va O’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday

tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi. O’qitish usullari har ikkala faoliyatning:

a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish;

b) O’quvchilar tomonidan bеrilayotgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish

faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi.

Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida

amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi.

O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya,

xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.

O’qish darsining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga

bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo’ladi. Masalan,

eski maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izjhli o’qish

asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi sozlarga izoh berishga, ma’nosini

tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga

mutlaqo e’tibor berilgan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish nazarda

tutilgan.

Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha

savol tug’iladi: izohli o’qish nima?


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

981

Izohli o’qish

ga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos slogan, u

o’qishda o’quvchilarni “ongli, tushunib, o’ylab o’qishga” o’rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni

“Izohli o’qish” deb nomlaydi.

Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf

va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov

o’quvchilarga o’qish jarayonida ham badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan

bo’g’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.

Proffessor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib,

o’quvchilarning oldin bilimlarni o’zlashtirishiga, so’ng yod olishlariga e’tibor berilishi ta’lim

jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi.

Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, o’qilganning

mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli o’qish asar mazmunini

tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g’oyani anglashni ta’minlaydi.

Izohli o’qish quyidagi tamiyillarga to’liq amal qilingandagina muvofaqqiyatli bo’ladi:

1.

o’qishni hayot bilan bo’g’liq holda tashkil etish.

2.

o’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy tajribalariga,

taassurotlarga asoslanish.

3.

O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish,

hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish

hamda matnni o’quvchining ifodali o’qishi tarzida olib borish.

Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar,

maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri

o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub

asarlarni o’ziga xos usulda o’qib o’rganish taqazo qilinadi.

Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy o’qishdir. Atoqli

metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:

a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning asarni to’g’ri

va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta’minlash maqsadini ko’zda

tutuvchi so’zi:

b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish

maqsadiga ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy, axloqiy,

ijtimoiy-siyosiy muammoning qo’yilishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

982

d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida

tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi

Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan to’g’ri matn

mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda A. Oripovning

“Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o’qish metodi asosida o’rganish

jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi

aholining yashash tarzi bilan bo’g’liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi.

2-sifda “o’tinchi yigit”, 3-sifda O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, 4-sinfda S. Anorboevning

“Qo’rqoq” asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi.

Ifodali o’qish.

Boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez

(me’yoida) o’qish) va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan song ifodali o’qishga o’tiladi.

U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning

muvoffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy- badiiy xususiyatlari haqida muayyan

tushunchaga ega bo’lishlari bilan bog’liq.

Ifodali o’qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq,

yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali

o’qitishning dastlabki va asosiy shaklidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M. A. Ribnikova.

Demak, “Ifodali o’qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini

intonatsiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili

o’qiladigan asar go’yasi va badiiy qimmatini chuqur tushunishdir”

Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o’qishda qay darajada muhim bo’lsa, nasriy

asarlarni o’qishda ham muhim talablardan biridir.

Nasriy asarlarni o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur.

Masalan, ifodali o’qish oldiga qo’yilgan 4-sinfda X. To’xtaboyevning “Xatosini tushungan

bola” hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning

xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, maqtanchoqlikning yomon illat ekanligi to’g’risida

tushuncha beriladi.

Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning “Ha kim ekkanin it”,

kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir.

Matnni ifodali o’qishga tayyorlanish

1. Matnni diqqat bilan o’qing.

Unda nima haqida aytilganini tushunishga harakat qiling.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

983

2. Mavzuni, asosiy g’oyani, aytilish tonlarini aniqlang.

3. Matnni nima maqsadda o’qishingiz va tinglovchilarni nimaga ishontirishingiz haqida

o’ylang.

4. Gapdagi muhum ahamiyatga ega bo’lgan so’zlar ma'nosini bеlgilang.

5. Qaеrda pauzalar bo’lishini bеlgilang.

6. Og’zaki, ifodali nutqning yana qanday usullaridan foydala nishingizni o’ylang, masalan,

nutq tеmpi, ovoz balandligi yoki pastligi.

Xotira, nutq va tafakkuming rivojlanishiga 5moduJdagi ishlar xizmat qiladi. Bunday

ishlarni tartibga so’sh uchun quyidagi еslatmadan foydalanish maqsadga muvofiq.

Badiiy o’qish.

Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblnadi. Unda soz

san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga batomom kirishni,

san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishda asar qahramonlarining ruhiy holati,

kechinmalari to’la anglab yetilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin.

Badiiy o’qishga

tayyorgarlik ko’rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish

yaxshi samara beradi.

Badiiy o’qishning muvoffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir.

