Authors

  • Sitora Sayfiddinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69843

Keywords:

folklor xalq og’zaki ijodi mehnat qo’shiqlari mavsum qo’shiqlari “Xo’p hayda” “Boychechak” ramzlar badiiy obrazlar janrlar .

Abstract

Ushbu maqolada 4- sinf o’qish kitobida keltirilgan o’zbek xalq og’zaki ijodiga oid bo’lgan “Boychechak” mavsum qo’shig’i va “Xo’p hayda” mehnat qo’shig’ining tahlili yoritiladi. Ushbu qo’shiqdagi g’oya unda aks ettirilgan ko’chma ma’nodagi so’zlar, ramziy ifodalar ochib beriladi. Bolalarga folklor milliy boyligimizni o’rgatishda ushbu qo’shiqlar namuna sifatida o’rgatilishi inobatga olinib, boshlang’ich sinf o’quvchilariga qo’llanma sifatida tahlilga tortildi.

background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

412

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH KITOBIDA FOLKLOR MATNLARINING

YORITILISHI

Sayfiddinova Sitora Kamoliddin qizi

Zarmed universiteti III bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14953297

Annotatsiya.

Ushbu maqolada 4- sinf o’qish kitobida keltirilgan o’zbek xalq og’zaki

ijodiga oid bo’lgan “Boychechak” mavsum qo’shig’i va “Xo’p hayda” mehnat qo’shig’ining

tahlili yoritiladi. Ushbu qo’shiqdagi g’oya unda aks ettirilgan ko’chma ma’nodagi so’zlar, ramziy

ifodalar ochib beriladi.

Bolalarga folklor milliy boyligimizni o’rgatishda ushbu qo’shiqlar namuna sifatida

o’rgatilishi inobatga olinib, boshlang’ich sinf o’quvchilariga qo’llanma sifatida tahlilga tortildi.

Kalit so’zlar:

folklor, xalq og’zaki ijodi, mehnat qo’shiqlari, mavsum qo’shiqlari, “Xo’p

hayda”, “Boychechak”, ramzlar, badiiy obrazlar, janrlar .

Abstract.

The Uzbek people mentioned in the 4 th grade winter book in this article The

analysis of “Boychechak” song 1 and “Goodbye” work song related to his oral creativity. The

idea of this song, the figurative language and syumbolic expressions reflected in it, will be

revealed. When teaching children about our folklore wealth, these songs are taught asexamples,

and they were analyzed as a guide for the primary school curriculum.

Keywords:

Folklore, art, labor songs, seasonal songs, "Xop hayda", "Boychechak",

symbols, artistic images, genres.

Аннотация.

В данной статье рассматривается анализ узбекской народной песни

«Бойчечак» и рабочей песни «Хоп хайда», которые включены в учебник для 4 класса. Идея

этой песни раскрывается через образные слова и символические выражения, отраженные

в ней. Учитывая тот факт, что данные песни преподаются в качестве примеров при

обучении детей нашему национальному фольклорному наследию, они были

проанализированы в качестве пособия для учащихся начальной школы.

Ключевые слова:

Фольклор, народное устное творчество, трудовые песни,

сезонные песни, «Хоп хайда», «Бойчечак», символы, художественные образы, жанры.

Hech kimga sir emaski,

xalq og’zaki ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy

va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari,

inson va olamga nisbatan his-tuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon

haqidagi oʻy fikrlari oʻz ifodasini topgan.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

413

Vaholanki, boshlang’ich sinf bolalariga xalq og’izaki ijodi namunalarini o’rgatish, o’tmishi

va bizgacha yetib kelgan tarixini bola ongiga singdirish bolaning dunyoqarashi va vatanga

bo’lgan mehrini yanada oshiradi.

O‘z xalqining tarixi va urf-odatlarini bilmasdan, o‘quvchini

o‘zi tug‘ilib o‘sgan va yashayotgan yurtning xalq madaniyati bilan yaqindan tanishtirmasdan turib,

Vatanga munosib fuqaroni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yangi zamon fuqarosini shakllantirish jarayonini

Vatanga muhabbat tarbiyasidan boshlash kerak. Barchamizga ayonki, bolalar tasavvurini,

fantaziyasini o‘stirishda xalq og‘zaki ijodi namunalari alohida o‘rin tutadi. Xalq madaniyatini

saqlash va davom ettirishga yordam beradi. Yangi ijodiy asarlarga ilhom manbai bo‘ladi va milliy

o‘ziga xoslik va qadriyatlarni targ‘ib qiladi. Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodining (folklor)

o‘qitilishi bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Folklorizm ta’lim

jarayonida xalq ertaklari, maqollar, topishmoqlar, qo‘shiqlar va dostonlar orqali qo‘llaniladi.

Folklorizmning boshlang‘ich sinflardagi ahamiyati shundaki,tarbiya vositasi sifatida

bolalar ezgulik va yovuzlikni farqlashni o‘rganadi. Xalq ertaklari va maqollar axloqiy fazilatlarni

shakllantiradi (halollik, do‘stlik, mehnatsevarlik kabi). Bolalar og‘zaki va yozma nutqni

rivojlantiradi. Doston va latifalar orqali jasorat, vatanparvarlik va adolat tushunchalari o‘rgatiladi.

So‘z boyligini oshiradi, o‘z fikrini ifodalashni o‘rgatadi. Maqollar va topishmoqlar mantiqiy

fikrlashni shakllantiradi. Xalq ertaklari va qo‘shiqlari bolalarning darsga qiziqishini

oshiradi.O‘yinlar va sahna ko‘rinishlari orqali interfaol ta’lim amalga oshiriladi.

Folklor asosida tashkil etilgan rolli o‘yinlar bolalarning ijodkorligini rivojlantiradi. O‘zbek

xalqining qadriyatlari va an’analarini o‘rganish imkoniyati yaratadi. Bolalar milliy iftixor

tuyg‘usiga ega bo‘ladilar. Folklor orqali boshqa millatlarning madaniyatiga hurmat hissi

shakllanadi. Jumladan, har bir bola yoshligidan ertak eshitib, dunyoni anglaydi. Har bir aytiladigan

ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak qahramonlariga o‘xshashga harakat

qiladilar, sehrli narsalarga ega bo‘lishni istaydilar yoki o‘zlari sehrgarga aylanib qolishni va

qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir bo‘lishni orzu qiladilar.

Bunga yaqqol namuna sifatida 4-sinf o’qish kitobida xalq og’zaki ijodi, ya’ni folklor

uchun alohida o’rin ajratilgan. Bunda xalq og’zak ijodi namunasidan bolalar qo’shig’i

hisoblanmish “Boychechak” qo’shig’i keltiriladi. Bu mavsumiy qo’shiq bo’lib, aynan bahor

faslida ijro etiladi.

Boychechagim boylandi,

Qazon to’la ayrondir.

Ayroningdan bermasang,

Qozon- tovog’ing vayrondir.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

414

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Bahorda bolalar dala-dashtlarga chiqib, qir adirlardan boychechakni ko’rishadi va terib

kelishib, uylariga uyma-uy kezib qariyalarga, keksa kishilarga boychechak unib chiqqanligini

ma’lum qilishadi. Qariyalar boychechakni qo’llariga olib, ko’zlariga surtib “Omonlig’-u

somonlig’ hech ko’rmaylik yomonlik”,- deya yangi yilga, ya’ni yangi kunga - Navro’zga

yetib kelganlari uchun shukronalik qilishadi.

Qo’shiqning tartibi to’rt qator asosiy qism va ikki qator takrorlanuvchi naqorot

qismidan iborat. Naqorot qismi har ikkala banddan keyin ham

“Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak”

tarzda takroriy tarzda aytiladi. Bu qo’shiqni bolalar qarsak chalgan holda ijro

qilishadi. Boychechak bu yerda yoshlikning, jo’shqin hayotning , unib o’sib kelayotgan yosh

bolaning obrazi bo’lishi ham mumkun.

Xalqning donoligini shundan bilish mumkunki:

Boychechakni tutdilar,

Tut yog’ochga osdilar.

Qilich bilan chopdilar,

Baxmal bilan yopdilar.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Bandini tahlil qiladigan bo’lsak, bu yerda tut yog’och obrazi ishtirok etgan bandidan

ko’rinib turibdiki, bu beshikning yasalishi bilan bog’liq ajoyib tasvirdir. Avvaliga yog’ochni,

daraxtni kesishadi, uni osib, quritishadi. Keyin qilich bilan chopib, randalab, ustalar uni beshik

holida keltirishadi. So’ngra baxmal bilan yopib, hayotning umidi, kelajagi bo’lgan

farzandlarimizni unga yaxshi niyatlar bilan yotqizadilar. Tut yog’och deyilishiga sabab,

chunki tut yog’och aynan juda serhosil, meva ko’p tugadigan daraxt hisoblanadi. Demak,

dono xalqimiz yangi hayotga qadam tashlayotgan chaqaloqlar sonining ko’p bo’lishini,

dunyo bolalarga to’lishini yaxshi niyat qilishgan.

Boychechagim boylandi,

Ko’chama-ko’cha aylandi.

Boychechagim ko’k somsa

Cho’ntaklarga joylandi.


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

415

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Bahor elchisi haqidagi bu qo’shiq aslida yasharish, yoshlikni tarannum etuvchi

mavsumiy qo’shiqdir.

Tili sodda, bolalarga xos. Bolalarning biri bu qo‘shiqning to‘rtligini kuylaydi,

qolganlari esa naqarotini jo‘r bo‘lib kuylaydilar. Bu qo‘shiqda ko‘klamga xos tabiat hodisalari

hamda xalqimizning an’analari zavq bilan tarannum etilgan. Ko‘rib turganimizdek, bolalar

hayotida qo‘shiqlarning roli katta ahamiyat kasb etadi. Xalq qo‘shiqlari har bir xalqning iqlimiga,

urf-odatiga, marosimlariga mos tarzda ijro etilgan. Bu xildagi qo‘shiqlar o‘tmishimizni, uzoq

ajdodlarimizning turmush tarzini, dunyoqarashini hamda orzu-istaklarini o‘rganishda katta

ahamiyatga ega.

4-sinf o’qish kitobining 98- betida yana milliy folklorimizga oid yana bir matn

berilgan, bu “Xo’p hayda” mehnat qo’shig’idir. Odatda, mehnat qo’shiqlari xalqimizning

dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchiligi bilan bog’liq qo’shiqlar bo’ladi va ular mehnat

jarayonini yengillashtirish, kayfiyatni ko’tarish, mehnat qilish jarayoni bilan bog’liq

bilimlarni ish jarayonida aks ettiradi.

Xo’p hayda-yo, ho’p hayda ,

Qalqon qulog’im hayda,

Temir tuyog’im hayda

Xirmonni qilgin mayda.

“Xo’p hayda qo’shig’i ham shulardan biri bo’lib, aynan mehnat qo’shiqlarining

dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar sarasiga kiradi.

Bunda , odatda, somonni bug’doydan ajratish jarayonida ijro qilinadigan qo’shiq

hisoblanadi. Bunda asosiy mehnatni ho’kiz, yoki eshaklar bajaradi. Xirmon egasi jonivorini

ovutish maqsadida uni yaxshi so’zlar bilan erkalatib, uni ruhlantiradi. Og’ir mehnatdagi

charchog’ini yozdirishga harakat qiladi, masalan, she’r matnida jonivorni “qalqon qulog’im”,

“temir tuyog’im” kabi erkalash so’zlarini keltiradi. Temir tuyoq deyilishiga sabab, jonivir

tuyog’i qanchalik qattiq bo’lsa, shuncha ishga va mehnatga chidamliligi aks ettiriladi. Bunda,

odatda, hayvonlarning tuyog’i ostiga taqalar qoqishadi va bular orqali xirmon chog’i somonni

tezroq ajratish maqsadi bo’ladi.

Ostingdan bosgan donni,

Tuyog’ing qilsin mayda.

Sen po’stidan judo qil,


background image

2025

FEBRUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 2

416

Somoni senga foyda.

Jonivorga uqtirish sabablardan yana biri, qachonki biz somonni boshoqdan ajratsak,

senga ham somonini xashak , ya’ni ozuqa sifatida beramiz, ma’nosini uqish mumkin.

Chuv, hey jonivorim, hayda,

Hirmonni qilgin mayda.

Ishni tomom qilmasang,

Joningga tinim qayda.

Bunda ko’pincha xirmon egasi- don yanchuvchining orzu - istaklari, iztiroblari

qayg’ulari g’amlari ham aks etgan , masalan , bu xohishni “Xo’p hayda” qo’shig’ining so’nggi

qatorida

“Donni yig’ib olmasak,

Bizlarga tinim qayda”

shaklida ifodalaydi. Chunki ro’zg’orda tinim, jonida orom, bo’lishi uchun xirmon

egasi donni po’stidan ajratib olishi kerak bo’ladi. Ko’rinib turubdiki, mehnat qo’shiqlarining

har birida purhikmat so’zlar aks ettirilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qo‘shiqlar o‘quvchilarning tarbiyasiga, dunyoqarashiga

katta ta’sir ko‘rsatadi, milliy urf-odatlarni sevishga, qadriyatlarni ardoqlashga, aqliy

rivojlanishiga, nutqiy faoliyatiga beqiyos yordam beradi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari juda qadimiy

tarixga ega bo‘lib, ular dastlab mehnat jarayonida vujudga kelgan. Xalq qo‘shiqlarida

xalqimizning orzu-umidlari, ichki kechinmalari, zavq-shavqi, mehnat faoliyatlari, quvonchlari-yu

iztiroblari mujassamlashgan. Xalq qo‘shiqlari barchamizning ko‘nglimizga birdek yoqadi hamda

sevib o‘rganishimiz, ijro qilishimiz uchun munosib durdonalardir.

REFERENCES

1.

S.Matjonov, A. Shojalilov, X. G’ulomova, Sh. Sariyev, Z.Dolimov. 4-sinf

2.

darslik. 6-nashr. Toshkent-, “Yangiyo’l Poligraph Service”. 2020.B-

3.

Madayev O. "O‘zbek xalq og‘zaki ijodi". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010.

4.

Jo‘rayev M. "Folklorshunoslik asoslari". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2008.

5.

Jo‘rayev M., Eshonqulov J. "Folklorshunoslikka kirish". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent,

2017.

References

S.Matjonov, A. Shojalilov, X. G’ulomova, Sh. Sariyev, Z.Dolimov. 4-sinf

darslik. 6-nashr. Toshkent-, “Yangiyo’l Poligraph Service”. 2020.B-

Madayev O. "O‘zbek xalq og‘zaki ijodi". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010.

Jo‘rayev M. "Folklorshunoslik asoslari". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2008.

Jo‘rayev M., Eshonqulov J. "Folklorshunoslikka kirish". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017.