2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
79
O’QUVCHILARNING KREATIV
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA
PINBORD CARDS USULIDAN FOYDALANISH
Abdushukurova Nazokat Abdug’affor qizi
Toshkent KIMYO xalqaro universiteti II-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14994725
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ijodkor o’quvchining shakillanishiga turtki bo’ladigan
pedagogik xususiyatlari keltirib o’tilgan. P.Torrensning kreativlikni baholash uchun bir qancha
fikrlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Kreativlik,
pedagogik xususiyatlari ,P.Torrens, tanqidiy fikrlash, pinbord
cards.
Аннотация.
В данной статье приведены педагогические особенности,
способствующие формированию творческого ученика. Несколько идей Торренса для оценки
креативности освещены.
Ключевые слова:
креативность, педагогические особенности, Торренс,
критическое мышление, карточки для досок
Abstract. This article presents the pedagogical features that contribute to the formation of
a creative student. Several of Torrence's ideas for evaluating creativity are highlighted.
Keywords:
creativity, pedagogical features, P.Torrens, critical thinking, pinbord cards.
Ta’lim jarayonida kreativlik, ya’ni ijodkorlik sifatlar, bolalarning fikrlash jarayonlarini
tizimli olib borishda yangi g’oyalarni ishlab chiqishida muhim omil hisoblanadi. Bu esa
o’quvchilarning jamiyatga foydali, innovatsion fikrlovchi shaxs bo’lib ulg’ayishida asosiy dastak
bo’lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va
ro‘yobga chiqarish”
1
kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shunga ko’ra har bir o’quvchining
shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olib uni yanada rivojlantirish va olgan bilimlarini amaliy holda
qo’llay olishi uchun zamin yaratish bir so’z bilan aytganda jamiyatning faol a’zosiga aylantirish
hozirgi kun pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 7-февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги ПФ–4947-сон Фармони // Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
80
Ma’lumki shaxs rivojlanishida o’ziga hoslik, biror bir muamoga noodatiy yondashish, har
bir voqea hodisaga o’zining mustaqil fikrini bildira olish ko’nikmalarini rivojlantirgan inson
ko’pgina natijalarga erisha olishi mumkin.
O’quvchilarning kreativ sifatlarini oshirishdan ko’zlangan maqsad, ularning ijodiy
fikrlashlarini oshirish, muammolarni yangi o’ziga xos yo’nalishda hal qilish ko’nikmalarini
rivojlantirish, o’quv jarayonidagi faolligini ko’paytirish, tassavurini boyitishdan iborat. Shu
o’rinda ta’lim jarayonida ijodkor o’quvchini rivojlantirish masalasi yuzaga keladi. Ijodkorlik – bu
shaxsning asl mahsulot yoki yechim topish istagi. Istak va tasavvur hissi ijodkorlikning asosiy
so’zlaridir. Sternberg va Lubart (1998) fikrlariga ko‘ra, faqat ijodkorlik uchun o‘ziga xoslik yetarli
emas. Torrance (1988) esa ijodkorlikni quyidagicha ta’riflagan: “Qiyinchiliklar, muammolar,
ma’lumotlardagi bo’shliqlar, yetishmayotgan elementlar, qandaydir qiyshiq narsalarni sezish
jarayoni: bu kamchiliklar haqida taxmin qilish va gipotezalarni shakllantirish; bu taxmin va
gipotezalarni baholash va tekshirish; ehtimol ularni qayta ko‘rib chiqish va qayta sinovdan
o’tkazish va nihoyat natijalarni e’lon qilish”
2
.
Kreativ fikrlash va kundalik hayotdagi muammoni topish hamda ularni hal qila olish
ko’nikmasini qaysi davlat o’quvchilarida yuqori ekanligini quyidagi statistik ma’lumot orqali
bilishimiz mumkin. Singapur, Koreya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Estoniya va
Finlyandiya ijodiy fikrlash bo’yicha eng yuqori natijalarga erishgan ta’lim tizimiga ega davlatlar
hisoblanadi. Ma’lumotga ko’ra ushbu davlatlar o’rtacha 36 ball yoki undan yuqori to’plashadi.
OECD o’rtacha ko’rsatkichidan ancha yuqori (33ball). Singapurlik o’quvchilar ijodiy fikrlash
bo’yicha o’rtacha 41 ball to’plashadi
3
.
O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga
oshiriladi.
