ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
207
BADIIY MATNDA LINGVISTIK GESHTALT
Niyozova Gulhayo
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti I-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15013586
Annotatsiya.
Zamonaviy tilshunoslikda
geshtalt tamoyillari badiiy matnlarni tahlil
qilishda yaxlitligini va uning tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqasini tushunishga yordam beradi.
Bu tamoyillar kognitiv tilshunoslikda ham muhim rol o‘ynab, insonning lingvistik
ma'lumotlarni qayta ishlash va tushunish jarayonlarini yoritishga xizmat qiladi. Maqolada
lingvistik geshtaltning fanda paydo bo’lishi, kognitiv tilshunoslikda geshtalt qonuniyatlarining
o‘rni haqida fikr-mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
geshtalt, yaxlitlik, qism, lingvistik geshtalt, geshtalt -psixologiya, badiiy
matn, lisoniy, mantiqiy, perseptual (idrokiy) jarayon.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ ГЕШТАЛЬТ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ
Аннотация.
В современной лингвистике принципы гештальта помогают понять
целостность и взаимосвязь его компонентов при анализе художественных текстов. Эти
принципы также играют важную роль в когнитивной лингвистике, помогая пролить свет
на процессы, посредством которых люди обрабатывают и понимают языковую
информацию. В статье дается обратная связь о возникновении лингвистического
гештальта в науке и роли законов гештальта в когнитивной лингвистике.
Ключевые слова:
гештальт, целостность, часть, лингвистический гештальт,
гештальтпсихология,
художественный
текст,
лингвистический,
логический,
перцептивный (когнитивный) процесс.
LINGUISTIC GESHTALT IN A LITERARY TEXT
Abstract.
In modern linguistics, Geshtalt principles help to understand the integrity and
interrelationship of its components when analyzing literary texts. These principles also play an
important role in cognitive linguistics, helping to shed light on the processes by which humans
process and understand linguistic information. The article provides feedback on the emergence of
linguistic geshtalt in science and the role of geshtalt laws in cognitive linguistics.
Keywords
:
geshtalt, integrity, part, linguistic Geshtalt, Geshtalt psychology, literary text,
linguistic, logical, perceptual (cognitive) process.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
208
Kirish
Zamonaviy tilshunoslikda geshtalt tushunchasi bilish jarayonida yaxlitlik va uning tarkibiy
qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Geshtalt (nemischa
“Gestalt” — “shakl”, “obraz”) dastlab psixologiyada idrokning yaxlitligi tamoyili sifatida paydo
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik tilshunoslikda ham qo‘llanila boshlandi.
1
Bu tushuncha, ayniqsa,
badiiy matnlarni tahlil qilishda dolzarbdir, chunki badiiy asarlar tilning estetik va kognitiv
jihatlarini o‘zida mujassam etadi.
Geshtalt nazariyasining kelib chiqishi va asosiy tamoyillari
Keyingi tadqiqotlarga katta ta’sir ko‘rsatgan vizual idrok nazariyalaridan biri Geshtalt
harakati bo‘lib, uning a’zolari idrok jarayonlari passiv emas, balki dinamik ekanligini va idrok
etish dunyosi sezgilar mozaikasi emas, balki konfiguratsiya (tuzilish, tartib, qismlarning muayyan
tartibda joylashuvi yoki o‘zaro bog‘liqligi)lar
naqshlarida tashkil etilganligini ta’kidladilar.
Garchi
bu da’volar asrning boshlarida aytilgan bo‘lsa-da, geshtaltistlar ochgan ko‘plab hodisalar hali ham
tadqiq qilinmoqda va idrok nazariyasi uchun ba’zi asosiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
2
Geshtalt nazariyasi XX asrning boshlarida nemis psixologlari M. Vertxaymer, K. Koffka
va V. Keler tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular idrok jarayonida insonning alohida
elementlarni emas, balki ularning yaxlitligini qabul qilishini ta’kidlaganlar
.
Maks
rasmiy asosini 1910-yilda phi fenomeni (yun.
phainomenon — sodir boʻluvchi. Phi fenomeni – bu vizual illuziya bo‘lib, ketma-ket yonib-
o‘chadigan tasvirlar yoki chiroqlar harakatlanayotgandek ko‘rinadi.) boʻyicha tajribalar
boshlaganida boshladi. U ushbu tajribalarni „Harakatni idrok etish boʻyicha eksperimental
tadqiqotlar“ nomli maqolasida nashr etdi.
