Authors

  • Chinnixol Boysunova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70580

Keywords:

“Boburnoma” adabiy va estetik qiymati tarixchilar va adabiyotshunoslar madaniy ijtimoiy va siyosiy voqealar tarixiy yodgorlik adabiy ahamiyati.

Abstract

Ushbu maqolada “Boburnoma” asarining tarixiy va adabiy jihatlari tahlil qilinadi. Bobur Mirzo tomonidan yozilgan bu asar, nafaqat uning shaxsiy hayoti va siyosiy faoliyatini, balki oʻz davrining madaniy, ijtimoiy va siyosiy voqealarini ham yoritib beradi. Maqolada asarning yozilish tarixi, uning adabiy xususiyatlari, tarixiy manba sifatidagi ahamiyati va madaniyatga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, maqola “Boburnoma”ning zamonaviy tadqiqotlarda qanday baholanishi va uning bugungi kunda oʻrganilishiga oid masalalarni koʻrib chiqadi. Asar, tarixchilar va adabiyotshunoslar uchun bebaho manba boʻlib, uning tahlili oʻzbek va jahon madaniyatiga qoʻshgan hissasini anglashda katta ahamiyatga ega.

background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

33

“BOBURNOMA” TARIXIY – ADABIY MEMUAR ASAR

Boysunova Chinnixol Raham qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14976860

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Boburnoma” asarining tarixiy va adabiy jihatlari tahlil

qilinadi. Bobur Mirzo tomonidan yozilgan bu asar, nafaqat uning shaxsiy hayoti va siyosiy

faoliyatini, balki oʻz davrining madaniy, ijtimoiy va siyosiy voqealarini ham yoritib beradi.

Maqolada asarning yozilish tarixi, uning adabiy xususiyatlari, tarixiy manba sifatidagi

ahamiyati va madaniyatga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, maqola

“Boburnoma”ning zamonaviy tadqiqotlarda qanday baholanishi va uning bugungi kunda

oʻrganilishiga oid masalalarni koʻrib chiqadi. Asar, tarixchilar va adabiyotshunoslar uchun

bebaho manba boʻlib, uning tahlili oʻzbek va jahon madaniyatiga qoʻshgan hissasini anglashda

katta ahamiyatga ega.

Kalit soʻzlar:

“Boburnoma”, adabiy va estetik qiymati, tarixchilar va adabiyotshunoslar,

madaniy, ijtimoiy va siyosiy voqealar, tarixiy yodgorlik, adabiy ahamiyati.

Аннотация.

В статье анализируются историко-литературные аспекты

произведения «Бобурнома». В этом произведении, написанном Бабуром Мирзой,

освещаются не только его личная жизнь и политическая деятельность, но и культурные,

общественные и политические события его времени. В статье дается подробная

информация об истории написания произведения, его литературных особенностях,

значении как исторического источника и влиянии на культуру. В статье также

рассматривается, как оценивается «Бобурнома» в современных исследованиях, и

проблемы, связанные с ее изучением сегодня. Произведение является бесценным

источником для историков и литературоведов, а его анализ имеет большое значение для

понимания его вклада в узбекскую и мировую культуру.

Ключевые слова

: «Бобурнома», литературно-эстетическая ценность, историки и

литературные критики, культурные, общественные и политические события,

исторический памятник, литературное значение.

Abstract.

This article analyzes the historical and literary aspects of the work

“Boburnoma”. This work, written by Babur Mirzo, not only covers his personal life and political

activities, but also the cultural, social and political events of his time. The article provides detailed

information about the history of the work, its literary features, its significance as a historical

source and its impact on culture. The article also examines the assessment of “Boburnoma” in


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

34

modern research and issues related to its study today. The work is an invaluable source for

historians and literary critics, and its analysis is of great importance in understanding its

contribution to Uzbek and world culture.

Keywords:

“Boburnoma”, literary and aesthetic value, historians and literary critics,

cultural, social and political events, historical monument, literary significance.

Kirish.

