Authors

  • Aykúmis Sharapatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69151

Keywords:

tarix oʻqitish metodikasi ilmiylik prinsipi tarixiylik prinsipi tizimlilik va izchillik faollik va mustaqillik hayotiylik amaliyot bilan bogʻliqlik integratsiya tarbiyaviylik milliy oʻzlik vatanparvarlik tarixiy ong pedagogik texnologiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada tarix oʻqitish metodikasining mohiyati, ahamiyati va asosiy prinsiplari tahlil qilinadi. Tarix fani oʻquvchilarda tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini anglash, tahlil qilish va baholash koʻnikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, milliy oʻzlikni anglash va vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maqolada tarix oʻqitishda ilmiylik, tarixiylik, tizimlilik va izchillik, faollik va mustaqillik, hayotiylik va amaliyot bilan bogʻliqlik, integratsiya hamda tarbiyaviylik prinsiplari batafsil yoritilgan. Ushbu prinsiplardan samarali foydalanish o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tarixiy jarayonlarni toʻgʻri anglash va ulardan xulosalar chiqarishiga yordam beradi.

background image

1539

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

TARIX OʻQITISH METODIKASINING ASOSIY PRINSIPLARI

Sharapatova Aykúmis Askarovna

2-kurs bakalavri

Ajiniyoz nomidagi NDPI

(Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

aykumissharapatova60@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14941580

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarix oʻqitish metodikasining mohiyati, ahamiyati va

asosiy prinsiplari tahlil qilinadi. Tarix fani oʻquvchilarda tarixiy voqealarning sabab va

oqibatlarini anglash, tahlil qilish va baholash koʻnikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda,

milliy oʻzlikni anglash va vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.

Maqolada tarix oʻqitishda ilmiylik, tarixiylik, tizimlilik va izchillik, faollik va mustaqillik,

hayotiylik va amaliyot bilan bogʻliqlik, integratsiya hamda tarbiyaviylik prinsiplari batafsil

yoritilgan. Ushbu prinsiplardan samarali foydalanish o'quvchilarning mustaqil fikrlash

qobiliyatini rivojlantirish, tarixiy jarayonlarni toʻgʻri anglash va ulardan xulosalar chiqarishiga

yordam beradi.

Kalit soʻzlar:

tarix oʻqitish metodikasi, ilmiylik prinsipi, tarixiylik prinsipi, tizimlilik va

izchillik, faollik va mustaqillik, hayotiylik, amaliyot bilan bogʻliqlik, integratsiya, tarbiyaviylik,

milliy oʻzlik, vatanparvarlik, tarixiy ong, pedagogik texnologiyalar.

BASIC PRINCIPLES OF HISTORY TEACHING METHODOLOGY

Abstract.

This article analyzes the essence, significance, and basic principles of the

methodology of teaching history. Along with the development of students' skills in understanding,

analyzing, and evaluating the causes and consequences of historical events, the subject of history

plays an important role in the formation of national identity and a sense of patriotism. The

article details the principles of scientificity, historicity, systematicity and consistency, activity

and independence, vitality and connection with practice, integration and upbringing in teaching

history. Effective use of these principles contributes to the development of students' ability to

think independently, correctly understand historical processes, and draw conclusions from them.

Keywords:

methodology of teaching history, the principle of scientific approach, the

principle of historicity, systematicity and consistency, activity and independence, vitality,

connection with practice, integration, educational value, national identity, patriotism, historical

consciousness, pedagogical technologies.

ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИИ

Аннотация.

В данной статье анализируется сущность, значение и основные

принципы методики преподавания истории. Наряду с развитием у учащихся навыков


background image

1540

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

понимания, анализа и оценки причин и следствий исторических событий, история играет

важную роль в формировании национального самосознания и чувства патриотизма. В

статье подробно освещены принципы научности, историчности, системности и

последовательности, активности и самостоятельности, жизненности и связи с

практикой, интеграции и воспитания в преподавании истории. Эффективное

использование этих принципов помогает учащимся развивать самостоятельное

мышление, правильно понимать исторические процессы и делать из них выводы.