3
Ushbu nazariyaga ko‘ra, inson miyasi tartibsizlikda
ham tartibni ko‘ra oladi va alohida qismlarni bir butun sifatida idrok etadi. Bu tamoyillar yaqinlik,
o‘xshashlik, yopiqlik va davomiylik kabi prinsiplardan iborat bo‘lib, ular idrok jarayonida muhim
rol o‘ynaydi. Vertgeymer hamkorlari Koffka va Keler bilan birgalikda maʼlumotlarni toʻplash
uchun ishladi, natijada ular Geshtalt harakatining boshlanishiga olib keldi. Ularning topilmalari
yana shuni koʻrsatdiki, butunning sifati qismlar yigʻindisidan farq qiladi.
Lingvistik geshtalt va uning badiiy matnda namoyon bo‘lishi
Geshtalt tushunchasini tilshunoslikda birinchilardan bo‘lib tadbiq etgan J.Lakoff uni
lisoniy, mantiqiy, perseptual (idrokiy) va boshqa turdagi jarayonlarni aks ettiruvchi struktura
1
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. “Сангзор”, 2006, 47-б.
2
Gestalt principles in linguistics, Alina Kwiatkowska, Folia linguistica 36, 1997. 179b.
3
https://uz.wikipedia.org/wiki/Max_Wertheimer#cite_note-King,_B._D._1993-11
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
209
sifatida ta’rifladi. Mark Jonson, amerikalik faylasuf va kognitiv tilshunos, o‘zining “The Body in
the Mind: The Bodily Basis of Meaning, Imagination, and Reason” (1990) asarida geshtalt
tuzilmalari haqida fikr bildirgan. Uning ta’kidlashicha, inson tafakkuri va idroki geshtalt
tuzilmalari orqali shakllanadi, ya’ni bizning tajribalarimiz va tushunchalarimiz yaxlit tuzilmalar
sifatida tashkil topadi. Jonsonning fikricha, bu geshtalt tuzilmalari bizning ma’no yaratish
jarayonlarimiz va mantiqiy fikrlashimizning asosi hisoblanadi. Shuningdek, u bu tuzilmalar
tanaviy tajribalarimiz bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta'kidlaydi.
4
So‘nggi yillarda bu sohada Jerome Bruner, amerikalik psixolog va pedagog, salmoqli
izlanishlarni amalga oshirgan. O‘zining “A Short History of Psychological Theories of Learning”
(2004) asarida geshtalt nazariyasini “konfiguratsion” yondashuvning asosiy namunasi sifatida
ko‘rsatib, bu nazariya inson idroki va o‘rganish jarayonlarini yaxlit shaklda tushunishga yordam
berishini ta’kidlagan
5
. Shuningdek, Brunerning “Child’s Talk: Learning to Use Language” (1983)
kitobida u bolalarning til o‘rganish jarayonida ijtimoiy o‘zaro ta’sirning muhimligini ta’kidlab, bu
jarayonda geshtalt tamoyillarining ahamiyatini ko‘rsatgan. “The Process of Education” (1960)
asarida esa Bruner o‘quv jarayonida tushunchalarni yaxlit holda o‘rganish va tushunishning
ahamiyatini ta’kidlab, bu borada geshtalt psixologiyasining ta’sirini ham aytib oʻtgan. Brunerning
ushbu asarlari geshtalt tamoyillarini ta’lim va til o‘rganish jarayonlariga qanday tatbiq etish
mumkinligini yoritadi.
Fridrix Ungerer Germaniyaning Rostok universiteti ingliz tilshunosligi professori geshtalt
idroki to‘g‘risida quyidagicha mulohazalarni aytib o‘tgan. Xuddi shu narsani borliqni idrok
etishning “geshtalt qonuniyatlari” yoki “geshtalt tamoyillari”da koʼrish mumkin:
– “yaqinlik tamoyili” (principle of proximity): bir-biriga yaqin joylashgan elementlar
o‘zaro bog‘liq holda idrok etiladi;
– “o‘xshashlik tamoyili” (principle of similarity): bir-biriga monand elementlar yagona bir
bo‘lak yoki qism sifatida idrok qilinadi;
– “yopiqlik tamoyili” (principle of slosure): idrok harakati berk (tugallangan) shaklga
yo‘naltiriladi;
4
The div in the Mind: The Bodily Basis of Meaning, Imagination, and Reason, Mark Johnson. University of
Chicago Press.
