Authors

  • Zulfiya Karimova
  • Mubina Toxirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69166

Keywords:

autizm neyro yallig‘lanish muloqot sensor ta’sirchanlik autizm spektrining buzilishi hissiy ifoda streotipik xatti-harakatlar noverbal muloqot.

Abstract

Ushbu maqolada xozirgi kunda bolalar orasida ommalashib borayotgan “Autizm” tashxis haqida fikr yuritilgan bo‘lib, bu ruhiy holat buzilishlarining dunyo miqyosida dolzarb mavzuga aylanib borayotganligi, tarixi, bugungi kun holati va mavjud muammoga oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan.

background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

359

AUTIZM SPEKTRI BUZILISHI BO‘LGAN BOLALAR TASNIFI

Karimova Zulfiya Abdurahmonovna

Alfraganus universiteti “Pedagogika va psixologiya”

kafedrasi o‘qituvchisi

Toxirova Mubina Fozilovna

Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti

Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14941198

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xozirgi kunda bolalar orasida ommalashib borayotgan

“Autizm” tashxis haqida fikr yuritilgan bo‘lib, bu ruhiy holat buzilishlarining dunyo miqyosida

dolzarb mavzuga aylanib borayotganligi, tarixi, bugungi kun holati va mavjud muammoga oid

tavsiyalar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

autizm, neyro yallig‘lanish, muloqot, sensor ta’sirchanlik, autizm

spektrining buzilishi, hissiy ifoda, streotipik xatti-harakatlar, noverbal muloqot.

CLASSIFICATION OF CHILDREN WITH AUTISM SPECTRUM DISORDER

Abstract.

This article discusses the diagnosis of "Autism", which is currently becoming

popular among children, and discusses the fact that this mental disorder is becoming a relevant

topic worldwide, its history, current status and recommendations for the current problem.

Keywords:

autism, neuroinflammation, communication, sensory sensitivity, autism

spectrum disorder, emotional expression, stereotypical behavior, nonverbal communication.

КЛАССИФИКАЦИЯ ДЕТЕЙ С РАССТРОЙСТВАМИ АУТИСТИЧЕСКОГО

СПЕКТРА

Аннотация.

В статье рассматривается диагноз «Аутизм», который в настоящее

время становится все более популярным среди детей, а также обсуждается тот факт,

что это психическое расстройство становится актуальной темой во всем мире, его

история, современное состояние и рекомендации относительно актуальной проблемы.

Ключевые

слова:

аутизм,

нейровоспаление,

коммуникация,

сенсорная

чувствительность, расстройство аутистического спектра, эмоциональное выражение,

стереотипное поведение, невербальная коммуникация.

Autizm – bu rivojlanishning kompleks buzilishi bo‘lib, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar, tilni

o‘zlashtirish va emotsional, kognitiv, harakatli va sensor qobiliyatlar hamda bu qobiliyatlarning

rivojlanishida orqada qolishning butun bir qator muammolarini o‘z ichiga oladi.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

360

Bu bilan bir qatorda, ko‘pincha xulqning o‘ziga xos shakllari: o‘z o‘qi atrofida aylanish,

o‘yinchoqlarni bir qatorga tizish, so‘zlarni maqsadsiz va ma’nosiz takrorlash kuzatiladi. Bunday

simptomlar munosabatga kirishish, muloqot qilish va fikrlash qobiliyati bilan bog‘liq

muammolarning oqibati hisoblanadi. Autizmi bor yoki autistik sohasidagi buzilishlari bor bolada

til, fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalar undagi buzilishlar shu sohaning qaysi qismiga tegishli

ekanligiga qarab farqlanadi.

Autizm atamasi Eyigen Bleyler tomonidan kiritilgan, ammo uni shizofreniya alomati deb

ta’riflagan.1938 yilda Xans Asperger autizmni "autistik psixopatiya"deb ta’riflagan. Uning

sharafiga yuqori funktsional autistlarni "Asperger sindromi" deb nomlanadi. 1943 yilda Leo

Kanner "affekiv aloqaning ostistik kasalliklari" maqolasida autistik kasalliklarni tasvirlab berdi.