Ключевые слова:

методика преподавания истории, принцип научности, принцип

историчности, системность и последовательность, активность и самостоятельность,

жизненность, связь с практикой, интеграция, воспитательность, национальное

самосознание, патриотизм, историческое сознание, педагогические технологии.

Tarix fani insoniyatning o'tmishini o'rganish, bugungi kundagi voqealar mohiyatini

anglash va kelajakni bashorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'z navbatida, tarixni to'g'ri

va samarali o'qitish jamiyatning ma'naviy yuksalishiga, vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishga

va yosh avlodda milliy o'zlikni anglashga ko'mak beradi. Shuning uchun, tarix oʻqitish

metodikasi o'ziga xos ilmiy va pedagogik prinsiplar asosida qurilishi kerak.

Ushbu maqolada tarix oʻqitish metodikasining asosiy prinsiplari batafsil ko'rib chiqiladi.

Tarix oʻqitish metodikasining mohiyati va ahamiyati

Tarix oʻqitish metodikasi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir jarayonini

boshqarish, bilimlarni samarali o'zlashtirish uchun turli pedagogik usullarni qo'llash san'atidir.

Bu metodika o'quvchilarda tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini anglash, tahlil

qilish va baholash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Tarixni oʻqitishda nafaqat faktlarni

yodlash, balki ularni tahlil qilish, mantiqiy bog'liqliklarni anglash, tarixiy jarayonlarning

davriyligini tushunish kabi jihatlarga alohida e'tibor beriladi.

Shuningdek, tarix oʻqitish metodikasi milliy o'zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg'usini

kuchaytirish va global tarixiy jarayonlar haqida keng tasavvurga ega bo'lishni ta'minlaydi. Shu

boisdan, tarix oʻqitishda faqat matnli manbalardan foydalanish emas, balki multimedia vositalari,

interaktiv usullar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish talab etiladi.

Tarix fani insoniyatning o'tmishini o'rganish, jamiyatlarning rivojlanish jarayonlarini

tahlil qilish va hozirgi kundagi voqealarning ildizlarini anglash imkoniyatini beradi. Shu bois,

tarixni o'qitish nafaqat bilim berish, balki yosh avlodni tarbiyalash, ularni vatanparvarlik ruhida

shakllantirishda ham muhim rol o'ynaydi. Bu jarayonda tarix oʻqitish metodikasi alohida

ahamiyat kasb etadi.


background image

1541

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Tarixiy ongni shakllantirish oʻquvchilarni nafaqat oʻtmishdagi voqealarni oʻrganishga,

balki ularni tahlil qilishga, sabab-natija bogʻlanishlarini anglashga va tarixdan saboq olishga

oʻrgatadi.

Tarixiy ong shaxsda milliy oʻzlikni anglash, vatanparvarlik, bagʻrikenglik va

umuminsoniy qadriyatlarni shakllantiradi. Shu bilan birga, tarixiy ong jamiyatning rivojlanishini

toʻgʻri anglash, hozirgi davr muammolarini tahlil qilish va kelajakda toʻgʻri qarorlar qabul qilish

uchun muhimdir.

Tarix oʻqitish metodikasining mohiyati

Tarix oʻqitish metodikasi bu tarixiy bilimlarni o'quvchilarga samarali yetkazish, ularning

mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, voqealarning sabab-oqibatini tahlil qilish

ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu metodika o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro

ta'sir jarayonini boshqaradi va o'quvchilarda tarixiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishni

ta'minlaydi.

Tarix oʻqitish metodikasi quyidagi ahamiyatga ega:

-O'quvchilarda milliy o'zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytiradi;

-Tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish orqali tanqidiy fikrlash

qobiliyatini rivojlantiradi;

-Global tarixiy jarayonlarni anglash orqali o'quvchilarda keng dunyoqarashni

shakllantiradi;

- Tarixiy xotirani mustahkamlash va o'zligini anglashga yordam beradi

Asosiy prinsiplari

Tarix oʻqitish metodikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

1. Ilmiylik prinsipi:

Tarixiy voqealar ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Bu prinsipga ko'ra, o'qituvchi

faqat ishonchli va ilmiy manbalarga tayangan holda ma'lumotlarni taqdim etadi. Shuningdek,

tarixiy hodisalarning obyektivligi saqlanishi kerak. Afsonalar, rivoyatlar va diniy tushunchalar

tarixiy haqiqat sifatida emas, balki madaniy meros sifatida ko’riladi. Tadqiqot ishlari va

arxeologik kashfiyotlar natijalariga asoslangan ilimiy faktlar taqdim etiladi.