“Boburnoma” – bu Boburning shaxsiy kundaligi, sayohatlari, janglari va oʻz

hukmronligi davomida duch kelgan turli qiyinchiliklarga oid aniq tafsilotlarni aks ettiradi. Asar,

nafaqat tarixiy manba, balki adabiy va estetik jihatdan ham qimmatli boʻlib, oʻz davrining

madaniy, siyosiy va ijtimoiy hayotini yoritishga yordam beradi. “Boburnoma” asari Zahiriddin

Muhammad Bobur oʻzining tarixiy hayoti va dunyoqarashini yoritgan juda muhim bir adabiy asar

boʻlib, nafaqat oʻz davrining, balki butun Markaziy Osiyo va Hindiston tarixining oʻziga xos

yodgorligidir. Asar, Boburning shaxsiy tajribalari, siyosiy va ijtimoiy muammolarni qanday qarshi

olishiga oid qimmatli ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. turli xalqlar, hududlar va madaniyatlar bilan

boʻlgan oʻzaro munosabatlarini ham koʻrib chiqadi. Boburnoma“ oʻzida bayon qilingan voqealar

jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524)

va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi

— temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida hamda

Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt

uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (XV asr 90- yillari), Samarqand uchun

Shayboniyxonga qarshi olib borgan jang- u jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi va nihoyat,

toj-u taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz

tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt

etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy

yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton,

Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa

Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi

qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim.

Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan

iborat. “Boburnoma”da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand,

Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi

siyosiy ahvoliga doir xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan

tubdan farq qiladi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

35

Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik

qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton

Husayn va boshqalarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikr-mulohazalari bilan ham

ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik,

jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq

va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan

xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha

katta-kichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib

borish, jang usullari, qamal holatlari, qurol-yarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir

qatorda asarda koʻplab harbiy maʼmuriy istilohlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi,

tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa,

murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, „Boburnoma“da temuriylar

qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan

tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati,

xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasb-hunari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, anʼanaviy

tadbir-marosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli

maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik

shahar, viloyatlarning jugʻrofiy-maʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq

xoʻjaligi, daryo va suv havzalari, choʻl-adirlari, togʻ, sahrolari, bogʻu -rogʻlari, tabiati, iqlimi,

hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Bobur

oʻzining hayoti va faoliyatini bayon etgan ushbu asar orqali oʻz davri, shuningdek, uning

dunyoqarashi va tarixi haqida muhim ma’lumotlar qoldirgan. “Boburnoma” nafaqat Boburning

oʻz hayoti, balki uning ajdodlari, Markaziy Osiyo, Hindiston, Afgʻoniston va boshqa mintaqalarda

yuz bergan muhim tarixiy voqealar haqida ham ma’lumot beradi. Bobur, asarda oʻzining otasi

Umarshayx Mirzo va bobosi Mirzo Ulugʻbekning faoliyatiga toʻxtalib, ularning hukmronliklarini

ham yoritadi.Asarda shuningdek, Markaziy Osiyo va Hindistondagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy

hayotning tasvirlari oʻz ifodasini topadi. Hindistonning tabiati va xalqlari haqida ham qimmatli

ma’lumotlar mavjud.Bobur, oʻzining harbiy yurishlari va davlat boshqaruvi haqida tafsilotlar

keltirgan. Uning yozganlari, faqat shaxsiy tajribasi emas, balki davlatchilikni qurish va siyosiy

strategiyalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar va xatolarga ham alohida e’tibor qaratadi.

“Boburnoma” asarining adabiy ahamiyati.

Bobur vatanimiz tarixidagi takrorlanmas

siymolardan biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim , balki mohir sarkarda va

davlat arbobi ham edi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

36

Boburdan bizga uning devonlari, “Boburnoma”si, bir qator ilmiy-tarixiy, diniy – falsafiy,

axloqiy – taʼlimiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. “Boburnoma” oʻzining janri bilan

birinchi navbatda avtobiografik xususiyatga ega boʻlib, bu oʻz davrida nisbatan yangi va noyob

janr hisoblangan. Bobur oʻz hayotini tasvirlay turib, oʻzining tarixiy va shaxsiy kuzatishlarini

birlashtirgan. Bu janrda yozilgan asar, boshqa oʻzbek klassik adabiyotlari uchun yangi adabiy

yoʻnalishlarni ochgan. Bobur “Boburnoma”ni turkcha, forscha va arabcha tillarda mukammal

oʻzlashtirgan holda yozgan. Asar turkcha boʻlsa-da, unda forscha va arabcha soʻzlar va iboralar

koʻplab uchraydi. Bu, oʻz davrida turkcha tilni yuqori darajada rivojlantirish va oʻzbek tilining

adabiy salohiyatini kengaytirishga yordam berdi. Boburning til ishlatishidagi soddalik va ifodali

tarz, asarining oʻqish va anglash uchun qulayligini ta’minlagan. “Boburnoma”da Alisher Navoiy,

Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy,

Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy,

Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar

kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan,

Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: “Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr

aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas”. “Boburnoma” XV asr oʻzbek badiiy

nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik

chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqol, matallari, iboralari, ibratli oʻgitlar,

sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi. Bobur

asarlarining ijobiy tomonlaridan biri tilining soddaligidadir. U asarlarini sodda tilda yozadi va

boshqalarni ham shunday yozishga chaqiradi. Bobur parallelizm, tazod, lof, oʻxshatish, mubolagʻa

kabi til vositalarini qoʻllaydi.Bobur xalq ogʻzaki ijodidan askiyachilik mahoratini oʻrgandi.

Natijada u omonim va polisemantik soʻzlardan hamda soʻz oʻyinlaridan ustalik bilan foydalanib

oʻzbek tilida tuyuqlarning ajoyib namunalarini yaratdi. “Boburnoma”ni hamda Boburning sheʼriy

merosini oʻrganishda oʻzbekistonlik olimlar ham salmoqli hissa qoʻshdilar. Prof. Fitrat tomonidan

tuzilgan “Oʻzbek adabiyoti namunalari” xrestomatiyasida “Boburnoma”dan parchalar, Boburning

31 gʻazali, 2 masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M. Salye “Boburnoma”ni rus tiliga toʻla tarjima

qilib, 3-marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi (S. Azimjonovaning kirish soʻzi va tahriri ostida).

P. Shamsiyev va S. Mirzayevlar tomonidan “Boburnoma”ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960)

nashri chop etildi. 1956—66 yillarda Boburning uch jildli tanlangan asarlari chop etilib, unga

Boburning sheʼriy devoni (1jild) va “Boburnoma” (2—3jildlar) kirgan. Bobur va uning ilmiy

merosini oʻrganishga S.Azimjonova katta ulush qoʻshgan. “Boburnoma”ning M.Salye tomonidan

qilingan tarjimalari uning batafsil soʻz boshisi va tahriri ostida nashr etilgan.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

37

Xulosa.

Maʼlumki Bobur oʻzbek nasrining eng buyuk adiblaridan biri hisoblanadi.

“Boburnoma” – nafaqat Boburning oʻz hayoti haqida hikoya qiluvchi bir asar, balki uning

davridagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy va adabiy vaziyatni tushunish uchun muhim tarixiy manba

boʻlib xizmat qiladi. Bobur oʻzining zamonasi, xalq va oʻziga xos adabiy qarashlari haqida juda

chuqur va murakkab fikrlarni ifodalagan. Bu asar, oʻzbek adabiyotining eng qadimiy va nufuzli

asarlaridan biri hisoblanadi. Ushbu asar orqali biz oʻsha davr muhitini, tarixini, adabiyotini va

sanʼatini bilib olishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ

НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА

ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа

доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-

методический журнал, (6), 16-19.4.

2.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

Истамова, Ш. М.

Поэтико-композиционные функции сна в художественном

произведении

(Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида

Махсудовна).

Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ

ПРОИЗВЕДЕНИЯХ.

Сборник научных статей по итогам работы Международного

научного форума

, 72.

5.

Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши ШМ Истамова - Новое слово

в науке и практике: гипотезы и …, 2017

6.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH

SINFLARDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. In

International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 59-64).

7.

Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС САНЪАТИ

АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)), 1072-1075.

8.

Maxsudovna, I. S., & Qizi, S. M. S. (2022). The role and importance of puzzles in the

development of intellectual abilities of primary school students. ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 209-213.

9.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2025). ONA TILI VA O’QISH

SAVODXONLIGI

DARSLARIDA

ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARDAN


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

38

FOYDALANISH (KAHOOT, EDUCAPLAY KABI PLOTFORMALAR MISOLIDA).

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 177-180.

10.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). O ‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA

LUG‘AT USTIDA ISHLASH USULLARI. Methods of applying innovative and digital

technologies in the educational system, 1(2), 184-186.

11.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). LUG’AT USTIDA ISHLASHNING

LINGVISTIK ASOSLARI VA VAZIFALARI. PEDAGOG, 7(6), 186-189.

12.

Sulaymonovich, S. F., & Maqsudovna, I. S. (2020). Types of lexical meanings. Journal of

Critical Reviews, 7(6), 481-484.

13.

Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION

IMAGES WATER AND FIRE.

