ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
272
BIRINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYALAR TARIXI
Toirov Jasur Avaz o'g'li
Termiz davlat pedagogika instituti 3 - bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15032955
Annotatsiya.
Birinchi jahon urushining yakunlanishi va urushdan keyingi muhim siyosiy
voqealar. Parijda Versal saroyida Tinchlik shartnomasining tuzulishi, mag'lub davlatlarning
g'olib davlatlar tomonidan talanishi. Jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi va uning ta'siri.
Germaniyaning katta miqdorda g'olib davlatlar foydasiga Reparatsiya to'lashi.
Yevropaning qator mamlakatlarida o'ng radikal kuchlarning paydo bo'lishi va fashizmning
ommalashuvi. Versal - Vashington tizimining oqibatlari.
Kalit so'zlar:
Versal shartnimasi, Rapallo shartnomasi, Versal - Vashington tizimi,
Avstriya - Vengriya, Usmoniylar imperiyasi, Veymar Respublikasi, Trianon shartnomasi,
Yaponiya va Xitoy, Aqsh, Sovet ittifoqi, Buyuk Britaniya va Fransiya, Jahon iqtisodiy inqirozi.
HISTORY OF INTERNATIONAL RELATIONS AND DIPLOMACY AFTER WORLD
WAR I
Abstract.
The end of World War I and important political events after the war. The
conclusion of the Peace Treaty at the Palace of Versailles in Paris, the plundering of the defeated
countries by the victorious countries. The beginning of the world economic crisis and its impact.
Germany's large-scale payment of reparations in favor of the victorious countries. The emergence
of right-wing radical forces in a number of European countries and the popularization of fascism.
The consequences of the Versailles-Washington system.
Keywords:
Treaty of Versailles, Treaty of Rapallo, Versailles-Washington system, Austria-
Hungary, Ottoman Empire, Weimar Republic, Treaty of Trianon, Japan and China, USA, Soviet
Union, Great Britain and France, World economic crisis.
ИСТОРИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ И ДИПЛОМАТИИ ПОСЛЕ
ПЕРВОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ
Аннотация.
Окончание Первой мировой войны и важные политические события
после войны. Подписание мирного договора в Версальском дворце в Париже, разграбление
побежденных стран странами-победительницами. Начало мирового экономического
кризиса и его последствия. Крупномасштабные репарационные выплаты Германии
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
273
державам-победительницам. Появление праворадикальных сил и популяризация фашизма
в ряде европейских стран. Последствия Версальско-Вашингтонской системы.
Ключевые слова:
Версальский договор, Рапалльский договор, Версальско-
Вашингтонская система, Австро-Венгрия, Османская империя, Веймарская республика,
Трианонский договор, Япония и Китай, США, Советский Союз, Великобритания и Франция,
мировой экономический кризис.
Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning dahshatli oqibatlari dunyo davlatlarining
iqtisodiga, ijtimoiy va sanoat tizimiga katta zarba bo'ldi. Dunyoda yangi tartib o'rnatildi, qator
imperiyalar tarqalib ketdi. Rossiyada monarxiya ag'darilib, yangi komunistik tizim o'rnatildi. Aqsh,
Buyuk Britaniya va Fransiya dunyoda gegemon mamlakatlarga aylandi. Yevropada o'ng
kayfiyatdagi radikal kuchlarning paydo bo'lishi, mag'lub davlatlarda Revanshizmning kuchayishi,
keyingi jahon urushining boshlanishiga olib kelib qo'ydi.
BIRINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI XALQARO SHARTNOMALAR
Birinchi jahon urushining yakunlanishi Parijda Versal saroyida 1919 - yil 18 - yanvardan
1920 - yil 21 - yanvargacha 27 ta mamlakat ishtirokida konferensiya bo'lib o'tdi. 1918 - yil
noyabrda Germaniya imperiyasi quladi, o'rniga yangi hukumat tuzildi va mamlakat Veymar
Respublikasi deb ataladigan bo'ldi. Yangi hukumat 1919 - yil 28- iyunda Versal tinchlik
shartnomasi imzoladi. Bunga ko'ra urushning asosiy aybdori Germaniya g'olib davlatlar foydasiga
132 mlrd marka reparatsiya to'lashi lozim edi. Elzas va Lotaringiya Fransiyaga qaytarildi. Eypen
okrugi, Malmedi va Moreno Belgiyaga, Shimoliy Shlevzig Daniyaga o'tkazildi. Saar viloyati 15
yil davomida xalqaro nazoratga o‘tkazildi va iqtisodiy jihatdan Fransiya bilan bog‘landi. Reyn
viloyati esa demilitarizatsiya qilinib, ittifoqchi davlatlarning nazorati ostida qoldi. Sharqda
Germaniya G‘arbiy Prussiya, Poznan va Yuqori Sileziyaning bir qismini Polshaga berishga majbur
bo‘ldi. Bu bilan Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Danzig shahri esa
erkin shahar deb e’lon qilinib, Millatlar Ligasining nazorati ostida qoldi. Memel viloyati dastlab
Antanta davlatlari nazoratiga o‘tgan bo‘lsa-da, keyinchalik Litvaga qo‘shib yuborildi.Shimoliy
Shlezvig esa referendum natijasida Daniyaga o‘tdi. Germaniya nafaqat Yevropadagi hududlaridan,
balki barcha mustamlakalaridan ham mahrum bo‘ldi. Afrika va Tinch okean hududlaridagi sobiq
mustamlakalari Britaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa davlatlar o‘rtasida bo‘lib olindi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
274
Birinchi jahon urushidan so‘ng Avstriya-Vengriya imperiyasi butunlay parchalanib, tarix
sahnasidan yo‘qoldi. Urushning og‘ir natijalari va 1919–1920-yillarda imzolangan Sen-Jermen
hamda Triyanon shartnomalari imperiyaning hududiy yo‘qotishlariga sabab bo‘ldi. Bir paytlar
Yevropaning qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan bu imperiya bir necha mustaqil davlatlarga
bo‘linib ketdi.Avstriya o‘zining katta hududlarini qo‘shni davlatlarga boy berdi. Chexiya va
Slovakiya ajralib chiqib, yangi Chexoslovakiya davlati tashkil topdi. Polsha Galisiya va
Lodomeriyaning bir qismini qo‘lga kiritdi. Janubiy Tirol, Trentino va Isonzo vodiysi Italiyaga
berildi. Sloveniya, Xorvatiya va Bosniya-Gersegovina esa yangi tashkil etilgan Serblar, Xorvatlar
va Slovenlar qirolligi tarkibiga qo‘shildi.Avstriya imperiya maqomidan ayrilib, kichik bir davlatga
aylandi. Bundan tashqari, unga Germaniya bilan birlashish qat’iyan man etildi.1920 yil
imzolangan Trianon shartnomasi Vengriyani ulkan hududlaridan ayrildi. Transilvaniya va
Banatning sharqiy qismi Ruminiyaga o‘tdi. Slovakiya va Ruteniyaning katta qismi
Chexoslovakiyaga qo‘shib yuborildi. Vojvodina va Banatning g‘arbiy hududlari esa Yugoslaviya
tarkibiga kirdi. Hatto Burgenland ham Avstriyaga berildi. Ushbu yo‘qotishlar natijasida Vengriya
hududining qariyb uchdan ikki qismini va aholining yarmidan ortig‘ini yo‘qotdi. Bu esa
mamlakatda chuqur norozilik bo'ldi.
Usmoniylar imperiyasi Sevr (1920) shartnomasidan keyin Yaqin Sharqdagi boy
hududlaridan butunlay mahrum bo‘ldi. Ittifoqchilar Suriya va Livanni Fransiyaga, Falastin,
Iordaniya va Iroqni esa Buyuk Britaniyaga topshirdi. Arabiston yarim orolida Hijoz qirolligi
mustaqil davlatga aylandi. Misr, Sudan va Kipr ham rasman Britaniya nazoratiga o‘tdi.Anatoliya
hududining o‘zida ham imperiya katta yo‘qotishlarga duch keldi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
275
G‘arbiy Anatoliyadagi Izmir viloyati Gretsiya nazoratiga o‘tdi. Sharqda esa Sevr
shartnomasiga ko‘ra, Armaniston va Kurdiston mustaqil davlatlar sifatida tashkil topishi belgilandi.
