Authors

  • Umida Kamolova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70555

Keywords:

aruz chizma doston texnologiya ohang tahlil talqin tavsiya bayt shakl mazmun mohiyat.

Abstract

Alisher Navoiyning “Xamsa” asari turkiy tilda yozilgan muhim asar bo‘libgina qolmay, shakl va mazmun jihatidan mutanosib yaxlit asar hisoblanadi. Shuning barobarida ayni paytga qadar o‘z ahamiyatini, badiiy qimmatini yo‘qotmagan ma’naviy meros hamdir. She’riyatda vazn, undan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish shoirdan yuksak mahoratni talab qiladi. Alisher Navoiy ana shunday benazir ijodkordir. Mazkur maqolada uning ijodiga murojaat qilinib, turli ta’limiy texnologiyalar asosida “Xamsa” dostonlari vaznini o‘rganish va samaradorlikka erishish xususida ayrim mulohazalar bayon qilingan.

background image

71

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

“XAMSA” DOSTONLARI VAZNINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY

TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Umida Kamolova

BuxDPI mustaqil tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14968506

Annotatsiya.

Alisher Navoiyning “Xamsa” asari turkiy tilda yozilgan muhim asar

bo‘libgina qolmay, shakl va mazmun jihatidan mutanosib yaxlit asar hisoblanadi. Shuning

barobarida ayni paytga qadar o‘z ahamiyatini, badiiy qimmatini yo‘qotmagan ma’naviy meros

hamdir.

She’riyatda vazn, undan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish shoirdan yuksak mahoratni talab

qiladi. Alisher Navoiy ana shunday benazir ijodkordir. Mazkur maqolada uning ijodiga

murojaat qilinib, turli ta’limiy texnologiyalar asosida “Xamsa” dostonlari vaznini o‘rganish va

samaradorlikka erishish xususida ayrim mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

aruz, chizma, doston, texnologiya, ohang, tahlil, talqin, tavsiya, bayt,

shakl, mazmun, mohiyat.

РОЛЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ИЗУЧЕНИИ ЗНАЧЕНИЯ

ПОСЛАНИЯ «ХАМСА»

Аннотация.

Произведение Алишера Навои «Хамса» – это не только важное

произведение, написанное на тюркском языке, но и стройное целое произведение по

форме и содержанию. В то же время это еще и духовное наследие, не потерявшее своего

значения и художественной ценности.

Вес в поэзии, правильное и уместное его использование требуют от поэта

высокого мастерства. Алишер Навои – такой уникальный художник. В данной статье,

ссылаясь на его работу, на основе различных образовательных технологий изложены

некоторые комментарии по изучению веса эпоса «Хамса» и достижению

эффективности.

Ключевые слова:

аруз, рисунок, эпос, технология, тон, анализ, интерпретация,

рекомендация, строфа, форма, содержание, суть.

THE ROLE OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN STUDYING THE

IMPORTANCE OF THE "KHAMSA" EPISTLE

Abstract.

Alisher Navoi's work "Khamsa" is not only an important work written in the

Old Turkish language, but it is also a well-balanced work in terms of form and content. At the

same time, it is also a spiritual heritage that has not lost its importance and artistic value.

Weight in poetry, its correct and appropriate use requires high skill from the poet.

Alisher Navoi is such a unique artist. In this article, referring to his work, on the basis of various


background image

72

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

educational technologies, some comments on learning the weight of "Khamsa" epics and

achieving efficiency are stated.

Keywords:

aruz,

drawing,

epic,

technology,

tone,

analysis,

interpretation,

recommendation, stanza, form, content, essence.

