Authors

  • Matluba Xoliqova
  • Otabek Tuxtayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70573

Keywords:

boshlang‘ich sinf o‘qish darslari xalq rivoyatlari ta’lim metodikasi xalq og‘zaki ijodi milliy qadriyatlar o‘quv jarayoni.

Abstract

Mazkur maqolada, boshlang‘ich ta’lim o‘qish darslarida xalq rivoyatlaridan foydalanishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Xalq rivoyatlarining nafaqat ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, balki o‘quvchilarning tasavvurini va yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan metodik usullar tavsiflanadi. Dars jarayonida rivoyatlar yordamida o‘quvchilarga axloqiy darslar berish, ularga xalq hikmatini singdirish, va shu bilan birga tilda erkin va ravon ifodalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati yoritilgan.

background image

179

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QISH DARSLARIDA XALQ RIVOYATLARIDAN

FOYDALANISH USULLARI

Xoliqova Matluba Mardon qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti.

Telefon raqam: +99899773-36-01

xoliqovamatluba5@gmail.com

Tuxtayev Otabek Hakim o‘g‘li

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Telefon raqam: +998991540-56-26

https://doi.org/10.5281/zenodo.14976333

Annotatsiya.

Mazkur maqolada, boshlang‘ich ta’lim o‘qish darslarida xalq

rivoyatlaridan foydalanishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Xalq rivoyatlarining nafaqat

ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, balki o‘quvchilarning tasavvurini va yaratuvchanlik

qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan metodik usullar tavsiflanadi. Dars jarayonida rivoyatlar

yordamida o‘quvchilarga axloqiy darslar berish, ularga xalq hikmatini singdirish, va shu bilan

birga tilda erkin va ravon ifodalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, o‘qish darslari, xalq rivoyatlari,

ta’lim metodikasi, xalq

og‘zaki ijodi, milliy qadriyatlar, o‘quv jarayoni.

МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НАРОДНЫХ СКАЗОК НА УРОКАХ

НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются эффективные методы

использования народных сказок на уроках чтения в начальной школе. Описаны

методические приемы, направленные не только на пропаганду духовных ценностей, но и

на повышение воображения и творческих способностей учащихся к народным

повествованиям. В ходе урока была подчеркнута важность преподавания студентам

уроков нравственности, привития народной мудрости и одновременно формирования

навыков свободного и беглого высказывания на языке.

Ключевые слова:

начальная школа, уроки чтения, народные сказки, методика

обучения, народное устное творчество, национальные ценности, образовательный

процесс.

METHODS OF USING FOLK TALES IN PRIMARY EDUCATION LESSONS

Abstract.

This article examines effective methods of using folk tales in primary education

lessons. Methodological methods of using folk tales are described, aimed not only at promoting

spiritual values, but also at increasing the imagination and creative abilities of students. The


background image

180

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

importance of using tales to teach students moral lessons during the lesson, instilling folk

wisdom in them, and at the same time forming the skills of free and fluent expression in the

language is highlighted.

Keywords:

primary school, reading lessons, folk tales, teaching methodology, folk oral

literature, national values, educational process.

KIRISH.

Hozirgi ta’lim tizimida, o‘quvchilarning bilim olish jarayonida turli metod va

usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shular qatorida xalq rivoyatlari, o‘ziga xos

tarbiyaviy va didaktik xususiyatlari bilan ta’lim jarayonida samarali vosita sifatida qaraladi. Xalq

rivoyatlari nafaqat, o‘zbek xalqining boy madaniyati va an’analarini o‘rgatishda, balki

o‘quvchilarga adabiyot, til va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bu

maqolada, boshqacha qilib aytganda, xalq rivoyatlarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishi, ular

orqali o‘quvchilarga qimmatli bilimlar berish usullari va usuliy yondashuvlar haqida so‘z boradi.

Rivoyatlar, o‘zining mazmuni va shakli orqali, o‘quvchilarga nafaqat axloqiy saboqlarni, balki

dunyoqarashni kengaytirish, mustahkamlash va tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam

beradi. Xalq rivoyatlari orqali ta’lim jarayonini yanada samarali va mazmunli qilish usullarini

tahlil qilishdir.