Kanner sindromi, shuningdek, erta bolalik autizmi uning nomi bilan atalgan. Stiv

Silberman “NeuroTribes: Autizm merosi va neyrologiyaning kelajagi” nomli kitobida, “autist

odamlar doimo insoniyat jamoasining bir qismi bo‘lgan"- deb aytgan. Bugungi kunda autizmning

98 ta turi bo‘lib, ularning har biri alohida hususiyatlar bilan kechadi va o‘ziga xosdir. Autizmning

ayrim turlarida bolalar tashqi muhitdan uzilib qoladi, bir guruhi esa o‘zini o‘zi eplay oladi. Yana

shunday autist bemorlar borki, ulardan mashhur olimlar yetishib chiqadi. Bunga Eynshteyn,

Motsart, Charlz Darvin, Tomas Jefferson, Bill Geytsni misol qilib keltirish mumkin.

Autizm belgilari har bir bola farq qilishi mumkin va odatda erta bolalikda paydo bo‘ladi.

Autizm spektriga to‘g‘ri keladigan ba’zi alomatlar quyidagilardir:

Ijtimoiy muloqotda cheklanishlar autizmli bolalar ko‘z bilan aloqa qilishda qiyinchiliklarga

duch kelishida, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishda qiyinchiliklarda va hissiy ifodalarni

tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy o’zaro

munosabatlardagi cheklovlar boshqa odamlar bilan bog’lanish va munosabatlarni rivojlantirish

qobiliyatiga ta’sir qiladi.

Autizmli sindromli bolalarda odatda nutq rivojlanishining kechikishi kuzatiladi. Nutq

qobiliyatlari yaxshilanishi mumkin bo’lsa-da, ba’zilari bema’ni yoki takroriy so‘zlardan

foydalanishi, exolaliya kuzatilishi mumkin. Ba’zi autizmli bolalarga nutq o’rniga noverbal aloqa

turidan - imo-ishoralar, belgilar yoki muqobil aloqa usullari (masalan Peks kartochkalari)dan

foydalanishga o‘rgatiladi.

Autizmli bolalar takrorlanadigan va stereotipik xatti-harakatlarga, cheklangan va kuchli

qiziqishlarga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ular qo‘llarini silkitishlari, bir joyda aylanishlari

va ma’lum bir mavzuga e’tibor berish kabi xatti-harakatlarni namoyon qilishlari mumkin.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

361

Autizm spektri buzilgan bolalarda tovush, yorug’lik va taktil teginish kabi hissiy

sezgirlikning balandligi yoki kamligini kuzatish mumkin. Ba’zi hollarda, bu o‘zini yuqori

sezuvchanlik yoki befarqlik shaklida namoyon qilishi mumkin.

Autistik sohadagi buzilishlar bizning yangicha qarashimiz kuzatiladigan belgilarni hisobga

oladi, lekin ularni kasallikning ichki rivojlanishi mantiqi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqmaydi.

Autistik sohadagi buzilishlarning bu yangi ta’rifi doirasida ikkilamchi belgilarning

sabablari chuqur buzilishlar bo‘lgan xulq-atvor turlari sifatida qaraladi. Masalan, ayrim bolalar o‘z

o‘yinchoqlari bilan shug‘ullanishda “Ijtimoiy masalalarni hamkorlikda hal etish” deb

nomlanadigan qobiliyatga ega emasligini namoyon qiladilar, o‘yinchoqlarni ota-onalari yoki

tengqurlari bilan birga vaziyatga moslashgan holda o‘ynashga qodir bo‘lmaydilar. Ular o‘z

o‘yinchoqlarini enagaga ko‘rsatish, yayrab kulish va imo-ishoralar bilan e’tibor qaratishni

bilmaydilar.

Bunday belgilar chuqur bazaviy qobiliyatlar yo‘qligini aks ettiradi va ular shu tufayli kelib

chiqadi. Shunga o‘xshash yana bir belgi – qiziqishlar doirasining torligidan iborat. Bolalar o‘z

qiziqishlari doirasini muloqot vositasida kengaytiradilar, shuning uchun, agar ular boshqa odamlar

bilan muntazam munosabatda bo‘lib, o‘z istaklari va ehtiyojlarini ifodalash uchun imo-

ishoralardan foydalanmasalar, ularning qiziqishlari doirasi torligicha qoladi.