Alisher Navoiyning “Xamsa” asari Sharq she’riyatining noyob adabiy durdonalari orasida

alohida o‘rin egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilariga Adabiyot

darsida mazkur asarni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish tavsiya etilgan. Ushbu mavzuning

mazmun-mohiyatini, asarning vazn tahlili orqali ifodali o‘qishga o‘rgatishda didaktik usul hamda

ta’limiy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

“Bumerang” texnologiyasi talabiga ko‘ra, dastavval sinf o‘quvchilari kichik guruhlarga

ajratiladi. “Xamsa” asari besh dostondan tarkib topganini inobatga olib, har biri besh nafardan

beshta guruh shakllantirilishi joiz. Undagi ishtirok etuvchilarning har qaysi 1, 2, 3, 4, 5-raqamli

qatnashchi sifatida belgilanadi. Guruhlarni nomlashda dostonlar nomidan foydalanish maqsadga

muvofiq:

1-guruh

2-guruh

3-guruh

“Hayrat ul-abror” “Farhod va Shirin” “Layli va Majnun”

4-guruh 5-guruh

“Sab’ai sayyor” “Saddi Iskandariy”

Kichik guruhlar shakllantirilgach, oʻquvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi

bilan tanishtiriladi. Ya’ni “Xamsa” tarkibidagi dostonlarning vaznini tahlil qilish, ifodali o‘qish

muhimligi uqtiriladi.

Keyingi o‘rinda o‘quvchilarga dostonlar tarkibidan baytlar taqdim qilinadi. Jumladan,

1.

Boshni fido ayla ato qoshig‘a,

Jismni qil sadqa ano boshig‘a.

2.

Hunarni asrabon netgumdir oxir,

Olib tufroqqamu ketgumdir oxir.

3.

Kim ul kecha Qays zori bedil,

Kim bo‘ldi qabila sori moyil.

4.

Yetti kox ichra yetti farzona

Degali hikmatingdin afsona.

5.

Agar qilmadi el himoyat sanga,

O‘zungdin keraktur shikoyat sanga.

Navbatdagi jarayonda har qaysi guruhga topshiriq sifatida berilgan baytlar o‘sha guruh

a’zolari tomonidan yakka tartibda tahlil qilinadi. Masalan, 1-baytni “Hayrat ul-abror”, 2-baytni


background image

73

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

“Farhod va Shirin”, 3-baytni “Layli va Majnun”, 4-baytni “Sab’ai sayyor”, 5-baytni “Saddi

Iskandariy” deb nomlangan guruh vakillari aruz nazariyasi talablariga binoan:

-baytlarni hijolarga ajratishi;

-taqte’sini hosil qilishi;

-afoyil-u tafoyilini topishlari zarur.

Topshiriq bajarilgach, 1-raqamli ishtirokchilar bir guruhda, 2-raqamli o‘quvchilar yana

bir guruhda, shu tariqa har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi. Ularning har biri

guruh ichida navbati bilan tahlil qilgan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga

soʻzlab beradilar, tushuntiradilar. Bunda har bir bosqichning vaqt mezoni o‘qituvchi tomonidan

nazorat qilib boriladi.

Shundan so‘ng yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar.

Avvalgidek shartli ravishda shakllantirilgan “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli

va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” guruhlari qayta tiklanadi. Oʻquvchilar

tomonidan barcha matnlar qay darajada tahlil qilingani, oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida

oʻqituvchi oʻquvchilarga tahlillarni ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi topshiriladi. Natijada

quyidagi ko‘rinish hosil bo‘lishi muhim:

1.

Bosh-ni fi-do │ ay-la a-to │qo-shi-g‘a,

Jis-m(i)-ni qil│ sad-qa a-no│ bo-shi-g‘a.

V V − │ − V V − │ − V −

muftailun │ muftailun │foilun

Sari’yi musaddasi matviyi makshuf

2.

Hu-nar-ni as│-ra-bon net-gum│-di-r o-xir,

O-lib tuf-roq│-qa-mu ket-gum│-di-r o-xir.

V − − − │ V − − − │ V − −

mafoiylun │ mafoiylun │ fauvlun

Hazaji musaddasi mahzuf

3.

Kim ul ke│-cha Qay-s(i) zo│-ri be-dil,

Kim bo‘l-di│ qa – bi - la so-│ri mo-yil.

− V│ V − V − │ V − −

maf’uvlu │ mafoilun │ fauvlun

Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

4.

Yet-ti ko-x ich│-ra yet - ti far│-zo-na


background image

74

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

De-ga-li hik│-ma-ting-di-n af-│so-na.

foilotun │ V − V − │− −

Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’

5.

