Authors

  • M.SH. Ismailova
  • S. Baxriddinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70283

Keywords:

Nafas olish tizimi jismoniy tarbiya nafas olish mashqlari bronxial astma kronik obstruktiv o'pka kasalligi (KO'OK) pnevmoniya o'pka ventilatsiyasi kardio-mashqlar reabilitatsiya mashqlari dori-darmonlar sog'liqni saqlash.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola nafas olish tizimi kasalliklarini davolashda jismoniy tarbiya va nafas olish mashqlarining qo’llanilishini o'rganadi. Nafas olish tizimi kasalliklari, masalan, bronxial astma, kronik obstruktiv o'pka kasalligi (KO'OK), pnevmoniya va boshqa o'pka kasalliklari organizmning kislorod olish jarayonini buzishi mumkin. Jismoniy mashqlar va nafas olish texnikalari o'pka va nafas olish tizimining samarali ishlashini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Maqolada jismoniy tarbiya va nafas olish mashqlarining foydalari, ularning turlari va kasalliklarni davolashda qo'llanilishi bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.

background image


Mart, 2025-Yil

60

NAFAS OLISH TIZMI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA JISMONIY TARBIYA

SHAKLLARI VA USULLARINING QO’LLANILISHI

M.SH. Ismailova

Ilmiy rahbar. O’z.DJTSU

Baxriddinova S.

3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14984468

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqola nafas olish tizimi kasalliklarini davolashda jismoniy

tarbiya va nafas olish mashqlarining qo’llanilishini o'rganadi. Nafas olish tizimi kasalliklari,

masalan, bronxial astma, kronik obstruktiv o'pka kasalligi (KO'OK), pnevmoniya va boshqa o'pka

kasalliklari organizmning kislorod olish jarayonini buzishi mumkin. Jismoniy mashqlar va nafas

olish texnikalari o'pka va nafas olish tizimining samarali ishlashini ta'minlashda muhim rol

o'ynaydi. Maqolada jismoniy tarbiya va nafas olish mashqlarining foydalari, ularning turlari va

kasalliklarni davolashda qo'llanilishi bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar:

Nafas olish tizimi, jismoniy tarbiya, nafas olish mashqlari, bronxial astma,

kronik obstruktiv o'pka kasalligi (KO'OK), pnevmoniya, o'pka ventilatsiyasi, kardio-mashqlar,

reabilitatsiya mashqlari, dori-darmonlar, sog'liqni saqlash.

Kirish

Nafas olish tizimi kasalliklari inson hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, chunki ular

organizmning kislorod olish va chiqishi jarayonlarini buzadi. Nafas olish tizimi kasalliklari orasida

bronxial astma, kronik obstruktiv o'pka kasalligi (KO'OK), pnevmoniya va boshqa o'pka

kasalliklari mavjud. Ushbu kasalliklarni davolashda faqat dori-darmonlar bilan cheklanib

qolishning o'rniga, jismoniy tarbiya va nafas olish mashqlarining ham muhim o'rni bor. Jismoniy

tarbiya nafas olish tizimini yaxshilash, organizmning umumiy holatini mustahkamlash va

kasalliklar bilan kurashishda samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada nafas olish

tizimi kasalliklarini davolashda jismoniy tarbiya shakllari va usullarining qo'llanilishi haqida so'z

yuritamiz.

Nafas olish tizimi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta'minlash va karbonat

angidridni chiqarish uchun mas'uldir. Nafas olish jarayoni nafas olish yo'llari (burun, tomoq,

traxeya, bronxlar) va o'pka orqali amalga oshiriladi. O'pka alveolalarida kislorod va karbonat

angidrid almashinuvining sodir bo'lishi hayotiy jarayonlarni qo'llab-quvvatlash uchun zarurdir.


background image


Mart, 2025-Yil

61

Nafas olish tizimi kasalliklari nafaqat nafas olishni qiyinlashtiradi, balki organizmning

barcha tizimlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday kasalliklarni davolashda nafas olish mashqlari

va jismoniy tarbiya usullarining qo'llanilishi, nafas olish tizimi funktsiyalarini tiklash va

organizmning umumiy sog'lig'ini yaxshilashga yordam beradi.

