Authors

  • Aysholpan Ziyauatdinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70297

Keywords:

Sharhlash jurnalistikasi tahririyat mualliflik sahifalari ijtimoiy-siyosiy hayot tanqidiy fikrlash sharh turlari ochiq sharh pardalangan sharh noihthiyoriy sharh jurnalistika etikasi jamoat fikri.

Abstract

Mazkur maqolada sharhlash jurnalistikasi va uning asosiy xususiyatlari haqida so'z boradi. Sharhlash jurnalistikasi muhim janr bo'lib, u tahririyat va mualliflik sahifalarini o'z ichiga oladi. Sharhlarning muhim jihatlari, ularning gazeta va o'quvchilarga foydalari, shuningdek, sharhlovchi journalist larning to'g'ri prinsiplar va axloqiy tamoyillarga rioya qilishi kerakligi ta'kidlanadi. Bunday sharhlar ijtimoiy-siyosiy hayotga faol qatnashish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va jamoat fikrini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada sharhlarning turli xil turlari, jumladan, ochiq, pardalangan va noihthiyoriy sharhlar haqida gapirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

SHARHLASH JURNALISTIKASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Ziyauatdinova Aysholpan Gayratdiyin qizi

Berdaq atindagi Qaraqalpaq Mamleketlik Universiteti

Qaraqalpaq filologiyasi ham Jurnalistika fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14970311

Annotatsiya.

Mazkur maqolada sharhlash jurnalistikasi va uning asosiy xususiyatlari

haqida so'z boradi. Sharhlash jurnalistikasi muhim janr bo'lib, u tahririyat va mualliflik

sahifalarini o'z ichiga oladi. Sharhlarning muhim jihatlari, ularning gazeta va o'quvchilarga

foydalari, shuningdek, sharhlovchi journalist

larning to'g'ri prinsiplar va axloqiy tamoyillarga rioya qilishi kerakligi ta'kidlanadi.

Bunday sharhlar ijtimoiy-siyosiy hayotga faol qatnashish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va

jamoat fikrini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada sharhlarning turli xil

turlari, jumladan, ochiq, pardalangan va noihthiyoriy sharhlar haqida gapirilgan.

Kalit so'zlar:

Sharhlash jurnalistikasi, tahririyat, mualliflik sahifalari, ijtimoiy-siyosiy

hayot, tanqidiy fikrlash, sharh turlari, ochiq sharh, pardalangan sharh, noihthiyoriy sharh,

jurnalistika etikasi, jamoat fikri.

MAIN FEATURES OF COMMENTARY JOURNALISM

Abstract.

This article discusses commentary journalism and its main features. Commentary

journalism is an important genre, which includes editorial and editorial pages. The important

aspects of commentary, their benefits to newspapers and readers, as well as the need for

commentators to adhere to correct principles and ethical principles are emphasized. Such

commentary helps to actively participate in socio-political life, develop critical thinking and form

public opinion. The article also discusses various types of commentary, including open, veiled and

involuntary commentary.

Keywords:

Commentary journalism, editorial, editorial pages, socio-political life, critical

thinking, types of commentary, open commentary, veiled commentary, involuntary commentary,

journalistic ethics, public opinion.

КЛЮЧЕВЫЕ ОСОБЕННОСТИ РАССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ ЖУРНАЛИСТИКИ

Аннотация.

В статье рассматривается комментаторская журналистика и ее

основные характеристики. Публицистика-комментаторство — важный жанр,

включающий редакционные и редакционные статьи. Важные аспекты обзоров, их польза

для газет и читателей, а также для журналиста, который их пишет


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

Подчеркивается, что люди должны придерживаться правильных принципов и

этических норм. Подобные комментарии помогают активно участвовать в общественно-

политической жизни, развивать критическое мышление и формировать общественное

мнение. В статье также рассматриваются различные типы комментариев, включая

открытые, завуалированные и непроизвольные комментарии.

Ключевые слова:

комментаторская журналистика, редакционная статья,

авторские страницы, общественно-политическая жизнь, критическое мышление, типы

комментариев, открытый комментарий, завуалированный комментарий, невольный

комментарий, журналистская этика, общественное мнение.

