Authors

  • Sh.Q. Xolmanova
  • S. Abdurashidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69199

Keywords:

predloglar sodda predloglar va grammatik qoidalar.

Abstract

Ushbu maqola fransuz tilidagi sodda predloglar va ularning qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Predloglar soʻzlar orasidagi bogʻlanishlarni ta'minlab, gap ichida joy, vaqt, sabab, maqsad, vosita va egalik kabi turli munosabatlarni ifodalashda ishlatiladi. Maqolada eng koʻp ishlatiladigan predloglarning ma'nolari va ularning kontekstdagi ishlatilishi tushuntiriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1100

FRANSUZ TILIDA SODDA PREDLOGLARNING QO’LLANILISHI

Sh.Q.Xolmanova

SamDChTI fransuz filologiyasi o’qituvchisi

S.Abdurashidova

SamDChTI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14940575

Annotatsiya.

Ushbu maqola fransuz tilidagi sodda predloglar va ularning qoʻllanilishi

tahlil qilinadi. Predloglar soʻzlar orasidagi bogʻlanishlarni ta'minlab, gap ichida joy, vaqt, sabab,

maqsad, vosita va egalik kabi turli munosabatlarni ifodalashda ishlatiladi. Maqolada eng koʻp

ishlatiladigan predloglarning ma'nolari va ularning kontekstdagi ishlatilishi tushuntiriladi.

Kalit soʻzlar

: predloglar, sodda predloglar va grammatik qoidalar.

USE OF SIMPLE PREPOSITIONS IN FRENCH

Abstract.

This article analyzes simple prepositions in French and their use. Prepositions

provide connections between words and are used to express various relationships within a

sentence, such as place, time, reason, purpose, means, and possession. The article explains the

meanings of the most commonly used prepositions and their use in context.

Keywords:

prepositions, simple prepositions, and grammatical rules.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОСТЫХ ПРЕДЛОГОВ ВО ФРАНЦУЗСКОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация.

В данной статье анализируются простые предлоги во французском

языке и их употребление. Предлоги обеспечивают связь между словами и используются для

выражения различных отношений в предложении, таких как место, время, причина, цель,

средства и принадлежность. В статье объясняются значения наиболее употребительных

предлогов и их использование в контексте.

Ключевые слова:

предлоги, простые предлоги и грамматические правила.

Har qanday til oʻzining aniq grammatik qoidalari bilan ajralib turadi. Fransuz tilida bu

qoidalar orasida predloglarning oʻrni alohida ahamiyatga ega. Predloglar yordamchi soʻz boʻlib

koʻmakchilar kabi gapda soʻzlarni bir - biri bilan bogʻlash va ularning oʻzaro munosabatlarini

koʻrsatish uchun hizmat qiladi. Fransuz tilida kelishiklar yoq biron - bir otlar turlanmaydi va

kelishik qoʻshimchalarining ma'nosi turli predloglar yordamida ifodalanadi.

Predlog yordamchi so’z bo’lib, ko’makchilar kabi gapda so’zlarni bir-biri bilan bo’glash

va ularning uzaro munosabatini ko’rsatish uchun xizmat kiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1101

Fransuz tilida kelishiklar yo’q, binobarin otlar turlanmaydi va kelishik qo'shimchalarining

ma'nosi turli predloglar yordamida ifodalanadi.

1

.

Fransuz tili grammatikasi jihatdan murakkab tuzilishga ega boʻlib undagi predloglar gap

tarkibidagi soʻzlar orasidagi munosabatni belgilovchi muhim elementlardan biri hisoblanadi.

Sodda predloglar (les prépositions simples) tarkib jihatdan bitta soʻzdan iborat boʻlib, ular

sintaktik bogʻlovchi va semantik aniqlovchi vazifasini bajaradi. Shuningdek P. Grevisse "Le Bon

Usage" asarida fransuz predloglarini togʻri qoʻllash qoidalari yoritib sodda predloglarning nutq

tuzilishdagi ahamiyatini koʻrsatgan

2

.

Predloglar o‘zgarmas so ‘z turkumi bo’lib, gapda so’zlarning bog’lanishiga xizmat qiladi

va so’zlar orasidagi turli munosabatlarni bildiradi. Fransuz tilida predloglarning roli rus tilidagi

predloglanikiga qaraganda ancha kattadir, chunki fransuz tilida kelishik qo‘shimchalari mavjud

bo’maganligi sababli, ular o ‘zbek va rus tillaridagi kelishik qo‘shimchalari o ‘rnini egallaydi va

ko‘pincha ular o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinmaydi

3

. Masalan,

Bu kutubxonaning eshigi - C'est la porte

de

la bibliothèque.

