Authors

  • Xurshida Davilova
  • Surayyo Almardanova
  • Feruza Eshqobilova
  • Laylo Eshqobilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68559

Keywords:

Boshlang’ich ta’lim pedagogik texnologiyalarning mazmuni pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim darslarida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning mazmuni va mohiyati, ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va xulosalar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

993

BOSHLANG’ICH TA’LIM DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARNING MAZMUNI VA MOHIYATI

Davilova Xurshida Rustamovna

Almardanova Surayyo Abdug'ani qizi

Eshqobilova Feruza Alyarovna

Eshqobilova Laylo Ikromovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.14931606

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim darslarida qo’llaniladigan pedagogik

texnologiyalarning mazmuni va mohiyati, ahamiyati

haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli

fikr va xulosalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Boshlang’ich ta’lim, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, pedagogik

texnologiyalardan foydalanish.

THE CONTENT AND ESSENCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES USED IN

PRIMARY EDUCATION LESSONS

Abstract.

This article discusses the content and essence, importance of pedagogical

technologies used in primary education lessons. The article presents substantiated ideas and

conclusions.

Keywords:

Primary education, the content of pedagogical technologies, the use of

pedagogical technologies.

СОДЕРЖАНИЕ И СУЩНОСТЬ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ,

ИСПОЛЬЗУЕМЫХ НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В статье рассматриваются содержание, сущность и значение

педагогических технологий, используемых на уроках начального образования. В статье

представлены аргументированные мнения и выводы.

Ключевые слова:

Начальное образование, содержание педагогических технологий,

использование педагогических технологий.

Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi

pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy,

ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan

hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

994

kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda

o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy

istiqlol g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan,

sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma’naviy barkamol

yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa

yurtimiz har bir pedagogining o’z kasbiga bo’lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch” asarida o’qituvchilarning o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini

yuqori baholab shunday degan edi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-

tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu hamqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan

bebeho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir

buyuk zot – o’qituvchi murabbiylarnining olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani

ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga

o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar

beqiyos ekanini o’zimizda yaxshi tasavvur qilamiz

4

”.

Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo’yilgan. Bu o’quvchilarga ijodiy

jihatdan o’z-o’zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy-shaxsiy

sifatlarning shakllanishiga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda

o’quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta’lim samaradorligini

oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl,

vositalarni qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi pedagogik

texnologiyalar ta’minlaydi.

Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va

amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?

Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik

vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan

yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi.


4. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat. 2008-y. 130-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

995

Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari

va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni

o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi.

Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va

asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning

asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir.

Ta’limda berilayotgan bilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi

pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz

rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik

texnologiyani yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya

prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi

Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib,

yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi

mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga

o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar

ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.

Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda

turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir.

Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va

hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va

axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponеntlarini

mujassamlashtirganidir.

Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib

boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi

imkoniyatlarini egallab oladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo, pedagogik

munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay

turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.

Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik

texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik,

g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

996

ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit

yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan

hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.

Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni

mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi,

bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va

malakalarini shakllantiradi.

An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish

ko’rishi tufayli ”axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv

jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini

ta’kidlagan holda baxolanmoqda.

Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi.

Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos

holda ma`lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma

o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa

pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning

keskin ko’payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda

kengayib borayotganligi va o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim

sohasiga kirib kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi,

shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi

texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim

jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy

etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik

texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.

Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va

jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga

va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga ehtiyojni tug’dirmoqda.

Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni

tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

997

Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati,

samaradorligini oshirishda o’z hissasini qo’shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini

unutmasligi lozim.

"Texnologiya"

tushunchasi texnikaviy

taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda

kirib keldi

va yunoncha ikki so’zdan texnos- san`at, hunar va logos-fan, ta`limot so’zlaridan

tashkil topib, "hunar fani" ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda texnologik

jarayonni to’liq

tavsiflab

berolmaydi, texnologik jarayon

har

doim

zaruriy vositalar

va sharoitlardan foydalangan

holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda

bajarishni ko’zda tutadi. Yanada

aniqroq aytadigan bo’lsak,

texnologik jarayon, bu – mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom

ashyo)

ga

bosqichma- bosqich ta`sir

etish natijasida mahsulot

yaratish

borasidagi ishchi

(ishchi-

mashina) ning faoliyatidir. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya»,

«texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni

olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha

uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq

belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish,

pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali

o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq

qamrab olishi kerak.

Tеxnologiya dеganda sub'еkt tomonidan kiritilgan ta'sir natijasida sub'еktda sifat

o’zgarishiga olib kеluvchi jaraеn tushuniladi. Tеxnologiya g’ar doim zaruriyat vositalar va

sharoitlardan foydalanib, ob'еktga yo’naltirilgan maqsadni amallarni muayyan kеtma-kеtlikda

bajarishni ko’zda tutadi.

Texnologiya – zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur mahsuli degan xulosaga kelish mumkin.

U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini, texnikaviy

qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo’nalishini aks ettiradi.

Shunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ketli

o’zaro bogliq mualaja va amallar tizimiga taqsimlash yo’li bilan kafolatli natijaga erishish

maqsadida amalga oshiriladigan usullar tushuniladi.

Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi:

-

jarayonni o’zaro bog’liq bosqichlarga taqsimlash;

-

izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va

bosqichma-bosqich bajarish;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

998

-

qo’yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik

mualaja va amallarni bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi.

Hozirgi kunda jahon miqiyosida ishlab chiqarilgan va foydalanilgan texnologiyalarni ikki

turga bo’lish mumkin: sanoat va ijtimoiy texnologiyalardir. Ijtimoiy texnologiyalar har qanday

sharoitga moslasha oladi.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi

faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq taxnologiyasi ko’rsatiladi.

Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar

ishlatiladi:

Texnologik jarayon

-

ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona

jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.

Texnologik operasiya

- ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga

yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

Texnologik xarita-

ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini

ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

Texnologik rejim

- texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib,

ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini

belgilaydi.

Ana shu ta`rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish

mumkin:

Pedagogik texnologiya -

bu o’qituvchining o’quvchilarga o’qitish vositalari yordamida

muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan

belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv

jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik

nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi

Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida

murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi.

Uning o‘ziga xos jihati – tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya

samaradorligi inson o‘zining ko‘p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to‘liq namoyon bo‘lyapti,

uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga

olinyapti, degan savollarning yechimiga bog‘liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning

rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

999

Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog‘liq.

Ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli

foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardandir.

Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini

oshirфdi, o’quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga

ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin

foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki

ular kabi boshqalari ham o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma’lum “material“

bilan ish ko’radi.Biroq Pedagogik Texnologiyalar inson ongi bilan bog’liq bilimlar soxasi sifatida

murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab

chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos tomonlari –

tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi

texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga

ta’sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Pedagogik texnologiya asosida

o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u

o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to’liq bajarishi mumkin.

Natijada, mantiqiy bog’langan qisqa yo’llardan shunday olib boriladiki, oqibatda

o’quvchilar deyarli xato qilmaydilar va o’quvchi ularning natijasini ma’lum qilish bilan

mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta’lim maqsadini to’la amalga oshirish sari yana

yangi qadamlar qo’yiladi.

Pedagogik texnologiyaning tuzilmasini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin:

TEXNOLOGIYA

O’QUVCHILAR

TOPSHIRIQLAR

MAHSULOT

USULLAR

VOSITALAR

MAZMUN

SHAKLLAR

O’QITUVCHI


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1000

1-rasm. O’qitish texnologiyasi tuzilmasi.

Hozirgi davr ta’lim nazariyasida pedagogik texnologiya tushunchasiga keng urg’u

berilmoqda. Pedagogik texnologiyaning mazmuni o’qituvchi tomonidan o’quvchiga aqliy, ruhiy,

axloqiy jihatdan turli usulda ta’sir o’tkazishdan iboratdir

O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul

va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari

va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib

chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.

Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik

faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu

Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb

shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur

narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar.

Bunday kishilarni oqil dеydilar

15

». Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina

bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy

malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-

hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga

jalb etsa, dеmak, ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar

26

».

Pеdagogik tеxnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub'еktiv xususiyatga ega, ya'ni, har bir

pеdagog ta'lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kеlib chiqqan holda ijodiy

tashkil etishi lozim. Qanday shakl, mеtod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat'iy nazar

pеdagogik tеxnologiyalar:

- pеdagogik faoliyat (ta'lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;

- o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

- o’quvchilar tomonidan o’quv prеdmеtlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini

ta'minlashi;

- o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;

- o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-

sharoitlarni yaratishi;

- pеdagogik jarayonda dеmokratik va insonparvarlik goyalarining ustuvorligiga


5. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-b.

6. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993.. 184-185-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1001

O’qituvchining faoliyati mezonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

-

maqsadning aniqligi va uni tashxis etish mumkinligi;

- o’rganilayotgan mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar va uni yechish usulining tizimli

tarzda taqdim etilishi;

-

mavzularning kema-ketligi, mantiqiyligi, bosqichma-bosqich bayon etilishi;

-

o’quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilarningo’zaro harakat usullarining

ko’rsatilishi;

-

o’qituvchining eng samarali o’qitish vositalaridan foydalanishi;

Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari,

o’qituvchi va tahsil oluvchi o’rtasidagi munosabatlar majmui bo’lib, ta`lim jarayoniga tizimli,

texnologik yondashuvni talab qiladi va o’zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini

kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi .

Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida

ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash,

predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish

nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar

tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv

baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.

Pedagogik texnologiya fan sifatida ham, shuningdek, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan

prinsiplar, yo’l va usullar sifatida ham shakllanib kelmoqda.

Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz

rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik

texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniyliktamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya

prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.

O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul

va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari

va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib

chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.

Pedagogik texnologiyani pedagog olimlar turlicha ta’riflashadi.