A – gar qil-│ma-di el │hi-mo-yat│ sa-nga,

O‘-zung-din │ke-rak-tur│shi-ko-yat│ sa-nga.

V − − │ V − − │ V − − │ V –

mafoiylun │mafoiylun│mafoiylun│faal

Mutaqoribi musammani mahzuf

Yana bir muhim didaktik usullardan biri “Konseptual jadval” metodidir. Uni quyidagicha

shakllantirish mumkin:

“Hаyrаt ul-

аbror”

“Fаrhod vа

Shirin”

“Lаyli vа

Mаjnun”

“Sаb’аi

sаyyor”

“Sаddi

Iskаndаriy”

Vаzni

Аfoyili

Tаqte’

belgisi

O‘quvchilarga jadval ko‘rinishidagi ushbu topshiriq taqdim qilingach, ularga to‘ldirish

vazifasi topshiriladi. Uning to‘liq holatida quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

“Hаyrаt ul-

аbror”

“Fаrhod vа

Shirin”

“Lаyli vа

Mаjnun”

“Sаb’аi

sаyyor”

“Sаddi

Iskаndаriy”

Vаzni

Sаriyi

musаddаsi

mаtviyi

mаkshuf

Hаzаji

musаddаsi

mаhzuf

Hаzаji

musаddаsi

аxrаbi

mаqbuzi

mаhzuf

Xаfifi

musаddаsi

mаxbuni

mаhzuf

Mutаqoribi

musаmmаni

mаhzuf

Аfoyili

Muftаilun

muftаilun

foilun

Mаfoiylun

mаfoiylun

fаuvlun

mаf’uvlu

mаfoilun

fаuvlun

foilotun

mаfoilun

fаilun

Fаuvlun

fаuvlun

fаuvlun

fааl

Tаqte’

belgisi

– V V –

– V V –

– V –

V – – –

V – – –

V – –

– – V

V – V –

V – –

– V – –

V – V –

V V –

V – –

V – –

V – –

V –


background image

75

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

“Demak, Alisher Navoiyning “Xamsa”siga kirgan dostonlardan “Hayrat ul-abror”ning

vazni sari’ bahridan, “Laylo-vu Majnun”, Farhod-u Shirin”ning vaznlari hazaj bahridan,

“Sab’ayi sayyora” vazni hafif bahridan bo‘lib, “Saddi Iskandariy”niki esa mutaqorib bahridandir.

Sari’ bahri pand-u nasihat ohangiga ega bo‘lgan bahr bo‘lgani uchun Alisher Navoiy o‘z

“Xamsa”sining o‘gitdan iborat birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”ni sari’i musaddasi matviyi

mavquf va makshuf vaznida yozgan. “Laylo-vu Majnun”, Farhod-u Shirin”ning vaznlari ham

she’rga ishqiy kechinmalarga mos ritm bag‘ishlaydi. “Sab’ayi sayyora” qolgan dostonlarga

nisbatan yengil ruhdagi dostondir. Shu sababdan uning vazni ham asarga yengillik ohangi

beruvchi hafif bahridandir. Mutaqorib bahri jangovarlik ohangiga ega bo‘lganligi uchun “Saddi

Iskandariy” dostoni shu bahrga oid vaznda yozilgan” [4, 123].

Xulosa o‘rnida aytish joizki, “Navoiy vazni asar mazmuniga, bayt ma’nosiga, tasvir va

fikr izchilligiga, sira xalaqit bermaydi, balki yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra mazmunni

kuchaytirishga, asarda ifoda qilinayotgan fikrning ta’sirchanligini oshirishga yordamlashuvchi

vositadir”[4,123]. Mazkur jihatni o‘quvchilar ong-u shuuriga singirish, “Xamsa”dagi dostonlar

vaznini to‘g‘ri va xatosiz tahlil qilish, shuningdek, ifodali o‘qishga o‘rgatish jarayonida

“Bumerang” texnologiyasi va “Konseptual jadval” metodining tanlanishi dars samaradorligining

muhim omillaridan biridir.

REFERENCES

1.

Бобур. Мухтасар. Тошкент.: “Фан”, 1971. 413 б.

2.

