MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitobni mustaqil o‘qiy olmaydigan davrida ular uchun olamning noma’lum sirlarini bilishga, o’zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo’lishi, maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, o’z navbatida, psixologiya, bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmasligi, bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish va rasmli kitoblardan foydalanib mashg’ulotlarni samarali tashkil etish haqida so’z boradi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
20-27
183

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Axtamova, A. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI. Современная наука и исследования, 4(2), 20–27. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70703
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitobni mustaqil o‘qiy olmaydigan davrida ular uchun olamning noma’lum sirlarini bilishga, o’zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo’lishi, maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, o’z navbatida, psixologiya, bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmasligi, bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish va rasmli kitoblardan foydalanib mashg’ulotlarni samarali tashkil etish haqida so’z boradi.


background image


Mart, 2025-Yil

20

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI

Axtamova Aziza Aziz qizi

Zarmed Universiteti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi III bosqich talabasi.

(O’zbekiston)

E-mail:

azizaaxtamova43@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14984025

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitobni mustaqil o‘qiy

olmaydigan davrida ular uchun olamning noma’lum sirlarini bilishga, o’zlashtirishga intilish,

qiziqish kuchli bo’lishi, maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishini uyg’otish,

o’z navbatida, psixologiya, bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmasligi, bolalarni

kitob o’qishga qiziqtirish va rasmli kitoblardan foydalanib mashg’ulotlarni samarali tashkil etish

haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

ta‘lim olish, mustaqil ta‘lim olish, shaxsni shakllantirish, ijodiy qobiliyat,

kitobxonlik, tasavvurni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishi, fikr yuritish.

Materiallar va metodlar:

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitoblar o‘quv

jarayonining asosiy qismlaridan biri sifatida keltirilgan. Bolalarni o‘qishga qiziqtirish va bilim

berish jarayonida kitoblarning o‘rni katta bo‘lib, bular o‘zlarining zamonaviy rivojlanishiga,

ijtimoiy munosabatlarga kirishishlariga imkoniyat yaratadi. Kitoblar

-

maktabgacha ta’limda

bolalarni kitobxonlikka qiziqtirish uchun turli xil badiiy, ilmiy-uslubiy va ommabop kitoblar o‘quv

jarayonida foydalaniladi. Kitoblar bolaning tasavvurini, so‘z boyligini, fikrlash va mantiqiy

mulohazalarni rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Rasmli kitoblar

- maktabgacha

yoshdagi bolalar uchun rasm va matnni birlashtirgan kitoblar juda foydalidir. Bu kitoblar

bolalarda obrazli fikrlashni rivojlantiradi. Texnologiya vositalari

-

zamonaviy elektron kitoblar,

kompyuter va planshetlar yordamida bolalar uchun onlayn kitoblar va multimedialarni o‘qib

berish orqali bolalarning kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish mumkin.

Xulosa:

Ilmiy tadqiqotimizga xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kitobda qanchalik

mukammal so‘zlar mavjud bo‘lsa, kelajakda bolaga bu so‘zlarni o‘rganishi yanada oson bo‘ladi.

Kitobni o‘qilishini ko‘p eshitgan bola buyum va so‘zlar orasida bog‘liqlikni ko‘p ko‘ra

boshlaydi. Bu esa bolaning miyasini ilmiy, akademik yo‘nalishda rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Undan tashqari uyquga ketishdan oldin kitob o‘qilsa, bola oson uyquga ketadi va tinch

uxlaydi, ota-ona va bola orasidagi ruhiy munosabat yanada mustahkamlanadi.


background image


Mart, 2025-Yil

21

БИБЛИОТЕКА ДЛЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация.

В данной статье рассматривается, что дети дошкольного возраста

еще не умеют читать книги, но их стремление познавать тайны окружающего мира,

развивать интерес и любопытство к этому процессу, будет зависеть от психологических

аспектов и характеристик детей. В статье подчеркивается, что без знания особенностей

детей невозможно эффективно развивать их интерес к книгам и организовывать занятия

с использованием иллюстрированных книг.

Ключевые слова:

образование, самостоятельное обучение, развитие личности,

творческие способности, чтение, развитие воображения, увеличение словарного запаса,

глубокое мышление.

Материалы и методы:

В статье рассматривается роль книг как одного из

основных элементов учебного процесса в дошкольных образовательных учреждениях.