MODERN SCIENCE

,

2181

, 3906.

14.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern

poetry.

Интернаука

, (35), 75-76.

15.

Nizomova, S. S. (2023). EXPRESSION OF WATER AND FIRE ICONS IN POEMS

CREATED IN THE DEFINITION OF PLACE IN MODERN UZBEK POETRY.

Journal of

Modern Educational. Achievements

,

8

(8), 202-206.

16.

NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM.

THE

ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD

,

1

(9), 48-54.

17.

Husenova, A., Jumayeva, M., Nizomova, S., Shokirova, M., Himoyeva, S., & Abdullayev,

S. (2024). Effectiveness of experimental work aimed at developing environmental

competence of students. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 587, p. 03025). EDP Sciences.

18.

Nizomova, S. S. (2020, August). THE SCOPE OF THE TOPICS OF THE SHARIA OF THE

INDEPENDENCE PERIOD. In

Archive of Conferences

(Vol. 4, No. 4, pp. 68-69).

19.

Nizomova, S. S. (2020, August). SHARIA'S DESCRIPTION OF THE CEREMONIAL

ATTITUDE TO WATER. In

Archive of Conferences

(Vol. 4, No. 4, pp. 65-67).

20.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February).

THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN

ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION

ORGANIZATION. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN

THE EDUCATIONAL PROCESS

"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 1-5).

21.

Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF

WATER IN MODERN UZBEK POETRY.

YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL

ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS

,

3

(1), 70-75.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

39

22.

Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context.

European

Journal of Innovation in Nonformal Education

,

2

(2), 170-174.

23.

Shodiyevna, N. S., & Pokizabonu, U. Interpretative Phrases Related to Water in Modern

Poetry.

24.

Shodiyevna, N. S. (2024). The Symbol of Fire in Poem.

International Journal of Formal

Education

,

3

(4), 83-86.

25.

Nizomova, S. (2020). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA SUV VA OLOV BILAN BOG ‘LIQ

OBRAZLARNI IFODALASH AN’ANASI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

2

(2).

26.

Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING

OBRAZLANTIRILISHI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

8

(8).

27.

Nizomova, S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION

IMAGES WATER AND FIRE.

Modern Science and Research

,

3

(10), 171-175.

28.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February).

THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN

ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION

ORGANIZATION. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN

THE EDUCATIONAL PROCESS

"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 1-5).

29.

Nizomova, S. S. (2023). EXPRESSION OF WATER AND FIRE ICONS IN POEMS

CREATED IN THE DEFINITION OF PLACE IN MODERN UZBEK POETRY.

Journal of

Modern Educational Achievements

,

8

(8), 202-206.

30.

Nizomova, S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION

IMAGES WATER AND FIRE.

Modern Science and Research

,

3

(10), 171-175.

31.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February).

THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN

ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION

ORGANIZATION. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN

THE EDUCATIONAL PROCESS

"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 1-5).

32.

Nizomova, S. S. (2021). Images In Modern Uzbek Poetry.

Psychology and Education

Journal

,

58

(1), 754-758.

33.

Nizomova, S. S. (2020). MODERN POETRY. In

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ

(pp. 89-90).

34.

Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION

IMAGES WATER AND FIRE.

MODERN SCIENCE

,

2181

, 3906.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

40

35.

Husenova, A., Jumayeva, M., Nizomova, S., Shokirova, M., Himoyeva, S., & Abdullayev,

S. (2024). Effectiveness of experimental work aimed at developing environmental

competence of students. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 587, p. 03025). EDP Sciences.

36.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern

poetry.

Интернаука

, (35), 75-76.

37.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern

poetry.

Интернаука

, (35), 75-76.

38.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI

DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA

TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

(Ilmiy

maqolalar

to’plami): ABDUNAZAR

POYONOVNING

KUYLAGAN

“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.

Buxoro davlat

pedagogika instituti jurnali

,

4

(4).

39.

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI

ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY

ASOSLARI.

40.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS

OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.

Modern Science and Research

,

3

(9),

170-177.

41.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF

IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY

CULTURE.

Modern Science and Research

,

3

(9), 148-155.

42.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN

ABDULLA QAHHOR'S STORIES.

Modern Science and Research

,

3

(9), 156-162.

43.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).

44.

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical

analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In

E3S

Web of Conferences

(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

45.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

41

46.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

47.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

48.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

49.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O ‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).

50.

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

51.

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN

THE CLASSROOM.

УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА

, (11), 69.

52.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR.

53.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI”

MAROSIMI TASVIRI.

54.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".

MIDDLE EUROPEAN

SCIENTIFIC BULLETIN

.

References

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (6), 16-19.4.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

Истамова, Ш. М. Поэтико-композиционные функции сна в художественном произведении (Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида Махсудовна).

Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума, 72.

Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши ШМ Истамова - Новое слово в науке и практике: гипотезы и …, 2017

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 59-64).

Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС САНЪАТИ АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)), 1072-1075.

Maxsudovna, I. S., & Qizi, S. M. S. (2022). The role and importance of puzzles in the development of intellectual abilities of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 209-213.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2025). ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH (KAHOOT, EDUCAPLAY KABI PLOTFORMALAR MISOLIDA). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 177-180.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). O ‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH USULLARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 184-186.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). LUG’AT USTIDA ISHLASHNING LINGVISTIK ASOSLARI VA VAZIFALARI. PEDAGOG, 7(6), 186-189.

Sulaymonovich, S. F., & Maqsudovna, I. S. (2020). Types of lexical meanings. Journal of Critical Reviews, 7(6), 481-484.

Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION IMAGES WATER AND FIRE. MODERN SCIENCE, 2181, 3906.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern poetry. Интернаука, (35), 75-76.

Nizomova, S. S. (2023). EXPRESSION OF WATER AND FIRE ICONS IN POEMS CREATED IN THE DEFINITION OF PLACE IN MODERN UZBEK POETRY. Journal of Modern Educational. Achievements, 8(8), 202-206.

NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(9), 48-54.

Husenova, A., Jumayeva, M., Nizomova, S., Shokirova, M., Himoyeva, S., & Abdullayev, S. (2024). Effectiveness of experimental work aimed at developing environmental competence of students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 03025). EDP Sciences.

Nizomova, S. S. (2020, August). THE SCOPE OF THE TOPICS OF THE SHARIA OF THE INDEPENDENCE PERIOD. In Archive of Conferences (Vol. 4, No. 4, pp. 68-69).

Nizomova, S. S. (2020, August). SHARIA'S DESCRIPTION OF THE CEREMONIAL ATTITUDE TO WATER. In Archive of Conferences (Vol. 4, No. 4, pp. 65-67).

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February). THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 1-5).

Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF WATER IN MODERN UZBEK POETRY. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 3(1), 70-75.

Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context. European Journal of Innovation in Nonformal Education, 2(2), 170-174.

Shodiyevna, N. S., & Pokizabonu, U. Interpretative Phrases Related to Water in Modern Poetry.

Shodiyevna, N. S. (2024). The Symbol of Fire in Poem. International Journal of Formal Education, 3(4), 83-86.

Nizomova, S. (2020). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA SUV VA OLOV BILAN BOG ‘LIQ OBRAZLARNI IFODALASH AN’ANASI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2(2).

Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING OBRAZLANTIRILISHI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).

Nizomova, S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION IMAGES WATER AND FIRE. Modern Science and Research, 3(10), 171-175.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February). THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 1-5).

Nizomova, S. S. (2023). EXPRESSION OF WATER AND FIRE ICONS IN POEMS CREATED IN THE DEFINITION OF PLACE IN MODERN UZBEK POETRY. Journal of Modern Educational Achievements, 8(8), 202-206.

Nizomova, S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION IMAGES WATER AND FIRE. Modern Science and Research, 3(10), 171-175.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February). THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 1-5).

Nizomova, S. S. (2021). Images In Modern Uzbek Poetry. Psychology and Education Journal, 58(1), 754-758.

Nizomova, S. S. (2020). MODERN POETRY. In ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ (pp. 89-90).

Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION IMAGES WATER AND FIRE. MODERN SCIENCE, 2181, 3906.

Husenova, A., Jumayeva, M., Nizomova, S., Shokirova, M., Himoyeva, S., & Abdullayev, S. (2024). Effectiveness of experimental work aimed at developing environmental competence of students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 03025). EDP Sciences.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern poetry. Интернаука, (35), 75-76.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern poetry. Интернаука, (35), 75-76.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA (Ilmiy maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN “ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE. Modern Science and Research, 3(9), 170-177.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY CULTURE. Modern Science and Research, 3(9), 148-155.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES. Modern Science and Research, 3(9), 156-162.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN THE CLASSROOM. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА, (11), 69.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish". MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN.