ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1085
LM KONSEPTLI QATNASHGAN PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING
CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI
Mamatova Zilola Nurboy qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi
1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14940489
Annotatsiya.
Bu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi ilm konsepti qatnashgan
paremiologik birliklar, uning o‘rganilish tarixi, uning xususiyatlari haqida ma’lumotlar mavjud.
Kalit so‘zlar:
“ilm” kontsepti, Kognitiv atamalar, frаzеоlоgiya, konsept barqaror birikma,
doimiylik, tartib va fokus.
COMPARATIVE ANALYSIS OF PAREMIOLOGICAL UNITS INVOLVING THE
CONCEPT OF SCIENCE
Abstract.
This article contains information about the paremiological units involved in the
concept of science in English and Uzbek, the history of its study, and its characteristics.
Keywords:
The concept of "science", Cognitive terms, phraseology, the concept of stable
combination, continuity, order and focus.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ, ВХОДЯЩИХ
В ПОНЯТИЕ ФИЛЬМА
Аннотация.
В статье содержится информация о паремиологических единицах,
связанных с концептом науки в английском и узбекском языках, истории их изучения и их
особенностях.
Ключевые слова:
концепт «наука», когнитивные термины, фразеология, концепт
устойчивого сочетания, преемственности, порядка и направленности.
Kirish.
Frаzеоlоgiya tilshunоslikning bоshqа bo‘limlаrigа nisbаtаn yangi bo‘limdir. U
lеksikоlоgiya bаg‘ridаn XX аsrning 50-yillаridаn mustаqil bo‘lim sifаtidа аjrаlib chiqdi. Sоbiq
sho‘rоlаr dаvridа Impеriya hududidаgi bаrchа tillаrning frаzеоlоgiyasi V.V.Vinоgrаdоv tа‘limоti
аsоsidа dunyogа kеldi. Jumlаdаn, o‘zbеk frаzеоlоgiyasi hаm bundаn mustаsnо emаs. Har bir til
o‘zining so‘zlariga, frazeologiyasiga, hamda paremiologiyasiga ega.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1086
Xususan, o‘zbek tillarining paremiologiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo -
paremiya, paremilogiya nima degan savolga javob topishimiz kerak. Paremiologiya (yunoncha:
paroimia -hikmatli soʻz, zarbulmasal va ... logiya)
Adabiyotlar tahlili.
1. Ma‘lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va
sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan maqol, matal, aforizm
kabi hikmatli iboralarni paremalarni o‘rganadigan fan sohasi
1
.
2. Muayyan tilda mavjud bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar-paremalar
tizimi. Paremalar avloddan avlodga faqat og‘zaki holdagina o‘tib kelganligi xalq og‘zaki ijodining
mahsuli bo‘lganligi uchun adabiyotshunoslikning o‘rganish obyekti hisoblanadi, chunki ularning
aksariyati ko‘pincha she'riy shaklga o‘xshaydi va ularda o‘xshatish, antiteza, anafora, alliteratsiya,
kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qo‘llaniladi
2
.
Shu bilan birga paremalar so‘zlardan tuzilib, ma‘lum bir fikrni ifodolovchi gaplardan iborat
bo‘lgani uchun tilshunoslikning ham o‘rganish ob‘yektidir.
Muhokama.
Paremalarning kelib chiqishi tarixan rivojlanishi va ma‘no xususiyatlarini
o‘rganuvchi paremiologiya frazeologiya bilan chambarchas bog‘liq. Paremiologiya tilda mavjud
bo‘lgan turli xil barcha iboralarni o‘rganadi,frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat
ko‘chma ma’noli turg‘un birikmalarini o‘rganadi.
Konsept - (lotincha “conceptu” so‘zidan olingan bo‘lib tushuncha ma’nosani bildiradi).
Kognitiv atamalar lug‘atida esa konsept atamasiga quydagicha ta'rif beriladi konsept
bizning tafakkurimizdagi aqliy va psixik resurslarning inson bilim va malakalarida aks etishiga
xizmat qiladigan tushunchadir. Konsept atamasi zamonaviy tilshunoslikda biror bir leksik
birlikning tafakkurdagi obrazini ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Kundalik ilmiy ijodda esa konsept atamasi "tushuncha" bilan sinonim sifatida qo‘llaniladi
Ilm "so'zi lug'atda "bilish",anglab ,tushuncha hosil qilish ,bir narsaning haqiqatni
mohiyatini bilish "kabi ma‘nolarini anglatadi .Shuning uchun Islom ulamolari ilmga "haqiqatni
xuddi voqealikdagidek idrok qilish ilmdir" deb ta'rif berishgan.Buning ma'nosi shuki ,olingan
ma‘lumot bir narsaning asl mohiyatini to‘g‘ri anglatsagina undan dunyo va oxiratimizga manfaat
hosil bo'lsagina chinakam ilm hisoblanadi. Ilm -eng fazilatli amaldir, chunki u ikki dunyo,
saodatining kalitidir. Inson Ilm va ma'rifat bilangina chinakam hayotdir. Insonning hayotini to‘g‘ri
1
English and Uzbek paremiological units related to the concept of “holiday” Firdavs ASLONOV1 Samarkand State
Institute of Foreign Languages
2
AREMIOLOGIK BIRLIKLARNING DIALEKTAL ASOSLARI Boymurodova Lobar Raxim qizi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1087
yo'lga solmagan, uning fe‘l atvorida amalida ta'siri bilinmagan, to‘g‘ri yo‘lga yetaklamagan ilmda
yaxshilik xayr -baraka yo'qdir.Shuning uchun o‘rganilgan emas ,amal qilingan ilm haqiqiy ilm
sanaladi.
O‘zbek tilida quyidagicha “Ilm” mazmunli frazemalar mavjud:
1.
Ilm o'rganish har bir musulmon uchun farzdir.
2.
Beshikdan qabrgacha ilm izla
3.
Ilm istasang, nishon yo‘qtur
4.
Ilm istasang, takror qil
5.
Ilm olish -nina bilan quduq qazish
6.
Ilm olishni erta-kechi yo‘q
7.
Ilm o‘lchovi-aql
Zehn o‘lchovi-naql.
8.
Ilm ko‘p ,umr oz
Ingliz tilida ham “Ilm” mazmunli quyidagicha frazaemalar mavjud:
1.
Learn the Rope
2.
Knowledge is power, ignorance is weakness
3.
Education is power, knowledge is wealth
4.
Knowledge is of the past, Wisdom is of the future
5.
Silver and gold may tarnish away, but a good education will never decay
6.
Learning makes a good man better and an ill man worse
7.
Art and knowledge bring bread and honour
8.
It’s never late to learn
Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, frazeologik birliklarda nutq davomida,
kundalik hayotda va so‘zlashuv jarayonida foydalanish nutqimizni yanada chiroyli, ma’nodorligini
oshiradi, fikrimizni yetkazish uchun qulay vosita bo‘lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
English and Uzbek paremiological units related to the concept of “holiday” Firdavs
ASLONOV1 Samarkand State Institute of Foreign Languages
2.
AREMIOLOGIK BIRLIKLARNING DIALEKTAL ASOSLARI Boymurodova Lobar
Raxim qizi
3.
WWW.ilmchashmasi.uz