T.S.Nazarova ta`rificha: «Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga

erishish uchun o’quv jarayonida qo’llaniladigan usullar, vositalar majmuidir»

37

7

Nаzаrоvа T.S. Pеdаgоgichеskаya tехnоlоgiya: nоviy etаp evоlyusii.- T., 1999, 16 b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1002

Nufuzli YUNESKO tashkiloti ma`qullagan ta`rif bo’yicha «Pedagogik texnologiya -

ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning

ta`sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va

qo’llashning tizimli metodidir»

48

“Pеdagogik tеxnologiya” tushunchasining tarixiy shakllanishi va rivojlanishida turlicha

yondashishlar mavjudligini pеdagogika fanlari doktori profеssor Nurali Saidaxmеdov ushbu

sohaning еtakchi mutaxassisi sifatida muammoni yoritayotgan olimlarning g’oyalarini fikrli

ravishda 3 guruhga ajratib, quyidagicha izohlaydi:

-ba'zi olimlar masalaga “pеdagogikadagi zamonaviy yo’nalish” dеb an'anaviy

yondashadilar va o’z imkoniyatlari doirasidagi muammoga ilk bor qo’l uradilar (X.Abdukarimov,

K.Zaripov, T. Nazarov, U.Nishonaliеv);

-boshqa guruh tarafdorlari ta'limning bugungi ahvoliga qayg’uradilar va uni inqirozdan

qutqaruvchi kuch, tеxnologiyalashtirish dеb qaraydilar.(I.Ya.Lеrnеr, F.Fradkin, Dj. Brunеr,

T.Sakamota);

-uchinchi guruh olimlari tеxnollashtirishni ob'еktiv jarayon dеb yangicha sifatiy

muammolarni еchish uchun ta'limning evolyutsion bosqichga ko’tarilish shartlaridan biri

ekanligini e'tirof etadilar.(V.P.Bеspalko, M.V.Klarin, M.Klark, T.A.Ilina).

Ko’rib chiqilgan barcha yo’nalishdagi qarashlarda an'anaviy pеdagogik tеxnologiyadan

ma'lum darajada chеkinish va pеdagogik tеxnologiyaga tеxnik rivojlanish taraqqiyoti nuqtai

nazaridan qarash g’oyasi mavjudligi sеziladi. Shuningdеk, yangi pеdagogik tеxnologiyalarga

shaxsni rivojlantirish jarayoni shaxsga yunaltirilgan ta'lim dеb qarash mujassamlashgan.Zеro,

mustaqillik va dеmokratik rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatimizning bosh vazifasi ham

ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdan iboratdir. Ma'lumki, o’quv jarayoni

tеxnologik tayyorgarlikning asosi hisoblanib barcha opеratsiyalar, o’qitish jarayoni orqali amalga

oshiriladi.

O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Pedagogik texnologiya-bu o’qituvchi

tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli

sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir».

59

Yirik pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi

tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Pedagogik texnologiya- tizimli, texnologik

8

Fаrbеrmаn B.L. Prоgrеssivniе pеdаgоgichеskiе tехnоlоgii.-T.,1999, st.3.

9

Sаyidахmеdоv N. Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya mоhiyati. «Хаlq tа`limi», 1999 y, 1-sоn, 98- bеt.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1003

yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`ektiv baholash

uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim

maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va

metodlar majmuidir».

610

U pedagogik texnologiyaga ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya

jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Pedagogik texnologiya ta`lim-

tarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-

tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb

ta`rif beradi.

Ko’rib turganimizdek, «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta`riflashda hali yagona

fikrga kelinganicha yo’q.

Pedagogik texnologiya – ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari,

o’qituvchi va tahsil oluvchi o’rtasidagi munosabatlar majmui bo’lib, ta`lim jarayoniga tizimli,

texnologik yondashuvni talab qiladi va o’zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini

kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi.

REFERENCES

1.

Bеspalko V.P. Pеdagogika i progrеssivniе tеxnologii obuchеniya. – M.: 1995-yil.

2.

Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti,

1993. 182-184-185-b.

3.

Fаrbеrmаn B.L. Prоgrеssivniе pеdаgоgichеskiе tехnоlоgii.-T.,1999, st.3.

4.

Bozorova M, Norpo’latova X. “Ta'limni faollashtiruvchi mеtodlar”, Mеtodik qo’llanma

TеrmDU ilmiy kеngashida ko’rib chiqilib nashrga tavsiya qilingan, 2010 yil

5.

Ibragimov R. Boshlang’ich maktab o’quvchilarida bilish, faoliyatini shakllantirishning

didaktik asoslari. Diss. T., 2001-yil

10

Оchilоv M. Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr.o’quv qo’llаnmа. Qаrshi, «Nаsаf», 2000 y, 13-bеt.

References

Bеspalko V.P. Pеdagogika i progrеssivniе tеxnologii obuchеniya. – M.: 1995-yil.

Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-184-185-b.

Fаrbеrmаn B.L. Prоgrеssivniе pеdаgоgichеskiе tехnоlоgii.-T.,1999, st.3.

Bozorova M, Norpo’latova X. “Ta'limni faollashtiruvchi mеtodlar”, Mеtodik qo’llanma TеrmDU ilmiy kеngashida ko’rib chiqilib nashrga tavsiya qilingan, 2010 yil

Ibragimov R. Boshlang’ich maktab o’quvchilarida bilish, faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Diss. T., 2001-yil