1492
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
RESPUBLIKADA XALQARO, MINTAQVIY, XORIJIY STANDARTLARNI
QO’LLASH TARTIBI
O.X.Abduraxmanov
ToshDAU
Z.Maxmudova
ToshDAU
https://doi.org/10.5281/zenodo.14947587
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, O’zbekiston Respublikasida xalqaro, mintaqaviy va
xorijiy standartlarni qo’llash tartibi haqida so’z yuritiladi. Maqolada, xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan standartlarning ahamiyati va ularning mamlakatda
qanday tatbiq etilishi, shuningdek, xorijiy standartlarning mamlakat eksporti va ichki bozordagi
o’rni ko’rsatilgan. O’zbekistonning standartlashtirish tizimi, uning ishlab chiqarish
jarayonlaridagi roli va mamlakatning global iqtisodiyotga integratsiyasi uchun muhim
ahamiyatga ega bo’lgan holatlar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar:
Xalqaro standartlar, mintaqaviy standartlar, xorijiy standartlar,
O’zbekiston, standartlashtirish, ISO, CE belgisi, O’zstandart, eksport, sifat ta’minoti, xavfsizlik,
metrologiya, savdo, texnologiya.
THE PROCEDURE FOR APPLYING INTERNATIONAL, REGIONAL, FOREIGN
STANDARDS IN THE REPUBLIC
Abstract.
This article discusses the procedure for applying international, regional and
foreign standards in the Republic of Uzbekistan. The article shows the importance of standards
developed by international and regional organizations and how they are implemented in the
country, as well as the role of foreign standards in the country's exports and domestic market.
The standardization system of Uzbekistan, its role in production processes and important
circumstances for the country's integration into the global economy are analyzed.
Keywords:
International standards, regional standards, foreign standards, Uzbekistan,
standardization, ISO, CE marking, Uzstandard, export, quality assurance, safety, metrology,
trade, technology.
ПОРЯДОК ПРИМЕНЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ, РЕГИОНАЛЬНЫХ И
ЗАРУБЕЖНЫХ СТАНДАРТОВ В РЕСПУБЛИКЕ
Аннотация.
В данной статье рассматривается порядок применения
международных, региональных и зарубежных стандартов в Республике Узбекистан. В
статье подчеркивается важность стандартов, разработанных международными и
региональными организациями, и то, как они внедряются в стране, а также роль
иностранных стандартов в экспорте и внутреннем рынке страны. Анализируется
1493
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
система стандартизации Узбекистана, ее роль в производственных процессах, а также
обстоятельства, имеющие значение для интеграции страны в мировую экономику.
Ключевые слова:
Международные стандарты, региональные стандарты,
зарубежные стандарты, Узбекистан, стандартизация, ISO, маркировка CE,
Узстандарт, экспорт, обеспечение качества, безопасность, метрология, торговля,
технологии.
Kirish
Xalqaro va mintaqaviy standartlar, shuningdek, xorijiy standartlar davlatlararo iqtisodiy
aloqalar, savdo, ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy sohalarda ahamiyatli rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi ham o’zining rivojlanayotgan iqtisodiyoti va xalqaro aloqalari
doirasida ushbu standartlarni qo’llash va muvofiqlashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Ushbu maqolada, respublikada xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni qo’llash tartibi
haqida so’z yuritamiz.
Хalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini
(keyingi o‘rinlarda Standartlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va qo‘llash
tartibini belgilaydi.
Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
➢
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab
chiqilgan standartlarni qabul qilish bo‘yicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;
➢
“O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik
dasturi;
➢
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarining ish rejalari;
➢
manfaatdor tomonlarning “O‘zstandart” agentligiga buyurtma nomalari (murojaatlari).
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining
standartlarini qabul qilish ushbu nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan ta’minlanadi.
Xalqaro standartlarni qabul qilish
Xalqaro standartlar O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari shaklida, davlat
tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida qabul qilinadi. Respublikada xalqaro
standartlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari shaklida quyidagicha
amalga oshiriladi:
-IDT qisqartirma bilan belgilangan, xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash;
-MOD qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan;
1494
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
-NEQ qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent bo‘lmagan.
Xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul
qilishga tayyorgarlik bo‘yicha ish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan
taqdirda - “Texnik jixatdan tartibga solish” agentligi huzuridagi standartlashtirish,
sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan shartnoma
asosida amalga oshiriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan xalqaro standartda davlat standarti
sifatida qabul qilinmagan standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish
ishlari olib borilishi zarur.
Havola qilinadigan xalqaro standartlarni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib
borilayotganida, birinchi o‘rinda, qabul qilinayotgan xalqaro standart bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lgan va uning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilinadigan xalqaro standartlarning
ahamiyati hisobga olinishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi hollarda xalqaro standartlar bilan
aynan o‘xshash hisoblanadi ya’ni O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi,
tuzilishi va mazmuni jihatidan aynan o‘xshash bo‘lsa va
O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi jihatidan aynan o‘xshash, biroq,
unga tahririy o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Xalqaro standartga aynan o‘xshash bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat standartini
qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami titul varoqda aynan o‘xshash xalqaro
standartning raqami ko‘rsatilgan holda saqlab qolinadi.
Masalan: O‘zDSt ISO 5524:2017 (ISO 5524:1991, IDT).
O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti quyidagi shartlar bilan xalqaro standartga
nisbatan modifikatsiyalangan hisoblanadi:
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan;
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan hamda har ikkala standart tuzilmasini oddiy
taqqoslash imkoni bo‘lsagina o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladigan xalqaro standartning
(xalqaro hujjatning) tuzilmasini aks ettiradi;
xalqaro standartlarga havolalarni almashtirishi mumkin bo‘lgan normativi havolalar
shaklida O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari mavjud bo‘lmasa har bir havola o‘rniga
havola qilinadigan xalqaro standart mazmunini (uning bo‘limlari, bo‘linmalari, bandlarini, kichik
bandlari, ilovalarini) muqobil almashtirishi mumkin bo‘lgan qoida keltiriladi;
qo‘llaniladigan xalqaro standart matnida aynan o‘xshash yoki modifikatsiyalangan davlat
standartlari sifatida qabul qilingan boshqa xalqaro standartlarga havolalar bo‘lsa o‘zgartirilgan
standart loyihasini tayyorlashda xalqaro standartlarga havolalar o‘rniga ular bilan
1495
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
uyg‘unlashtirilgan davlat standartlariga havolalardan foydalanadi.
Modifikatsiyalangan standart matnida xalqaro standartga havola o‘rniga bir xil
standartlashtirish obyektiga (mahsulot, jarayon yoki xizmat) tatbiq etiladigan, biroq havola
qilinadigan xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilmagan davlat standartiga havola qilishga
ruxsat etiladi.
Xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan O‘zbekiston Respublikasining davlat
standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami titul varoqda aynan
o‘xshash xalqaro standartning raqami ko‘rsatilgan holda saqlab qolinadi.
Masalan: O‘zDSt 9227:2015 (ISO 9227:2012, MOD) O‘zbekiston Respublikasining
davlat standarti quyidagi shartlarda xalqaro standartga nisbatan noekvivalent hisoblanadi:
1-
identifikatsiyalanmagan va ularni kiritish sabablari tushuntirilmagan texnik
og‘ishlarni o‘z ichiga olgan;
2-
identifikatsiyalanmagan va tushuntirilmagan, tuzilmasida xalqaro standart bilan
oddiy taqqoslashni ta’minlamaydigan o‘zgarishlarga ega;
3-xalqaro standart talablarining katta bo‘lmagan (miqdori va/yoki ahamiyati
jihatidan) qismini o‘z ichiga olgan.
Xalqaro standartga nisbatan noekvivalent O‘zbekiston Respublikasining davlat
standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga
qo‘yilmaydi.
Noekvivalent xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi.
Masalan: O‘z DSt 3722:2014 (ISO 3290-1:2008, NEQ).
Mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish
Respublikada mintaqaviy standartlarni qabul qilish standartning identifikatsiya raqamini
davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida saqlangan holda bevosita qabul qilish
orqali amalga oshiriladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo – mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi doirasida qabul qilinadigan standartlar
Davlatlararo kengashning standartlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish qoidalariga muvofiq
qabul qilinadi.
Agar qabul qilinadigan hududiy yoki davlatlararo standartlarda respublikada qabul
qilinmagan boshqa xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarga havolalar bo‘lsa, ularni
bir vaqtda qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
Xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish
bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan mintaqaviy yoki davlatlararo
standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan
1496
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.
Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
Respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish standartning
identifikatsiya raqamini davlat tilida hamda standartning asli yozilgan tillardan birida to‘g‘ridan
to‘g‘ri qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organlaridan olingan ushbu
mamlakatlarning
standartlarini
qo‘llash
to‘g‘risidagi
rozilik
respublikada
xorijiy
mamlakatlarning standartlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatlar standartida respublikada qabul qilinmagan
boshqa standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularning bir vaqtda qabul qilinishi bo‘yicha ishlar
olib borilishi kerak.
Havola qilingan standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda,
birinchi navbatda qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatning standarti bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan standartlarni qabul
qilish muhimligini hisobga olish kerak.
Standartlarni kelishish va qo‘llash tartibi
Standartlarni qabul qilish bo‘yicha “Texnik jixatdan tartibga solish” Agentligiga ariza
tushganidan so‘ng, “Texnik jixatdan tartibga solish” Agentligi besh kundan ortiq bo‘lmagan
muddatda xorijiy mamlakatlarning standartlarini qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun ushbu
mamlakatlarning vakolatli organlariga so‘rov yuboradi.
Qabul qilinayotgan standartlarni manfaatdor tomonlar bilan kelishish standartlashtirish
bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda – institut tomonidan amalga oshiriladi.
Qabul qilinayotgan standart manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kundan ortiq
bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi va ushbu standartni respublikada qabul qilishning
maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kun mobaynida takliflar kiritilmasa, ushbu
standart kelishilgan hisoblanadi.
Kelishish natijalariga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari (ular bo‘lmagan
taqdirda - institut) besh kun muddatda “Texnik jixatdan tartibga solish” agentligiga ushbu
standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi
xulosani taqdim etadi.
Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiqligi yoki
maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida “Texnik jixatdan tartibga solish” agentligi tomonidan
besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qaror qabul qilinadi.
Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan
1497
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
hollarda “Texnik jixatdan tartibga solish” agentligi manfaatdor tomonlarga asoslangan rad
javobini yuboradi.
Standartlar ularni amalga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch
oydan kechikmay kuchga kiradi.
Amaldagi davlat standarti o‘rniga standart qabul qilingan taqdirda o‘n ikki oydan ko‘p
bo‘lmagan o‘tish davri nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativi hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga kiritiladi.
“Texnik jixatdan tartibga solish” agentligi, qabul qilingan standartlar reyestrini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar to‘g‘risidagi ma’lumot
“Texnik jixatdan tartibga solish” agentligi va institutning rasmiy saytlarida qo‘llash haqidagi
qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kundan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi.
Xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari
ularni qo‘llash doirasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan
qo‘llaniladi.
Respublikada xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni qo‘llash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon quyidagi
bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Xalqaro standartlar: O‘zbekiston xalqaro standartlarni tasdiqlangan va ratifikatsiya
qilingan kelishuvlarga asoslanib qo‘llaydi. Xalqaro standartlar, masalan, ISO (Xalqaro
standartsizatsiya tashkiloti) yoki IEC (Xalqaro elektr texnikasi komissiyasi) tomonidan ishlab
chiqiladi va mamlakatga integratsiya qilinadi.
Mintaqaviy standartlar: Mintaqaviy iqtisodiy birliklar va tashkilotlar (masalan, MDH
yoki boshqa hududiy tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqilgan standartlar mamlakatda amal
qiladi. Bu standartlar ham o‘ziga xos huquqiy kuchga ega bo‘lib, O‘zbekistonning ularga
qo‘shilishi, ratifikatsiya qilishi yoki ularni qabul qilishi bilan amalga oshiriladi.