Quyida nafas olish tizimi kasalliklarining ayrimini ko’rib o’tamiz:

Nafas olish sistemasi organlari bevosita havo bilan muloqotda (kontaktda) bo’ladi va shu

sababli atrof muhitdagi patogen omillarning bevosita tafsiriga uchray-dilar. Ularga birinchi

navbatda havo bilan nafas organlariga tushuvchi viruslar va bakteriyalar ko’p sonli ximik va fizik

ta'sirlovchilar kiradi. Bu omillar nafas yo’llari kasalliklarini chaqiradi, ular ichida ko’pincha

traxeya, bronxlar va o’pkaning o’tkir yalligclanish kasalliklari va o’pka raki uchraydi.

Krupoz zotiljami — o’tkir infeksion kasallik bo’lib, o’pkaning bir yoki bir necha

bo’laklarini albatta jarayonga plevrani ham jalb etuvchi yallig’lanish bilan namoyon bo’ladi.

Krupoz zotiljamini chaqiruvchi turli tipdagi pnevmokokklar bo’lib, ular o’z ta'sirini ular

bilan sensibilizasiyalangan (sezgirligi ortgan) va kuchsizlangan organizmga octkazadilar.

9—11 kun davom etuvchi krupoz zotiljami rivojla-nishida to’rtta bosqich farq qilinadi: 1) quyilish

bosqichi; 2) qizil jigarlanish; 3) kulrang jigarlanish; 4) hal etilish. Quyilish bosqichida

shikastlangan o’pka bo’lagida mikrob-lar kupayishiga javob sifatida serozli yallig’lanishning

paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi. Bu davrda kapillyarlar va venulalar o’tkazuvchanligi keskin ortadi

va o’pka paren-ximasiga qon plazmasi va eritrositlar chiqadi.

Qizil jigarlanish bosqichida fibrinozli krupoz yallig’-lanishi rivojlanadi. o’pka bo’lagi

alveolalari eritrositlar bilan to’ladi, ularga polinuklear leykositlar aralashildi va fibrin ipchalari

cho’kadi. o’pka bo’lagi kattalashadi, u qizil va qattiq bo’lib qoladi va jigarni eslatadi. Ana shundan

«jigarlanish» nomi kelib chiqqan. Bu bosqich 5—6 kundan so’ng kulrang jigarlanish bosqichiga

o’tadi. Alveolalarni to’ldirgan ekssudat asosan leykositlardan va fibrindan tashkil topadi.

Leykositlar mikroblarni fagositoz qiladi. Shikastlangan o’pka bo’lagi hajm jihatidan

kattalashadi, qattiqlashadi, kulrang rangga ega bo’ladi. Plevrada ham fibrinoz ekssudat

qoldiqlarini singdirib yuboruvchi ko’plab miqdorda makrofaglar paydo bo’ladi. Plevradagi

fibrinozli ekssudat odatda organlanadi va qattiq chandiqqa aylanadi (47-rasm).

Krupoz zotiljamda parenximatoz organlarda distrofik o’zgarishlar, tomirlar giperemiyasi

rivojlanadi. Krupoz zotiljami asoratlariga shikastlangan bo’lakda abssess, ba'zan o’pka gangrenasi

paydo bo’lishi kiradi. Bir qator holatlarda fibrinozli ekssudat so’rilmasdan qo’shuvchi to’qimaga

o’tishi, uning organlanishi kuzatiladi. Bu asorat o’pka karnifikasiyasi deb ataladi. Bunda o’pka

qattiqlashadi, go’shtsimon bo’lib qoladi.


background image


Mart, 2025-Yil

62

Plevraning fibrinoz yallig’lanishi fibrinnoz — yiringli yallig’lanishga aylanishi, yiring

plevra bo’shlig’ini to’ldirib plevra empiyemasi asoratini berishi mumkin. Infeksiyani o’pkadan

gemotogen yoki limfogen tarqalishida turli organlarning yirjngli yallig’lanishlari paydo bo’lishi

mumkin: mediastinit, perikardit, endokar-dit, meningit va hokazo.

Krupoz zotiljamida o’lim yurak-o’pka yetishmov-chiligidan yoki paydo bo’lgan

asoratlardan kelib chiqadi.

O’tkir bronxit turli infeksion ko’zg’atuvchilar ta'sirida kelib chiqadi. Bu vaqtda

shamollash, changlangan havodan nafas olish yoki tananing turli travmalari natijasida organizm

himoyalanish qobiliyatining pasayib ketishi katta rol o’ynaydi.

Odatda bronx va bronxiolalar yallig’lanishi kataral xarakterga ega bo’ladi, ammo ekssudat

serozli, shilliqli, yiringli, fibrinozli yoki aralash bo’lishi mumkin. Bronx-larning shilliq qavati

giperemiyalashadi, hosil bo’luvchi shilliq miqdori ortadi. Kiprikli tebranuvchi epiteliya o’z

muylarini yo’qotadi, sidiriladi va bu bronxlardan shilliq ajralib chiqib ketishini qiyinlashtiradi.