1990. 35, 36-pages
5
Bruner, J. A Short History of Psychological Theories of Learning. Daedalus, 133(1) , 2004. 13–20p.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
210
– “davomiylik tamoyili” (principle of continuation): alohida elementlar o‘rtasidagi uzilish
kam bo‘lsa, ular yaxlitlik sifatida idrok etiladilar.
6
Fridrix Ungerer tavsiya etgan bu to‘rt geshtalt
tamoyili inson idrokini soddalashtirish va tizimlashtirish uchun qulay.
Tilshunoslikda geshtalt tushunchasi matnning yaxlitligini va uning tarkibiy qismlarining
o‘zaro aloqasini tahlil qilishda qo‘llaniladi. Badiiy matnda geshtalt tamoyillari muallifning fikrini
yaxlit obrazlar orqali ifodalashida namoyon bo‘ladi. Masalan, she'riy matnlarda ritm, qofiya va
metaforalar orqali yaratilgan obrazlar o‘quvchida yaxlit idrokni shakllantiradi. Bu esa
o‘quvchining matnni chuqurroq tushunishiga yordam beradi.
Kognitiv tilshunoslikda geshtalt tamoyillari insonning lingvistik ma’lumotlarni qayta
ishlash va tushunish jarayonlarini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. Geshtalt idrokining
yaxlit tabiati tilni tushunish jarayonida lingvistik ma’lumotlar ichidagi naqshlar, tuzilmalar va
munosabatlarni tan olish va izohlashni o‘z ichiga oladi.
O‘zbek tilshunosligida geshtalt tadqiqotlari
O‘zbek tilshunosligida geshtalt tushunchasi bo‘yicha bir qator izlanishlarni amalga
oshirilgan. Jumladan,
Sh. Safarovning “Kognitiv lingvistika”, D. Xudoyberganovaning “Matnning
antroposentrik tadqiqi”, Sh. Usmonovaning “Lingvokulturologiya” kabi asarlarida geshtaltning
lingvistik va kognitiv jihatlari yoritilgan. Sh. Safarovning fikricha, “Geshtalt tabiatan bir paytning
o‘zida ikki tomonga, ya’ni tafakkur va lisonga, intiluvchi mantiqiy strukturadir.
Bu struktura yaxlit tuzilma sifatida matnni mazmuniy qismlarga bo‘lish hamda ushbu
mazmun doirasida matn va qismlarni kengaytirish imkonini beradi. Geshtaltning kognitiv
tilshunoslikdagi ahamiyati, ayniqsa, matn tuzilishini o‘rganishda muhimdir. Matn tilshunosligida
uzoq davr induktiv metod hukmronlik qilganligini bilamiz. Matnni qismlar yig‘indisidan iborat
deb qarash tahlilni yig‘ma analitik usulda bajarish natijasida bu tahlildan gap sintaksisidan nariga
o‘tmaslik xavfi tug‘ildi.
Bunday xavfdan qochishning yagona yo‘li tahlilni yaxlitlikdan qismlarga yo‘naltirish,
geshtalt nazariyasi
ga murojaat qilishdir”.
7
Bu yondashuv matnni faqat grammatik birliklar
darajasida tahlil qilishdan ko‘ra,
uning mazmuniy va kontekstual jihatlarini kengroq ochib
berishga xizmat qiladi.
Shu sababli, geshtalt nazariyasining matn tilshunosligida qo‘llanilishi
ilmiy va amaliy jihatdan juda samarali yondashuvdir.
6
Ungerer Friedrich, Schmid Hans-Jörg. An introduction to cognitive linguistics —
Pearson Education Limited,
2006. — 384 p.
7
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик.
Жиззах: “Сангзор”, 2006, B.50
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
211
Tilshunos olima D. Xudoyberganova esa “O‘zbek tilidagi badiiy matnlarning
antroposentrik tadqiqi” nomli doktorlik ishida matn yaratilishida geshtaltning o‘rni haqida
to‘xtalib shunday yozadi: “Lingvistik geshtalt matn yaratilishi hodisasi bilan birga uning idrokiy
jihatiga xos kognitiv holatlar mohiyatini ochib berishda ham muhimdir. Ma’lumki, o‘quvchi
matnni mutolaa qilish jarayonida uni tashkil etgan birliklarning mazmunini idrok eta boradi.
