ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
35
KECHA VA KUNDUZ ROMANIDA OBRAZLAR TALQINI
Nurmuhammadova Farangniz Salohiddin qizi
Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti Pedagogika fakultetining 1-kurs guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14970467
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanidagi asosiy
gʻoyalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada “Kecha va Kunduz” romanidagi ijtimoiy
muammolar, millat taqdiri va ayollar huquqsizligi masalalari tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiy muhit, Xalqning ruhi, Ilm va ilmsizlik, Jamiyat, Oilaviy
munosabatlar, Madaniy an’analar, Obrazlar tahlili, Tarjima va madaniy moslashuv.
INTERPRETATION OF IMAGES IN THE NOVEL "NIGHT AND DAY"
Abstract.
This article focuses on the main ideas in Cholpon's novel "Night and Day". The
article analyzes social problems, the fate of the nation and the rights of women in the novel "Night
and Day".
Keywords:
Social environment, People's spirit, Knowledge and ignorance, Society, Family
relations, Cultural traditions, Analysis of images, Translation and cultural adaptation.
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗОВ В РОМАНЕ «НОЧЬ И ДЕНЬ»
Аннотация.
В статье рассматриваются основные идеи романа Чолпон «Ночь и
день». В статье анализируются социальные проблемы, судьба нации и права женщин в
романе «Ночь и день».
Ключевые слова:
Социальная среда, Народный дух, Знания и невежество,
Общество, Семейные отношения, Культурные традиции, Анализ изображений, Перевод и
культурная адаптация.
Kirish
Adabiyot – xalq ruhining aksidir. Har bir badiiy asar zamon ruhi, jamiyat hayoti, insoniy
kechinmalar va ijtimoiy muammolarni o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, tarixiy burilish davrlarida
yozilgan asarlar xalq taqdiri, uning orzu-umidlari va fojialarini o‘zida mujassam etadi. O‘zbek
adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulhamid Cho‘lpon ham o‘z asarlari
orqali xalqning ma’rifatga intilishi, adolatsizlik va jaholat botqog‘idan chiqish yo‘llarini ochib
berishga harakat qilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
36
Asosiy qism
“Kecha va Kunduz” – Cho‘lpon tomonidan yozilgan o‘zbek adabiyotining klassik asari
hisoblanadi. Asarda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O'zbekistonda sodir bo'lgan
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar haqida fikr yuritiladi. Adib XX asr boshlarida yashagan
o‘zbeklarning turmush tarzini, ijtimoiy va siyosiy holatini o‘zgacha uslubda tasvirlaydi. Unda ikki
dunyo – eski jamiyat va yangi, o'zgarishlar davri orasidagi to'qnashuvlar tasvirlanadi. Asarda
milliy qadriyatlar, urf-odatlar, oilaviy munosabatlar va ko'plab ijtimoiy masalalar tilga olinadi
hamda o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, asar qahramonlarining ichki dunyosi va
jamiyatdagi o‘zgarishlar aks ettiriladi.
Cho‘lponning "Kecha va Kunduz" romani – bu shunchaki bir oilaning yoki bir ayolning
hayoti emas, balki butun o‘zbek xalqining fojiasini aks ettirgan asardir. Ushbu romanda adib o‘sha
davrdagi jamiyatning asosiy illatlari – ilmsizlik, ayollar huquqsizligi, amaldorlarning poraxo‘rligi,
xalqning o‘z dushmanini tanimay, jadidlarga qarshi chiqishi kabi dolzarb masalalarni ko‘taradi.
Asar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, millat taraqqiyoti uchun muhim
saboqlarni bera oladigan kuchga ega. Asarning bosh qahramoni Zebi timsoli orqali Cho‘lpon butun
xalqning fojiasini tasvirlaydi va milliy uyg‘onish uchun ilm va ma’rifatning qanchalik muhim
ekanini ko‘rsatadi. Choʻlpon oʻzbek ramonnavislarining yirik vakillaridan biri boʻlib, uning
ijodida milliy mustaqillik, maʼrifat va ijtimoiy tenglik masalalari alohida oʻrin tutadi.
