ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
159
AKADEMIK MANERA VA ZAMONAVIY INDIVIDUAL YONDASHUV:
RANGTASVIR VA QALAMTASVIRDA USLUBLAR EVOLYUTSIYASI
Bozorov Furqat Qurbonovich
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomlik va dizayn instituti “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi
katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15002714
Annotatsiya.
Maqolada akademik manera va zamonaviy individual yondashuv,
shuningdek rangtasvir va qalamtasvirda uslublar evolyutsiyasi haqida o‘rganib chiqildi. Mavzu
yuzasidan aniq ma’lumotlar keltirili va tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar:
akademik manera, zamonaviy individual yondashuvlar,
uslublar
evolyutsiyasi.
АКАДЕМИЧЕСКАЯ МАНЕРА И СОВРЕМЕННЫЙ ИНДИВИДУАЛЬНЫЙ
ПОДХОД: ЭВОЛЮЦИЯ СТИЛЕЙ В ЖИВОПИСИ И РИСОВАНИИ
Аннотация.
В статье рассматривалась академическая манера и современный
индивидуальный подход, а также Эволюция стилей в живописи и карандаше. Были
представлены и проанализированы конкретные данные по теме.
Ключевые слова:
академическая манера, современные индивидуальные подходы,
эволюция стилей.
ACADEMIC MANERA AND MODERN INDIVIDUAL APPROACH: THE EVOLUTION
OF STYLES IN PAINTING AND DRAWING
Abstract.
In the article, the academic manera and the modern individual approach were
studied, as well as the evolution of styles in painting and pencil. Specific information on the topic
was brought and analyzed.
Keywords:
academic manera, modern individual approaches, evolution of styles.
Rangtasvir va qalamtasvir san’ati tarixiy ravishda san’atning eng an’anaviy va keng
tarqalgan turlaridan bo‘lib, o‘z ichiga estetik va texnik yondashuvlarni oladi. Akademik manera
va zamonaviy individual yondashuvlar orasidagi farqlar, o‘zgarishlar va ularning evolyutsiyasi
san’at tarixining rivojlanishining eng muhim bosqichlaridan biridir. Akademik manera, ya'ni
klassik san’atning o‘ziga xos yondashuvi va zamonaviy individual yondashuvlar o‘rtasidagi
farqlar rangtasvir va qalamtasvirda yangi tasviriy tillar va uslublarni yaratishga turtki bo‘lgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
160
Ushbu ikki yondashuvni taqqoslab, ularning san’atdagi o‘rni, o‘zgarishlarni qanday aks
ettirishi va san’atchilarga qanday yangi imkoniyatlar yaratishi haqida so‘z yuritamiz.
Akademik manera, XVIII va XIX asrlar davomida, klassik san’atga asoslangan texnikani
va estetikani anglatadi. Bu yondashuv, ko‘plab rassomlar tomonidan ko‘pincha qattiq va aniq
texnikalar, kompozitsion qat’iylik, go‘zallik va an’anaviy qoidalar asosida yaratilgan. Akademik
manera o‘zida o‘limga qadar mukammallikka erishish maqsadida qat’iy bilim va amaliyotlarni
talab qiladi.
Akademik manera, o‘zining uslubi va yondashuviga ko‘ra, ko‘pincha rassomning ichki
hissiyotini emas, balki tashqi dunyoni tasvirlashga qaratilgan. Uskunalar va texnikalar
mukammalligi bilan ajralib turadi va badiiy asarlarda dramatik hissiyotlar o‘rniga, go‘zallik va
tasvirning haqiqiyligi ustun bo‘ladi.
Zamonaviy san’atning rivojlanishi bilan akademik maneraga nisbatan yanada erkinroq
yondashuvlar paydo bo‘ldi. XX asrning boshlarida, klassik tasvirlash uslublari eskirgan va
san’atda yangi izlanishlar, uslublar va individual yondashuvlar rivojlanib bordi. Bu davrda, asosan
ekspressionizm, kubizm, abstraktsionizm va boshqa yangi san’at uslublari yaratildi.
Zamonaviy individual yondashuvlarda san’atkorlar o‘zlariga xos, o‘z hissiyotlarini,
fikrlarini va fikrlarining ifodalanishini yaratishga harakat qildilar. Rangtasvir va qalamtasvirda bu
yondashuvlar, o‘zining o‘ziga xos texnikasi, ranglar va shakllarni erkaklikdan tanlab ishlash orqali
ajralib turadi. Bu asarlarda klassik akademik maneraga o‘xshash mukammallikdan ko‘ra,
tasvirning ichki mazmuni, hissiy jihati va badiiy ifodasi ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy
yondashuvlar o‘z ichiga ko‘plab eksperimentlarni oladi. Ranglarni birlashtirish va
kompozitsiyalarni tashkil etishda ko‘pincha xato yoki bexato shakllar ishlatiladi. San’atkorlar
ranglarning qat’iy rejasiz va kutilmagan aralashmalari orqali tasvirlarni yaratadilar, shu bilan
birga, ular ko‘proq insonning ruhiy va hissiy holatini aks ettirishga harakat qiladilar.