Навоий А. Мезон ул-авзон // Навоий А. Асарлар. 15 томлик. 14-том. Тошкент.:

Ғафур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1967. Б-133-182

3.

Олимов М. Рисолаи аруз. Тошкент.: “Ёзувчи”, 2002. Б-104

4.

Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. Б – 216

5.

To‘xliyev B. Adabiyot. 11-sinf: darslik-majmua. Toshkent: “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. B – 200

6.

Х А Ҳайитов Ғафур Ғуломнинг халқ латифаларидан фойдаланиш маҳорати.

Academic research in educational sciences 2(3), 679-687.

7.

H H Akhmadovich Khoja nasriddin afandi as people’s hero . AKADEMICIA : AN

INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11(2).1562.

8.

T. Khoja o’g’li, K H Ahmadovich Advanced Characteristiks of the Tradition of Using

Uzbek Folk Humor Art in Written Literature. Amerikan Journal of Social and

Humanitarian Research 3 (9).1-4.


background image

76

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

9.

K K Akhmadovich, NS Ubaydullayevna THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF

EDUCATIONAL INTEGRATIONS IN THE FORMATION OF INDEPENDENT

WORK IN PRIMARY GRADES.Conferencea, 66-75..

10.

K K Akhmadovich, O B Togmurodovich NEW STAGES AND PRACTICAL

CONDITIONS FOR CREATING NATIONAL TEXTBOOKS AND ALPHABET

BOOKS.Conferencea, 54-58.

11.

K K Akhmadovich, SG Badriddinnovna THE CONCERT OF READING, SPECIAL

FEATURES OF CHILDREN’S READING E Conferencea,28-33.

12.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS

OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

13.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON

EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. –

Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

14.

Ahmadov A. AFG ‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG ‘ON

MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

15.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON

MAVZUSINI

YORITISHDA

SKARABEY

TEXNOLOGIYASIDAN

FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. –

2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.

16.

Ahmadov A. SHARQSHUNOS OLIM DN LOGOFET TALQINIDA BUXORO

AMIRLIGIDA

MAORIF

VA

DINIY

SIYOSAT

MASALALARI

//"

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический

журнал. – 2024. – Т. 16. – №. 8.

17.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ

//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –

С. 57-59.

References

Бобур. Мухтасар. Тошкент.: “Фан”, 1971. 413 б.

Навоий А. Мезон ул-авзон // Навоий А. Асарлар. 15 томлик. 14-том. Тошкент.: Ғафур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1967. Б-133-182

Олимов М. Рисолаи аруз. Тошкент.: “Ёзувчи”, 2002. Б-104

Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. Б – 216

To‘xliyev B. Adabiyot. 11-sinf: darslik-majmua. Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. B – 200

Х А Ҳайитов Ғафур Ғуломнинг халқ латифаларидан фойдаланиш маҳорати. Academic research in educational sciences 2(3), 679-687.

H H Akhmadovich Khoja nasriddin afandi as people’s hero . AKADEMICIA : AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11(2).1562.

T. Khoja o’g’li, K H Ahmadovich Advanced Characteristiks of the Tradition of Using Uzbek Folk Humor Art in Written Literature. Amerikan Journal of Social and Humanitarian Research 3 (9).1-4.

K K Akhmadovich, NS Ubaydullayevna THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF EDUCATIONAL INTEGRATIONS IN THE FORMATION OF INDEPENDENT WORK IN PRIMARY GRADES.Conferencea, 66-75..

K K Akhmadovich, O B Togmurodovich NEW STAGES AND PRACTICAL CONDITIONS FOR CREATING NATIONAL TEXTBOOKS AND ALPHABET BOOKS.Conferencea, 54-58.

K K Akhmadovich, SG Badriddinnovna THE CONCERT OF READING, SPECIAL FEATURES OF CHILDREN’S READING E Conferencea,28-33.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

Ahmadov A. AFG ‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG ‘ON MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI YORITISHDA SKARABEY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.

Ahmadov A. SHARQSHUNOS OLIM DN LOGOFET TALQINIDA BUXORO AMIRLIGIDA MAORIF VA DINIY SIYOSAT MASALALARI //" ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал. – 2024. – Т. 16. – №. 8.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 57-59.