ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
10
BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGI
MUAMMO SIFATIDA
Tursunova Marjona
BuxPXTI I bosqich magistranti.
marjonatursunova1313@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14970333
Annotatsiya
. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik
tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi
ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik
jihatlari ilmiy asoslangan.
Kalit so’zlar:
kasb raqobati, uzluksiz ta’lim, metodik tayyorgarlik, “ko‘p fanlilik”,
matematika o‘qitish metodikasi, PISA xalqaro tadqiqoti.
МЕТОДИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ КАК
ПРОБЛЕМА
Аннотация.
В данной статье исследуется значение совершенствования
методической подготовки и профессионального развития учителей начальных классов как
научно-педагогической проблемы. Обобщены мнения зарубежных и отечественных
исследователей. Научно обоснованы принципы, теоретические и педагогические аспекты
профессионального развития учителей начальных классов.
Ключевые слова: профессиональная конкуренция, непрерывное образование,
методическая подготовка, «многопрофильность», методика преподавания математики,
международное исследование PISA.
METHODOLOGICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS AS A
PROBLEM
Abstract.
This article examines the importance of improving the methodological training
and professional development of primary school teachers as a scientific and pedagogical problem.
It summarizes the views of foreign and domestic researchers. The principles, theoretical and
pedagogical aspects of the professional development of primary school teachers are scientifically
based.
Keywords:
professional competition, continuing education, methodological training,
"multidisciplinarity", mathematics teaching methodology, PISA international study.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
11
Kirish (Introduction).
Jamiyatning zamonaviy taraqqiyoti, inson hayoti hamda
faoliyatining turli sohalarida tizimlarning globallashuvi va integratsiyalashuvi, O‘zbekiston bozor
iqtisodiyotiga o‘tilishi kasb faoliyatiga tobora yuksak talablar qo‘ymoqda. Yuzaga kelgan kasb
raqobati pedagog o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari va uning kasb faoliyatiga jamiyat talablarida
bir qator o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Shunga bog‘liq ravishda mehnat bozorida raqobatbardosh
o‘qituvchiga, intellektual, muloqot, axborot va boshqa sohalarda asosiy kompetensiyalar
to‘plamiga ega shaxsga ehtiyoj yuzaga keldi.
Respublikamizda “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom
ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”[1], O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim tog‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilingandan so‘ng
mamlakatimiz ta’lim tizimida, xususan, boshlang‘ich ta’limda keng qamrovli ijobiy o‘zgarishlar
amalga oshirildi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida umumiy o‘rta ta’lim, jumladan,
boshlang‘ich ta’lim mazmuni yangilandi. Boshlang‘ich ta’lim Davlat standarti va yangi o‘quv
dasturlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standarti
va yangi o‘quv dasturlari asosida darsliklarning yangi avlodi yaratildi. O‘quvchilarni zamonaviy
darsliklar bilan to‘liq ta’minlashga erishildi.
Shu ma’noda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini
takomillashtirish masalasi dolzarb sanaladi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini maqsadga
yo‘naltirilgan holda o‘qitish va tarbiyalash jarayoni aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan
boshlanadi. Olib borayotgan ilmiy tadqiqotimizning asosiy maqsadi shuki, Respublikamizning
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intelektual rivojlanishga, metodik bazasini
kengaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbga tayyorlash
hamda metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha turli davrlarda
B.Abdullayeva,
R.Adizov,
M.Ahmedov,
Z.Dadinov,
M.Zaynitdinova,
N.Bikbayeva,
R.Mavlonova, K.Olimov, A.Raximov, M.Jumayev, E.Yangabekovalar tomonidan tadqiqotlar olib
borilgan.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari
hamdo‘stlik mamlakatlarida ushbu masala yuzasidan M.Bantova, G.Beltyukova, N.Istomina,
L.Nesterenko, A.Polevshikova, A.Pishkalo, O.Tarasova, S.Shvesovalar, hamda xorijiy tadqiqotlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
12
tajribasida Sh.Ainsworth, S.Blessing, T.Jong, W.Kouwenhoven, T.Murray, C.Coutras, K.Thaung,
S.Erduranlar ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini topgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Bugungi kunda oliy pedagogik ta’lim tizimi oldiga yangicha
metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Chunki
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-4-sinf yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik o‘ziga
xosliklarni hisobga olib, ularning shakllanishi va rivojlanishi uchun qator tajribalarni egallashi
lozim. Ma’lumki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ta’lim jarayonidagi metodik
tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor o‘rin egallaydi. Buning
uchun talabalardan, boshlang‘ìch sinf o‘qituvchilalaridan, zamonaviy talablarga javob beradigan,
mustaqil fikrlaydigan, intelektual salohiyat, chuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va metodik
tayyorgarlikka ega shaxs bo‘lish talab etiladi.
