Authors

  • Dilnoza Gadoyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69162

Keywords:

olinma so‘zlar neologizm o‘zlashma so‘zlar futbol gol yumor nokdaun miting menejment trening prodyuser affikslar.

Abstract

Mazkur ilmiy maqoladan ko‘zlangan maqsad, ingliz tilidan kirib kelgan boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi bir nechta so‘zlarning qo‘llanishini tahlil qilishdan iboratdir. Bu so‘zlarni o‘rganishdan maqsad ingliz tilidagi fonetik va mazmuniy qo‘llanish bilan bog‘liqligini kuzatishdir. Kichik tadqiqotimiz ingliz tilini endi o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarimizga ko‘makchi bo‘ladi. Bunda o‘zbek tilidagi inglizcha neologizmlarning asli va hozirgi qo‘llanish doirasi ham ochib beriladi.

background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

347

BOSHLANG‘ICH SINF MAKTAB DARSLIKLARIDA QO‘LLANILADIGAN INGLIZ

TILIDAN O‘ZLASHMA SO‘ZLAR TAHLILI

Gadoyeva Dilnoza Abdurasulovna

Buxoro viloyati Zarmed universiteti talabasi,

168-sonli maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyachisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14941169

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy maqoladan ko‘zlangan maqsad, ingliz tilidan kirib kelgan

boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi bir nechta so‘zlarning qo‘llanishini tahlil qilishdan

iboratdir. Bu so‘zlarni o‘rganishdan maqsad ingliz tilidagi fonetik va mazmuniy qo‘llanish bilan

bog‘liqligini kuzatishdir. Kichik tadqiqotimiz ingliz tilini endi o‘rganmoqchi bo‘lgan

yoshlarimizga ko‘makchi bo‘ladi. Bunda o‘zbek tilidagi inglizcha neologizmlarning asli va hozirgi

qo‘llanish doirasi ham ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

olinma so‘zlar, neologizm, o‘zlashma so‘zlar, futbol, gol, yumor, nokdaun,

miting, menejment, trening, prodyuser, affikslar.

Abstract.

The purpose of this scientific article is to analyze the use of several words in the

elementary school native language textbooks that have entered from the English language. The

purpose of studying these words is to observe their connection with phonetic and meaningful use

in English. Our small research will help our young people who want to learn English. The origin

of English neologisms in the Uzbek language and the scope of their current use will also be

revealed.

Key words:

loanwords, neologism, borrowed words, football, goal, humor, knockdown,

rally, management, training, producer, affixes.

Аннотация.

Целью данной научной статьи является анализ употребления в

учебниках родного языка начальной школы ряда слов, пришедших из английского языка.

Цель изучения этих слов — проследить их связь с фонетическим и смысловым

употреблением в английском языке. Наше небольшое исследование поможет нашим

молодым людям, желающим выучить английский язык. Также будет раскрыто

происхождение английских неологизмов в узбекском языке и сфера их современного

использования.

Ключевые слова:

заимствованные слова, неологизмы, заимствованные слова,

футбол, гол, юмор, нокдаун, розыгрыш, менеджмент, тренировка, продюсер, аффиксы.

Hozirgi ingliz tiliga bo‘lgan qiziqish va intilishlar yuqori bo‘lgan bir paytda, ko‘pgina

inglizcha so‘zlar lug‘atimizga o‘zlashib, muloqotda tez o’z aksini topmoqda.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

348

Masalan: cow-boy, xot-dog, cocktail, mikser, pleyer, trolleybus, menejment, miting,

provayder, nokdaun va hokazolardir. Bunday so‘zlar boshlang‘ich sinf darsliklarida 20 tadan ortiq

bo‘lib, keling bularni bir nechtasini tahlil qilib ko‘ramiz:

menejment (management)-

maxsus

boshqarish faoliyati, boshqarish tog`risidagi fan;

miting (meeting)

-

biror muhim voqeaga,

ko‘pincha siyosiy masalalarni muhokama etishga bag`ishlangan ommaviy yig`in;

nokdaun

(knockdown)-

boksda raqibining kuchli zarbasidan bokschining garangsib, o‘z harakatlarini

boshqara olmay qolishi va bir necha soniya jang qila olmasligi; c

hat (chat)-

suhbat; y

umor

(yumor)-

xumor- xulq, fe’l-atvor, kayfiyat, voqeani hazilomus tasvirlash

; tennis (tennis)

– raketa

va to‘p bilan o‘ynaladigan sport o‘yini;

kompyuter (computer)-

so‘zi inglizcha “compyutare”-

hisoblash, hisob-kitob qilish degan ma’noni anglatadi,

pianino (pianino)-

inglizcha “pianino”-

yumshoq past ovozli, degan ma’noni anglatadi, klavishli musiqa asbobi;

seminar (seminar

)-ta’lim

berish yoki o‘rganish uchun mo‘ljallangan yig‘ilish;

kurs (kurs)-

uzun davom etadigan o‘quv yoki

o‘rgatish jarayoni

; test (test

)-sinov tekshirish yoki baholash;

prodyuser (producer)

– rivojlangan

mamlakatlarda film ishlashda g‘oyaviy, badiiy, tashkiliy, moliyaviy jihatdan amalga oshiruvchi

kino kompaniyaning ishongan kishisi;

kofe (coffee)

– ingliz tilidagi ushbu so‘z italyan tilidagi

turkcha qahva (kahve) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, coffee so‘zidan kirib kelgan. Turklar esa bu

so‘zni arablarning qahva so‘zidan olishgan.