Masalan, 3-sinfda X.To’xtaboyevning “Hassa” hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil

boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S. Anorboyevning “Bahs” hikoyasidagi epizodi

yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasiga ushbu

asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi.

Izlanish metodi.

Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga savol-

topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo’llanilarigan usuldir.

O’qish darslarida rеproduktiv metod keng qo’llaniladi. Xo’sh bu usulni qachon qo’llash

mumking’

Bu usullar o’quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy

faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Rеproduktiv usullar o’quvchilarning

o’quv matеriallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta'minlash, bilishga doir faoliyatni bеvosita

6oshqarish, kamchiliklarni tеz aniqlash uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish

maqsadida qo’llaniladi.

Rеproduktiv usullar - o’quv matеrialining mazmuni, asosan, ahborot haraktеrida bo’lsa,

amaliy harakatlarning usullarini ta'riflasa, o’quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola

bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor Qanday holda induktiv


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

984

va dеduktiv usullar qo’llaniladig’ Ayniqsa, dеduktiv o’qitishga talab va e'tibor kuchaydi. Bu

usulda tafakkur qilish katta samara bеradi. Induktiv yoki dеduktiv usullarni qo’llash

o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma'lum mantig’ini - xususiydan umumiyga yoki

umumiydan xususiyga o’tishni tanlashni anglatadi.

Bu usulda tafakkur qilish katta samara bеradi. Rеproduktiv usulda o’quvchilar ilgari yoki

yaqinda egallagan bilimlarini qo’llaydi. Masalan, o’qituvchi dastlabki darslarda o’zi asar matnini

qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar

diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan

ma’noni ochib, o’quvchilarga ko’maklashadi. Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma

vazifasini o’taydi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida yuqorida

ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar.

Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish darslarida

zamonaviy pedagogik texnologiya sullaridan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlash”, “Guruhlar bilan

ishlash”, “Blis texnologiyasi”, “FSMU texnologiyasi” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara

beradi.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday

usullarni qo’llash o’qituvchi o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab

chiqilishi lozim.

2-sinf o’qish darsidagi ish turlarini quyidagicha belgilash mumkin

– O’qituvchi topshirig’i bo’yicha matnni to’liq o’qish.

–Matnni bo’laklarga bo’lish.

–Tayyor rеja bo’yicha o’qish.

–Matnni o’qib, mazmunini hikoya qilish.

–Matnni tayyorgarlik ko’rgan o’quvchilar tomonidan o’qilishi. Matnni qisqartirib o’qish.

–Xatboshi bo’yicha o’qish.

–Matndan rasmga bag’ishlangan qismini o’qish.

–O’qituvchining savollariga matndan javob topib o’qish.

–Tanlab o’qish.

–Gapning boshi yoki oxiridagi so’z asosida to’liq gapni topish. «Mе'yor»dagidan yo’qori

tеzlikda o’qish.

–Ertak yoki masalni o’qiganda « Nima haqiqatga yaqin, nima o’ylab topilgan» mavzusida

suhbat.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

985

–Maqol sifatida aytiladigan gaplarni topish.

–Matndan xulosalarni topish.

–Matnga o’z sarlavhasini tanlash.

–Rollarga bo’lib o’qish.

–Dialoglarga bo’lib o’qish (muallif so’zlarisiz).

–O’qiganlarni qayta gapirishda mimika, imoishoralardan foydalanish.

«Jonli tasvirlar» o’yini. Bir kishi o’qiydi, ikkinchi kishi еshitganlarini mimika, imo

ishoralar yordamida takrorlaydi. Matndagi har xil kayfiyatga xos qismlarni topish (quvnoq, xafa,

bcfarq).

Matndagi diqqat bilan o’qishni talab qiladigan qismni topish.

Matndan undov, so’roq xaraktеridagi gaplarni topish. Musobaqa' o’qish.

Siymolarni ifodalovchi so’zlarni topish.

Urg’u bеrilganda so’zlar ma'nosining o’zgarishini kuzatish va o’qish.

Sеkin, tеz, baland o’qiladigan gap va so’zlarni aniqlash.

Shе'rlarni bandlar bo’yicha o’qib, pauza bilan tugatish. Shе'rdan bir bandni tanlab, ifodali

o’qish.

Matndan yoyiq gapli qismni topib o’qish.

O’qish darslari jarayonning samarali o’tishida motivlar muhum o’rin tutadi. Chunki

qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo’ladi.

Ta'limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning asosli samarali bo’la olishini

ta'minlamaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli vaziyatlarni qo’yish yoki

o’rganilayotgan prеdmеtning ijtimoiy mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning

qo’yilishidir.

