Authors

  • Rong Xinjiang
  • Hebibulla Tursun

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69173

Keywords:

tarix Buyuk Ipak yo‘li etnik taraqqiyot Zardo‘shtiylik So‘g‘d Sabao Sarkofag Epitafiya.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoda shakllangan soʻgʻd qabilasi va ularning Buyuk Ipak yoʻli boʻylab tarqalishi, Xitoy xalqining tarixiy taraqqiyoti, madaniyati, sanʼati va etnik taraqqiyotidagi oʻrni haqida soʻz boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1049

IPAK YO‘LIDAGI QADIMGI SOʻGʻDLAR

絲綢之路上的粟特人

Rong Xinjiang

Muallif. (Pekin Universiteti Professori)

Hebibulla Tursun

Tarjimon. Pekin Universiteti o‘qituvchisi. tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14938701

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoda shakllangan soʻgʻd qabilasi va ularning Buyuk

Ipak yoʻli boʻylab tarqalishi, Xitoy xalqining tarixiy taraqqiyoti, madaniyati, sanʼati va etnik

taraqqiyotidagi oʻrni haqida soʻz boradi.

Kalit so‘zlar:

tarix, Buyuk Ipak yo‘li, etnik taraqqiyot, Zardo‘shtiylik, So‘g‘d, Sabao,

Sarkofag, Epitafiya.

ANCIENT SOGDIANS ON THE SILK ROAD

Abstract.

This article talks about the Sogd tribe formed in Central Asia and their spread

along the Great Silk Road, their place in the historical development, culture, art and ethnic

development of the Chinese people.

Key words:

history, Great Silk Road, ethnic development, Zoroastrianism, Sogdian, Sabao,

Sarcophagus, Epitaph.

ДРЕВНИЕ СОГДИЙЦЫ НА ШЕЛКОВОМ ПУТИ

Аннотация.

В статье говорится о племени согдийцев, образовавшемся в Средней

Азии, и их распространении по Великому Шелковому пути, их месте в историческом

развитии, культуре, искусстве и этническом развитии китайского народа.

Ключевые слова:

история, Великий Шелковый путь, этническое развитие,

зороастризм, Согдийец, Сабао, Саркофаг, Эпитафия.

Rong Xinjian

g

(荣新江

, Pekin Universitetining tarix kafedrasi va qadimgi Xitoy tarixi

tadqiqot markazi professori, Xitoy Taʼlim vazirligining Changjiang olimlari boʻyicha taniqli


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1050

professori, Britaniya Akademiyasi (FBA) muxbir aʼzosi, Xitoy Dunhuang-Turpan jamiyati

prezidenti va Pekin Universiteti tarix bo'limi ilmiy qo‘mitasi direktori. Uning “Xo‘tan tarixining

tsenzurasi”, “Guyi qo‘shini tarixi bo‘yicha tadqiqotlar”, “Chet eldagi Dunhuang va Turpan

hujjatlari haqida ma’lumot”, “Dunhuangshunoslik bo‘yicha o‘n sakkizta ma’ruza”, “Zhang

Tsiandan Mark Pologʻacha: Ipak yo‘lidagi o‘n sakkiz ma’ruza” va boshqa asarlari muallifidir.

Uning asosiy ilmiy yoʻnalishlari Xitoy-tashqi munosabatlar tarixi, Ipak yoʻli, Sui va Tang

sulolalari tarixi, Oʻrta Osiyo tarixi, Dunhuang-Turpanshunoslik va boshqalar.

Xitoy tarixiy maʼlumotlarida soʻgʻdlar

gʻuz, soʻgʻdiy

va boshqa nomlar bilan mashhurdirlar.

Etnik jihatdan ular Eron ulusiga mansub qadimiy Markaziy Osiyo xalqi; til jihatidan Hind-

Evropa tillari oilasiga mansub eroniy tillar oilasining Sharqiy Eron boʻlimida, yaʼni soʻgʻd tilida

soʻzlashgan; ularning yozuvlari Oromi yozuvlaridan foydalaniladi, hozir keng tarqalgan. So‘g‘d

yozuvi nomi bilan mashhurdir. So‘g‘diylarning vatani Zarafshon daryosi havzasi, Sir va

Amudaryo oralig‘ida royunlar go‘shasida joylashgan bo‘lib, G‘arb mumtoz adabiyotida

So‘g‘diyona mintaqasi (So‘g‘diyona) deb ataladi. Uning asosiy hududi: hozirgi Oʻzbekistondan

