Authors

  • Yasmina Qurbonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71444

Keywords:

Frazema frazeologiyada semantik munosabat frazeologik sinonimiya antonimiya omonimiya paronimiya.

Abstract

Tilshunoslikda frazeologik birliklar talqinida bo‘lgan munosabat ushbu fan rivojlanishining chuqur ildizlariga borib taqaladi. Frazeologiyaning o‘rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir. Leksikada bo‘lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal qiladi. Frazeologizmning semantik tuzilishi frazeologik ma’no (ma’nolar) va qo‘shimcha ottenkalardan iborat bo‘ladi. Mazkur maqolada frazeologizmda semantik munosabatning shakllanishi tadqiq etiladi va misollar bilan ilmiy asoslanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

215

FRAZEOLOGIZMLARDA SEMANTIK MUNOSABAT

(o‘zbek tilidagi iboralar misolida)

Yasmina Qurbonova

Termiz davlat universiteti,

o‘zbek filologiyasi fakulteti amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi.

qurbonova yasmina116@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15013695

Annotatsiya.

Tilshunoslikda frazeologik birliklar talqinida bo‘lgan munosabat ushbu fan

rivojlanishining chuqur ildizlariga borib taqaladi. Frazeologiyaning o‘rganish predmeti

frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish

qonuniyatidir. Leksikada bo‘lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal

qiladi. Frazeologizmning semantik tuzilishi frazeologik ma’no (ma’nolar) va qo‘shimcha

ottenkalardan iborat bo‘ladi. Mazkur maqolada frazeologizmda semantik munosabatning

shakllanishi tadqiq etiladi va misollar bilan ilmiy asoslanadi.

Kalit So‘zlar:

Frazema, frazeologiyada semantik munosabat, frazeologik sinonimiya,

antonimiya, omonimiya, paronimiya.

SEMANTIC

RELATIONSHIP IN PHRASEOLOGISMS

Abstract.

The

attitude in the interpretation of phraseological units in linguistics goes back

to the deep roots of the development of this science. The subject of study of phraseology is the

nature and substantial properties of phraseology and the laws of their application in speech. In

phraseology, as in lexicon, the linguistic-semantic relationship applies. The semantic structure of

phraseologism consists of phrasing meaning (meanings) and additional meanings. This article

examines the formation of semantic relations in phraseologism and provides a scientific basis with

examples.

Keywords:

Phrase,

semantic relation in phrasology, phraseologic synonymy, antonymy,

omonia, paronymy.

СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ ВО ФРАЗЕОЛОГИЗМАХ

Аннотация.

Отношение к толкованию фразеологических единиц в лингвистике

восходит к глубоким корням развития этой науки. Предметом изучения фразеологии

являются природа и содержательные свойства фразеологии и закономерности их

применения в речи. Во фразеологии, как и в лексиконе, применяется лингво-семантическое

отношение. Семантическая структура фразологизма состоит из формулировочных


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

значений (значений) и дополнительных значений. В данной статье рассматривается

формирование семантических отношений во фразеологизме и приводится научная основа

с примерами.

Ключевые Слова:

Словосочетание, семантическое отношение во фразеологии,

фразеологическая синонимия, антонимия, омония, паронимия.

Frazeologiya

(gr. phrasis – ifoda va logos – ta’limot) atamasi ikki ma’noda ishlatiladi: 1)

til frazeologik tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui.

Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Frazeologizm ibora,

frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham

yuritiladi. Frazeologiya leksikologiya bo‘limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil

etuvchisiga ko‘ra qo‘shma leksema, so‘z birikmasi va gapga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq

qo‘shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi.

Frazeologik sinonimiya.

Sinonimiya - ma’no asosida belgilanadigan hodisa. O‘TILda

sinonimiya quyidagicha ta’riflanadi: “til birliklarining ma’no jihatidan yaqinlik, ma’nodoshlik

hodisasi”. Ma’nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Frazeologizmning

ma’nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko‘ra farqlanadi: (

yaxshi ko‘rmoq

)

– (

ko‘ngil bermoq

), (

yer bilan yakson qilmoq

) – (

kulini ko‘kka sovurmoq

) , (

ipidan ignasigacha

)

- (

miridan sirigacha

) , (

qilidan quyrug‘igacha

) kabi iboralarda “butun tafsiloti bilan” atash semasi

umumiy. Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bo‘yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan

farqlanadi. Frazeologik sinonimiya masalasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi tarixi prof.