ASOSIY QISM.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qish darslarida xalq rivoyatlaridan foydalanish

usullari tadqiqot metodologiyasi keng ko‘lamli va kompleks jarayonni tashkil etadi. Bu tadqiqot

metodologiyasining maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish darslarida xalq

rivoyatlaridan foydalanish orqali ularning adabiy tushunchalari, til, madaniyat va axloqiy

qadriyatlarni shakllantirishni o‘rganishdir. Boshlang‘ich ta’limda xalq rivoyatlari va ularning

ta’lim jarayoniga ta’siri haqida so‘z yuritiladigan maqola ta’lim metodikasining yangi

yo‘nalishlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Rivoyatlar, folklorning eng keng tarqalgan

turlaridan biri sifatida, o‘quvchilarni nafaqat axloqiy tarbiya berishga, balki ularning

tasavvurlarini, obrazli fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi.

1.

Xalq rivoyatlarining ta’limdagi roli

Xalq rivoyatlari o‘zida milliy qadriyatlar, tarixiy voqealar va axloqiy darsarni

mujassamlashtirgan bo‘lib, ularni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishda keng qo‘llash imkoniyatlari

mavjud. Rivoyatlar o‘quvchilarni nafaqat yodlashga, balki mavzuni chuqurroq anglashga ham

o‘rgatadi. Ular, ayniqsa, axloqiy va estetik qadriyatlarni oshirishda samarali vosita sifatida

qaraladi.

2.

Xalq rivoyatlarini o‘qitishda qo‘llash usullari

O‘qituvchilar xalq rivoyatlaridan foydalangan holda darslarni yanada jonli va qiziqarli

qilishlari mumkin. Masalan, rivoyatlarni o‘quvchilarga o‘qib berish, ularga asoslangan savollarni


background image

181

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

berish, yoki ularga mos mashqlarni bajarish orqali o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undash

mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, ularning nutqini, eslab qolish qobiliyatini va tanqidiy fikrlash

ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

3.

Xalq rivoyatlari va o‘quvchilarning ruhiy holati

Rivoyatlar o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytiradi, ularni o‘z-o‘zini anglashga,

insoniy qadriyatlarni tushunishga undaydi. Shu bilan birga, turli folklor hikoyalari bolalar

ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ularning har birida biror axloqiy masala yoki

hayotiy saboq bor.

4.

Xalq rivoyatlarining darslarni turlicha tashkil qilishda o‘rni

Rivoyatlarni o‘qish va ular orqali darslarni o‘tkazish o‘quvchilarga turli yo‘nalishlarda

ta’lim olish imkonini beradi. Masalan, adabiyot, til o‘qitish, ijtimoiy fanlar, tarix va badiiy yozuv

sohalarida rivoyatlarni qo‘llash mumkin.

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi quyi sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan

samarali foydalanilganda bu darajaga erishish engil amalga oshadi. O‘rta umumiy ta’limning

birinchi bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning bilim egallashga bo‘lgan

qiziqishlari, havasi asosida aqliy qobiliyatlari shakllantiriladi. Aqliy kamolotga uyg‘un tarzda

o‘quvchilarning ma’naviy dunyosi boyitiladi. Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi.

O‘quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak did, fahm-farosat, nafis his-tuyg‘ular rivojlanib

boradi. Boshlang‘ich sinflardayoq iqtisodiy va ekologik tushuncha, ko‘nikma va malakalar tarkib

topib boshlaydi.

Ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning har tomonlama kamol topishiga

e’tibor qaratiladi. [1].

Rivoyatlar mazmun yo‘nalishiga ko‘ra tarixiy voqelar, ularda ishtirok etgan shaxslar

jasorati yoki xiyonati asosida yoki yurtimiz viloyatlaridagi o‘rin-joylarning nomlanishini

izohlash maqsadida yaratilgan turlarga bo‘linadi. Tarixiy rivoyatlarda To‘maris, Shiroq,

Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi yurti ozodligi va mustaqilligi uchun

jonini qurbon qilgan el farzandlari mardligi, shu bilan birga o‘zining o‘tkinchi hirsiy nafsi

yo‘lida vataniga xiyonat qilgan Dalvarzin, Guldursunga o‘xshagan xiyonatkor shaxslar

kirdikorlari hikoya qilinadi.

