Mart, 2025-Yil
137
TALABALARDA KOGNITIV - PRAGMATIK KOMPETENTSIYASINI MUAMMOLI
TA’LIM TEXNOLOGIYA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING METODIK
TA’MINOTI
Adizova Nodira Baxtiyorovna
Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15032762
Annotatsiya.
Ushbu tezisda talabalarning pragmatik kompetensiyasini korpusli texnologiyalar
asosida shakllantirishdagi metodik modellariga qisqacha tarif berilgan.
Kalit so‘zlar
: iyerarxiyalilik, yaxlitlilik, strukturaviylik, ko‘plik (ko‘p sonlilik), tizimlilik.
Zamon rivojlangan sari fan va ta’lim oldiga yangidan-yangi muammolarni qo‘yadi. Bu
muammolarni yechish harakati bilan faqat ilmiy paradigmalargina emas, balki o‘qitish paradigmalari
ham o‘zgarib boradi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv predmetining
o‘zlashtirishlariga qaratilgan ta’lim paradigmasidan kompetensiyali ta’lim tizimiga o‘tish harakati
kuchaydi. Shuning uchun ham jahon pedagogikasida kompetentli shaxs tarbiyasi, kompetentli o‘qitish
muammolari ko‘tarilmoqda.
Kompetensiya nima? Kompetentli shaxs deganda nima tushuniladi? degan savollarning tug‘ilishi
tabiiy.“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da kompetensiya – (lotincha competere – layoqatli, munosib
bo‘lmoq) so‘zining ikki ma’noda qo‘llanilishi ko‘rsatiladi:
1. Muayyan organ yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi;
vakolat.
2. Shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi.
Mazmunan kompetensiya “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi
kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
Kompetentli shaxs deganda, ma’lum sohada kelib chiqqan muammoni hal qilishni o‘z zimmasiga
olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ma’lum vazifa qo‘yish va uni hal qilishda mustaqillik ko‘rsata oladigan
shaxs tushuniladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib
kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda
mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi
yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil
rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Mart, 2025-Yil
138
Ta’lim jarayoniga “kompetentlik” tushunchasining kiritilishi shu kunga qadar o‘qitish
amaliyotida uchraydigan nazariy bilim bilan undan amaliyotda foydalanish o‘rtasidagi uzilish, ya’ni
o‘quvchi nazariy bilimga ega bo‘lgan holda, undan muammoli vaziyatlarda foydalanishga qiynalish
holatlarini bartaraf qiladi
An’anaviy ta’limda ustuvor bo‘lgan “bilish paradigmasi” o‘rniga “bilimlardan muammoli
vaziyatlarda o‘rinli foydalanish” paradigmasi ustuvor paradigmaga aylanmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, kompetensiyaviy yondashuv “bilish paradigmasini” inkor
qilmagan holda, “uni muammoli vaziyatlarda qo‘llay bilish” paradigmasiga bo‘ysunadigan ikkinchi
plandagi paradigmaga aylantiradi. Lekin ikkinchi paradigma birinchi paradigmasiz faoliyat ko‘rsata
olmaydi. Demak, “bilish paradigmasi” bilan “qo‘llash paradigmasi” o‘zaro bog‘liq paradigmalardir.
Kompetensiyaviy ta’lim o‘quvchilarning ma’lum bilimlar yig‘indisini egallashnigina emas, balki
shaxsni rivojlantirish, anglash va yaratish qobiliyatlarini o‘stirishni mo‘ljallaydi. Shunga muvofiq, ta’lim
maqsadi, mazmuni ustuvorligi ham o‘zgaradi: bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirishdan asosiy
e’tibor egallangan bilim, malaka, ko‘nikmalarni hayotda amaliy masalalarni hal qilishda erkin qo‘llay
olish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltiriladi.Kompetensiya tushunchasining qisqacha tarixi quyidagi
bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich – 1960–1970 yillar. Tilni o‘rganishga doir dastlabki kompetensiyalar kiritila
boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan «kommunikativ kompetensiya»tushunchasi kiritiladi.
Ikkinchi bosqich – 1970–1990 yillar. Kompetensiya/kompetentlik kategoriyalarini tilni ayniqsa
ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni o‘rganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda, rahbarlikda,
menejmentda professionallik va muloqotni o‘rganishda foydalanila boshlandi. Bu paytda «ijtimoiy
kompetensiya kompetentlik» tushunchasining mazmuni ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqich – 1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondoshuv, kasbiy ta’limga,
umumta’lim fanlariga va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llanila boshlandi.
Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarga quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga
egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
2. Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-
pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil
rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion,
kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi
mazmunni ifodalaydi:
Mart, 2025-Yil
139
1) psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish,
talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy
psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
2) metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim
yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay
olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;3) informatsion
kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash,
qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
4) kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o‘zining
ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
5) innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash,
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga
muvaffaqiyatli tatbiq etish;
6) kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar
bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
3. Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,malaka darajasini oshirib
borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
4. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni
o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
5. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan
chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish
malakasiga egalik.
Quyidagi kompetensiyalar ona tili o`quv predmeti uchun tasdiqlangan tayanch
kompetensiyalardir.
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va
uslubiyatga oid): Hozirgi vaqtda “til kompetensiyasi” atamasi ostida ma’lum bir tilda
gaplashuvchi jamiyat a’zolarining bir-biri bilan muloqotga kirishishlari uchun zarur bo‘lgan til
malakasi majmuasi va o‘quv predmeti sifatidagi til fani haqidagi bilimi tushuniladi.
Har bir shaxs lisoniy qobiliyatga ega. Bu qobiliyat so‘zlovchining faqat u yoki bu tildagi so‘zlarni
va ularning bog‘lanish qoidalarini bilish bilan cheklanib qolmaydi. Agar so‘zlovchi lisoniy strukturalarni
o‘zlashtirsa-yu, ammo ulardan qanday va qaysi o‘rinlarda foydalanishni bilmasa, lisoniy qobiliyatga
to‘liq egalik haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Shuning uchun hozirgi kunda lisoniy qobiliyatga to‘laqonli
Mart, 2025-Yil
140
ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalamoq uchun ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni o‘quvchilarning tilning sof
ichki tuzilishini bilishdan tashqari, ularning har biridan qaysi vaziyatlarda qanday foydalanishni
bilishlariga ham qaratish lozim bo‘ladi. Ana shunday amaliy ehtiyojni qondirish uchun kognitiv
tilshunoslik maydonga keldi.
REFERENCES
1.
Евстигнеев М.Н. Структура ИКТ компетентности учителя иностранного языка //
Язык и культура. 2011. № 1(13). С. 119–125.
2.
Маркова Ю.Ю. Методика развития умений письменной речи студентов на основе
вики–технологии (английский язык, языковой 160 вуз): автореф. дис. … канд. пед.
наук. М.: МГГУ им. М.А. Шолохова, 2011.
3.
Сёмич
Ю.И.
Методика
обучения
студентов
направления
подготовки
«Журналистика» иноязычному письменному высказыванию на основе корпусных
технологий: автореферат дис. ... канд. пед. наук. Тамбов: ТГУ имени Г.Р. Державина,
2019.
4.
Сластенин В.А. и др. Педагогика Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений
/ В.А. Сластенин, И.Ф. Исаев, Е Н. Шиянов; Под ред. В.А. Сластенина. – М.:
Издательский центр «Академия», 2002. – 576 с.