Akademik manera va zamonaviy yondashuvlar orasidagi farq nafaqat texnik yondashuvlar,
balki estetik qarashlardagi farqlarda ham namoyon bo‘ladi. Akademik yondashuvda estetik ideal
go‘zallikka asoslanadi, ya'ni tasvirlarning mukammalligi va aniq tasvirlanishi muhim. Bunga
nisbatan zamonaviy yondashuvlar estetik jihatdan ko‘proq tajriba, ijtimoiy fikr va hissiy
izlanishlarga asoslanadi. Bu, rassomlar uchun cheksiz imkoniyatlar yaratadi, chunki ular an’anaviy
san’at qonunlaridan ozod bo‘lib, o‘z hissiyotlari va fikrlarini ifodalashda to‘liq erkinlikka ega
bo‘ladilar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
161
Rangtasvir va qalamtasvirda uslublar evolyutsiyasini o‘rganishda, badiiy asarlarning
rivojlanishida klassik va zamonaviy yondashuvlar o‘rtasidagi farqlarni ta'kidlash muhimdir.
Rangtasvirda akademik manera asosan aniq va mukammal tasvirlarni yaratishga qaratilgan
bo‘lsa, zamonaviy yondashuvlar ranglar va kompozitsiyalarning boshqarilmas va
o‘zgaruvchanligini yaratadi.
Qalamtasvirda esa, klassik uslubda texnik aniq chiziqlar, kompozitsion qat’iylik va qat’iy
tuslar ishlatilgan bo‘lsa, zamonaviy yondashuvlar chiziqlarning erkinligi, abstrakt va inkvizitiv
qarashlarga asoslangan. Bu uslubda rassomlar, qisqacha va noaniq chiziqlar yordamida ob'ektning
ruhini yoki uning ichki holatini yoritishga intiladilar.
Rangtasvir va qalamtasvirda uslublar evolyutsiyasi, akademik manera va zamonaviy
individual yondashuvlarning o‘zgarishi orqali, san’atning rivojlanishini va uning estetik qiymatini
aks ettiradi. Akademik manera texnik mukammallikni va an’anaviy uslublarni taqdim etsa,
zamonaviy yondashuvlar o‘zining ijtimoiy va hissiy mazmuni, erkinligi va eksperimentalligi bilan
ajralib turadi. Bugungi san’atda rassomlar, klassik san’atdan ilhomlanib, ammo o‘z shaxsiy va
zamonaviy yondashuvlarini yaratish orqali, yangi badiiy g‘oyalarni va estetik qarashlarni
rivojlantirmoqdalar.
Shuningddek, mavzunu tahlil etar ekanmiz quyidagi bosqicha o‘rganib chiqamiz:
Akademik realizm va uning hozirgi kundagi ahamiyati;
Impressionistik va ekspressionistik yondoshuvlar;
Zamonaviy sanʼatda anʼanaviy va innovatsion uslublarning uyg‘unligi.
Akademik realizm va uning hozirgi kundagi ahamiyati
Akademik realizm tasviriy san’atning an’anaviy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, klassik
uslubning metodlari va an’analari asosida yaratilgan. Akademik realism tasviriy san’atning
mukammallikka erishish maqsadiga intiladi, asosan, tabiiy va real dunyoni juda aniq va to‘liq
tasvirlashga harakat qiladi. Bu yo‘nalishdagi rassomlar insonning tashqi ko‘rinishini, tabiatni va
ijtimoiy hayotni haqiqiy, jonli va mukammal tarzda aks ettiradilar. Akademik realizm faqat tashqi
ko‘rinishni emas, balki badiiy tasvirlarning ruhini, yaxlitligini va chuqur mazmunini ham
ifodalaydi.