Masalan, yangi dars boshlanishida yoki o’tgan darsni so’rash va mustahkamlash paytida

didaktik o’yinlardan foydalanib, o’quvchilarning darsga qiziqishlari oshiriladi. Motiv hosil

bo’lgach, dars davomida o’quvchilarning qiziqishlari saqlanib turgan holda o’rganilayotgan

mavzuning ijtimoiy ahamiyatiga e'tibor qaratiladi. Boshlang’ich sinfda dars jarayonida motivlarni

rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini

tashkil etishda motivlarga ko’proq e'tibor bеrishi o’quvchilarning bilim egallash jarayonining

samaradorligini ta'minlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

986

O’qituvchi dars loyihasini tayyorlar ekan, maqsadni oydinlashtirishi va shu maqsad asosida

o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini shunday tashkil etishi lozimki, bеlgilangan maqsad

to’liq amalga oshsin.

Darsda pedagigik texnologiyalarning metodlaridan foydalanish, o’quvchilarni bilimlarini

kengaytirish o’qituvchidan katta mahorat talab etadi. U dars ishlanmasida boshqaruv yo’llarini

bеlgilab oladi. O’z faoliyati va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish yo’llarini, o’quvchilar bilimini

nazorat etish yo’lLarini aniq ishlab chiqadi. Ta'lim natijasini tеkshirib, maqsadning nеchog’li

amalga oshganini aniqlaydi va kеyingi loyihani tuzishda korrеktirovkalar kiritib, yo’l qo’yilgan

xato-kamchiliklarni bartaraf etadi. O’qish darslarini tashkil etishda o’qituvchidan quyidagilar talab

qilinadi:

Mustahkamlash-umumlashtirish darslarining maqsadi esa o’quvchilarning bo’lim

yuzasidan o’rgangan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirishga xizmat qiladi, bundan tashqari

o’quvchilar bilimini nazorat qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham bunday

darslar loyihasini qiziqarli yoki noan'anaviy tarzda ishlashga e'tibor qaratilsa ancha samarali

bo’ladi.

Pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol usullarning sifat va

samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada, pedagogik

texnologiyalar muvofaqqiyatlarni kafolotlovchi omilligini ta’kidlagan holda, izlanishlarimiz, bir

qancha tajribalarimizni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali olib bordik va bir

qancha natijalarga erishdik. O’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida qurish o’quvchilar

bilimini oshirish, og’izaki nutqini o’stirish maqsadida “Reklama” metodidan foydalandik. Bu

metod boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilsa o’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan

ishtiyoqi, og’zaki nutqi shakllanadi, so’z boyligi oshadi, har bir mavzuga savol tuza olishga, erkin

va mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Ushbu metod orqali o’quvchilar ertaklarni, badiiy asarlarni

reklama qiladilar. Reklama qilish jarayonida ertak, asar qahramonlariga xos sifatlarni ochib

beradilar. Ya’ni asarni o’qib, asardagi voqea-jarayonlarni reklama qiladilar. Metodni qo’llash

jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.

1.

o’quvchilar guruhlarga ajratiladi.

2.

o’quvchilarga ertak yoki biror bir asarning mavzusi e’lon qilinadi.

3.

o’quvchilar mavzudagi jarayonlarni, undagi qahramonlarni qisqa fikrlar

4.

bilan reklama qiladilar.

5.

sinfdagi boshqa o’quvchilar esa ertak yoki asarning nomini topishadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

987

6.

Mazmunli, aniq va qiziq reklama tayyorlagan o’quvchi rag’batlantiriladi.

Bu metodning o’ziga xos jihati shungaki, unda o’quvchilar asar qahramonlarining rollariga

kirib, she’rlarni esa ifodali tarzda o’qishga harakat qiladilar.

Bunga Termiz shahridagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinfida olib

borilgan pedagogik tajriba ishlari orqali aniqlik kiritamiz. Termiz shahridagi 15-umumiy o’rta

ta’lim maktabining 2-“E” sinfida O’qish fanidan o’tilgan ochiq darsning namunaviy dars

ishlanmasi.

Mavzu: Qarg’a bilan tulki masali

Darsning maqsadi:

a)

ta’limiy maqsad:

Qarg’a va tulki masali yuzasidan o’quvchilarga keng tushuncha berish, masal haqida

ma’lumotlar berish, tabiatni asrab-avaylashga o’rgatish, dars davomida o’quvchilarda nutq

malakasini shakllantirish,

b)

tarbiyaviy maqsad:

Masalda berilgan ijobiy sifatlarni o’quvchilar ongiga singdirish, salbiy jihatlardan ogoh

bo’lishga o’rgatish. Do’stlik tartib-intizomga rioya qilishga o’rgatish, kamtarlik, to’g’ri gapirish,

shirinsuhanlik, rostgo’ylik fazilatarini tarbiyalash;

v) rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarda erkin va mantiqiy fikrlash, mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Ularni hozirjavoblikka o’rgatish.