Tojikiston va Qirgʻizistonning bir qismiga to‘g‘ri keladi. So‘g‘d viloyatidagi katta-kichik

vohalarda turli o‘lchamdagi shahar-davlatlar tarqalgan. Ular orasida markazi esa Samarqand

bo‘lgan, Kangiya davlati eng yirik hisoblanadi. Ko‘pincha So‘g‘d shahar-davlatlarining vakili

hisoblanadi. Bundan tashqari, markazi Buxoroda joylashgan Buhara davlati ham nisbatan yirik

So‘g‘d podsholigi edi. Shuningdek, Sutrushana/Ushrusanada Sutrushana davlati, Kaputana

/Kedudda orta Sutrushana davlati, Ishitixonda g‘arbiy Sutrushana davlati, Maymurgda Merv

davlati, Kushanikada Qay davlati, Nakhshabda Kesh /Kash davlati, Shashda Choch davlati va

boshqalar mavjud. turli davrlarda boʻlingan va birlashtirilgan boʻlishi mumkin.

Milodiy III asrdan eramizning X asriga qadar koʻp sonli soʻgʻdiylar tadbirkorlik va sovda

bilan shugʻullanib, Xitoyga kirib, shaharlar atrofida yoki Ipak yoʻli boʻyidagi shaharlar oʻrtasida

bir qator sugʻdiy aholi punktlarini qurgʻanlar. So‘g‘diylar bilan birga yana boshqalar

urug‘ vakillari ham Xitoyga kirgan, masalan, toxarlar, turkiylar va boshqalar. Bir paytlar men

Xitoy tarixi kitoblarini, turli joylardan topilgan Xitoy va Eron hujjatlarini, Xitoy tosh o‘ymakorligi

va boshqa materiallarni to‘plagan edim, ular Tarim havzasi bo‘ylab Tang sulolasining poytaxti

Chang‘anga yoki Luoyangga kelganlikini tasvirlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1051

Shuningdek, Shansi va Hebeydan, sharq-shimolida Yingzhou (xozirgi Pekin)

mintaqasigacha soʻgʻd aholi manzilgohlari topilgan. Ushbu aholi manzilgohlarini bir-biriga

bog‘lab turgan, biz so‘g‘diylar sharqqa tomon olib borgan Ipak yo‘lini aniq belgilashimiz mumkin.

Bu yo‘l G‘arbiy hududlarning shimoli yo‘nalishiga ham cho‘zilgan degan taxminlar ham

yo‘q emas.

So‘g‘d aholi punktlarining kundalik hayoti va diniy madaniyati.

Xitoy tarixiy hujjatlarini solishtirsak, biz So‘g‘d manzilgohlaridagi ko‘plab real kundalik

hayotni yorqin izlarini payqashimiz, shuningdek, ularning dini, madaniy e’tiqodlari haqida ham

ma’lumotlarga duch kelishimiz mumkin. Hujjatlarda qayd etilishicha, So‘g‘d aholi manzillarining

rahbari “Sabao” deb atalgan. Bizgacha etib kelgan tarixiy yodgorliklarda, sur’atlarda Sabaoga

o‘xshagan bosh qahramon bor. U o‘rtadagi tosh lavhaga, uyda o‘tirib, xotini bilan ziyofat

qilayotgani tasvirlangan.

O‘ng tomonda uning yuqori qismida turkiy yetakchilar bilan uchrashgani, pastki qismida

esa turklar va so‘g‘dlar ittifoq tuzayotgani tasvirlangan. Tasvirlar orasida Sabaoning so‘g‘d, turk

va xan mehmonlari bilan uchrashishi yoki turkiy, fors va hind qirollarining ov qilayotgani tasvirlari

mavjud. Bu Sabaoning xuzuriga dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarni qabul

qilishining haqiqiy hayotiy tasviridir. Anga qabridagi tasvirlarda Sabaoning So‘g‘dlar

manzilgohidagi mavqei, ziyofat qilish, ov qilish, mehmon qabul qilish, chet ellarga sayohat qilish

kabi kundalik hayot manzaralari juda yorqin aks ettirilgan. Bu sarkofag

1

tasvirlarining deyarli

barchasi Xu xalqiga tegishli. Sabao yoki ovga tashrif buyurgan turli mamlakatlarning qirollaridan

tashqari, oddiy odamlarning ham ko‘zlari chuqur va baland burunlari bor, ba’zilarining sochlari

jingalak, ba’zilarining sochlari kalta va barchasi Xu kiyimida bo‘lib, bu erda xan xalqi yo‘qligini

ko‘rsatadi. Biroq, Xu xalqining turli xil tasvirlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, So‘g‘dlar Xu xalqi

aholi manzilgohlarida juda ommalashgan, ammo boshqa G‘arbiy Hudud Xu xalqi ham bo‘lgan.