Il passe le livre

à

son ami - U kitobni do'stiga uzatdi.

Fransuz tilida sodda predloglar

Sodda predloglar (Les prépositions simples) bitta soʻzdan iborat boʻlib gap tarkibida

soʻzlar orasidagi munosabatni belgilaydi. Ular maʼno jihatidan turli guruhlarga boʻlinadi va gap

tarkibida muhum grammatik rol oʻynaydi. Agar predloglar notoʻgʻri yoki umuman ishlatilmasa

gapning mazmuni buzilishi yoki noaniq boʻlib qolishi mumkin.

-les prépositions de lieu bu predloglar biror narsaning joylashuvi yoki yoʻnalishini

bildiradi.

1.

À

predlogi da, ga, tomon ma’nosida ishlatiladi. Fransuz tilida kelishik qo'shimchalari

bo'lmaydi, ularning o'rnida esa predloglar ishlatiladi,

à

predlogi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi

- ga va o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi - da ni ifodalaydi

4

.

Je vais

à

l'école - Men maktabga ketyabman.

1

M. Boboxonov, Fransuz tilida predloglarning qo‘llanilishi. Fransuz tili grammatikasi fanidan o’quv-uslubiy

qo’llanma Namangan – 2010. 5-b

2

Le Petit Grevisse:

grammaire française.

Grevisse, Moris

, Bruxelles – 2015, 245.b

3

A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY GRAMMATIKASI,

Toshkent.2015, S.136

4

A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY GRAMMATIKASI,

Toshkent.2015, S.138


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1102

à

predlogi harakat yoʻnalishini bildiradi. Agar bu predlog ishlatilmasa, gap noaniq boʻlib

qoladi.

Sur - ustida

Le livre est

sur

la table - Kitob stol ustida.

Sur predlogi kitobning joylashuvini bildiradi.

Dans - ichida

Il y a un stylo

dans

la boîte - Qutining ichida ruchka bor.

Dans predlogi ruchkaning joyini aniq bildiradi.

Sous - ostida

Le tapis sous la table – Gilam stolning ostida

Entre – orasida, faqat ikkita narsaning orasida degan ma’noni anglatadi.

Le tableau est entre deux fenêtres – kartina ikki derazaning orasida

Fransuz tilida sodda predloglar (Les prépositions simples) gapdagi soʻzlar oʻrtasidagi

bogʻliqlikni ifodalovchi muhum unsirlardan biridir. Ular joylashuv, yonalish, sabab, vaqt va

boshqa munosabatlarni bildiradi. Masalan à( da, ga ) de ( dan ning) en ( ichida, da) avec ( bilan)

kabi predloglar keng qoʻllaniladi. Bu predloglar ot, sifat yoki feʼl bilan birikib, gapning maʼnosini

to’liq shakillantirishga yordam beradi. Fransuz tilini oʻrganishda ularni togʻri ishlatish muhum

boʻlib kontekstga qarab turlicha ma'no anglatishi ham mumkin.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, les prépositions simples va les prépositions de lieu

fransuz tilida gaplar qurishda asosiy rol o'ynaydi. Ular bizga nafaqat obyektlarning qayerda

joylashganligini ko'rsatishga imkon beradi. Ulardan foydalanishni o'zlashtirish fransuz tilida

samarali muloqot qilish uchun muhimdir.

REFERENCES

1.

M. Boboxonov, Fransuz tilida predloglarning qo‘llanilishi. Fransuz tili grammatikasi fanidan

o’quv-uslubiy qo’llanma Namangan – 2010. 5-b

2.

Le Petit Grevisse: grammaire française. Grevisse, Moris, Bruxelles – 2015, 245b.

3.

A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY

GRAMMATIKASI, Toshkent.2015, S.136

4.

A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY

GRAMMATIKASI, Toshkent.2015, S.138

References

M. Boboxonov, Fransuz tilida predloglarning qo‘llanilishi. Fransuz tili grammatikasi fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma Namangan – 2010. 5-b

Le Petit Grevisse: grammaire française. Grevisse, Moris, Bruxelles – 2015, 245b.

A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY GRAMMATIKASI, Toshkent.2015, S.136

A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY GRAMMATIKASI, Toshkent.2015, S.138