Mard, jasurlarning ishlari ham, xoinlarning xiyonati ham unutilmaydi. O‘zbekiston –

dunyoda o‘zining ilmiy kashfiyotlari, fan rivojiga qo‘shgan hissalari, badiiy ijodda yaratgan

asarlari bilan mashhur farzandlar yurti. Imom Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy,

Behzod, Boburdek ulug‘ insonlar nomini sharaflovchi o‘nlab rivoyatlar xalq qalbida saqlanib

kelmoqda. [2].


background image

182

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda bolalar

adabiyoti ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi. Boshlang‘ich sinflarda ayrim bolalar

nutq madaniyati boshqa bolalarga qaraganda birmuncha yaxshi bo‘ladi. [3].

Rivoyatlar mavzu doirasidan tahlil va misollar bilan yoritiladi. Rivoyatlarni o‘rganish

doimo yosh avlod uchun qiziqarli va muhim manba hisoblanadi. Asrlar davomida xalq og‘zaki

ijodi doim hamma uchun birdek zavqli va kerakli badiiy asar bo‘lib qolaveradi. [4].

Rivoyat tarixiy voqealarni aniqlashda qo‘shimcha manba vazifasini o‘taydi. Bu xususiyat

rivoyat janrini afsonaga tenglashtiradi. Biroq u har ikkisining mustaqil janrlar ekanini inkor

etmaydi. Janrning farqli jihati xayoliy emas, hayotiy uydurmalarga asoslanganidadir. Har ikkisi

ham ma’rifiy ahamiyatga ega. Hikoya qilish uslubi rivoyat janrining muhim xossalaridan biridir.

Rivoyat nasriy bayonga asoslangan bo‘ladi [5].

XULOSA.

Boshlang‘ich ta’limda xalq rivoyatlari o‘qish darslariga kiritish,

o‘quvchilarning madaniy va axloqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Xalq

rivoyatlari o‘quvchilarga nafaqat milliy merosni, balki xalq pedagogikasining asosiy

qadriyatlarini ham o‘rgatadi. Shu bilan birga, bu usul o‘quvchilarning tasavvuri, fikrlash va nutq

madaniyatini rivojlantiradi. Xalq rivoyatlari yordamida darslarni jonli, qiziqarli va mazmunli

qilish mumkin, bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Xalq rivoyatlarini

faqat o‘qituvchidan eshitish emas, balki o‘quvchilarga o‘z rivoyatlarini yaratish va bir-biriga

hikoya qilish imkoniyatini berish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.

REFERENCES

1.

Saydullayeva N.K “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashda, xalq og‘zaki

ijodidan foydalanish”, Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023 B.465.

2.

Kubayeva N.A “Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy

ahamiyati”.Ta’lim fidoyilari ISSN: 2180-2130 VOL.1, ISSUE 1 APRIL (2022) B.461.

3.

Saydulloyeva Sh.M “O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda tez aytishning ahamiyati”

Science and society Наука и обўество Fan va jamiyat. 2024. B.114.

4.

Olimova N “Xalq og‘zaki ijodining boshlang‘ich sinflardagi tarbiyaviy ahamiyati”,

“Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot” nomli ilmiy,

masofaviy, online konferensiya”. B.49.

5.

Usmonaliyeva X.N “O‘zbek xalq rivoyatlari va afsonalari to‘g‘risida”, “Zamonaviy

dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn

konferensiya”. B.13.

References

Saydullayeva N.K “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashda, xalq og‘zaki ijodidan foydalanish”, Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023 B.465.

Kubayeva N.A “Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati”.Ta’lim fidoyilari ISSN: 2180-2130 VOL.1, ISSUE 1 APRIL (2022) B.461.

Saydulloyeva Sh.M “O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda tez aytishning ahamiyati” Science and society Наука и обўество Fan va jamiyat. 2024. B.114.

Olimova N “Xalq og‘zaki ijodining boshlang‘ich sinflardagi tarbiyaviy ahamiyati”, “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot” nomli ilmiy, masofaviy, online konferensiya”. B.49.

Usmonaliyeva X.N “O‘zbek xalq rivoyatlari va afsonalari to‘g‘risida”, “Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya”. B.13.