Книги играют важную роль в процессе вовлечения детей в учебный процесс,

расширяя их возможности в современном развитии и социальной адаптации. В

дошкольном образовании для стимулирования интереса к чтению детей используются

различные художественные, научно-методические и популярные книги. Книги являются

основным инструментом для развития воображения, словарного запаса, логического

мышления и рассуждений у детей. Иллюстрированные книги, которые сочетают текст и

изображения, особенно полезны для дошкольников. Такие книги развивают образное

мышление у детей. Современные технологии — электронные книги, компьютеры и

планшеты — позволяют использовать онлайн-ресурсы и мультимедийные материалы для

увеличения интереса детей к чтению.

Заключение:

В заключении научного исследования можно сказать, что чем более

богатым является язык книги, тем легче ребенку будет учить эти слова в будущем.

Чтение книг хотя бы в течение 5 минут новорожденному имеет огромное значение

для его умственного и морального развития. Еще одно исследование показало, что у детей

от 3 до 5 лет, которым часто читают книги, развивается правая полушария мозга. Это

способствует развитию таких качеств, как способность к общению, воображению и

склонность к языку. Ребенок, который часто слышит, как читаются книги, начинает

лучше воспринимать связи между предметами и словами, что стимулирует его развитие

в научной и академической сфере. Более того, если читать ребенку перед сном, он

засыпает быстрее и спит спокойно, а также укрепляется эмоциональная связь между

родителями и ребенком.


background image


Mart, 2025-Yil

22

THE READING HABITS OF PRESCHOOL CHILDREN

Abstract.

This article discusses that preschool children cannot yet read books, but they

have a strong desire to explore the mysteries of the world and to absorb new knowledge. Their

interest in reading depends on psychology and understanding children's characteristics. Without

knowing these, it is impossible to effectively encourage children to read books or organize

engaging activities using illustrated books. The article focuses on how to foster children's interest

in books and the importance of utilizing illustrated books to organize effective lessons.

Keywords:

education, independent learning, personality development, creativity, reading,

imagination development, vocabulary expansion, deep thinking.

Materials and Methods:

The article emphasizes the importance of books as an integral

part of the educational process in preschool institutions. Books play a major role in engaging

children in reading and providing them with the opportunity to connect with modern society and

social relationships. In preschool education, a variety of artistic, scientific-methodical, and

popular books are used to foster a love for reading. Books are essential tools in developing

children's imagination, vocabulary, thinking, and logical reasoning. Illustrated books, which

combine text and images, are particularly beneficial for preschool children, as they help develop

imaginative thinking. Technology tools such as modern e-books, computers, and tablets can

enhance children's interest in reading by providing online books and multimedia content.

Conclusion:

In conclusion, the research suggests that the richer the vocabulary in books,

the easier it will be for a child to learn these words in the future. Even reading a book to a newborn

for just 5 minutes is crucial for their intellectual and moral development. Another study shows that

if children aged 3 to 5 are read more books, the right hemisphere of their brain develops. This

means that the child’s ability to engage in conversations, imagine, and be inclined to language

increases. A child who hears a book being read often starts to notice the connections between

objects and words. This encourages scientific and academic thinking in the child. Furthermore,

reading a book before bedtime helps the child fall asleep easily and sleep soundly, strengthening

the emotional bond between parents and the child.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitoblar o’quv jarayonining asosiy qismlaridan biri

bo’lib, bolalarni o’qishga qiziqishini oshirish va ularga bilimni o’rgatishda katta ahamiyatga ega.

Bu tashkilotlar bolalarning o’zlarini rivojlantirish va ijtimoiy munosabatlarga kirishishni

boshlash imkonini beradi. Barchamizga ma’lumki, XXI asr boshlarida kеchayotgan global

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha


background image


Mart, 2025-Yil

23

tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta’lim tizimida tub islohotlar

qilishni talab etyapti. Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangicha zamonaviy qiyofasini ko’zlamoqda desak

mubolag’a bo’lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-

yanvarda «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va

kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi

farmoyishi e‘lon qilindi. Bu barchamiz uchun juda quvonarli va faxrlanadigan yangilik bo‘ldi.

Bugungi kunda Respublikamizda axborot-kutubxona markazlari va tuman markazlari

faoliyat olib bormoqdalar. Binobarin, hozirgi kunda kitoblarga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda.

