580
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
“GLOBAL MAFKURAVIY KONFRONTATSIYA” TUSHUNCHASI: MAZMUN VA
MOHIYATI
Adizov Azim Tolibovich
BuxDU mustaqil izlanuvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15027116
Annotatsiya.
Ushbu maqolada global mafkuraviy konfrontatsiya tushunchasi va uning
mazmuni mohiyati masalalari ilmiy tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar:
globallashuv, mafkura, konfrontatsiya,
mafkuraviy tajovuz, ma’naviyat,
milliy g’oya, ommaviy madaniyat.
THE CONCEPT OF “GLOBAL IDEOLOGICAL CONFRONTATION”: CONTENT
AND ESSENCE
Abstract.
This article scientifically analyzes the concept of global ideological
confrontation and its content and essence.
Keywords:
globalization, ideology, confrontation, ideological aggression, spirituality,
national idea, mass culture.
КОНЦЕПЦИЯ «ГЛОБАЛЬНОГО ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ПРОТИВОСТОЯНИЯ»:
СОДЕРЖАНИЕ И СУТЬ
Аннотация.
В
статье
научно
анализируется
понятие
глобального
идеологического противостояния, его содержание и сущность.
Ключевые слова:
глобализация, идеология, противостояние, идеологическая
агрессия, духовность, национальная идея, массовая культура.
Bugun jamiyatimizda globallashuv jarayonlari shiddat bilan kirib kelayotgan bir vaqtda
milliylikni saqlash va milliy mafkura masalasi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Global
mafkuraviy konfrontatsiya masalasiga to’xtalishdan oldin avvalo mafkura va konfrontatsiya
atamalariga to’xtalmoqchimiz.
Mafkura - (ideologiya) atamasini fransuz faylasufi va iqtisodchisi Destyut de Trassi
1801-yilda ilmiy muomilaga kiritgan bo‘lib, mafkura, siyosat, axloq va boshqalarning qat’iy
asosini belgilash uchun, g‘oyalar haqidagi ta’limotni tushungan. Shuningdek faylasuf, vrach,
Pver Jan Jorj Kabonis, Fransuz ma’rifatchisi Konstantin Fransua Volney tomonidan ham
mafkura haqida fikrlar ilgari surilgan. Fransiyada Napaleon hukmronlik qilgan yillarda
ideologlar, mafkurachilar deb jamiyat hayoti va mavjud siyosatdan amaliy ajralib qolganlar
tushunilgan [1].
Mafkura tushunchasiga faylasuf olimlar turli ta’riflar bergan bo‘lib, ularning shakli va
mazmuni xilma-xildir.
581
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
J.Tulenov, K.Yusupov, Z.G‘afurovlarning qayd qilishlaricha: “Mafkura… keng
ma’noga… muayyan bir jamiyatdagi mavjud bo‘lgan har bir sotsial guruh, millat va elat, siyosiy
partiyalar, jamoat tashkilotlari manfaatini ifodalovchi va ularga xos bo‘lgan g‘oyalar tizimini
tashkil etadi va o‘zining rang-barangligi bilan ifodalanadi… Tor ma’noda mafkura
jamiyatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning umumiy muddaolarini ifodalovchi
va ularning boshini biriktirib, jipslashtirib bitta asosiy maqsadga, ya’ni Respublikamiz
mustaqilligini mustahkamlashga undaydigan milliy istiqlol haqidagi g‘oyalar, bilimlar
yig‘indisini tashkil etadi”.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiladigan ikki yo‘nalish,
tendensiya namoyon bo‘lmoqda:
1.Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma’naviy
qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminalashib,
universallashib bormoqda.
2.Millatlar
va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy
rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatlaridagi o‘ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu
jumladan, o‘z millatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan
holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm, va
narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda[3].
Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitning 1983-yili - Garvard biznes
revyu jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. Muallif yirik transmilliy
korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini
shunday deb atagan edi. Ushbu fanda asosiy e’tibor - global dunyo, - iqtisodiy-moliyaviy
globallashuv, tushunchalarni sharxlash, ma’naviy dunѐqarashga kiritish, xamda global
transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, dunyo
miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan [3].