Ammo Dunxuan hujjatlariga asoslanib “Soʻgʻdlar turar joyi” deb atagan, hamma

“Soʻgʻdlar turar joyi” deb atalganini uning sof soʻgʻd xalqidan tashkil topganligini anglatgan.

1

Sarkofag-bu tosh, marmar, yog‘och yoki boshqa materiallardan yasalgan dafn qutisi (tobut) bo‘lib, odatda yuksak

martabali kishilar,podshohlar, zadogonlar uchun ishlatilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1052

Tasvir maʼlumotlarida qishloq xoʻjaligi mehnati manzaralari deyarli yoʻq, bu esa Soʻgʻd

aholi punktlarida dehqonchilik hali rivojlanmaganligini koʻrsatadi. Ushbu sarkofag tasvirlarining

o‘rtasida qabr egasi va uning rafiqasi ziyofat o‘tkazayotgan suratlari bor. So‘g‘d epitafiyalari

2

va

boshqa hujjatli yozuvlardan ko‘rishimiz mumkinki, dastlabki davrlarda Xitoyga kelgan

so‘g‘dliklar ko‘pincha Xu xalqi bilan qo‘shilib ketishgan. Buning sababi ular avtonom aholi

punktlarida yashaganligi va Xan xalqi bilan unchalik aloqada bo‘lmaganligidir. Biroq, bu ayollar

ko‘pincha xitoycha uzun kiyim kiyishadi, bu esa so‘g‘diylarning Xitoy madaniyatiga bo‘lgan

e’tiborni ko‘rsatadi. Keyingi So‘g‘d epitafiyalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, so‘g‘diylar xon

ayollariga turmushga chiqa boshlagan. Va natijada mahalliy aholi va so‘g‘diylarning aralashuvi

yuzaga kela boshlagan. Qadimgi Xitoy maqbaralaridan ko‘rinib turibdiki, zardushtiylik dafn etish

odatlarining aniq ta’siri Xitoyning ba’zi mintaqalarida hali ham mavjud. Bunday dafn etish usuli

Xitoyning anʼanaviy amaliyoti ham, soʻgʻdiylarning mahalliy koʻrinishi ham emas, bu Xitoyga

kirib kelgan soʻgʻdiylarning mahalliy aholi bilan yashash tarzi va madaniyatining qorishib

ketganidan darak beradi.

3

Soʻgʻdlar, odatda, sharqqa qarab koʻchib, Ipak yoʻlining asosiy yoʻllari boʻylab, choʻl

koʻchmanchi xonliklari va Markaziy tekisliklar sulolalari orasidagi erlarda aholi punktlari barpo

etganlar. Milodiy III asrdan eramizning X asriga qadar Ipak yo‘li bo‘ylab o‘zgargan siyosiy

hayotida so‘g‘diylar turar-joylari muqarrar ravishda turli madaniy ranglar bilan ajralib turardi.

Kundalik hayot nuqtai nazaridan biz asosan so‘g‘d madaniyatini ko'rishimiz mumkin, Eron

madaniyati Fors, shimoliy ko‘chmanchilar va G‘arbiy mintaqalarda boshqa vahshiy madaniyatlar

bilan aralashib ketgan. Ma’naviyat nuqtai nazaridan u so’g’diylarning zardushtiylik e’tiqodiga

amal qilishda davom etadi, moddiy jihatdan esa Xitoy madaniyati ta’sirini tobora ko’proq qabul

qiladi. Aytish mumkinki, so‘g‘dlar turar-joylarining kundalik hayoti so‘g‘diylarning Ipak yo‘li

xalqi sifatidagi xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. So‘g‘d manzilgohlari ham turli madaniyatlarni

o‘zida jamladan, ular sharqqa va Xitoyga olib kelingan. Oʻrta asrlarda Ipak yoʻlidagi mamlakatlar

oʻrtasidagi savdo-sotiqqa soʻgʻdiylar masʼul boʻlgan, deganimizdek, ular aslida turli madaniyatlar

oʻrtasidagi almashuvning uzatuvchisi boʻlgan.

(Ushbu maqola

Rong Xin Jiangning "Ipak yo'li va Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy

almashinuvlar" nomli kitobidan olingan)

2

Epitafiya-bu qabrtosh yoki yodgorlik ustiga yozilgan matn bo‘lib, marhum haqida xotira yoki esdalik yozuvlarini

o’z ichiga oladi.

3

Buni Xitoydagi Meixiu san’at muzeyidagi dafn rasmlarining davomi sifatida ko'rish mumkin

.