Mart, 2025-Yil
173
ABULG’OZI BAHODIRXON ILMIY MEROSI VA TARIXSHUNOSLIKDAGI O’RNI
Erkinboyev Fozilbek Zakirjon o’g’li
Navoiy Davlat Universiteti tarix fakulteti 4-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15032834
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Abulg’ozi Bahodirxon
ilmiy merosi xususan uning
asarlari, bu asarlarning tarxiy ahamiyati va tarxishunoslikdagi o’rniga bag’ishlangan fikr va
mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Abulg’ozi Bahodirxon, Shajarayi Turk, Shajarayi Tarokima, Anusha
Muhammadxon, Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy, Abdullaxon II, turkman
urug’lari Chovdur, G.S.Sablukov , P.I.Demizon.
O‘zbek tarixshunosligida Abulg‘ozi Bahodirxon (1603–1663) o‘zining ilmiy va tarixiy
merosi bilan alohida o‘rniga egadir. U nafaqat Xiva xonligining hukmdori, balki yirik tarixchi
sifatida ham mashhur bo‘lib, o‘z davrining muhim voqealarini qalamga olgan tarixiy shaxsdir.
Uning eng mashhur asarlari – "Shajarayi tarokima" va "Shajarayi turk"da – Markaziy
Osiyo xalqlarining kelib chiqishi, siyosiy tarixi va etnik tarkibini o‘rganishda muhim manba
hisoblanadi. Shuningdek tibbiyotga oid “Manofe ul-inson”(Insonga foydali narsala) nomli asar
ham yozgan.
1
Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy asarlari faqatgina o‘z davrining voqealarini
yoritibgina qolmay, balki turkiy xalqlarning kelib chiqishi , ularning davlat qurilishi va urf-
odatlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. U tarixchilik faoliyatida an’anaviy sharq tarixiy
metodlarini qo‘llagan bo‘lsa-da, o‘z asarlarida aniq faktlarga, og‘zaki va yozma manbalarga
tayanishga harakat qilgan. Bu jihati uni faqat hukmdor emas, balki mustaqil tarixiy fikrlovchi
sifatida ham e’tirof etish imkonini beradi. Shuningdek bu asarlar muallif o’z ko’zi bila ko’rgan va
eshitgan faktlar asosida yaratilganiligi boshqa tarixiy asarlardan ajratib turuvchi asosiy xususiyati
hisoblanadi. Abulgʻozi Bahodirxonning ”Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlari turkiy
xalqlarning etnogenezi, genealogiyasi va siyosiy tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi
noyob manbalardir. Ularning tarixshunoslikdagi o‘rni nafaqat Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, balki
butun turkiy dunyoning o‘zligini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega.
Abulgʻozixonning eng yirik asari «Shajarayi turk» nomi bilan mashhur. Mazkur asarning
asosiy qismi 1663-1664 yillarda yozilgan. Asar Xorazm tarixining XVI-XVII asrning ikkinchi
1
X. Hudoynazarov “Abulg’ozi Baxodirxon tarixchi va adib” T.; “O’ZBEKISTON” , 1994.-6b.
Mart, 2025-Yil
174
yarmidagi ijtimoiy siyosiy tarixini bayon etishda nodir manbadir. Abulgʻozi kelgusi avlodlarga
tuhfa qilib qoldirarajak asarini yaratishga kirishar ekan, uydirma va soxtalikka shuningdek baland
parvoz yalg’on gaplarga, o’sha davr hukumatini ulug’lashga yoʻl qoʻymaslikka, tarixdan chetga
chiqmaslikka harakat qiladi. Abulg’ozi Bahodirxon asarni tarixiy xolisiylik va o’sha davr
voqealiklariga hukumdor emas balki bir tarixchi sifatida fikr bildiradi. Abulgʻozi Bahodirxon
mazkur asarni yaratishda forsiy va turkiy tillarda yozilgan oʻn sakkizta manbaga tayanadi. Bu
haqda uning oʻzi shunday deydi: «Eron bilan Turonda oʻtgan Chingizxon oʻgʻillarining otlarini
aytilgan tarixlardan ushbu zamon faqirning oldinda oʻn sakkiz mujollik hozir turar». Abulgʻozi
oʻz ona tilini yaxshi bilganidek fors-tojik, shuningdek, moʻgʻul tillarini ham puxta egallagan edi.