Bronx devorida shish rivojlanadi va unga limfositlar, plazmatik hujayralar, neytrofil

leykositlar shimiladi. Chiqarib tashlanishi buzilishi natijasida to’planib qolgan shilliq o’tkir

infeksiya qo’zg’atuv-chilari bilan birgalikda bronx daraxtining pastki qismlariga tushadi va

bronxiolalarni berkitib qo’yadi.

O’tkir bronxit odatda tuzalish bilan yakunlanadi, bronx-larning shilliq qavati qayta

tiklanadi. Ammo kasallik, ayniqsa kasallikni saqlab turish uchun omillar bo’lgan vaqtda (chekish)

unchalik o’tkir bo’lmagan va surunkali xarakterni olishi ham mumkin.

O’choqli pnevmoniya (bronxopnevmoniya) — bronxit-lar bilan bog’liq bo’lgan o’pka

to’qimasining o’tkir yallig’-lanishdir. Yallig’lanish jarayoni bronxlardan yondoshgan o’pka

to’qimasiga tarqaladi. Ba'zan o’choqli pnevmoniya birlamchi bo’lishi ham mumkin, ammo bu

vaqtda ham yallig’lanish zonasida (joyida) joylashgan bronxlar yallig’lanish jarayoniga jalb

etiladi. o’choqli pnevmoniya sababchilari odatda mikroblar, viruslar, zamburug’lar hisoblanadi.

Yallig’lanish o'chog'ining razmeriga (hajmiga) qarab alveolalar, asinozli, bo’lakli, aralash

bo’lakli, segmentli va oraliq bronxopnevmoniyalar bo’lishi mumkin.

Yallig’lanish o’choqlari ko’pincha o’pkaning orqa va pastki segmentida rivojlanadi. Ular

turli razmerda, qattiq-lashgan bo’lib, o’pka kesib ko’rilganda kesma yuzasiga kulrang-qizg’ish

rangli o’choqlar sifatida bo’rtib turadi. Ekssudat serozli, ba'zan seroz-gemorragik xarakterda

bo’ladi. Bemor yoshiga qarab bronxopnevmoniya kechishi, joylanishining bir qator xususiyatlari

mayjud. Masalan, kichik yoshdagi bolalarda umurtqa pog’onasiga (II, VI, X) yondoshgan

segmentlarda pnevmoniya o’choqlari paydo bo’ladi, shuning uchun ham ular paravertebral


background image


Mart, 2025-Yil

63

pnevmoniya deb ataladi. U yaxshi kechadi. Aksincha 50 yoshdan yuqori bo’lgan bemorlarda

yallig’lanish o’chog’ining so’rilishi nisbatan sekin ketadi.

O’choqli bronxopnevmoniya asoratlari yallig’lanish fokusining karnifikasiyasi, ularning

yiringli irishi va abssess hosil bo’lishi, ba'zan plevrit rivojlanishi bilan ifodalanadi. Yallig’lanish

o’chog’i tarqalgan, kocp sonli xarakterga ega bo’lsa, o’lim kelib chiqishi mumkin. Bu vaqtda

bemor holatini belgilovchi omillarga nafas olish gipoksiyasi va intoksikosiya kiradi.

Surunkali nospesifik (xos bo’lmagan) o’pka kasalliklari. Nafas yo’llari surunkali

nospesifik kasalliklarini, rivojla-nishi bir-biriga bog’liq bo’lgan, bir guruh kasalliklar tashkil etadi.

Ularga surunkali bronxit, surunkali zotiljam, bron-xoektazlar, surunkali abssess

pnevmoskleroz va o’pka yemfizemiyasi kiradi.

Surunkali bronxit uzoqqa cho’zilgan o’tkir bronxit asorati sifatida rivojlanadi. Uning

sababchilari infeksiya qo’zg’atuvchilari, biroq shuningdek bronxlarni fizik, ximik moddalar bilan

uzoq vaqt ta'sirlanishi bo’lishi mumkin. Barcha bronxial daraxtning diffuz (yoyilgan)

shikastlanishi xarakterli bo’ladi. Bu vaqtda ekssudativ yallig’lanish, (kataral-shilliq, kataral-

yiringli) vaqt o’tishi bilan asosan mahsuldor xarakterga ega bo’lib qoladi. Surunkali bron-xitda

bronxlarning shilliq qavati giperemiyalashadi, uning hamma qavatlari limfositlar, neytrofil

leykositlar, makro-faglar bilan shimiladi. Epiteliyasi asta sidirilib tushadi, bezlar atrofiyaga

uchraydi, ko’pincha tukli epiteliya ko'p qavatli yassi epiteliyaga aylanadi (metaplaziya). Bronx

devorida kechuvchi surunkali yallig’lanish mushak tolalari va nerv oxirlarini distrofiyasiga, elastik

qobiqni atrofiyasi yoki yo’qolishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar natijasida bronx peristaltikasi

pasayadi va u o’z drenaj funksiyasini, ya'ni shilliq va ekssudatni chiqarib tashlash vazifasini bajara

olmay qoladi. Shilliqli — yiringli ekssudat bronxlarda turib qoladi, ularda saqlanuvchi mikroblar

yallig’lanishni davom ettiradi. Qon tomirlari sklerozi va qon aylanishning buzili-shi bronx

devorida gipoksiya paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi, u fibrolastlarni faollashtiradi va skleroz

kuchayadi. Bronx devori notekis kengayadi va qopchalar, silindlar ko’rinishida bo’shliqlar

bronxoektazlar paydo bo’ladi. Bun-ga yana yo’tal silkinishi ham sabab bo’ladi. Bronxoek-tazlarda

yiringli ekssudat to’planadi va u bronx devorida doimiy yallig’lanish bo’lishini saqlab turadi.

Yallig’lanish asta-sekin mahsuldor xarakterni oladi, granulyasion (dona-dor) to’qima

rivojlanadi va u polip ko’rinishida o’sib bronx teshigini toraytiradi yoki butunlay berkitib qo’yadi

va u o’pkaning tegishli qismini ateiektaziga olib keladi (rasm). Bundan tashqari bronx bilan

yondosh bo’lgan o’pka to’qimasi ham yallig’lanishga jalb etiladi — o’choqli bron-xopnevmoniya

paydo bo’ladi. Uning surunkali kechishi yallig’lanish fokusida sklerozni rivojlanishiga olib keladi

va u ham bronxlarning tortilishi va deformasiyasiga olib keladi.


background image


Mart, 2025-Yil

64

Bronxoektazlar ko'p sonli bo’lib qoladilar va odatda yiringli eksudat to’playdilar. Ularni

qoplovchi epiteliysi ko’pincha metaplaziyaga uchrab ko'p qavatli yassi epiteliya paydo bo’ladi.

Bronxoektazlar devorida yallig’lanishning avjlanishi yangi surunkali pnevmoniya

o’choqlarini, keyin-chalik esa o’pka to’qimasida yangi sklerotik o’choqlarning paydo bo’lishiga

sababchi bo’ladi.

O’pka emfizemasi bir vaqtning o’zida kechuvchi sklerozning kuchayishi bilan ortib boradi

va alveolalar hajmining va ulardagi saqlanuvchi havoning ko’payishi bilan ta'riflanadi. Yetarlicha

uzoq vaqt va kompensator ahamiyatga ega bo’lib havosiz yallig’lanish o’cboqlari, atelektazlar,

o’pka parenximasi sklerozi maydoni atrofida paydo bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan emfizema bo’lgan

joylarda o’pka to’qimasi elastiklik xususiyatini yo’qotadi, alveolalar o’rtasidagi to’siqlar yoriladi

va sklerozga uchraydi. Bularning hammasi o’pkada sklerotik maydonni umumiy hajmini

ko’paytiradi. Pnevmoskleroz rivojlanadi va u kichik qon aylanish doirasida arterial bosimni ortishi

bilan birgalikda kechadi. U yurakning o’ng qismida doimiy ortiqcha ishlashiga sababchi bo’ladi,

buning oqibatida u gipertrofiyaga uchraydi va «o'pka yuragi» rivojlanadi.

Ushbu kasalliklarning oldini olishda jismoniy mashqlarning o’rni beqiyos hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya nafaqat mushaklarning kuchini oshirish, balki organizmning barcha

tizimlarini mustahkamlash uchun ham zarurdir. Nafas olish tizimining funktsional salohiyatini

oshirishda jismoniy mashqlar muhim rol o‘ynaydi. Mashqlar nafas olish mushaklarini

kuchaytiradi, o‘pka hajmini oshiradi va nafas olishning samaradorligini yaxshilaydi. Jismoniy

faollik, shuningdek, kislorodning hujayralarga yetkazib berilishini yaxshilash, metabolizmni

normallashtirish va organizmning umumiy qarshi kurashuv salohiyatini oshirishga yordam beradi.