2. Tarixiylik prinsipi:

Tarixiy voqealar vaqt ketma-ketligiga ko'ra o'rganiladi. Bu prinsip orqali o'quvchilar

voqealarning davriyligini anglaydilar, ularning sabab va oqibatlarini o'zaro bog'lay olishadi.

Tarixiy voqeolarni o’z davrnining sharoitlarini hisobga olgan hold ava tarixiy shaxslar

faoliyati va ularning o’z davriga qanday ta’sir qilganligi o’rganiladi.


background image

1542

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Voqealarning sabab-na’tiyja bog’lanishlari tahlil qilish, o’rgatish orqali o’quvchilarda

mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda yordam beradi. Prinsip orqali o'quvchilar voqealarning

davriyligini anglaydilar, ularning sabab va oqibatlarini o'zaro bog'lay olishadi.

3. Tizimlilik va izchillik prinsipi:

Bilimlar tartib va mantiqiy izchillikda o'zlashtiriladi. Har bir yangi mavzu avvalgi

bilimlarga tayangan holda tushuntirilib, tarixiy bilimlar o’quvchilarda tizimli tarzda

shakllantiriladi. Ya’ni bir mavzu boshqasi bilan uzviy bog’liq holda o’rgatiladi. Mavzular ketma-

ketligi mantiqiy izchillikka ega bo’lib,tarixiy jarayonlarni rivojlanishini tushunishga yordam

beradi. Bu prinsip orqali o'quvchilar tarixiy voqealarni umumiy tizimda ko'rib chiqadilar.

4. Faollik va mustaqillik prinsipi:

O'quvchilar faollashtiriladi va mustaqil fikrlashga undaladi.va mustaqil fikrlashi, tahlil

qilishi va baholash uchun sharoit yaratadi. Shuningdek ular asosida xulosa chiqarish malakalarini

rivojlantirish uchun yordam beradi.Munozaralar,bahs-munozaralar va guruhiy ishlarda ishtirok

etish orqali o’quvshilar o’z fikrlarini asoslashni o’rganadilar va ushbu prinsip o'z nuqtai nazarini

bildirish, tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

5. Hayotiylik va amaliyot bilan bog'liqlik prinsipi:

Tarixiy bilimlar amaliy hayot bilan bog'lab, tarixiy voqelarning bugungi kunga ta’sirini

tushuntirish orqali o’quvchilar hozirgi zamon hodisalarni chuqurroq anglaydilar va bugungi

jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o’tmish voqealari bilan bog’lanib tushuntiriladi. Milliy

qadriyatlar, madaniyat va an’analar tarixiy nuqtai nazardan o’rganiladi. Bu esa o'quvchilarda o'z

davrining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini anglash ko'nikmasini shakllantiradi.

6.Integratsiya va fanlararo bogʻliqlik prinsipi:

Tarix oʻqitishda boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliqlikda oʻqitishni nazarda tutadi.

Bu prinsip oʻquvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va ularni yaxlit holda qabul

qilishiga yordam beradi. Ushbu prinsipning ahamiyati: Bilimlarni oʻzlashtirish darajasini

belgilaydi. Tarix faqat oʻtmishni oʻrganish bilan cheklanib qolmay, boshqa fanlar bilan uzviy

bogʻliq holda oʻrganilganda, oʻquvchilar bilimlarni yaxlit holatda qabul qiladilar. Masalan:

tarixda qadimiy sivilizatsiyalarni oʻrganayotganda, ularning geografik joylashuvi (geografiya),

meʼmorchilik uslublari (sanʼat), yozuvlari (adabiyot) va iqtisodiy tizimlari (iqtisodiyot) bilan

bogʻlab tushuntirish mumkin.

7.Tarbiyaviylik prinsipi:

Tarix oʻqitishda oʻquvchilarda axloqiy, maʼnaviy va vatanparvarlik fazilatlarini

shakllantirishga qaratilgan asosiy tamoyildir. Bu prinsip nafaqat bilim berishni, balki yosh

avlodni yuksak maʼnaviyatli va komil insonlar qilib tarbiyalashni ham maqsad qiladi.