Uning “Kecha va Kunduz” romani oʻzbek ayolining taqdiri, ilmsizligi va jamiyatda
ayolning oʻrni haqida. Asarda ayollarning maʼrifatsizligi, ilmsizligi o‘z huquqlarini bilmasligi
ularning jamiyatda toʻlaqonli ishtirok eta olmasligiga sabab boʻlishi ta’kidlanadi. Choʻlpon
xalqning ogʻriqli muammolarini yoritgan, uning asarlarida ijtimoiy adolat va erkinlik gʻoyalari aks
etgan. Millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazifasi. Shu jihatdan olganda, Cho‘lponning ijodi
xalq ongini uyg‘otishga, milliy ruhni tiklashga qaratilgan edi. Uning “Kecha va kunduz” romanida
ayol qismati orqali jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik muammosi yoritilib, inson erkinligi va
ma’rifatga intilish g‘oyasi ilgari suriladi. Adibning publitsistik maqolalari esa xalqning ezgu orzu-
umidlarini, dard va tashvishlarini aks ettirib, jamiyatni taraqqiyot sari yetaklashga qaratilgan.
Cho‘lpon o‘z asarlari bilan millat tafakkurini o‘zgartirishga, adolat va ozodlik yo‘lida
kurashga undagan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Bu romanda xalqning ilmsizligi din va dunyoviy
ilmlardan ta’lim olmagani sababli jadidchilarning qoralangani va xalqning jabr ko‘rgani yoritilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
37
Hamda boylar va amaldorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mudhish ishlar ko‘rsatilgan. Eng
achinarlisi, bu zamonda ya’ni (romandagi zamonda) ayollarga nisbatan nohaqlik qilinishi, g‘arb
ayollarini o‘zbek ayolidan ustun ko‘rsatilishidir. Bunga kim aybdor? ayollarmi? Albatta, yo‘q.
Bularning hammasiga ilmsizlik botqog‘iga botgan xalq va hatto gazeta o‘qishni
bilmaydigan mingboshi, ellikboshi va hamda ayollarga past baho beradigan dinni faqat namoz
o‘qish deb biladigan, ro‘zg‘or bilan ishi yo‘q so‘fi kabilar aybdor emasmi?
Bu romanni o‘qigan odamlarning aksari Zebi obraziga e’tibor qaratgan. Lekin bu yerda
e’tibor qaratish kerak bo‘lgan asosiy omil bu Zebining qismati emas undan ham muhim qismatlar
bor. Millat qismati. Asar qahramoni Zebi. U jamiyatdagi ayollarga nisbatan mavjud qarashlarga
qarshi turishga intiladi, ammo shu bilan birga, an’analar va ijtimoiy cheklovlar uni chegaralab
turadi. Zebi obrazi orqali ayollarning ilm olishga, o‘z huquqlarini anglashga ehtiyoji borligini
ochib beradi.
Cho‘lponning publitsistik maqolalarida ham aynan shu masalalar ilgari surilib, xalqning
dard-u tashvishlari yoritiladi. Adib o‘z asarlari orqali ijtimoiy tengsizlikka qarshi chiqib, adolat va
erkinlik g‘oyalarini ilgari suradi. Shu tariqa, “Kecha va Kunduz” romanidagi ayol qismati orqali
jamiyatdagi ijtimoiy muammolar yoritiladi va milliy ongning uyg‘onishiga xizmat qiluvchi
g‘oyalar ilgari suriladi. Cho‘lpon – o‘z davrining eng ilg‘or ziyolilaridan biri bo‘lib, xalqni ilmga,
erkinlikka va taraqqiyotga intilishi yo‘lida jon fido qilgan shoir va yozuvchi edi. Uning “Kecha va
Kunduz” romani nafaqat ayol taqdiri, balki butun millatning fojiaviy qismati, ijtimoiy adolatsizlik
va ilmsizlik botqog‘iga botgan jamiyatni aks ettiruvchi asar sifatida yuksak baholanadi. Aksariyat
kitobxonlar asarni Zebi obrazi orqali tushunishga harakat qilishsa-da, aslida romanning eng katta
g‘oyasi – xalqning jaholat botqog‘ida qolib ketgani, siyosiy va ijtimoiy adolatsizlikning
hukmronligi hamda milliy ruhning ezilganligi haqida.
Cho‘lponning asari XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi O‘rta Osiyo jamiyatning ilmga,
taraqqiyotga va ma’rifatga yot qarashlari natijasida qanday ahvolga tushib qolganini ochib beradi.