SH. Rahmatullayevning “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monorgrafiyasida

ham qisman o‘z aksini topgan. Prof. SH. Rahmatullayev ta’kidlashicha: “frazeologik sinonimiya

uchun umumiy va eng muhim mezon – bu semantik mezondir. Har bir sinonimik uyadagi

frazeologik birliklar ob’yektiv borliqdagi bir xil tushunchalarni anglatishi kerak va shu bilan

birgalikda, bir xil ma’noni anglatishi shart” Akademik N.M.Shanskiy frazeologik sinonimiya

hodisasini quyidagicha ta’riflaydi: “ob’yektiv borliqdagi aynan bir xil predmetni anglatuvchi turli

iboralar sinonimik frazeologizmlar deb ataladi”. I.A.Fedosofning fikricha, “yagona umumiy

ma’noga ega bo‘lib, bir-birinidan semantik yoki uslubiy ottenkalariga ko‘ra farqlanuvchi

iboralarga frazeologik sinonimlar deyiladi”. Frazeologik sinonimlar bilan variantlar o‘rtasida

kam bo‘lmagan umumiy tomonlar bor, shu sababdan ko‘pincha ular chalkashtirilib yuboriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

217

Masalan, gapda kesim vazifasida kelib, topilishi qiyin, kamyoblik’ni ifoda etuvchi

anqoning urug‘i

”, “

anqoning tuxumi

” iboralari o‘zaro variantdosh, “

anqoga shafe

” iborasi

ularga sinonim sanaladi yoki ‘g‘irt savodsiz bo‘lmoq, hech narsani bilmaslik’ ifodalovchi

alifni kaltak deyolmaslik

”, “

alifni tayoq deyolmaslik

”, “

alifni tayoq demoq

” iboralari o‘zaro

variantdosh, “

ichini yorsa, alif chiqmaydi

” shakli sinonimlik kasb etadi. SH. Raxmattullayev

fikricha, “agar asosida boshqa-boshqa obraz yotishini barcha sinonimlar uchun umumiy belgi

darajasiga ko‘tarsak, bir necha sinonimiya uyasidan voz kechgan bo‘lamiz”. Masalan, semantik

maydon kategoriyasi nuqtai nazaridan tezarusli ko‘rinishda quyidagi sinonimiya uyalarini

ko‘rishimiz mumkin:

NOMUS:

yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmaslik, yerga kirib ketmoq, yerga qaramoq,

bo‘yni yor bermadi, boshini bukmoq, boshini xam qilmoq, beti chidamadi, qaysi yuz bilan,

yuzi shuvut bo‘lmoq, yetti nomisni yerga bukmoq;

MIQDOR:

yer bilan osmoncha, bir shingil, bir chimdim, bir og‘iz, ko‘z ilg‘amas, ikki

og‘iz, boshini yeb, dayodan bir tomchi, ko‘z ilg‘amaydi;

QO‘RQUV:

vahima bosdi, vahimaga tushmoq, dami ichiga tushub ketmoq, yuragi dov

bermaslik, do‘q urmoq, jonini kaftiga olib, jonini hovuchlab, jon-poni chiqib ketmoq, joni

hiqildog‘iga kelmoq, jon holatda, kayfi uchdi, labiga uchuq toshmoq, ko‘zining ola-kulasi chiqib

ketmoq, ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushmoq, nafasi ichiga tushub ketmoq, chumchuq pir etmoq, yuragi

“shir” etmoq.

Sinonimik qatorda anchayin keng leksik ma’no va uslubiy jihatdan neytral tabiatli

dominant kateroriyasi farqlanadi.

Jon bermoq, joni chiqmoq, dunyodan o‘tmoq, joni uzilmoq, kuni

tugamoq, ko‘zini yummoq

sinonimik qatorining semantik dominanti ‘o‘lmoq’ fe’li bo‘la oladi.

Aql-u hushuni yo‘qotmoq, tomi ketmoq, esi og‘moq

sinonimik qatorida aqldan ozmoq frazemasi

dominantlik maqomini namoyon etadi.

Bir tomondan tegirmonga tushsa butun chiqmoq, qilni

qirq yormoq, ikkinchi tomondan yulduzni benarvon uradigan, ko‘pni ko‘rgan

semantik nuqtai

nazardan muvofiqlik kasb etsa-da, birinchi qism fe’llik, ikkinchi qism substantivlik holatini

ifodalaydi.

Shaklan har xil iboralarning bir-biriga yaqin ma’nolarni anglatib kelishi sinonim iboralarni

hosil qiladi:

kayfi buzuq – ta’bi tirriq; toqati toq bo‘lmoq – sabr kosasi to‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq –

ko‘ngil bermoq.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

Lug‘aviy birlik sifatida iboralar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘ladi:

tomdan

tarasha tushganday–kutilmaganda; og‘zi qulog‘ida – xursand, ta’bi xira – xafa, joni chiqmo –

g‘azablanmoq, qo‘ling o‘rgilsin– ajoyib

Frazeologik antonimiya.