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, siyosatshunoslikda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi,
dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro
tashkilotlarning yordamida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi har tomonlama chuqur
tadqiq etilmoqda. Sotsiologiyada, madaniyatning universallashuvi natijasida turli davlatlar va
mintaqa xalqlari yashash tarzining yaqinlashuvi va birxillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni
izlamoqda. Tarix fanida, tarixiy asarlarda globallashuv jarayoni kapitalizmning ko‘p asrlik
taraqqiyoti bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.
Globallashuv sharoitida mafkuralarning ko‘rinishlari mavjud bo‘ladi. A.Yefendiyev
ularni uch turga bo‘ladi: butun dunyo insoniyat mafkurasi, aniq bir jamiyat va ma’lum bir
ijtimoiy guruh mafkurasi. Mafkuraning o‘zini esa bir necha qatlamlarga bo‘ladi:
582
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
1.
Mafkuraning birinchi qatlami – umuminsoniy qadriyatlar.
2.
Mafkuraning ikkinchi qatlami – umumxalq, umummilliy qadriyatlar. Ushbu qadriyatlar
ma’lum bir jamiyatni jipslashtiradi va larzalardan asraydi.
3.
Mafkuraning uchinchi qatlami – ma’lum bir ijtimoiy guruh, sinf manfaatlari, ularni esa
siyosiy partiyalar olg‘a suradi. Ularni umumiy maqsad va manfaatlar birlashtirib turadi. Lekin
ushbu maqsadlar umummilliy, umuminsoniy qadriyatlarga zid kelmasligi kerak[4].
Globallashuv davrida mafkuraviy konfrontatsiya masalasida shuni ta’kidlash joizki buni 3
jihatdan tahlil qilish mumkin. Ya’ni umuminsoniy konfrontatsiya, umummilliy konfrontatsiya va
ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi konfrontatsiya misolida ko’rish mumkun. Bu bosqichlar mafkuraviy
konfrontatsiyaning tarkibiy funksional qismi bo’lib hisoblanadi.
Konfrontatsiya fronsuzcha confrontation lot.con-qarshi – frons, frontis – peshona, old
tomon) qarama-qashilik, o’zaro ixtilofda bo’lish, to’qnashuv[5].
Mafkuraviy konfrontatsiya esa turli davlatlar, siyosiy kuchlar yoki mafkuraviy tizimlar
o’rtasida dunyoqarash, qadryatlar va tamoyillar bo’yicha kelishmovchilik va qarama-qarshilik
holari kabi jarayonlarda namoyon bo’lsa, global mafkuraviy konfrontatsiya xalqaro darajada
yoinkim global miqyosida kechishini anglatadi.
Xulosa qilib aytganda global mafkuraviy konfrontatsiya xalqaro munosabatlarning
ajralmas qismi bo’lib, dunyo siyosatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayonda
davlatlar, tashkilotlar va jamoatlar o’z mafkurasini himoya qilish yoki yoyish uchun turli
vositalardan foydalanadi. Shu sababdan mazkur jarayonda har bir millat o’zining milliy
g’oyasini saqlab qolish uchun harakat qilishi kerak.
REFERENCES
1.
Худайбердиев Х. ўзбек миллий мафкурасининг тараққиёт босқичлари (Маънавий-
мафкуравий таҳлил) монография. –Tермиз., 2023. “Irfon-print”, -Б.8.
2.
Ражаб Қиличев “Миллий ғоя ва мафкура: асосий тушунча ва атамалар”, “Дурдона”
нашриёти-2014, 61-62 бетлар.
https://staff.tiiame.uz/storage/users/426/presentations/zdn2NM012UgQpSrIMeGUDleagw
4.
Эфендиев А.Г. Идеология в современном обществе. – М., 2000. – С. 385.
5.
O’zbek tilining izohli lug’ati Ikkinchi jild. –T., 2023., “G’afur G’ulom”, B.-892.
6.
Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN
THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.
583
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
7.
Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of
Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of
Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.
8.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
9.
Ahmadov A.
XX ASR BOSHLARIDA
BUXORO VA AFG’ONISTON
EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т.
4. – №. 1. – С. 842-845.
10.
Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI
XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.