Shu o‘rinda kitob o‘rnini hech nima bosolmasligini aniqlash qiyin emas. Aynan kitob mutolaasi

orqali inson manaviy yuksaladi, bilimga ega bo‘ladi. Kitobxonlar undan bilim oladi, taassuroti

boyiydi, hayotni o‘zgacha nigoh bilan teran fikr yuritishga undaydi. Yuqorida qayd etilgan

farmoyish mamlakatda ommaviy kitobxonlik sharoitini kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini

oshirish, matbuotda fikr almashinuvi to‘g‘risida bahslashuvni mutolaa nufuzini oshirishga xizmat

qilishi tayin. Har bir insonning o‘z intellektual rivojlanishning asosiy vositasi-mutolaadir.

Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan

sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ayniqsa, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim,

ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, o‘z navbatida,

psixologiya, bolalar fe`l-atvorini bilmay turib amalga oshmaydi. Chunki har bir bola o‘z shaxsiyat

va dunyoqarashga ega. Shaxs kamoloti va uning taraqqiy etishida psixologiyaning o‘rni

beqiyosdir. Shuning uchun ham bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirishda eng asosiy omil hisoblanadi.

Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy

xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy

hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi

sifatida ma’suliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter

maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik

asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy

faoliyatga tatbiq etishdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda endigina narsalarni idrok etish, fikrlash, tasavvur qilish

shakllanib boradi. Ular kitoblardagi qahramonlarning qiziqarli harakatlari, kulgili voqea va

hodisalar tasodiflarni ko‘proq eslab qoladilar.


background image


Mart, 2025-Yil

24

Agar tarbiyachi kitobni ovozli o‘qib ularning diqqatini o‘qilgan narsaga tartib tushuntirib

bersa, bolalar uni eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalar o‘yin orqali voqea va hodisalarni,

kishilarning xarakteri va munosabatlarini bilib oladilar ko‘rgan eshitgan, o‘qigan narsalardagi

holatlarni, kishilarni, hayvonlarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratadilar va ularga o‘z

munosabatlarini bildiradilar. Bu yoshdagi bolalarni o‘zlarini o‘rab turgan muhit, tabiat va undagi

hayvonlar, o‘simliklar qiziqtiradi.Shuning uchun ham ular o‘z qiziqishlarini qondirish uchun

kattalarni xilma-xil savollarga ko‘mib tashlaydilar. Endi ular voqea va hodisalarga boshqacha ko‘z

bilan qaraydilar, voqelikni bilishga intiladilar va xotirada saqlab qoladilar. “Nima uchun qaroqchi

bo‘ladi?”, “Nima uchun qushlar uchadi-yu odamlar uchmaydi?”, “Nima uchun qor yog‘adi?” va

boshqa savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Chunki bu davrda ularning rivojlanishi alohida

bir bosqichni tashkil etib, aqliy va jismoniy o‘sishida, o‘qitish va tarbiyalashda o‘ziga xos yosh

xususiyatlarga amal qilishini talab etadi. Kitobxonlar uchun konkret narsani obrazli fikrlash

xarakterlidir, o‘qish davomida shu obrazli fikrlash orqali ularning tushunchalari o‘sib boradi. Bu

yoshda bolani kitobning yozlishi masalaning qo‘yilishi emas, kitobdagi obraz, voqea va hodisa

qiziqtiradi. Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ular o‘qishga

rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida

kitobxonlarga tarif berdik xolos. Bolalar o‘qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr

talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama

o‘rganish lozim. Ba’zi bolalar haqiqiy kitobsevar bo’lsa, boshqalari esa o‘qishni yoqtirmaydilar.

Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Pedagoglar

tomonidan berilgan quyidagi ko‘rsatmalar bolalarni kitobga mehr qo‘yishiga yordam beradi.

Zamonaviy texnologiyadan foydalanish: ota-ona farzandining kitob o‘qishini istaydi, lekin

bola kompyuter o‘yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga

yaqinlashtirish, yani zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ota-onalar internetda

ko‘plab bepul elektron kitoblar topishi va kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron

kitoblardan o‘qib berishi mumkin. Ularni onlayn o‘qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba’zi

elektron kitoblarning qog‘oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video

tasvirlar bilan boyitilganligi ularning imkoniyat darajasini yanada oshiradi. Bu esa bolalarni

qiziqtirishi aniq. Mutolaa burchagi qilish: Bolalarni chalg‘itmaydigan, tashqi shovqin-surondan

holi bo‘lgan mo‘jazgina “uycha”yoki burchak qilib berish ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini

yanada oshirishi mumkin. Ana shunday mo‘jazgina chodirchalar ham bolalar uchun “uycha”

sifatida xizmat qilishi mumkin.