Tarbiyaviylik prinsipi maqsadlari:


background image

1543

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

1. Vatanparvarlikni shakllantirish:Oʻquvchilarda oʻz tarixini bilish, milliy qadriyatlarni

hurmat qilish va Vatanga sadoqat tuygʻularini rivojlantirish. Milliy qahramonlar hayoti va

jasoratlari orqali o'quvchilarga vatanparvarlik va fidoyilik fazilatlarini singdirish.Masalan, Amir

Temur, Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslarning faoliyatini oʻrganib, ular orqali milliy gʻurur va

iftixor tuygʻularini uygʻotish.

2. Axloqiy tarbiya berish: Tarixiy voqealar va shaxslar hayotidan namunalar keltirib,

halollik, adolat, jasorat, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirish. Tarixdan ibratli

voqealarni oʻrganib, yaxshilik va yomonlik, adolat va zulm, halollik va xiyonat kabi

tushunchalarni tahlil qilish.

3. Insonparvarlik va bagʻrikenglikni tarbiyalash: Tarixiy voqealar orqali tinchlik,

bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyalarini shakllantirish. Turli xalqlar va madaniyatlar

oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni oʻrganib, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni targʻib qilish.

Masalan, qadimiy sivilizatsiyalarning madaniy almashinuvlarini oʻrganish orqali

oʻquvchilarda turli madaniyatlarni hurmat qilishni tarbiyalash.

4. Maʼnaviy qadriyatlarni shakllantirish: Tarixiy voqealar orqali maʼnaviy merosni

qadrlash, milliy urf-odatlar va anʼanalarga hurmatni shakllantirish. Milliy bayramlar, anʼanaviy

marosimlar, tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklar haqida bilim berish orqali maʼnaviyatni

boyitish.

5. Ijtimoiy faollik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish: Oʻquvchilarda ijtimoiy

masʼuliyat, faol fuqarolik pozitsiyasi va Vatan taraqqiyotiga hissa qoʻshish istagini rivojlantirish.

Davlat arboblari va jamoat yetakchilarining faoliyatini oʻrganib, oʻquvchilarni ijtimoiy

faollikka undash.

Tarix oʻqitish metodikasining asosiy prinsiplari va usullari o'quvchilarni nafaqat tarixiy

faktlarni bilishga, balki ularni tahlil qilish, umumlashtirish va o'z nuqtai nazarini bildirishga

o'rgatadi. Shu bilan birga, bu prinsiplar o'quv jarayonini samarali tashkil etishga, o'quvchilarda

mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarix oʻqitish metodikasi

jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta'sir etuvchi omil bo'lib, yosh avlodning madaniy va ma'naviy

rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Mohiyati va ahamiyati shundaki, u nafaqat bilim beradi,

balki o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, tarixiy voqealarni tahlil qilishga va ulardan xulosalar

chiqarishga o'rgatadi. Shu bilan birga, bu metodika yosh avlodni milliy qadriyatlarni hurmat

qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Tarix oʻqitish metodikasini samarali

tashkil etish esa, o'qituvchining pedagogik mahoratiga va zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan

foydalana olishiga bog’liq.


background image

1544

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

REFERENCES

1.

Karimov M. 'Tarix oʻqitish metodikasi', Toshkent, 2020.

2.

Yusupov A. 'Pedagogik texnologiyalar va metodikalar', Toshkent, 2019.

3.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim standartlari va dasturlari.

4.

Umarov S. 'Tarix fani va metodikasi', Toshkent, 2021.

5.

Internet manbalari: zamonaviy pedagogik texnologiyalar va tarixiy ta'lim portallari.

References

Karimov M. 'Tarix oʻqitish metodikasi', Toshkent, 2020.

Yusupov A. 'Pedagogik texnologiyalar va metodikalar', Toshkent, 2019.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim standartlari va dasturlari.

Umarov S. 'Tarix fani va metodikasi', Toshkent, 2021.

Internet manbalari: zamonaviy pedagogik texnologiyalar va tarixiy ta'lim portallari.