Darsning turi :

Yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi

Dars shakli:

noan’anaviy dars

Dars metodi:

suhbat, izlanish metodi, savol javob, baxs-munozara

Dars metodikasi:

REKLAMA metodi,

Dars jihozi:

chizmalar, hayvonlarni ifolaydigan rasmlar, tarqtmali kartochkalar,

rag’batlantirish uchun jetonlar, ko’rgazmali qurollar, darslik, sinf taxtasi, proyektor, kopyuter;

Sinf sharoiti:

Kichik guruhlar bilan ishlash uchun sinfxonani tayyorlash

DARSNING BORISHI

1 . Tashkiliy qism

O’qituvchi: So’zlarning eng shirini,

Ochiq aytsam sirini.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

988

Odob bo’g’i sharbatin,

Qalb gavhari qimmatin,

Ko’ngillarni shod etgan,

Qaysi shirin so’z ekan?

O’quvchilar: – Assalomu alaykum

O’qituvchi: – Vaalaykum assalom

Ko’zlari munchoqlarim,

Bilimga chanqoqlarim,

Navbatchini bilayin?

Davomatni so’rayin?

Navbatchi: – Utoz sizga ko’makchi,

Bugun o’zim navbatchi

Sinfda barchamiz jam,

Darsdan qolmaymiz hech ham.

O’qituvchi: –Demak darsda hamma bor,

Barchadarsgatayyormig’

Hoshimov Sarvar: – Bizlar yaxshi bolamiz,

Ochilgan gul-lolamiz.

Sinfdagi g’unchamiz,

Darsga shaymiz barchamiz.

O’qituvchi: – Qaysi go’zal bir fasl,

Yurtimizda kezmoqdag’

Go’zal bayram ayyomlar,

Borligin kim sezmoqdag’

Jo’rayeva Umida: – Hozir elda gulbahor,

Har joyda gullar ifor,

Bu faslda ayollar,

Navro’z ayyomlari bor.

O’qituvchi: –Bugun sana nechanchi,

Og’abekjon sen, ayt-chig’

Boltayev Og’abek: –Ustoz, bugun aprelnin,

O’n birinchi sanasi,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

989

Amir Temurday buyuk,

Siymo tug’ilgan oyi.

O’qituvchi: –Aytingchi siz qay yurtning,

Ertasi, bolasisizg’

Ona yurt, ona elning,

Farzandi, lolasisiz.

O’quvchilar: – Baxtli bolamiz har on,

Yurtimiz O’zbekiston!

O’qituvchi: – Xursandman, sizga raxmat,

O’zbekiston qanday davlatg’

Mauzerova Hilola: – Vatan biz yoshlar ishongay cheksiz,

Qalblarda bir olov yonadi tengsiz,

Shu yurtning farzandi bo’lmoqlik baxtdir!

O’zbekiston – kelajagi buyuk davlatdir!

O’qituvchi: –Qo’limda bor shunday kitob,

Ichin ochsam dur-u oftob,

O’qing birga do’st-u o’rtoq,

Sherlar, maqollar koni,

Nedur bu kitob nomig’

O’quvchilar: –O’qish kitobimiz.

O’qituvchi:

–Bu fan go’yo ummondir,

Mo’jizalar makoni,

O’rganganning qunt bilan,

Ortar ilmi imkoni.

O’rganamizmig’

O’quvchilar: –O’rganamiz qunt bilan,

Yuraklarda o’t bilan.

O’qituvchi: –bizning shior:

O’quvchilar: Kuch – bilim va tafakkurda!

O’qituvchi: – Barchaning katfiyati a’lomig’

Unda darsni boshladik.

2. O’tgan darsni so’rash


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

990

O’qituvchi: – Bolajonlar biz o’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’qib o’rgangan edik?

Ibragimova Shaxlo: – Somon, cho’g’ va loviya ertagini o’qigan edik. Ertakni o’qib, ertak

asosida rebus tuzish, rasmlarni chizib kelish kerak edi.

O’qituvchi: – uyga berilgan topshiriqlarni hammamiz tayyorladikmi? O’qituvchi o’tgan

mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga tarqatmalar tarqatadi. Bu tarqatmalar REKLAMA

metodi asosida tayyorlangan bo’lib unda quyidagicha yozilgan bo’ladi.