U oʻz asarlarini ona tilida yozgan. Abulgʻozi Bahodirxon: «Bu tarixni yaxshi va yomon
barchalari bilisin deb, turk tili bilan aytdim. Bir kalima chigʻatoy turkiydan, forsiydan va arabiydan
qoʻshmayman, ravshan boʻlsin deb, turkiyni ham andoq aybtimanki, besh yashar oʻgʻlon
tushunur»
2
, – deb yozadi. Asar Abulg’ozi Baxodirxon o’limidan keyin oxiriga yetkazilmay qolgan
bo’lsa ham, uning o’g’li Anusha Muhammadxon (1663-1687) buyrug’iga muvofiq, urganchlik
tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan ayrim ma’lumotlariga
o’zgarish va to’ldirish ishlarini kirgazadi. Abulg’ozi Bahodirxon asar yaratilishi bo’yicha shunday
yozadi: “Ammo bizning otalarimizning beparvolig’i va Xorazm xalqining bevuquflig’i, bu ikki
sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning
otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga
taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz
aytduk“. Asar muqadimma va 9 bobdan tashkil topgan.
Abulg‘ozi Bahodirxonning asarlari ichida "Shajarayi tarokima" ("Turkmanlar shajarasi")
muhim o‘rin tutadi. Muallifning aytishicha, "Shajarayi tarokima" turkman oqsoqollari va ulug‘
boshliqlarning taklifiga ko‘ra oddiy turk kishisi tushinadigan tilda yozilgan. « Asar 1660—1661-
yillar orasida ijod qilingan. "Shajarayi tarokima" yozma obidasida turkman qavmi bilan Xiva
xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, turkmanlarni itoat qildirish uchun olib borilgan kurashlar
bayon etilgan, o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasida inoqlik o‘rnatilishi ta’kidlangan»
3
.
Asar eski o’zbek tilida yozilgan bo’lib, Odam-ota haqidagi diniy xarakter va mazmundagi
afsonalar, o’g’uz-turkmanlar haqidagi ma’lumotlar tarixiy faktlar va real asosgan ega bo’lgan
voqeallar bayon qilinadi.
2
Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi turk” .Toshkent. Cho’lpon nashiryoti 1992
3
Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi tarokima”. 1995. -2b.
Mart, 2025-Yil
175
Asar turkiy qabilalar xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar bilan
qimmatlidir. Unda barcha turkiy qabilalarning afsonaviy hukmdori O’g’uzxon va uning avlodlari
haqida, shuningdek turkman urug’lari – Tekke, Salor, Yomut, Ersari, Gokleng, Xizr eli, Ali eli,
Chovdur va boshqalarning genezisi xususida muhim tarixiy ma’lumotlar berilgan.
Abulgʻozining asarlari Sharq tarixchi va olimlarnigina emas, balki rus va boshqa chet
olimlarning ham diqqat eʼtiborini oʻziga tortadi. Jumladan, rus tarixiy adabiyotlarida xorijiy
tillardan tarjima qilingan asarlar qatoriga 1770-yildan «Shajarayi turk» asari ham qoʻshildi.
Muallifning «Shajarayi turk» asari 1825-yilda Qozonda Rumyansev, 1854-yilda
G.S.Sablukov, 1871-yilda P.I.Demizonlar tomonidan, «Shajarayi tarokima» asari esa 1898 va
1966-yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr etildi. «Shajarayi turk»ning rus tiliga tarjimasi
Rossiya oliy oʻquv zortlarida Sharq xalqlari tarixi va tilini oʻqitish ishiga ham ijobiy taʼsir etdi.