Hozirgi zamonaviy san’atda akademik realizm ko‘pincha yangilik va klassik uslublarni
birlashtiradigan yondashuv sifatida ishlatiladi. Ko‘plab zamonaviy uslubda ujod qiladigan
rassomlar an’anaviy texnikalarni zamonaviy ko‘rinishda integratsiya qilishadi, bu esa san’atda
yangi yo‘nalishlar va shakllarni yaratishga imkon beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
162
Shu bilan birga, akademik realizmning an’anaviy elementlari zamonaviy san’atga yuqori
malakali va har bir asarning haqiqiyligini ta'minlashga yordam beradi. Akademik realizm nafaqat
tarixiy san’at uslubi, balki zamonaviy san’atning rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatgan
yondashuvdir. Uning texnik mukammalligi, haqiqiylikka intilishi va insonning ichki va tashqi
dunyosini tasvirlashdagi chuqur yondashuvi hozirgi rassomlar uchun muhim o‘rnakdir. Bu uslubni
zamonaviy san’at bilan birlashtirish orqali san’atning yangi imkoniyatlarini ochish mumkin.
Shunday qilib, akademik realizmning ahamiyati nafaqat uning tarixiy kontekstida, balki
zamonaviy san’atda ham davom etmoqda.
Impressionistik va ekspressionistik yondoshuvlar
Zamonaviy uslublar va individual yondashuvlar o‘z ichiga impressionistik va
ekspressionistik yondoshuvlarlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu ikkita san’at yo‘nalishi bo‘lib, har biri
o‘zining badiiy qarashlari, yondashuvlari va texnik uslublari bilan ajralib turadi. Ularning asosiy
farqlari tasvirlash uslubi va estetik maqsadlarida bo‘lsa-da, har biri zamonaviy san’at tarixida katta
o‘rin egallaydi.
Impressionizm XIX asrning oxirlarida Fransiyada rivojlangan san’at harakati bo‘lib, uning
asosiy maqsadi dunyo va tabiatni sezgir va tabiiy tarzda, ayrim nuqtalarda ko‘rinishlarni yaxshilab
o‘rganish edi. Ushbu yo‘nalishdagi rassomlar an’anaviy san’atda ishlatiladigan qat’iy
texnikalardan voz kechib, tabiiy yorug‘lik, ranglar va harakatlarni aniq va tezda aks ettirishga
intilishdi.
Asosiy Xususiyatlar:
Yorug‘lik va ranglar: Impressionistlar tabiiy yorug‘likni va uning ob'ektlarga ta'sirini
tasvirlashga alohida e'tibor qaratganlar. Ular odatda ochiq, yorqin ranglar bilan ishlaganlar, va
ranglarni qat’iy chiziqlar bilan ajratish o‘rniga, ranglar o‘rtasidagi o‘tish va aralashmalarni
yaratganlar.
Qisqa va tez chiziqlar: Impressionistlar asarlarini tezda, ko‘pincha yengil va qisqa chiziqlar
bilan yaratganlar. Bu usul, asarlarni jonli va dinamik ko‘rinishga olib kelgan.
Harakatni aks ettirish: Imprassioniizmda harakat va vaqtning o‘tishi ham muhim
ahamiyatga ega edi. Rassomlar tabiatning har bir o‘zgarishini, yorug‘likning o‘zgarishini va
odamlarning hayotidagi oddiy holatlarni ifodalashga harakat qilishgan.
Tashqi Muhit: Impressionistlar ko‘pincha atrof-muhitni, tabiatni, ko‘chalardagi sahnalarni
yoki odamlarni tez va sezgir tarzda tasvirlashga intilishgan. Ular ishlarini studiyada emas, balki
ochiq havoda yaratishni afzal ko‘rishgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
163
Taniqli imprassionist rassomlar:
Claude Monet: "Impression, Sunrise" asari orqali impressionizmning tug‘ilishiga sabab
bo‘ldi.
Pierre-Auguste Renoir: O‘zining yorqin rangli va jozibali portretlari bilan tanilgan.
Edgar Dega: Ko‘plab ballet raqqoslarining portretlarini yaratgan.
Ekspressionizm esa bu san’atda insonning ichki dunyosini, his-tuyg‘ularini va ruhiy
holatini ifodalashga qaratilgan yo‘nalish bo‘lib, asosan 20-asrning boshlarida rivojlangan.
Ekspressionist rassomlar, insonlarning ruhiy holati va tashqi dunyo o‘rtasidagi murakkab
munosabatlarni aks ettirishga harakat qilishgan. Ushbu yo‘nalishdagi rassomlar tashqi ko‘rinishni
emas, balki hissiyotlarni, vahima, qayg‘u, baxtsizlik va boshqa chuqur ruhiy holatlarni aks
ettirishga intilganlar.
Asosiy xususiyatlari:
Ichki dunyoni aks ettirish: Ekspressionistlar uchun tashqi dunyo muhim emas edi. Ularning
asosiy e'tibori odamning ichki holatiga qaratilgan. Ular hissiyotlarini va ichki dunyosini bo‘yoqlar,
shakllar va ranglar orqali ifodalashgan.