Ko‘p mamlakatlarda o‘qituvchilar uchun kompetentlik yondashuvi asosidagi kasbiy
standartlar qabul qilingan. Singapur, AQSH, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya,
Germaniya, Yangi Zelandiya shular jumlasidan bo‘lib, mazkur davlatlarda kasbiy standartlarni
ishlab chiqish va qabul qilish natijasida o‘qitish sifati yanada oshgan. Bu esa o‘quvchilarning
bilimi, o‘qitish natijalarini yaxshilashga imkon beradi.[2,8]
Olimlarning fikricha, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarlik darajasiga
qo‘yiladigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz:
-o‘z kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini his qiladi;
-ilmiy insonparvar dunyoqarashga ega;
-ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolyusiyasini biladi, tevarak olamni
bilish va uni o‘zlashtirishning turli metodlariga ega bo‘ladi;
-jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ahamiyatini tushunadi;
-axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovatsion metodlaridan
xabardor, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharxlash qobiliyatiga ega bo‘ladi;
-ilm-fan taraqqiyoti va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o‘z nuqtai nazarini
qayta ko‘rib chiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlashga qodir bo‘ladi;
-turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan bo‘ladi.
-odam shaxsi rivojlanish davrida o‘ziga xos davr sifatida bolalikning ahamiyatini his qiladi.
Tahlil va natijalar.
Afsuski, bugungi kunda ta’lim muassasalari bo‘lajak o‘qituvchilarni
pedagogik faoliyatga metodik tayyorgarligini yetarli darajada ta’minlay olmayapti. Oliy ta’limda
o‘qitish amaliyoti ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilgan bo‘lsa-da, tabiiyki kamchiliklar ham
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
13
yo‘q emas. Fikrimizcha, unda turli darajalilik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, uzviylik,
ko‘pqirralilik yetishmaydi.. So‘nggi yillarda oliy o‘quv muassasalari “ko‘p fanlilik” deb nom
olgan illatga duchor bo‘ldi va bunga talabalar bir vaqtning o‘zida ko‘pincha bir-biri bilan yaxshi
bog‘lanmagan, ba’zan esa bir-birini takrorlovchi o‘n ikkitagacha mustaqil o‘quv fanlarini
o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Bizningcha, “ko‘p fanlilik” bo‘lajak pedagogning ijodiy salohiyati
yuzaga chiqishini ta’minlamaydi, chunki talabalar tomonidan turli fanlar bo‘yicha
o‘zlashtirilayotgan bilimlar ko‘pincha yaxlit ilmiy manzara hosil qila olmayapti va ular o‘zaro
bog‘langan emas, balki alohida elementlar ko‘rinishida taqdim etiladi.