Frazeologik antonimiya til birliklari orasida semantik

munosabat asosida belgilanadigan hodisalardan biri bo‘lib, iboralarda ham so‘zlardagi darajada

uchraydi. Antonimiyani belgilash, bir tomondan, iboralarning, lug‘aviy ma’nosini chuqurroq

anglashga olib kelsa, ikkinchidan, polisemiyada bir iboraning ma’nolarini o‘zaro farqlashga

yordam beradi, uchinchidan, sinonimlarni belgilashda ham foyda keltiradi. Zid ma’noli

antonimlar bir-biriga teskari tushunchani ifodalaydi. Misollar: (

ko‘ngli joyiga tushdi

) – (

yuragiga

g‘ulg‘ula tushdi

), (

qoni qaynadi

) – (

og‘zi qulog‘iga yetdi

). Barcha leksik komponentlari boshqa-

boshqa so‘zlar bilan ifodalangan iboralar orasidagi antonimiyani belgilash oson:

savol bermoq

v a

javob qaytarmoq

;

yerga urmoq

v a

ko‘kka ko‘tarmoq

kabi. Birinchi antonimlar tarkibidagi

har ikki so‘z-komponentlar, ikkinchi antonimlar tarkibidagi birinchi so‘z komponentlar o‘zaro

antonim. Quyidagi antonimik iboralar tarkibida qatnashgan birinchi leksik komponentlar –

ayni bir so‘zning o‘zi, ikkinchi leksik komponentlar esa antonim so‘zlar:

yuragi keng

v

a

yuragi tor

. Boshqa bir misol:

ko‘ngli joyiga tushdi

v a

yuragiga g‘ulg‘ula tushdi

antonim

iboralar tarkibidagi leksik komponentlarning uchinchisi ayni bir so‘z, birinchisi o‘zaro sinonim,

ikkinchisi o‘zaro ma’no munosabati hosil qilmaydi. Ko‘rinadiki, antonim iboralar tarkibidagi

antonim so‘z komponentlar bu iboralarning o‘zaro antonim bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi;

ammo barcha antonim iboralar tarkibida antonim so‘z-komponentlar qatnashavermaydi.

Antonimiya iboradan yaxlitligicha anglashiladigan lug‘aviy ma’no asosida belgilanadi.

Antonimik munosabat polisemantik iboralarda har bir ma’noga nisbatan alohida

belgilanadi. Polisemantik iboraning bir ma’nosiga antonim bor bo‘lishi, boshqa bir ma’nosiga

esa yo‘q bo‘lishi mumkin. Masalan, savol bermoq monosemantik iborasiga besh ma’noli javob

bermoq iborasining (1. kim nimaga yoki kimga. Javob qilmoq, 2. kim nimaga nima bilan. Javoban

ish tutmoq, 3. nima nimaga. Qondirmoq, 4. Javobgarlikni o‘z ustiga olmoq) birinchi ma’nosi

antonim.

Antonim iboralar:

ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq, yuzi yorug‘ – yuzi shuvut, ko‘ngli

joyiga tushmoq – yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq.

Frazeologik birikma va gaplar ko‘pincha bir so‘z yoki so‘z birikmasiga teng bo‘ladi.

Masalan:

qo‘li uzun – olg‘ir, o‘pkasi yo‘q – shoshilgan, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – ruhi

tushdi

va boshqalar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

Frazeologik omonimiya.

Ma’lumki, til birliklari orasida shaklan teng kelish hodisasi

– omonimiya – frazeologik birliklarda ham uchraydi. Frazeologizmlar omonimik munosabatda

ham bo‘lishi mumkin. Bir xil shaklda tuzilgan , ammo boshqa-boshqa mazmunni ifodalaydigan

iboralar omonim iboralardir.

Boshiga ko‘tarmoq I (shovqin solmoq):Uyni

boshiga ko‘targan

bolalar tinchib qolishdi;

Boshiga ko‘tarmoq II (e’zozlamoq). Har doim sizni

boshiga ko‘taradi

.

Og‘ziga olmoq I (ichmoq). Ilgari bir qatra

og‘ziga olmas

edi.

Og‘ziga olmoq II (gapirmoq). Ammo hech kim meni qaytarishni

og‘ziga olmas

edi.

Ko‘z yummoq I (vafot etmoq). Kasallik tufayli bu dunyodan erta

ko‘z yumdi.

Ko‘z yummoq II (voz kechmoq). Barchasiga

ko‘z yumdi

-da boshqa shaharga ketdi.

Bosh ko‘tarmoq (o‘smoq). Quyosh nuriga intilib, maysalar

bosh ko‘tardi.

Bosh ko‘tarmoq II (isyon qilmoq). Uning qalbida allaqanday tuyg‘ular

bosh ko‘tardi.