1.Ijodiy faoliyat uchun motivatsiyani rivojlantirish prinsipi;
2.O’z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish prinsipi;
3.Ijodiy faoliyatning ustuvorligi prinsipi;
4.Pedagogik jarayonni va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini muvofiqlashtirish
prinsipi;
5.O’quvchilarning mustaqilligi va ijodini ta’minlaydigan ta’lim shakllarini tanlash prinsipi;
2
Muhammadjonova Feruzaxon Rustamjon qizi Muhammadjonova O‘g‘iloy Baxodirjon qizi MAKTAB
O‘QUVCHILARIDA
IJODKORLIKNI
SHAKLLANTIRISHDA
PEDAGOGLARNING
O‘RNI
VA
ROLI/JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH VOLUME6,T-2023
22-b
3
https://www.maplebear-cee.com/pisas-new-measure-of-creative-thinking-in-education-and-canadas-leading-
position/#:~:text=On%20average%20across%20OECD%20countries,at%20or%20above%20Level%204
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
81
– ijodiy maqsadni belgilash va o‘z faoliyatini unga erishish uchun bo‘ysundirish qobiliyati;
– o‘z faoliyatini rejalashtirish,
– o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati;
– muammoni topish va hal qilish qobiliyati;
4
Aynan mana shu fazilatlar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish uchun
zarurdir.
Xalqaro satistika ma’lumotlariga ko’ra o’qituvchilarni kreativligini rivojlantirish uchun
zamonaviy vositalar bilan ta’minlash 25,9% zarur deb hisoblashadi. O’quv dasturini
takomillashtirish esa 19,8% ni tashkil qiladi
5
.
Ta’lim oluvchilarni kreativlikni sifatlarini baholash uchun E.P.Torrens tomonidan 1987-
yilda asoslangan shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testni tahlil qilishimiz
mumkin. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi
faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha
baholash imkoniyatini yaratadi. O’quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan
javoblar aynan mana shu to’rtta mezonni qanoatlantirishi lozim. E.P. Torrens fikricha, “kreativlik”
tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi
6
:
– muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
– farazni tekshirish va o‘zgartirish;
– qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
4
Muhabbat URALOVA O‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda texnologiya fanining o‘rni/Жамият ва
инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special, T-2022, 358-b
5
https://www.linearity.io/blog/creativity-statistics/
6
Bahtiyor Siddiqov, Erkin Abdullayev Talabalarda kreativlikni rivojlantirish/Society and innovations,T-2021
360-b
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
82
– muammo yechimini topishda bilim va seminar harakatlarning o‘zaro
qaramaqarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik.
Pinbord kartalari usuli (Pinboarda Cards)
Pinbord (ing: pin – mahkamlash, board – yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o’quv
suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat. Bu usul yordamida bayon etilgan muammoni
yechishga o’z nuqtai nazari bilan yondashish, ommaviy to’g’ri tashkil etilgan aqliy hujumni
tashkillashtirish imkoniga ega bo’lish mumkin. O’quvchilar turli g’oyalarni taklif etadilar,
muhokma qiladilar, baholaydilar shu bialan birga eng maqbul samarali g’oyalarni tanlab,
qog’ozchaga 2 ta so’zdan ko’p bo’lmagan g’oyalarni yozib yozuv taxtasiga biriktiradilar. So’ngra
guruh a’zolaridan ishtirokchi chiqib aniq, xato yoki qaytarilgan g’oyalarni saralaydilar.
Tizimlashtirish mumkin bo’lgan g’oyalarni topadilar va belgilydilar shu belgi bo’yicha
hamma g’oyalarni yozuv taxtasida guruhlaydilar
7
. Ushbu keltirilgan usul orqali ta’lim
oluvchilarning fikrlash ko’nikmalarini o’stirishga erishiladi.
REFERENCES
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 7-февралдаги “Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги
ПФ–4947-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017
й., 6-сон, 70-модда.
2.
Muhammadjonova Feruzaxon Rustamjon qizi Muhammadjonova O‘g‘iloy Baxodirjon qizi
MAKTAB
O‘QUVCHILARIDA
IJODKORLIKNI
SHAKLLANTIRISHDA
PEDAGOGLARNING O‘RNI VA ROLI/JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC
AND EDUCATIONAL RESEARCH VOLUME6,T-2023 22-b
3.
https://www.maplebear-cee.com/pisas-new-measure-of-creative-thinking-in-education-and-
canadas-leading-
position/#:~:text=On%20average%20across%20OECD%20countries,at%20or%20above%2
0Level%204
4.
Muhabbat URALOVA O‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda texnologiya fanining
o‘rni/Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special, T-2022, 358-b
5.
https://www.linearity.io/blog/creativity-statistics/
7
https://abiturtest.uz/mavzular/talimning-pinbord-usulitexnikasi/#google_vignette
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
83
6.
1
Bahtiyor Siddiqov, Erkin Abdullayev Talabalarda kreativlikni rivojlantirish/Society and
innovations,T-2021
7.
360-b
8.
https://abiturtest.uz/mavzular/talimning-pinbord-usulitexnikasi/#google_vignette.