background image


Mart, 2025-Yil

25

Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib borish: Ota-onalar farzandida doimiy ravishda kitob

o‘qish ko‘nik-masini shakllantirishni istashsa, haftasiga hech bo‘lmaganda bir marta kutubxonaga

olib borishi lozim. Chunki kutubxonada bola turli xil kitoblarni ko‘radi va uning kitobga bo‘lgan

qiziqishi tobora oshadi. Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish: Agar ota-onalar bolalarini

kitob o‘qishga g‘ayratini oshirmoqchi bo‘lishsa, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib berib, kitoblar va

ularning mazmun-mohiyati haqida suhbatlashib turishi kerak. Hayotda sodir bo‘lgan haqiqiy

voqealarni bolalar o‘qigan ertak va hikoyalar bilan bog‘lashga harakat qilish lozim.

Bu esa bolalarni nafaqat o‘qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o‘rgatadi, tahlil

qilish qobiliyatini shakllantiradi.Bolalarga namuna bo‘lish: Bola ota-onasidan namuna oladi. Agar

ota-ona muntazam kitob mutolaa qilsa, boshqa oila a’zolaringiz bilan turli kitoblar to‘g‘risida tez-

tez suhbatlashsa, kitobdan zavq olganini ko‘rsatsa, bu o‘z navbatida bolalar ongiga,

psixologiyasiga tasir qiladi va natijada kitob o‘qish asta-sekin bolalarning ham sevimli

mashg‘ulotiga aylanib boradi. Har kuni kitob o‘qib berish: Agar ota-onalar vaqtni ayamasdan,

bolalarga har kuni kitob o‘qib bersa, u asta-sekin o‘zi ham muntazam mustaqil tarzda kitob mutola

qiladigan bo‘ladi. Uning hayotida kitobxonlik an’anaga aylanadi.

Bolalarni kitobxonlikka o‘rgatish har xil usullarda olib borilsa ham quyidagi tamoyillarga

asoslanadi: Asosiy tamoyillardan biri – yosh kitobxonni o‘rganishni uning shaxsini o‘rganish

bilan bog‘liq holda olib borish. Avvalo tarbiyachi suhbat, kuzatish va boshqalar birgalikda

kitobxon haqida to‘liq ma’lumot bera oladigan bo‘lishi lozim. Shunday qilib, biz yosh

kitobxonning qiziqishi va talablarini o‘rganish bilan birga uning o‘zini ham o‘rganamiz. Zero,

kitobxonning qiziqishi, talabi uni o‘rab turgan muhit (oila, maktabgacha ta’lim tashkiloti,

o‘rtoqlari) bilan munosabatini aniq o‘rganishga, u haqda to‘liq ma’lumot beradi. Ikkinchi

tamoyil, pedagogik va psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan fikrlar va xulosalar asosida

yosh kitobxonni o‘rganish bilan birga uning qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘lga solib, yanada

rivojlantirishdan iboratdir. Uchinchi tamoyil bolalar kitobini ilmiy va estetik jihatdan o‘rganish

bilan uzviy alohida olib boriladi.

Tarbiyachi bolalarga atalgan badiiy, ilmiy, ommabop kitoblarni yaxshi bilishi, uni

pedagogik tomondan tahlil qila olish kerak. Tarbiyachi bu kitoblani o‘zining mulohazasi va

xulosalari bilangina baholab qolmasdan, kitobxonning yosh xususiyati, saviyasi hamda nuqtayi

nazarini ham hisobga olish lozim.

2017-yil 25-yanvarda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarni badiiy adabiyotga

bo‘lgan qiziqishlarini barvaqt uyg‘otish, bolalar va ota-onalar hamda pedagog kadrlar uchun

zarur bo‘lgan badiiy, ilmiy-uslubiy, uslubiy adabiyotlar bilan ta‘minlash maqsadida kichik


background image


Mart, 2025-Yil

26

kutubxonalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida kichik

kutubxonalar tashkil etish yo‘riqnomasi ishlab chiqilib, har bir maktabgacha ta‘lim

tashkilotlarida kichik kutubxonalar tashkil etilmoqda.

Kichik kutubxona faoliyatini tashkil etishda uning foydalanuvchilari (maqsadli

guruhlar) quyidagilar hisoblanadi:

1)

maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi bolalar;

2)

maktabgacha ta‘lim tizimiga qamrab olinmagan maktabgacha yoshdagi bolalar;

3)

maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi bolalarning ota-onalari;

4)

maktabgacha ta‘lim tizimiga qamrab olinmagan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-

onalari;

5)

maktabgacha ta‘lim tashkilotlari pedagoglari. Adabiyot ta‘lim-tarbiya jihatdan ancha

qulay san‘at turi hisoblanadi.

Psixologlar o’z tadqiqotlarida bolaga kitob o‘qib berilganida unda:

-

so‘z boyligi oshishi;

-

kitobga mehri paydo bo‘lishi;

-muomalasi chiroyli bo‘lishini aytishgan.

Badiiy adabiyotning ijodiy obazlari bolaga jamiyat va tabiat hayoti, insoniy his- tuyg‘ular

va o‘zaro munosabatlarni ochadi va tushuntiradi. U hissiyotni jo‘sh urdiradi, tasavvurni

tarbiyalaydi va maktabgacha yoshdagi bolaga adabiy tilning ajoyib namunasini beradi.

Maktabgacha ta‘lim tashkilotining kichik kutubxonasi va undagi pedagogik ishlar

mazmuni bolalarning 5 yoshida yuz beradigan adabiy rivojlanishidagi o‘zgarishlar bilan

aniqlanadi: katta guruhdagi maktabgacha yoshdagi bola uchun uning ma‘naviy hayotining

ajralmas qismi bo‘lib qoladi, uning shaxsiy qiziqishlari ifodalangan adabiyotga ishtiyoq paydo

bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kitobda qanchalik mukammal so‘zlar mavjud

bo‘lsa, kelajakda bolaga bu so‘zlarni o‘rganishi yanada oson bo‘lar ekan. Yangi tug‘ilgan

chaqaloqqa 5 daqiqa davomida bo‘lsa ham kitob o‘qib berish, uning ham aqliy rivojlanishi uchun

juda foydali ekan. Yana bir tadqiqotning ko‘rsatishicha, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga

ko‘p kitob o‘qilsa, ularning chap miya yarimshari rivojlanar ekan. Bu degani, bolada suhbat

qilish, tasavvur, tilga moyillik kabi xislatlar yuksaladi. Kitobni o‘qilishini ko‘p eshitgan bola

buyum va so‘zlar orasida bog‘liqlikni ko‘p ko‘ra boshlaydi. Bu esa bolaning miyasini ilmiy,

akademik yo‘nalishda rivojlanishiga turtki bo‘ladi.


background image


Mart, 2025-Yil

27

Undan tashqari uyquga ketishdan oldin kitob o‘qilsa, bola oson uyquga ketadi va tinch

uxlaydi, ota-ona va bola orasidagi ruhiy munosabat yanada mustahkamlanadi.

REFERENCES

1.

Musulmonova O. “Oila ma’naviyati – milliy g‘urur”. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 1999 y.

200-bet.

2.

Musayev.N. Oilada bola tarbiyasining psixologik xususiyatlari. – Maktab va hayot jurnali,

2005 yil. 18-19 betlar.

3.

Xodjaeva Z. Olti yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi. - Maktab va hayot jurnali.

2005 y. №3, 15-bet.

4.

F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo‘latova, N.M.Kayumova, N.A.A’zamova. Maktabgacha

pedagogika. Darslik, “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, Toshkent- 2018.

5.

yhnp://wwwdetskiysad. ru/ped.

6.

http://wwwdetskiy-sad. ru/ped/dp.064. himl.

Библиографические ссылки

Musulmonova O. “Oila ma’naviyati – milliy g‘urur”. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 1999 y. 200-bet.

Musayev.N. Oilada bola tarbiyasining psixologik xususiyatlari. – Maktab va hayot jurnali, 2005 yil. 18-19 betlar.

Xodjaeva Z. Olti yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi. - Maktab va hayot jurnali. 2005 y. №3, 15-bet.

F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo‘latova, N.M.Kayumova, N.A.A’zamova. Maktabgacha pedagogika. Darslik, “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, Toshkent- 2018.

yhnp://wwwdetskiysad. ru/ped.

http://wwwdetskiy-sad. ru/ped/dp.064. himl.