Sharhlash jurnalistikasi o‘z ichiga tahririyat va mualliflik sahifalarini oladi. Barcha

vaziyatlarda ham sharh o‘z nomi bilan auditoriyaga yetkazilishi kerak. Uning sarlavhasidan tortib

matn tuzilishigacha ushbu qoida amalga oshirilishi kerak. Matbuot sharhlari har doim ham

hukumatning matbuot xizmati sharhlari bilan mos kelavermasligi mumkin. Hukumat qarorlari va

xatti-harakatini doimo sharhlab borish jurnalistikaning ajralmas qismidir. Shu bilan birga kundalik

matbuot sharhlari tanqid va nozik shama-ishoralarga moyilroq bo‘lishadi. Lekin barcha hollarda

ham sharhlar jamiyat uchun foydali va samarali bo‘lgan hamda birgalikdagi hamkorlikni qo‘llab-

quvvatlashi lozim. Hatto G‘arbning eng «sariq matbuoti» vakillari ham o‘quvchilar ehtirosini

junbushga keltiruvchi sharhlarni yozishga istihola qilishadi. Ular o‘z gazetchilari va reklama

beruvchilarga o‘ta bog‘liqligi va ularni qo‘lda saqlab turishga majburligi tufayli biron-bir siyosiy

yoki diniy qarashlarni targ‘ibot qilishlari darg‘umon. Hozirgi kunda jurnalistikaning jamiyat

oldidagi ijtimoiy javobgarligi o‘ta muhim tamoyil sifatida hisoblanmoqda va bu tushuncha

sharhlash jurnalistikasi uchun ham o‘ta muhim.

Sharhlash jurnalistikasining gazetxonalarga foydali bo‘lgan 5 ta asosiy jihati mavjud:

1.

Voqea-hodisalar haqidagi

axborotning ko‘pligi tufayli yuzaga kelgan

tushunmovchilik va tartibsizliklarni ma'lum bir qoliplarga solishga yordam beradi, o‘quvchilarni

OAV tomonidan uzatilayotgan haddan tashqari ko‘p xabar va yangiliklarga bog‘lanib qolishdan

saqlaydi.

2.

O‘quvchilarni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol ishtirok etishga undaydi.

3.

O‘quvchilarda tanqidiy nuqtai nazarni shakllantirishga hamda har xil uydirma va

yolg‘onlarga ishonmaslikka ko‘nikma hosil qiladi. Muhim va jiddiy muammolar atrofida suhbat

va bahs-munozaralar uyushtiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

4.

Jamiyat fikri oldida mualliflarning mas'uliyatini, ko‘pchilik tomonidan qabul

qilingan qarorlarni demokratik yo‘l bilan xabardor qilish qo‘ida qat'iy ekanligi.

5.

Gazetalar nuqtai nazari ham noto‘g‘ri bo‘lishi yoki har qanday qaror va xatti-

harakatlar shubha ostiga olinishi mumkinligiga o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qiladi.

Sharhlash jurnalistikasi jurnalistik ijod nazariyasi fanining tarkibiy qismlaridan biri

hisoblanadi. U murakkab janr va ijod turi bo‘lgani uchun ham U1 semestrda 2 kurs talabalariga

yetakchi fan sifatida o‘tiladi. Sharhlash jurnalistikasi matbuot haqidagi boshqa fanlar bilan,

jumladan tahliliy jurnalistika bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur fan shu bilan birga jurnalistik

mahorat sirlarini egallashda hamda mantiqan fikr yuritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ya'ni bu kurs jurnalistlarning kasbiy tayyorganligida markaziy o‘rin egallaydi.

Kurs ilmiy ma'ruza, savol-javob va boshqa xildagi amaliy mashg‘ulotlar tarzida olib

boriladi. Talabalarining bu kursdan olingan bilimlari reyting va yozma usullar asosida tekshirib

boriladi. Buning uchun talabalar mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish, berilgan ilmiy publitsistik

adabiyotlarni chuqur o‘zlashtirishi, OAVning kundalik faoliyati bilan tanishib borishi talab etiladi.

Sharhlash turlari. Ochiq sharh. Jahonda kechayotgan voqealardan voqif bo‘lar ekansiz har

doim ham tezda uning biror mamlakat yoki jahon tarixidagi ahamiyati haqida tasavvurga ega

bo‘lish oson emasligini sezasiz. Buning uchun avvalo dunyoda kechayotgan voqea-hodisalaridan

muntazam voqiflik, ular mohiyatiga yetishishga bo‘lgan tinimsiz harakat, hodisalardagi hamma

ham ko‘rishga qodir bo‘lmagan o‘zaro bog‘liq narsalarni anglash zarur. Shu bois ham biz

ko‘pincha dunyodagi yangiliklar bilan tanishar ekanmiz, sharhlovchilar talqiniga e'tibor qaratamiz.