Apelsin (orange)

– apelsinlar Fransiyaga un norenge,

keyinroq zamonaviy fransuz tilida une norenge, keyinroq zamonaviy fransuz tiliga une orange

bo‘lib o‘tgan. So‘zga inglizlar bu so‘zni fransuz tilida oranj (orange) shaklida qabul qilishgan.

Matrats (ko‘rpa-mattress)

– uy jihozlari haqida shuni aytish kerakki, yevropaliklar hamma vaqt

ham katta, yumshoq yostuqli yotoqlarda uxlamaganlar. Har qanday roman tillar oilasiga kiruvchi

so‘zlarning taxminan 70% qadimgi ingliz tilidan olingan. Ushbu maqolada ingliz tiliga xorijiy

tillarda kirib kelgan so‘zlarning yasalishi haqida ma’lumotlar ochiqlanadi. Chetdan kirib kelgan

so‘zlar yoki boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlar, ona tiliga boshqa manbaalardan qabul qilingan

so‘zlar olinma so’zlardir. Bunday so‘zlar, jumladan, aynan ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlar

bugungi kunda deyarli bolalar nutqini boshidanoq shakllantirdi, chunki so‘zlar klassik tillardan

qabul qilingan. Ayrim so‘zlar nutqning qismlarini o‘zgartirish orqali hosil bo‘ladi. Yana boshqalar

uni turli qismlarini birlashtirib, yangi so‘zlarni yaratadilar. Ular neologizmlar deb ataladi.

Neologizmlar bir necha manbaalardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan so‘zlardir. Ba’zan ingliz

tilidan kirib kelgan so‘zlar aylanma yo‘llar bilan sodir bo‘lgan, masalan, orange so‘zi sanskritcha

naranj, naranga, narangaphalam yoki naragga so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, ingliz tilida naranj

sifatida kirib, narangega aylangan, keyin esa naranjga o‘zgargan, arange va nihoyat orange,

garbage so‘zi ingliz tiliga lotin tilidan kirib kelgan.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

349

Ko‘plab inglizcha so‘zlar boshqa mamlakatlar tomonidan ham qabul qilingan. Biroq ingliz

tilidagi mumkin bo‘lgan affikslarning xilma-xilligi va soni ba’zi chalkashliklarga olib kelishi

mumkin. Masalan, otni sifatga aylantirish kabi asosiy narsa uchun yagona standart narsa yo‘q. (-

able, -al, -ous va –y imkoniyatlarning ba‘zilari). Kamida 9 xil prefikslari ( -a, -anti, -dis, -il, -im-

in, -ir, -non va –un) mavjud bo‘lib, ona tili bo‘lmagan so‘zlovchining taxmin qilishi deyarli

mumkin emas.

Ingliz Uyg`onish va Sanoat inqilobi davrida yunon va lotin tillarining klassik elementlarini

o‘zlashtirganlar ( masalan, fotosurat, telefon va boshqalar), bu o‘zlashtirishlar buungi kunda ham

davom etmoqda. Ingliz tili ilmiy texnik leksikasining katta qismini ana shunday klassik birikmalar

tashkil qiladi.

Odamlarning so‘zlardan foydalanish usullari ularning madaniyati haqida ko‘p narsalarni

aytib beradi. Naturalizatsiya nashr etilgan tadqiqotlar va tadqiqotlar uchun ingliz tiliga o‘xshash

tarjimalarni bajarishda qo‘llaniladi. Xuddi shunday inglizcha so‘z uning ma’nosini qisqacha

tushuntirish bilan birga saqlanib qoladi. Neologizmlarni tarjima qilishda to‘rtta tarjima usuliga

e’tibor beriladi: qarz tarjimasi, analoglardan foydalanish, transkripsiya va transliteratsiya.

Ingliz tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni o‘zbek tilidagi muqobillarni topishda

turli xil qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ingliz tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarning

muqobillarini ayrimlari so‘z birikmasi shaklida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ingliz tiliga

uncle, aunt so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobillarini topish ham bir muncha muammolidir.