Reklama qiling:

LOVIYA

Reklama qiling:

SOMON

Reklama qiling:

CHO’G’

O’quvchilar tarqatmalarni olgandan so’ng o’sha shaxs yoki predmetga xos sifatlar, hatti

harakatlar, asardan parchalar, rolli ko’rsatmalar orqali reklama qilib berishlari kerak bo’ladi. Buni

esa qolgan o’quvchilar nima yoki kim haqidagi sifatlar ekanligini aniqlaydilar. O’quvchilar

baholanadilar.

Reklama metodining afzalligi:

-

O’quvchilar nutqi ravonlashadi;

-

Mustaqil, erkin fikrlashga o’rgatadi;

-

O’quvchida darsga qiziqishni oshiradi;

-

O’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytiradi;

-

Og’zaki nutqi shakllanadi;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

991

-

So’z boyligi oshadi;

-

Bilishga qiziqishini badiiy asarga hurmatini oshiradi;

-

O’quvchilarni tez fikrlashga o’rgatadi;

-

O’quvchida diqqatni jamlash ko’nikmasini hosil qiladi;

-

Savollarga to’liq javob bera olishga o’quvchini o’rgatadi.

Quyidagi jadvalda REKLAMA metodi va boshqa interfaol metodlarni qo’llashning

samaradorlik darajalarini ko’rsatamiz.

N

Interfaol o’qitish

metodlari

Na

za

riy bil

im

lar

ni

F

akti

k bil

im

lar

ni

Kitob

o’qishga

bo’lga

n isht

iyoqi

ni

Ta

fa

kkurn

i

Nutqini

B

il

ishga qiz

iqi

shni

Ta

fa

kkur

must

aqil

li

gini

1

Aqliy hujum

+

+

+

+

+

+

2

BBB

+

+

+

+

+

+!

+

3

Klaster

+

+

+

+!

+

+

4

Kichik guruhlarda

ishlash

+

+

+

+

+

+

+

5

Pinbord

+

+

+

+

+

+

+

6

“Nima uchun?”

+

+

+

+

+

7

REKLAMA

+!

+

+!

+!

+!

+!

+!

Izoh: +! – masalani birmuncha muvafaqqiyatli yechadi; + - masalani asosan yechadi; –

masalani yecha olmaydi.

Bu metod orqali ham darsni mazmunli tashkil etish, ham o’quvchilar dunyoqarashini

yuksaltirish, ularda badiiy obrazni rollarda kirishni shakllantirish mumkin.

REFERENCES

1.

Sayidaxmеdov N.S. Pеdagogik maxorat va pеdagogik tеxnologiya. – Toshkеnt, 2003-yil


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

992

2.

Sayidaxmеdov N.S., Ochilov A., Yangi pеdagogik tеxnologiya mohiyati va zamonaviy

loyihasi.- RTM, 2000-yil 55-bеt.

3.

Sayidaxmеdov N.S. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar: Nazariya va amaliyot – Toshkеnt,

«Moliya», 2003-yil

4.

Tolipov O’, M.Usmonboyеva. Pеdagogik tеxnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2005-yil.

5.

Tursunov I. Yangi pеdagogik tеxnologiya va uning istiqboli.- «Xalq so’zi», 1999 yil

6.

Yangi pеdagogik tеxnologiya: taxlil, ta'rif, muloxazalar (O’qituvchilar uchun mеtodik

tavsiyalar) Tuzuvchi muallif X.Hakimjonov Prof. N.Sayidaxmеdov umumiy taxriri ostida–

Toshkеnt, 200-yil

References

Sayidaxmеdov N.S. Pеdagogik maxorat va pеdagogik tеxnologiya. – Toshkеnt, 2003-yil

Sayidaxmеdov N.S., Ochilov A., Yangi pеdagogik tеxnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi.- RTM, 2000-yil 55-bеt.

Sayidaxmеdov N.S. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar: Nazariya va amaliyot – Toshkеnt, «Moliya», 2003-yil

Tolipov O’, M.Usmonboyеva. Pеdagogik tеxnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2005-yil.

Tursunov I. Yangi pеdagogik tеxnologiya va uning istiqboli.- «Xalq so’zi», 1999 yil

Yangi pеdagogik tеxnologiya: taxlil, ta'rif, muloxazalar (O’qituvchilar uchun mеtodik tavsiyalar) Tuzuvchi muallif X.Hakimjonov Prof. N.Sayidaxmеdov umumiy taxriri ostida–Toshkеnt, 200-yil