Istanbul va Bosfor bo‘g‘ozlari xalqaro nazorat ostiga olinib, Usmoniylarga amalda
mustaqillik qoldirilmadi. Sevr shartnomasi Usmoniylar imperiyasining tanazzulini tasdiqlagan
bo‘lsa-da, turk milliy harakati bunga qarshi chiqdi. Mustafo Kamol (Atatürk) boshchiligida
boshlangan Kurash (1919–1922) natijasida turklar o‘z mustaqilligini qayta qo‘lga kiritdi. 1923-
yilda Lozanna shartnomasi imzolandi va Usmoniylar imperiyasining rasman tugatilishi e’lon
qilindi. O‘rniga yangi Turkiya Respublikasi tashkil etildi.
Birinchi jahon urushi Rossiya imperiyasi uchun og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqirozga
sabab bo‘ldi. Urushning qiyinchiliklari, frontdagi mag‘lubiyatlar va xalq orasidagi norozilik 1917-
yilgi Fevral inqilobiga olib keldi. Natijada podsho Nikolay II taxtdan voz kechdi va Rossiyada
Muvaqqat hukumat tuzildi. Biroq, bu hukumat ham mamlakatdagi beqarorlikni bartaraf eta olmadi.
1917-yilning oktabrida bolsheviklar hokimiyatni egallab, Sovet Rossiyasini tuzdilar. Inqilob va
fuqarolar urushi natijasida Rossiya imperiyasi parchalanib, katta hududiy yo‘qotishlarga uchradi.
1918-yilda Brest-Litovsk shartnomasi imzolanib, Rossiya Germaniya va uning ittifoqchilariga
ko‘plab hududlarini topshirdi. Garchi bu shartnoma 1918-yilda Germaniyaning mag‘lubiyatidan
keyin bekor qilingan bo‘lsa-da, Rossiya imperiyasining sobiq hududlarida mustaqil davlatlar
paydo bo‘lishi jarayoni davom etdi. Brest shartnomasi natijasida Finlyandiya – 1917-yil dekabr
oyida Rossiyadan ajralib, mustaqilligini e’lon qildi. Estoniya, Latviya va Litva – Boltiqbo‘yi
davlatlari 1918–1920-yillar davomida o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi.
VERSAL - VASHINGTON TIZIMI VA UNING OQIBATLARI
Birinchi jahon urushidan keyin dunyo siyosiy xaritasi tubdan o‘zgardi. Yangi xalqaro
tartibni shakllantirish va tinchlikni ta’minlash maqsadida g‘olib davlatlar bir qator shartnomalar
va kelishuvlarni imzoladilar. Natijada, 1919–1925-yillarda Versal-Vashington tizimi vujudga
keldi. Bu tizim Yevropa va Osiyoda yangi chegaralarni belgilab, xalqaro munosabatlarni tartibga
solishga harakat qildi. Versal tizimi Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya va uning
ittifoqchilariga yuklatilgan shartlar majmuasidan iborat bo‘lib, asosan 1919-yilgi Versal
shartnomasi va unga bog‘liq boshqa tinchlik shartnomalaridan iborat edi. Bu shartnomalar urushda
mag‘lub bo‘lgan davlatlarni jazolash va yangi xalqaro tartib o‘rnatishga qaratilgan. To‘rt
tomonlama shartnoma – AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Fransiya o‘z mustamlakalariga
qarshi hujum qilmaslikka kelishib oldi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
276
Besh tomonlama shartnoma – Dengiz qurollanishini cheklash maqsadida AQSh, Buyuk
Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiya o‘z flotlarini belgilangan nisbatda saqlashga rozi
bo‘ldi.To‘qqiz tomonlama shartnoma – Xitoyning hududiy yaxlitligi tan olindi va “ochiq eshik”
siyosati qo‘llanildi, ya’ni barcha davlatlar Xitoy bilan savdo qilish huquqiga ega bo‘ldi.Buyuk
Britaniya va AQSh Tinch okean hududida qudratli davlat sifatida qoldi.Yaponiya Janubiy Xitoy