Masalan: his aunt Polly was angry for a moment, and the Started to laugh. Bu gapda “aunt”

so‘zining o‘zbek tilidagi muqobili ham “amma” ham “xola” so‘zlariga to‘g`ri keladi. Uncle so‘zi

ham shunday so‘zning “tog`a” va “amaki” so‘zlariga tog`ri keladi. Ingliz tilining tarixiy

taraqqiyoti ingliz xalqi tarixi bilan uzviy bog`liq. So‘zlarning ehtimologik jihatdan o‘rganilishi esa

tarjima jarayonida so‘zlarning mazmuni (muqobillarini) o‘sha davr madaniyatiga, turmushiga mos

ravishda talqin etishga ko‘mak beradi.

Shu bilan birgalikda boshlang`ich sinf darsliklarida ham o‘zlashgan so‘zlarni uchratishimiz

mumkin. Masalan, ona tili 4-sinf, II-qism darsligida berilgan she’rni tahlil qilsak:

To‘p, to‘p, to‘p, to‘p

Futbolchilar tepar to‘p

Darvozabon xo‘p shoshar

Ishqibozlar qarashar.

Ana gol bo‘ldi


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

350

Hisob bir-u nol bo‘ldi.

“G`uncha” dan

Bu yerda keltirilgan “Futbol” so‘zi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “foot” –oyoq, “bol”-

to‘p degan ma’noni anglatadi.

Shu rasmlar orasida kofe so‘zi e’tiborimni tortdi va kofe so‘zi uzoq o‘tmishga bog`liqligi

va uni o‘zlashtirilgan so‘zlar qatoriga kiritilganini bildim. Bu o‘rganganimni o‘z faoliyatim

davomida o‘quvchilarga ham aytib o‘tishni joiz deb bildim.

Shunday holatlardan yana biri 3-sinf ona tili II qism 53-mashqda rasm tasvirlangan, unda

fermerni ko‘rishimiz mumkin.

Fermer so‘zi ham o‘zlashtirilgan so‘zlar qatoriga kiradi.

O‘zlashgan so‘zlardan yana biri 1-sinf I qism 12-darsda berilgan jirafa so‘zidir. Bu yerda

jirafa haqida ma’lumot berilgan. O‘quvchilar jirafa haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari bilan bir

qatorda, bu so‘z o‘zlashgan so‘z bo‘lib, giraffe deb yozilishi, jirafa deb talaffuz qilinishi haqida

ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.

Xulosa:

Boshlang`ich sinf maktab darsliklarida ingliz tilidan olingan o‘zlashma so‘zlar

ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Bu so‘zlar o‘quvchilarga zamonaviy

texnologiyalar sport, madaniyat va boshqa sohalarda yangi bilimlarni o‘rganishda yordam beradi.

Inglizcha o‘zlashmalar o‘quvchilarning global dunyo qarashini kengaytiradi, til boyligini

oshiradi va ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. O‘quvchilarga ingliz

tilidan kirgan so‘zlarni to‘g`ri ishlatish va tushunish orqali, ularning kommunikativ va akademik

ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Demak, biz darsliklarda uchragan shunday o‘zlashtirma so‘zlarni,

kelib chiqishini o‘quvchiga to‘liq yetkazib berishimiz kerak deb o‘ylayman. Endilikda,

boshlang`ich sinf darsliklarida yana ham aniqrog`i ona tili darsliklarida keltirilgan matn, suratlarga

ko‘proq e’tibor qaratib, ular orasida o‘zlashgan so‘zlar bo‘lsa, o‘quvchilarga chuqurroq tushuncha

berib borishimiz lozim deb o‘ylayman. Men kelajakda o‘z o‘quvchilarimga darslikda uchragan har

bir o‘zlashma so‘z haqida tushuncha berishga harakat qilaman.

REFERENCES

1.

Toshkent, O‘zbekiston E-mail: carjisor @ carjis.org.

2.

Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi o‘qituvchi X.Gulnoza To‘lqinovna.

3.

Zamin. uz 23-noyabr 2018-yil Azamat Akbarov.

4.

Namangan Davlat Universiteti pedagogi Bahromjon Tolibjonov.

5.

D.D. Boynazarova, M.E. Toirova- ona tili 4-sinf II-qism, Toshkent-2023.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

351

6.

D.D. Boynazarova- ona tili 4-sinf III-qism, Toshkent- 2023.

7.

S.Kuranov- ona tili 2-sinf II-qism, Toshkent- 2023.

8.

D.Boynazarova- ona tili 3-sinf II-qism, Toshkent- 2023.

References

Toshkent, O‘zbekiston E-mail: carjisor @ carjis.org.

Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi o‘qituvchi X.Gulnoza To‘lqinovna.

Zamin. uz 23-noyabr 2018-yil Azamat Akbarov.

Namangan Davlat Universiteti pedagogi Bahromjon Tolibjonov.

D.D. Boynazarova, M.E. Toirova- ona tili 4-sinf II-qism, Toshkent-2023.

D.D. Boynazarova- ona tili 4-sinf III-qism, Toshkent- 2023.

S.Kuranov- ona tili 2-sinf II-qism, Toshkent- 2023.

D.Boynazarova- ona tili 3-sinf II-qism, Toshkent- 2023.