Bunda o‘z diqqat-e’tiborini birinchi navbatda matn muallifi ifodalamoqchi bo‘lgan eng
asosiy fikrni topishga yo‘naltiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, matn yaratilishida geshtalt yaxlit
butunlik sifatida yuzaga kelsa, uning mazmuniy idrokida bo‘lakdan butunga jarayoni amal qiladi,
ya’ni o‘quvchi tomonidan idrok etilgan alohida birliklar yaxlitlanib, matn makropropozitsiyasini
yuzaga keltiradi. Lingvistik geshtalt, asosan, yaxlit tushuncha yoki predmetni tavsiflovchi
matnlarda kuzatiladi. Xususan, shaxsning tashqi yoki ichki qiyofasi, holati, biror manzara yoki
predmetning ko‘rinishini tasvirlovchi matnlarda ayni hodisa amal qiladi”,
8
degan xulosaga kelgan.
Lingvistik geshtalt matnni nafaqat yaratishda, balki uning idrokida ham muhim rol
o‘ynaydi, chunki o‘quvchi alohida qismlarni yaxlit manzara sifatida birlashtirib, matnning chuqur
mazmunini anglaydi.
Sh. Usmonova “Lingvokulturologiya” nomi ostida chop etilgan monografiyasida:
“Geshtalt yaxlit obraz hisoblanadi, ya’ni biron bir obyektni butunicha idrok qilinishi geshtalt, deb
tushuniladi. Geshtalt-psixologiya idrokning yaxlitligiga asoslanadi: ayrim shakllarning alohida
bo‘laklari o‘z ma’nosini butunning (geshtaltning) tarkibida topadi”,
9
deya munosabat bildirgan.
Badiiy matnda geshtaltning amaliy namunalari
Gestaltning shakllanishida quyidagi tamoyillar muhim omil hisoblanadi: o
‘
xshashlik, bir
xillik, yaqinlik, kontur, simmetriya, inversiya, barqarorlik, uzluksizlik. G.Gelson 1933-yilda
geshtalt uchun 100 tagacha omil va tamoyillar muhim ekanligini ko‘rsatdi.
Biz yuqorida ilgari
surilgan g‘oyalar, ilmiy izlanishlar hamda yondashuvlarga tayangan holda Cho‘lponning “Kecha
va kunduz” asarini geshtalt tamoyil asosida o‘rganishni lozim topdik.
Cho‘lponning hayoti va tarixiy davrni tushunmasdan, asar mohiyatini to‘liq anglab
bo‘lmaydi. Shu sababli, geshtalt yondashuvda asosiy urg‘u kontekst va butunlikni ko‘rishga
qaratiladi. Romanni alohida epizodlarga bo‘lib o‘rganishdan ko‘ra, asarni bir butun sistema
sifatida tushunish kerak.
8
Xудайберганова Д. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик тадқиқи. Тошкент -2015. 53-б
9
Lingvokultrologiya. Shoira Usmonova. Toshkent. «Universitet”. 2014. 49-b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
212
Masalan, kecha va kunduz faqat vaqt ifodasi emas, balki ramziy ma’noga ega – zulmat va
nur, jaholat va ma’rifat, istibdod va ozodlikning qarama-qarshiligi sifatida idrok qilinadi. Ushbu
asar misolida lingvistik geshtaltning turli xil ko‘rinishlarini ko‘rish mumkin.
1.
Tabiat tasviri.
2.
Shaxs tasviri.
3.
Shaxs ruhiy holati tasviri.
4.
Faoliyat-jarayon tasviri
5.
Portret tasviri.
6.
Narsa-predmet tasviri.
7.
Joy tasviri.
8.
Tarixiy voqea tasviri.
9.
Fitonimlar tasviri.
Masalan, asar boshlanishida tabiat tasvirining berilishi orqali yozuvchi uyg‘onish fasli
bilan voqealar boshlanishini bog‘lash maqsadida geshtaltdan foydalangan.
Hamal keldi, amal keldi.
Xalq maqoli.
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning
dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi... Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda
o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning
g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini
kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina
boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur
ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi... Muloyim qo‘llarda
ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar
ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari,
gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada... ko‘klam nash’asi bilan
sho‘xlik qiladi. Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?