Xorijiy standartlar: Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, agar ular O‘zbekiston
me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinsa, mamlakatda amal qilishi
mumkin. Bunday standartlar, odatda, xalqaro yoki mintaqaviy standartlar bilan birgalikda
qo‘llaniladi.
Standartlarni qabul qilish va amalga oshirish tartibini Milliy Standartlashtirish organi
bo’lgan O‘zbekistonning Texnik jihatdan tartibga solish kabi milliy standartlashtirish organlari
xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni tahlil qiladi va ularni milliy me’yorlar bilan
uyg‘unlashtiradi.
1498
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Bosqichlar Sube’ketlar Tadbirlar Muddatlar
1-bosqich
Manfaatdor tomon
Standartlarni qabul qilish
uchun buyurtmanomani
berish
Zaruratga ko’ra
2-bosqich
“O’zbekiston Texnik
jihatdan tartibga solish”
agentligi
Xorijiy mamlakat
standartlarini qo'llash
to'g'risida roziligini olish
uchun ushbu mamlakatning
vakolatli organlariga
so'rovni yuborish
5 kun davomida
3-bosqich
“O’zbekiston Texnik
jihatdan tartibga solish”
agentligi
Standartni qabul qilish
buyurtmanomasini
texnik qo'mitalariga yoki
institutga yuborish
5 kun davomida
4-bosqich
Manfaatdor tomon,
standartlashtirish
bo’yicha texnik
qo’mitalar, instituti
Standartni qabul qilishga
(ishlab chiqarish, tarjima
qilish, rasmiylashtirish)
tayyorlash
Shartnomada
kelishilgan
muddatlarda
5-bosqich
Standartlashtirish
bo’yicha texnik qo’mita,
instituti
Qabul qilinadigan
Standartlarni anfaatdor
tomonlar bilan kelishish
15 kun davomida
6-bosqich
Standartlashtirish
bo’yicha texnik qo’mita,
instituti
"O'zstandart" agentligiga
standartni respublikada
qabul qilish maqsadga
muvofiqligi yoki
muvofiq emasligi
to'g'risidagi xulosani
kiritish
5 kun davomida
7-bosqich
“O’zbekiston Texnik
jihatdan tartibga solish”
agentligi
Standartni Respublika
hududida qo'llash
maqsadga muvofiqligi
yoki muvofiq emasligi
to'g'ridagi qarorni qabul
qilish
5 kun davomida
8-bosqich
“O’zbekiston Texnik
jihatdan tartibga solish”
agentligi
Standartni qo'llash
haqidagi qaror qabul
qilinganda ularni amalga
kiritish
Uch oydan
kechikmay
9-bosqich
“O’zbekiston Texnik
jihatdan tartibga solish”
agentligi
Respublika hududida
qabul qilingan standart
to'g'risidagi ma'lumotni
rasmiy saytlarda e'lon
qilish
5 kun davomida
1499
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Barcha qabul qilingan xalqaro va mintaqaviy standartlar, shuningdek, xorijiy standartlar
davlat ro‘yxatiga olinadi. Bu ro‘yxat davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Qonun va nizomlarga muvofiqlik Yangi standartlarni joriy etish va ularga rioya qilish
mamlakatdagi me’yoriy-huquqiy bazaga qo‘shiladi va tegishli davlat organlari tomonidan
nazorat qilinadi.
Muvofiqlikni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasida standartlarga rioya qilishni
ta’minlash uchun, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan nazorat qilinadi. Shu bilan birga,
muvofiqlikni baholash tizimlari, sinov va sertifikatlash tashkilotlari orqali standartlarga
muvofiqlik tekshiriladi.
Bu jarayonlar, O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, sifatni
oshirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashga yordam beradi.
REFERENCES
1.
Abduvaliev A.A., Latipov V.B., va boshq. “Standartlashtirish, metrologiya,
sertifikatlashtirish va sifat”/Toshkent 2009y.
2.
Yevropa parlamenti va Kengashi Umumiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarining 178/2002-sonli Reglamenti.
3.