Shunga o‘xshash belgilarlar autistik sohada buzilishlar borligini ko‘rsatishi mumkin, lekin

ular tashxis qo‘yish uchun yagona asos bo‘lmasligi kerak. Asosiysi, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va

bolada mavjud bo‘lgan haqiqiy muammolarni aniqlash uchun eng zaruri – bu bola yuqorida

tavsiflangan uchta asosiy qobiliyatlarni qanday darajada namoyon qilayotganligini baholashdan

iborat.

Autistik sohadagi buzilishlar bo‘yicha noto‘g‘ri qo‘yilgan tashxislardan ko‘pining bosh

sabablaridan biri – bolaning ota-onasi yoki unga g‘amxo‘rlik qilayotgan boshqa katta yoshli bilan

munosabatini kuzatishga yetarlicha e’tibor qaratmaslikdan iborat.

Ko‘p hollarda bolalarni ota-onalaridan ajratib, rivojlanish darajasini aniqlash bo‘yicha har

turdagi testlardan o‘tkazadilar, lekin bunda ularning axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq

individual xususiyatlarini e’tiborga olmaydilar. Bolalar bundan asabiylashadilar va o‘z

qobiliyatlarining eng past darajasini namoyish qilgan holda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar.

Mutaxassis to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun bola o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatayotgan

hamma holatlarda ham kuzatishi lozim va tashxis uning hamma qobiliyatlari sohasiga to‘laligicha

asoslangan bo‘lishi kerak.

Shu vaqtgacha autizm kasalligini genetik kasallik deb hisoblashgan.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

362

Lekin so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, autizm kasalligi atrof-muhitdagi zararli-kimyoviy

moddalarning ko‘payishidan, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kelib chiqmoqda va autizm kasalligi

dolzarblashib bormoqda.

Sog‘lom bola rivojlanishida va autizm kasalligini oldini olishda quyidagi tavsiyalarga amal

qilish muhim hisoblaniladi:

- kasallikni erta aniqlab muhitni o‘zgartirish;

- ona bolaning yoshidan kelib chiqib, u uchun vaqtini mazmunli sariflashi uchun yangi

mashg‘ulot o‘ylab topish;

- bola xarxashasining aniq sabablarini o‘rganib, hal qilishga harakat qilish;

- bolalarni ko‘proq ko‘chada, tabiat qo‘ynida muloqotda bo‘lishiga e’tibor berish kabilar

bo‘ladi.

REFERENCES

1.

L.R.Mo‘minova “Autizm sindromi, uning sabablari, turlari va bartaraf etish

metodikalari”/uslubiy qo‘lanma/ T:«Spectrum Media Group» 2015.

2.

Морозов С.А. Детский аутизм и основы его коррекции. Москва 2002.

3.

Волкмар, Ф. Р., Вайзнер, Л. А. Аутизм: Практическое руководство для родителей,

членов семьи и учителей: Екатеринбург: Рама Паблишинг, 2014.

4.

Информационный

портал

РИА-новости

«Диагноз

которого

нет»:

http://www.ria.ru/trend/autism_02042012/

5.

NorboyevaZ.R., Karimova Z.A. “Autizm sindromli bolalar bilan korreksion ish olib borish”

Intellectual education technological solutions and innovative digital tools. Vol. 3 No. 28

(2024), p 436-439

https://interoncof.com/index.php/nether/article/view/4041

References

L.R.Mo‘minova “Autizm sindromi, uning sabablari, turlari va bartaraf etish metodikalari”/uslubiy qo‘lanma/ T:«Spectrum Media Group» 2015.

Морозов С.А. Детский аутизм и основы его коррекции. Москва 2002.

Волкмар, Ф. Р., Вайзнер, Л. А. Аутизм: Практическое руководство для родителей, членов семьи и учителей: Екатеринбург: Рама Паблишинг, 2014.

Информационный портал РИА-новости «Диагноз которого нет»: http://www.ria.ru/trend/autism_02042012/

NorboyevaZ.R., Karimova Z.A. “Autizm sindromli bolalar bilan korreksion ish olib borish” Intellectual education technological solutions and innovative digital tools. Vol. 3 No. 28 (2024), p 436-439 https://interoncof.com/index.php/nether/article/view/4041