dengizi va Tinch okeanining ba’zi hududlaridan voz kechishga majbur bo‘ldi, ammo mintaqadagi
asosiy harbiy kuchlardan biri bo‘lib qoldi.1929 - 1933 - yillarda Jahon iqtisodiy inqirozi davrida
mamlakatlar ocharchilik , ish tashlash , korxona , fabrika va yirik zavodlar tanazzul yoqasiga
keldirib qo'ydi. 1923 yil oktabrda Italiyada B. Mussolini boshchiligidagi fashistlar hukumatni
egalladi. U 1919 - yilda "Fashidekombatimento" partiyasiga asos solgan edi. Mussolini Italiyasi
Shimoliy Afrika mamlakatlari, jumladan Tunis, Jazoir, Misr va Efiopiyani egallash o'zining asosiy
vazifasi deb bilar edi, aniqroq qilib aytganda U "Rim imperiyasi" ni tiklashni istardi. 1919 - yil
Germaniyada Adolf Gitler boshchiligida "Germaniya natsional - sotsialistik ishchi partiyasi"
tuzadi. 1923 - yil 8- noyabrda Myunxenda uch mingga yaqin natsistlarning davlatga qarshi
to'ntarilish uyishtiriladi, bu tarixga " Pivo isyoni" deb kirgan.1932 - yil 2- fevralda qurolsizlanish
bo'yicha Jenevada ochilgan konferensiyada Germaniya barcha mamlakat uchun bir xil bo'lgan
"xavfsizlik doirasi bo'yicha teng huquqlik" ga erishadi. Bu Germaniya harbiy salohiyatini
tiklanishiga, xalqaro miqyosda tan olinishini anglatar edi. Gitler hokimiyatni egallagandan so'ng,
1933 - yil oktabrda Germaniya millatlar ligasidan chiqadi. 1936 - yil yozida iqtisodiyotni harbiy
yo'nalishga o'tkazishning 4 yillik rejasini tasdiqladi. Shunday qilib ikkinchi jahon urushi arafasida
Germaniya qurolli kuchlari safi 3 mln 670 ming harbiydan iborat edi. Rossiyada Bolsheviklar
hokimiyatni egallagandan so'ng, Germaniya bilan 1922 - yildayoq shartnoma imzolaydi, bu tarixga
Rapallo shartnomasi nomi bilan kiradi. Lenin boshchiligidagi komunistlar xalqaro maydonda hali
zaif edi. Osiyoda esa Yaponiya urushdan keyin imperiyachilik kayfiyati kuchaydi. Sharqiy
Osiyoni kelajakda egallash istagida bo'lgan yaponlarda "militaristik mafkura" shakllandi.
Yaponiya Buyuk Britaniya va Aqsh bilan iqtisodiy jihatdan yaqinlashuv siyosatini tutadi.
Shunday qilib " Versal - Vashington tizimi" dunyoni ikkinchi jahon urushi boshlanishiga asosiy
sabab bo'lib qoldi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,
Birinchi jahon urushidan keyin g''olib davlatlar tomonidan
dunyoni bo'lib olish avjiga chiqdi. Bu urush dunyo mamlakatlari aholisining yostig'ini quritdi,
davlatlar iqtisodini zaiflashtirdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
277
Versal - Vashington tizimi Aqsh, Buyuk Britaniya va Fransiyani dunyoning gegemon
mamlakatlarga aylantirdi. Urushdan keyingi xalqaro shartnomalar mag'lub davlatlarning iqtisodini
yanada dahshatli ahvolga keltirib qo'ydi. Natijada Yevropada o'ng radikal kuchlarning paydo
bo'lishi, dunyoda keyingi jahon urushining boshlanishiga olib keldi. Balki xalqaro shartnomalar
adolatli tuzilganda ikkinchi jahon urushi boshlanmagan bo'lar edi.
REFERENCES
1.
M.Rasulov - "Xalqaro munosabatlar va diplomatiyalar tarixi " Fargo'na 2023
2.
A.Mirzayev -" Xalqaro siyosat va diplomatiyalar " 2018
3.
Sh.Sharipov -" Diplomatiya va uning rivojlanishi" 2017
4.
A. Abdulkarimov -" Xalqaro munosabatlar va diplomatiyalar tarixi" 2020
5.
R.Jo'rayev - " Xalqaro munosabatlar va diplomatiyalar tarixi " Namangan 2023