Bu o‘rinda ularning bilimdonligi, ziqqligi, mahorati har birimizda va umuman jamiyatda ma'lum

voqeaga nisbatan jamiyat fikrini shakllantirishga yordam beradi.

Shuning uchun nazariyotchilar sharh yozish bo‘yicha quyidagi qoidalarga amal qilishini

aytishadi:

1.

Sharhlovchi faktlarni ruyi-rost va to‘liq holda o‘quvchilarga taqdim etishi lozim.

Sharhni yarim haqiqatga asoslanib yozish yaramaydi va bu vijdonsizlikdir. Sharhlovchi hech

qachon o‘quvchini bila turib yanglishtirmasligi, vaziyatni noto‘g‘ri talqin etmasligi yoki biror

kishini noqulay vaziyatga qo‘ymasligi kerak.

2.

Sharhlovchi ma'lumotlarning mohiyatiga va ularning yaxshi xizmat qilishiga

asoslangan holda tasdiqlangan faktlardan xolisona xulosa chiqarishi lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

3.

Sharhlovchi hech qachon o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida yoki maxsus biron-

bir foydani ko‘zlab o‘z ta'sirini o‘tkazmasligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga xizmat

qilishdan qo‘chishi lozim.

4.

Sharhlovchi o‘zining haq ekanligini anglash lozim. Ya'ni sharhlovchi uchun

naqadar og‘ir bo‘lsa-da, kim norozí bo‘lsa o‘shanga birinchi bo‘lib ovoz berilishi lozimligini

anglash kerak. Mazkur norozilik ovozlar, taklifnomalar yoki mehmonlar sahifasi rukni shaklida

bo‘lishi mumkin.

5.

Sharhlovchi o‘z fikr-mulohazalarini muntazam ravishda hammaga tushunarli

tarzda yetkazib berishi lozim va zarur bo‘lgan joyda tuzatishlar kiritishdan tortinmasligi lozim.

6.

Sharhlovchi o‘zida kuchli e'tiqodga va hayotning demokratik tamoyillariga qat'iy

ishongi bo‘lishi zarur. U bironing vijdoni va e'tiqodini haqoratlaydigan har qanday narsani

sharhlashdan o‘zini saqlashi kerak. Ko‘pincha gazeta sahifalari bitta fikrni ilgari suradilar. Shuni

unutmangki har qanday umum to‘g‘ri fikrlar avvalo individual (yakka) shaxsiy fikrlar

majmuasidan paydo bo‘ladi. Shuning uchun har qanday boshqacha fikr e'tibordan chetda

qolmasligi kerak.

7.

Sharhlovchi kasbiy daxlsizlikning oliy mezonlariga rioya qilishi, o‘zining

hamkasblarini qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Ommaviy axborot vositalarida faoliyatingiz davomida maqolalaringizda o‘z fikringizni

berishga majbur bo‘lasiz. Jurnalistika o‘z tabiatiga ko‘ra subyektiv hodisadir. U tevarak-atrofda

ruy berayotgan voqea-hodisalariga o‘z munosabatini bildirishga majbur. Ongli yoki noihtiyoriy,

ochiq yoki pardalangan sharhlar - ushbu kasbning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Har kundalik gazeta sahifalarini bosh maqolalarsiz va muallif sahifalarisiz tasavvur qilish

qiyin. Ushbu maqolalarda fikr-mulohazalar ilgari surilishi tabiiy, albatta. Go‘hida reportaj yoki

xabar tarzida uzatilgan materiallarni sharh deb berish hollari ham uchraydi. Sharhning hajmi turli

tarzda bo‘lishi mumkin. Kichkina xabar hajmida ketgan sharhlar gohida nafaqat gazetchini, balki

muallifning o‘zini ham hayratga solishi mumkin.

Buyuk Britaniyalik jurnalist va olim Devid Rendall sharhning uchta turini ko‘rsatadi:

ochiq, pardalangan va noihtiyoriy sharh. Ochiq sharh - bu aniq ko‘rinib turgan narsani sharhlash:

jurnalist to‘g‘ri va ochiqchasiga o‘z fikr-mulohazasini bildiradi. Umuman olganda sharhning

ushbu ko‘rinishidan dunyoning ko‘pgina gazetalari voz kechishgan, hatto ta'qiqlab ham

qo‘yishgan. Buyuk Britaniya va AQShda ochiq sharhni bemani deb hisoblashadi hamda uning

xizmatidan butunlay voz kechishgan. Muallif ochiq sharhlayotganda barcha gazetchilar bir xil


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

9

fikrga ega deb o‘ylaydilar: yangiliklar rubrikasida faqat xabarlar bo‘lishi kerak, agar iloji bo‘lsa

unga hech narsa qo‘shilmasligi kerak. Sharh esa bu tahririyat materiallari, mashhur mualliflik

sahifalari hamda fikr, munosabatlar va hokazolarga mo‘ljallangan.

Ko‘p hollarda o‘quvchilar xabarlarga o‘qiyotganida unga qandaydir faktlarni

yetkazayotganini bilishadi. Hamma ham sharhlashi mumkin, lekin har kimda ham eng oxirgi

faktlar bo‘lavermaydi-ku. Shuning uchun ham yangiliklar sharhlardan ko‘ra qiziqarliroqdir. Va

shu sababli sharhlash bilan yangilikni chalg‘ashtirib yuborish ikkisini ham qadri tushirishi tabiiy.

Bunday hollarda voqealar xira tortadi va o‘z qadri yo‘qotadi.

Barcha hollarda bo‘lgani kabi bu yerda ham ochiq sharh uchun mustasno qilish mumkin.

Agar katta tajribaga ega bo‘lgan jurnalist o‘zi bilgan mavzuda yozayotgan bo‘lsa, unda ochiq

sharhlashi mumkin. Chunki uning fikr-mulohazalari gazetchiga ko‘p narsa beradi. Ushbu huquqni

xorijda uzoq yillar ishlagan muxbirlarga ham berish mumkin. Albatta bu yerda muxbirlar «Ular

nima deyishsa deysinu, lekin mening fikrimcha…» qabilidagi so‘zlar bilan maqola yozmasliklari

kerak. Ko‘proq yangi chizgilar berishga harakat qilishi kerak. Lekin barcha holatlarda ham ularga

ochiq sharh talabi quyilishi zarur.

Iloji bo‘lsa sharhning ushbu turiga kam murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat

faktlardan iborat bo‘lgan reportajlar gazeta faoliyatining asosini tashkil etadi. Shu bilan birga keng

sharh fikr-mulohazalardan ham foydalanish zarur. Hozirgi kunda axborotlar shu darajada ko‘pki,

ularning ko‘piga sharh talab etiladi. Shuning uchun ham turli sharhlarga e'tibor kun sayin

ortmoqda. Barcha hollarda ham ochiq sharh samimiy, tezda anglashiladigan tarzda gazetxonalarga

yetkazilishi kerak.

REFERENCES

1.

Тўртинчи ҳокимият. Ўзбекистон Республикасининг қонунлари, қарорлари ва бошқа

ҳужжатлар тўплами (тузувчи ва сўзбоши муаллифи Ж.Раззоқов). Т.Ўзбекистон,

1998.

2.

Рендалл Д. Универсальный журналиист: перев. С англ. Алексея Порьяза. Алмати:

1996.

3.

Ворошилов В.В. Журналистика: Учебник. СПб.: Изд. Михайлова, С.-Петербург,

1999.

4.

Fred Fedler, John R. Bender, Luchinda Davenport, Paul E. Kostya / Reporting for the

Media. Sixth Edition. USA: Harcourt Brace E Company, 1997.

References

Тўртинчи ҳокимият. Ўзбекистон Республикасининг қонунлари, қарорлари ва бошқа ҳужжатлар тўплами (тузувчи ва сўзбоши муаллифи Ж.Раззоқов). Т.Ўзбекистон, 1998.

Рендалл Д. Универсальный журналиист: перев. С англ. Алексея Порьяза. Алмати: 1996.

Ворошилов В.В. Журналистика: Учебник. СПб.: Изд. Михайлова, С.-Петербург, 1999.

Fred Fedler, John R. Bender, Luchinda Davenport, Paul E. Kostya / Reporting for the Media. Sixth Edition. USA: Harcourt Brace E Company, 1997.