Kuchli ranglar: Ekspressionistlar yorqin, ba'zan g‘ayrioddiy va asoratli ranglardan
foydalanishgan. Ranglar odamlarning ichki holatini, tushkunlik va baxtsizlikni aks ettirishda
vosita bo‘lgan.
Qiyshiq, beqaror shakllar: Tasvirlangan shakllar ko‘pincha distortsiya qilingan, bu esa
rassomlarning qahramonlarining ruhiy holatini va hissiy ziddiyatlarini tasvirlashga imkon bergan.
Dramatik kompozitsiyalar: Ekspressionistlar ko‘pincha asarlarini kuchli, ta'sirchan
kompozitsiyalar bilan yaratganlar. O‘zlarining his-tuyg‘ularini kuchli tarzda ko‘rsatishga harakat
qilishgan.
Taniqli ekspressionistlar:
Edvard Munch: "The Scream" asari ekspressionizmning eng mashhur namunalaridan
biridir.
Egon Schiele: O‘zining yaqin, intim portretlari va g‘ayrioddiy figura tasvirlari bilan
mashhur.
Wassily Kandinsky: Abstrakt ekspressionizmning asoschilaridan biri bo‘lib, shakl va
ranglarning hissiy kuchiga e'tibor qaratgan.
Impressionizm
va
ekspressionizm san’at tarixida muhim bosqichlarni tashkil etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
164
Impressioniizm tabiiy dunyo va harakatni sezgir tarzda tasvirlashga, ranglar va yorug‘lik
orqali real hayotni aks ettirishga qaratilgan. Boshqa tomondan, ekspressionizm inson ruhiyatining
chuqur qatlamlarini va ichki dunyosini, beqaror va dramatik shakllar orqali ifodalashga intilgan.
Har ikki yo‘nalish ham san’at tarixida o‘zgarishlar va yangiliklar kiritgan bo‘lib, hozirgi
zamon san’atining rivojlanishida katta ta'sir ko‘rsatgan.
Zamonaviy sanʼatda anʼanaviy va innovatsion uslublarning uyg‘unligi.
Zamonaviy san’atda an’anaviy va innovatsion uslublarning uyg‘unligi bu san’atkorlar va
rassomlar tomonidan san’atni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan bir jarayon hisoblanadi.
Hozirgi san’atda an’anaviy uslublar va zamonaviy texnikalar o‘rtasidagi uyg‘unlik,
san’atning ko‘p qirrali va dinamik rivojlanishini ta'minlaydi. Bu ikki yo‘nalishning birlashishi
san’atchilarga eski va yangi o‘zgarishlarni birlashtirib, badiiy ifodalarning yangi shakllarini
yaratishga imkon beradi.
An’anaviy uslublar bular asosan klassik san’at uslublari bo‘lib, ular uzun tarixiy rivojlanish
jarayonidan o‘tgan va aniq texnikalar va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Bular, masalan, akademik
realizm, impressionizm, ekspresionizm kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
An’anaviy uslublarda ko‘proq yoritish texnikalari, figurativ tasvirlar va tushunarlik
kutiladi.
Innovatsion uslublar esa yangi texnologiyalar, materiali, shakllari va g‘oyalarini o‘z ichiga
olgan san’at yo‘nalishlaridir. Bu uslublarda odatda eksperimentlar, yangi tasvirlash shakllari,
abstraktlik va o‘zgarishlarga ochiqlik mavjud. Modernizm, postmodernizm va abstrakt san’atning
turli shakllari innovatsion uslublarga misol bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy san’atda an’anaviy va innovatsion uslublarning uyg‘unligi san’atning yangi
ufqlarini ochib beradi. Rassomlar o‘z asarlarini yaratishda klassik texnikalarni va zamonaviy
g‘oyalarni birlashtirib, san’atni yanada boy va ko‘p qirrali qilmoqda.
Ushbu uyg‘unlik san’atni yangi, innovatsion shakllarda ifodalashga imkon yaratadi, shu
bilan birga, madaniyat va tarixiy merosni saqlab qolish va yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali
zamonaviy muammolarni ham aks ettiradi.
REFERENCES
1.
Кандинский, В.В. О духовном в искусстве [Текст] / В.В. Кандинский. – М.: Архимед,
1992. – 110 б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
165
2.
Леванова Е.Ф. Современное искусство и его многомерность//Вестник Томского
государственного университета. Культурология и искусствоведение. 2014. № 3(15). С.
14
3.
Qurbonboev Qilichbek Azimovich, Taabalning qizi Olmagul ZAMONAVIY SANATNING
TABIY ASOSLARI INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND
PROSPECTS" MAY 17-18, 2024
4.
qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA
XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.
5.
Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE
HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.