Ijodiy shaxsni tayyorlashga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklar sirasiga nafaqat psixologik-
pedagogik o‘quv fanlari o‘qitilishida uzluksizlik yo‘qligini, balki quyidagilarni ham kiritish
mumkin:
-metodik, ixtisoslashtirilgan va gumanitar fanlar o‘rtasida fanlararo aloqadorlik yetarlicha
ishlab chiqilmaganligi;
-mehnat faoliyatiga taalluqli ta’lim shakllarining optimal nisbatini belgilash muammosi
haligacha yechim topmaganligi, ma’ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar hamda
maktabda amaliyot o‘rtasidagi nomutanosiblik avvalgidek ko‘zga tashlanib turishi;
-kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy qismi o‘rtasidagi optimal nisbat masalasi hanuz
hal etilmaganligi;
-oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonda kasbiy-shaxsiy shakllanishga,
shuningdek, texnologik yangiliklar (bilim, ko‘nikma va malakalarga integrasiyalashuv qobiliyatini
shakllantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va boshqalardan foydalanish)ni joriy
etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi;
-ijtimoiy, boshqaruv, axborot-muloqot kompetensiyalari shakllanishiga imkon beruvchi
fanlararo o‘quv fanlarini o‘rganish amaliyoti deyarli mavjud emasligi;
- oliy ta’limning o‘quv dasturlarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va boshqalarni kasbga
tayyorlashning integrativ jihatlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi nazariy tayyorgarlik
qanchalik chuqurlashtirilmasin, unga qanchalar ko‘p o‘quv soatlari va fanlar ajratilmasin, uning
o‘zi kelgusi pedagogik faoliyatning ilmiy asosi bo‘la olmaydi.[3,16-17]
An’anaviy o‘qitish metodikasi asosida ta’lim olayotgan talaba mashg‘ulotlarda ko‘pincha
eshitadi, ko‘radi, eslab qoladi, takrorlaydi, yoddan aytib beradi, biroq kam o‘ylaydi, fikrlaydi va
mushohada yuritadi. Muammoli vaziyatni qo‘yish, faraz va uning yechimini topish, muammolarni
hal qilishnini yo‘llarini izlab topish, aloqa va munosabatlar o‘rnatishiga deyarli to‘g‘ri kelmaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
14
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda o‘qitishning faol
shakllari va metodlaridan foydalanish uchun ularga namuna bo‘la olmaydi.
Talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda mavjud metodik tajribani
o‘zlashtirish bilan rivojlanuvchi ta’limni ta’minlash hamda takomillashtirish o‘rtasidagi qarama-
qarshilik hamda pedagogika oliy ta’lim muassasasida matematika o‘qitish metodikasi va
boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitish metodikasi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar (shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim va boshlang‘ich sinfda o‘qitish metodlari metodikasi o‘rtasida,
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSdagi matematika fani uchun belgilangan
kompetensiyalar va oliy ta’lim muassasasidagi metodik tayyorgarlikda boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishidagi matematika va uni o‘qitish metodikasi o‘rtasida) ham uchrab turadi.
Shuningdek, Pedagogika oliy ta’lim muassasalari “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy
ish” ta’lim yo‘nalishi talabalarining zamonaviy kasbiy metodik tayyorgarligining maqsadlari va
mazmunidagi muhim o‘zgarishlarga qaramay, talabalar bugungi kun talablariga javob
bermaydigan darslik, o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha shug‘ullanishda davom etmoqda. Ammo
ta’kidlash joizki, qator mualliflar boshlang‘ich sinf o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab darsliklar,
kitoblar nashr qildirishgan. Fikrimizcha, ta’lim jarayoni paradigmasi va maqsadlari o‘zgargan
hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘qitish hamda
mutanosib texnologiyalar ta’siri ostida tub o‘zgarishlar yuz bergan boshlang‘ich ta’limda buning
o‘zi mutlaqo yetarli emas
XULOSA:
Qator ekspertlar PISA xalqaro tadqiqotida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan
mamlakatlar o‘rtasidagi o‘xshash jihatlarni tahlil qildi va quyidagi xulosaga keldi: erishilgan
muvaffaqiyat asosan mamlakatlar yuqori kasbiy kompetentlikka ega o‘qituvchilarni tanlash,
rivojlantirish va ushlab qolishga katta e’tibor berishayotgani bilan bog‘liq. “Birorta joyda ta’lim
sifati o‘qituvchi ishining sifatidan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Ilg‘or ta’lim tizimlari
o‘qituvchilarini sinchiklab tanlaydi va tayyorlaydi, past natijalarga ega o‘qituvchilar
samaradorligini oshiradi va kasbiy standartlar bilan muvofiqlashtirish maqsadida haq to‘lash
tuzilmasini differensiatsiya qiladi, o‘qituvchilar birgalikda ishlab, ilg‘or tajribani ishlab
chiqadigan muhitni yaratadi va kasbiy rivojlanishga ko‘maklashadi”.[2,7]
Fikrimizcha, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorlashning mavjud
tizimini boshlang‘ich ta’limda sodir bo‘layotgan innovasion jarayonlarga mos ravishda isloh
qilish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish lozim.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
15
REFERENCES
1.
Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.:2017. – 70
2.
N.K.Mamanazarova, Z.K.Kim, M.U.Axmedov. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi
faoliyatida kasb standartini qo‘llash. –T.“G‘.G‘ulom”: 2024.-160
3.
M.I.Toshpulatova. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini
takomillashtirish. Diss.170.