4
Abulg’ozi Bahodirxon asarlari qimmatliligini ko’plam olimlar va tarixchilar aytib
o’tishgan, bu asarlar turklar umuman turkiy muhitni jonlantirishga muhim manba bo’lib xizmat
qilishganini takidlashadi. «Abulgʻozining asarlari yana shuning uchun ham muhimki, mazkur
muallifdan ilgari bunday asarlar yaratilmagan edi, shuningdek, ular vujudga kelgan va keyingi
XVIII—XIX asrlar uchun ham xarakterli boʻlib qolavergan Xiva — turkman munosabatlarini va
turkmanlarning Buxoro va Eron bilan oʻzaro aloqalarni tushunish uchun juda boy material
beradi».
5
40-yillarda «Shajarayi turk»ni o'rganishga kirishgan, «O'zbek adabiyoti tarixi
xrestomatiyasi»ni urushgacha tayyorlab nashriyotga topshirgan adabiyotshunos Olim
Sharofiddinov (urushda halok bo'lgan) 1945 yilda nashr etilgan «O'zbek adabiyoti tarixi
xrestomatiyasi»ning ikkinchi kitobida «Shajarayi turki» kitobi haqida qisqacha ma'lumot va undan
ayrim namunalar berib: «Abulg'ozi Bahodirxon binni Arabmuhammad o'zbek xonlari ichida
Boburdan keyingi muhim shaxsdir. Uning madaniyat tarixida qilgan ishlari ulug'»
6
- deb adibga
juda to’g’ri baxo beradi.
Tarixshunoslik nuqtayi nazaridan Shajarayi turk va Shajarayi tarokima asarlari turkiy
xalqlarning davlat boshqaruvi, siyosiy kurashlari, qabilalararo munosabatlari va madaniy hayoti
haqida qimmatli dalillarni taqdim etadi. Ayniqsa, genealogik ma’lumotlar orqali ko‘plab tarixiy
shaxslarning nasl-nasabini kuzatish va ularning o‘zaro bog‘liqligini tushunish mumkin.
Abulgʻozi Bahodirxon tarixchilikka faqat ilmiy nuqtayi nazardan emas, balki davlat arbobi
sifatida ham yondashgan.
4
X. Hudoynazarov “ Shajarayi TurK” va uning o’rganilishi TOSHKENT “O’QITUVCHI” 1993-7b.
5
Иванов П. П. Очерки по истории Средней Азии, Москва, 1958, 31-бет.
6
O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi. Toshkent, II tom, 1945, 531-bet.
Mart, 2025-Yil
176
U tarixni yozish jarayonida o‘zining siyosiy tajribasidan foydalangan va uni real tarixiy
voqealar bilan boyitgan. Bu jihatdan u Markaziy Osiyo tarixshunosligida o‘ziga xos maktab
yaratgan va keyingi tarixchilarga ilhom manbai bo‘lgan.
Umuman olganda, Shajarayi turk va Shajarayi tarokima nafaqat tarixiy manba, balki tarixni
tushunish va talqin qilish usulini o‘rgatuvchi asarlar sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Ular bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, turkiy xalqlar tarixi va
madaniyatini tadqiq etishda muhim ilmiy manba bo‘lib qolmoqda.
REFERENCES
1.
Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi turk”. Toshkent. Cho’lpon nashiryoti 1992
2.
Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi tarokima”. 1995. -2b.
3.
X.Hudoynazarov “Abulg’ozi Baxodirxon tarixchi va adib” T.; “O’ZBEKISTON”, 1994.-6b.
4.
X.Hudoynazarov “Shajarayi TurK” va uning o’rganilishi TOSHKENT “O’QITUVCHI”
1993-7b.
5.
Иванов П. П. Очерки по истории Средней Азии, Москва, 1958, 31-бет.
6.
O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi. Toshkent, II tom, 1945, 531-bet.