Frazeologik omonimiya odatda ikki ibora orasida voqe bo‘ladi: “

urmoqchi bo‘lmoq

ma’nosidagi

qo‘l ko‘tarmoq I

va “

tarafdorligini,

xayrixoxligini bildirmoq

” semasini anglatuvchi

qo‘l ko‘tarmoq II

kabi.

Odatda bir variantli iboraga ko‘p variantli iboraning bir varianti

shaklan teng kelib qoladi: “

gapirishga imkon berildi

” ma’nosida

qo‘llanuvchi

gap tegdi I

va “

tanbeh eshitmoq

” ma’nosida qo‘llanuvchi

gap tegdi II

kabi.

Shaklan teng kelish ko‘p variantli ikki iboraning ba’zi variantlari orasida ham sodir bo‘ladi:

gap(i)da turmoq I

(variantlari:

so‘z(i)da turmoq II

;

lafz(i)da turmoq

) va

gapida turmoq II

(varianti:

so‘zida qattiq turmoq

) kabi. Keyingi ikki tur omonimiya asli omoforma hodisasiga

teng.

Frazeologik paronimiya.

Iboralar orasida, shaklan teng kelishdan tashqari, shakily

yaqinlik hodisasi ham bor. Shu asosda frazeologik paronimlar va frazeologik paraforalar haqida

gapirish mumkin. Ba’zi iboralar o‘zaro leksik tarkibdagi bir so‘z komponenti bilangina farq

qiladi, shu farqli so‘z komponentlar ham bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ana shunday shakily

yaqinlikga ega ikki iboralarga frazeologik paronimlar deyiladi. Masalan,

yetti uxlab tush(i)ga

kirmaslik

va

yetti uxlab tush(i)da ko‘rmaslik

;

yurag(i) tars yorilib keta yozdi

va

yurag(i) qoq

yorila

yozdi kabi. Ikki ibora leksik tarkibiy jihatdan aynan bo‘lib, grammatik tarkibi jihatdan

farqlanib turishi mumkin. Bunday iboralarga frazeologik paraforalar deyiladi. Masalan,

joni

kirdi

jonini kirgizmoq

iborasidan

jon kirdi

jon kirgizmoq

iborasi grammatik tarkibida

egalik affiksi yo‘qligi bilangina farq qiladi;

pay(i)ga tushmoq

iborasidan

pay(i)dan tushmoq


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

220

iborasi ot komponentining boshqa kelishikda kelishi bilan farq qiladi. Demak, ikki iboraning

leksik tarkibi bir xil, ammo tuslanish va turlanish hodisalari bilan farqlanuvchi iboralar –

paraforalardir.

Xulosa.

Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni anglashimiz mumkinki, frazeologizmda uslubiy

bo‘yoqdorlik va rang baranglikdan tashqari ma’lum bir lisoniy-semantik munosabat amal qiladi.

Shunday qilib, frazeologiyaning alohida fan sifatida tan olinishi bir necha bosqichlarni bosib

o‘tgan bo‘lsada, hozirda frazeologiya o‘zining ichki tuzilishi-yu, tadqiqot masalalariga ega bo‘lgan

alohida tilshunoslik bo‘limi sifatida shakllanib bo‘ldi. Frazeologizmlarning turli tillardagi qiyosiy

tahlili, zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha frazeologik birliklarni tillar kesimida ko‘rib

chiqish, ularni tashkil etuvchi komponentlariga ko‘ra semantik, semantik-stilistik xossalarini

aniqlash va yoritish masalalari aynan shunday, o‘z yechimini topmagan muammolar qatorida

turibdi.

REFERENCES

1.

R.Sayfullayeva, B.Mingliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. –T “Fan va texnologiya” 2009.

2.

Nurmuhammedov Yusuf . Frazeologiyaning dolzarb masalalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.

– Samarqand “SamDCHTI” nashryoti 2022.

3.

SH. Rahmatullayev, N. Mahmudov , Z.Xolmonova , I.O‘razova, K.Rixsiyeva . O‘zbek tili

frazeologik lug‘ati. – T G‘afur G‘ulom nomidagi nashiriyot- matbaa ijodiy uyi 2022.

References

R.Sayfullayeva, B.Mingliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. –T “Fan va texnologiya” 2009.

Nurmuhammedov Yusuf . Frazeologiyaning dolzarb masalalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Samarqand “SamDCHTI” nashryoti 2022.

SH. Rahmatullayev, N. Mahmudov , Z.Xolmonova , I.O‘razova, K.Rixsiyeva . O‘zbek tili frazeologik lug‘ati. – T G‘afur G‘ulom nomidagi nashiriyot- matbaa ijodiy uyi 2022.