Muallif epigraf orqali bahorning kelishini, yangi hayotning boshlanishini va tabiatning
jonlanish jarayonini ifodalamoqda. Epigraf va tabiat tasviri Zebining ichki kechinmalari bilan
uzviy bog‘langan.
"Hamal keldi, amal keldi"
degan jumla bahorning kelishini, yangi hayotning
boshlanishi va jonlanish jarayonini ifodalaydi. Bu jarayon faqat tabiatda emas, balki inson qalbida
ham kechmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
213
Parchada qoʻllangan tabiat tasviri – tollarning ko‘m-ko‘k barg yozishi, muz ostidagi
suvlarning ozodlik sari intilishi, shabadaning ayollar sochi va ro‘mollarini erkalashi – bularning
barchasi Zebining ichki kechinmalarini ramziy tasvirlar orqali aks ettiradi. Qish davomida
siqilgan, “zanglab chiqqan” qiz qalbi bahorning iliq havo oqimi singari ochilmoqda.Tabiatdagi
uyg‘onish va jonlanish Zebining orzu va his-tuyg‘ularida ham aks etadi.
U endi yopiq muhitdan, sovchilar va ularning hadik soluvchi nigohlaridan ozod bo‘lib,
tashqariga—o‘z erkinligiga, bahor bag‘riga chiqishni istaydi. Xuddi muz tagida bo‘g‘ilib
oqayotgan suvlar kabi, u ham o‘z his-tuyg‘ularining tabiiy oqimiga ergashib, yorug‘lik va yangilik
sari intilmoqda:
Zebi (Zebinisa)ning qish ichi siqilib, zanglab chiqqan, ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan
ochila tushgan; endi, ustiga poxol to‘shalgan aravada bo‘lsa ham, allaqaylarga, dala-qirlarga
chiqib yayrashni tusay boshlagan edi. Qish ichi ham keti uzilmagan sovchilar bir-ikki haftadan
beri kelishdan to‘xtaganlar, endi tashqari eshikning «g‘iyt» etishi — bir-ikki ayolning astagina
bosib, paranjisini sudrab kirib kelishiga dalolat qilmas, hali endigina o‘n beshga qadam qo‘ygan
bu yosh qizning go‘dak ko‘nglini uncha cho‘chitmas edi
.
Xulosa
Umuman olganda,
geshtalt tamoyillari badiiy matnlarni tahlil qilishda muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, ular matn yaxlitligini va uning tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqasini tushunishga
yordam beradi. Bu tamoyillar kognitiv tilshunoslikda ham muhim rol o‘ynab, insonning lingvistik
ma’lumotlarni qayta ishlash va tushunish jarayonlarini yoritishga xizmat qiladi. Turli tilshunos
olimlar qayta-qayta ta’kidlaganidek, so‘zlar, iboralar va gaplar ularning qismlari yig‘indisidan
ko‘proqdir: ularning ma’nosi faqat tarkibiy qismlarga emas, balki umumiy tuzilishga bog‘liq.
Mavjud tasvirni tushunish butunning ma’nosini uning qismlari munosabati nuqtayi
nazaridan farqlashni o‘z ichiga oladi; xuddi shunday, gapni o‘qiganimizda yoki eshitganimizda,
ma’lum bir nutqiy vaziyatda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘liqligini his qilgan holda uning
ma’nosini yanada yaxshiroq anglashga erishamiz. O‘zbek tilshunosligida ham geshtalt
tushunchasiga oid tadqiqotlar davom etmoqda va bu sohadagi izlanishlar badiiy matnlarni
chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi.
REFERENCES
1.
Alina Kwiatkowska . Gestalt principles in linguistics, Folia Linguistica. 1997. 36-son.
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Max_Wertheimer#cite_note-King,_B._D._1993-11
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
214
3.
Mark Johnson. The div in the Mind: The Bodily Basis of Meaning, Imagination, and
Reason. University of Chicago Press,
1990. – 272 p.
4.
Ungerer Friedrich, Schmid Hans-Jörg. An introduction to cognitive linguistics — Pearson
Education Limited, 2006. — 384 p.
5.
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. Жиззах . “Сангзор”, 2006. – 91 б.
6.
Xудайберганова Д. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик тадқиқи. Т.:
“Фан”, 2015. – 136 б.
7.
Shoira Usmonova. Lingvokultrologiya. T.: “Universitet”, 2014. – 100 b.
8.
Cho‘lpon. Kecha va kunduz. T.: “Sharq”, 2000. – 272 b.