Mingboshi, ellikboshi kabi amaldorlarning savodsizligi va dunyoqarashining torligi
ularning faqat mansab va mol-dunyoga berilib ketishiga sabab bo‘lgan. Xalq esa din niqobi
ostidagi johillik qurboni bo‘lib, o‘z huquqlarini bilmagan, na siyosiy, na ijtimoiy jihatdan
uyg‘onish uchun harakat qilmagan. Jadidchilar esa aynan shu holatni tuzatishga intilgan bo‘lsalar-
da, o‘z xalqi tomonidan qoralangan, hatto dushmanga chiqarilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
38
Bu o‘zbek xalqining o‘sha davrdagi eng katta fojiasi – ilm va ma’rifatdan uzoqlashgan
jamiyat o‘zining haqiqiy dushmanini taniy olmagani, o‘z ozodligini qo‘ldan chiqarib,
mustamlakachilik va zo‘ravonlik qurboniga aylangani.
Romanda Zebi va boshqa ayollarning huquqsizligi xalqning ma’naviyatidagi xastalikni aks
ettiruvchi asosiy belgilaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Mingboshi va ellikboshi kabi erkaklar
ayollarni shunchaki mol-mulk, xizmatkor sifatida ko‘radi va ularning hayoti ustidan to‘liq
hukmronlik qiladi. G‘arb jamiyatida esa ayollarga ilm olish, jamiyat hayotida ishtirok etish
imkoniyati berilgan, shuning uchun ham ular o‘zini rivojlantira olgan. Shuning uchun ham Zebi
va boshqa ayollar fojiali qismatga duch kelgan. Erkaklar mansab va mol-dunyo ortidan quvadi,
millat esa yemiriladi…Mansabdor erkaklar o‘z lavozimlari uchun har qanday pastkashlik qilishga
tayyor – ular o‘z yerlarini sotadi, o‘z xalqini sotadi, hatto o‘z xotinini ham sotishga tayyor bo‘ladi.
Bu holat millatning axloqiy tanazzulga yuz tutganini, xalqning ich-ichidan yemirilganini
ko‘rsatadi.
Asarning asosiy xulosasi – millat qismati.
Asarning eng asosiy g‘oyasi – millat faqat ilm va ma’rifat orqali har qanday
qiyinchiliklardan qutulishi mumkin. Bu asar bugungi kunda ham dolzarb, agar jamiyat
rivojlanishini istasa, ayollarni ilmli qilish, ularga erkinlik berish va erkaklarni faqat mansab uchun
emas, xalq uchun ishlaydigan qilib tarbiyalash kerak."Kecha va Kunduz" romani o'zbek
jamiyatining ijtimoiy va madaniy o'zgarishlarini yoritishda, yosh avlodning o'zligini anglashdagi
kurashini tasvirlashda katta ahamiyatga ega. Bu asar nafaqat badiiy, balki tarixiy va ijtimoiy
ahamiyatga ham ega bo'lib, o'z davrining ruhiyatini, o'zgarishlarni va kelajakni tasvirlashda muhim
rol o'ynaydi.
Xulosa
Abdulhamid Cho‘lponning "Kecha va Kunduz" romani o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin
tutadi. Asarda xalq va jamiyat hayotidagi ziddiyatlar, mehnatkash xalqning, xususan, xotin-
qizlarning og‘ir hayoti jonli voqealar va yorqin obrazlar orqali ta’sirli tasvirlangan. Romandagi
har bir qahramon, bosh obrazdan tortib epizodik personajlargacha, badiiy-tasviriy vositalar
yordamida yorqin va ishonarli ifodalangan. Asarda "kecha" va "kunduz" metaforalari orqali
o‘tmish va kelajak, zulmat va yorug‘lik, umidsizlik va umid kabi tushunchalar ramziy ma’noda
aks ettirilgan. Bu roman o‘zbek xalqining tarixini, uning adolat, erkinlik va taraqqiyotga intilishini
chuqur tushunishga yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
39
REFERENCES
1.
Abdulhamid Cho‘lpon. “Kecha va Kunduz” – Ziyouz.com.
2.
“Abdulhamid Cho‘lponning ‘Kecha va Kunduz’ romanidagi ijtimoiy-insoniy munosabatlar
lisoniy tahlil ob’ekti sifatida” – Samxorfil.uz.
3.
“Kecha va Kunduz” asarining psixologik tahlili – Azkurs.org.