1.

Ritmli nafas olish mashqlari. Nafas olish mashqlari nafas olish tizimi kasalliklari

davolashida samarali usul bo‘lib, ularning asosiy maqsadi organizmning oksigen olish qobiliyatini

oshirishdir. Mashqlar nafas olishni chuqurlashtirish, nafas olish mushaklarini kuchaytirish va

o‘pkaning kengayishini ta'minlashga yordam beradi. Bunday mashqlarni amalga oshirishda tez-

tez chuqur nafas olish, nafasni ushlab turish va chiqarish amaliyotlari qo‘llaniladi.

2.

Fizik terapevtik mashqlar (FTM). Nafas olish tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar

uchun maxsus tayyorlangan fizioterapevtik mashqlar, nafas olish tizimining funktsiyalarini

tiklashga yordam beradi. Bunday mashqlar jismoniy faollikni kamaytirishga qaramasdan,

o‘pkaning havo sig‘imini oshiradi, bronxlarni kengaytiradi va nafas olishni yaxshilaydi. FTMda

nafas olishni chuqurlashtirish, masalan, ko‘krak qafasini kengaytirish uchun mashqlar kiritilishi

mumkin.


background image


Mart, 2025-Yil

65

3.

Aerobik mashqlar. Aerobik mashqlar, masalan, yengil yugurish, tez yurish, velosipedda

yurish, nafas olish tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Bunday mashqlar kislorodning

organizmga to‘g‘ri taqsimlanishini ta'minlaydi va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash bilan

birga, o‘pka hajmini oshiradi. Aerobik mashqlar surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SO‘OK)

yoki bronxial astma kabi kasalliklarda samarali hisoblanadi.

4.

Stretching va fleksibilite mashqlari. Nafas olish mushaklarini tarbiyalash va elastikligini

oshirish uchun stretching mashqlari ham juda foydalidir. Bunday mashqlar nafas olish mushaklari,

ayniqsa diafragmaning faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, o‘pkaning to‘liq

kengayishiga imkon yaratadi va nafas olish tizimi tizimining samaradorligini oshiradi.

5.

Aqlli nafas olish texnikalari. Meditatsiya va yoga kabi aqlli nafas olish texnikalari ham

nafas olish tizimi kasalliklarini davolashda samarali bo‘lishi mumkin. Bu texnikalar nafas olishni

boshqarish, stressni kamaytirish va ruhiy holatni yaxshilashga yordam beradi. Yoga mashqlarida

nafas olish va tana pozitsiyalarini uyg‘unlashtirish, nafas olish mushaklarini yanada

kuchaytirishga yordam beradi.

Jismoniy mashqlarni qo‘llashda e'tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar

Jismoniy mashqlarni qo‘llashda, ayniqsa nafas olish tizimi kasalliklari bilan og‘rigan

bemorlar uchun ba'zi e'tiborli jihatlar mavjud:

Mashqlarni dastlabki bosqichda yengil boshlash: Kasallikning og‘irligiga qarab mashqlarni

bosqichma-bosqich kiritish kerak. Dastlabki bosqichda yengil mashqlar, masalan, nafas olish

mashqlari yoki stretching bo‘lishi mumkin.

Bemorning individual holatini hisobga olish: Har bir bemorning holati alohida bo‘lib,

ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi va kasallikning bosqichi mashqlarni tanlashda asosiy

omildir.

Monitoring va kuzatish: Mashqlarni qo‘llashda bemorning holatini doimiy ravishda

nazorat qilish zarur. Naqshga ko‘ra o‘tkaziladigan mashqlar samarali bo‘lishi uchun bemorning

nafas olish tizimi reaktsiyasini kuzatish muhimdir.

Xulosa

Nafas olish tizimi kasalliklarini davolashda jismoniy tarbiya shakllari va usullarining

qo‘llanilishi muhim ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlar nafas olish tizimi funktsiyalarini tiklash,

kislorodning organizmga taqsimlanishini yaxshilash va umumiy salomatlikni mustahkamlashda

yordam beradi.


background image


Mart, 2025-Yil

66

Ayniqsa, surunkali kasalliklarda jismoniy mashqlar o‘pka va nafas olish tizimi faoliyatini

qo‘llab-quvvatlash, bemorning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga,

mashqlarni qo‘llashda bemorning individual holatini hisobga olish va maxsus rejimda mashq

qilish zarur.