Authors

  • Marhabo Mengaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72615

Keywords:

Internet ijtimoiy tarmoqlar til o'zgarishi emojilar qisqartmalar yangi so'zlar.

Abstract

Ushbu maqola bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo`layotgan tilning o'zgarishini tahlil qiladi. Maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning so'zlashuv tiliga ta'siri, yangi so'zlar, qisqartmalar va emojilar kabi unsurlarni qanday shakllanishi, hamda tilning yangi shakllarining yuzaga kelishi ko'rib chiqiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda til o'zgarishining ijtimoiy va madaniy jihatlari, shuningdek, yoshlar orasida tez tarqalgan til o'zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Tahlil qilishda, zamonaviy aloqa vositalarining tilni qanday shakllantirishi va so'zlashuvda qanday o'zgarishlar yuz berishi o’rganiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

356

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDA TILNING O'ZGARISHI

Mengaliyeva Marhabo Mengali qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 107-guruh talabasi.

Markhabo.mengaliyevna@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15049590

Annotatsiya.

Ushbu maqola bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo`layotgan

tilning o'zgarishini tahlil qiladi. Maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning so'zlashuv tiliga

ta'siri, yangi so'zlar, qisqartmalar va emojilar kabi unsurlarni qanday shakllanishi, hamda tilning

yangi shakllarining yuzaga kelishi ko'rib chiqiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda til o'zgarishining ijtimoiy

va madaniy jihatlari, shuningdek, yoshlar orasida tez tarqalgan til o'zgarishlari haqida fikr

yuritiladi. Tahlil qilishda, zamonaviy aloqa vositalarining tilni qanday shakllantirishi va

so'zlashuvda qanday o'zgarishlar yuz berishi o’rganiladi.

Tayanch so'zlar

: Internet, ijtimoiy tarmoqlar, til o'zgarishi, emojilar, qisqartmalar, yangi

so'zlar.

ИЗМЕНЕНИЕ ЯЗЫКА В ИНТЕРНЕТЕ И СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

Аннотация.

Данная статья анализирует изменения языка, происходящие в

социальных сетях сегодня. В статье рассматривается влияние интернета и социальных

сетей на разговорную речь, процесс формирования новых слов, аббревиатур и эмодзи, а

также появление новых языковых форм. Обсуждаются социальные и культурные аспекты

изменений языка в социальных сетях, а также распространение этих изменений среди

молодежи. В ходе анализа изучается, как современные средства коммуникации

формируют язык и какие изменения происходят в устной речи.

Ключевые слова:

интернет, социальные сети, изменение языка, эмодзи,

аббревиатуры, новые слова.

LANGUAGE CHANGE ON THE INTERNET AND SOCIAL NETWORKS

Abstract

. This article analyzes the linguistic changes occurring in social networks today.

It examines the influence of the Internet and social networks on spoken language, the formation of

new words, abbreviations, and emojis, as well as the emergence of new linguistic forms. The article

discusses the social and cultural aspects of language change in social networks and how these

changes spread among young people. The analysis explores how modern communication tools

shape language and what changes occur in spoken discourse.

Keywords

: Internet, social networks, language change, emojis, abbreviations, new words.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

357

Kirish.

Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning

madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Internet va ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda

jamiyatning eng muhim qismlariga aylangan. Ular nafaqat ma'lumot almashish, balki til va

kommunikatsiya madaniyatining shakllanishiga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. So'zlashuv va

yozishmalarda yangi so'zlar, qisqartmalar, shuningdek, emojilar kabi vizual ifodalardan

foydalanish tez sur'atlar bilan keng tarqalmoqda. Til va inson bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydigan

tushunchalardir. Insoniyat tarixida til rivojlanishi doimo jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq

bo‘lgan. Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishi

insonlarning o‘z ona tilida muloqot qilish (gapirish va yozish) usullarini tubdan o’zgartirdi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

. Til jamiyat bilan birga o‘zgaradi. Internet va

ijtimoiy tarmoqlar esa ushbu o‘zgarish jarayonini tezlashtirib, yangi kommunikatsiya shakllarini

yaratmoqda. Ushbu mavzuni ilmiy jihatdan tahlil qilish uchun bir qator muhim manbalar va

tadqiqot usullari mavjud. Naomi S. Baron – "Always On: Language in an Online and Mobile

World" (2008). Kitob internet va mobil texnologiyalar ta’sirida til qanday o‘zgarayotganini

o‘rganadi. Muallif virtual muloqot va an’anaviy yozishmalar o‘rtasidagi tafovutlarni tahlil qilib,

raqamli kommunikatsiyaning kelajagi haqida fikr yuritadi.

Kitob o‘nta bobdan iborat bo‘lib, unda onlayn va mobil aloqa turlarining tarixi bayon

qilinadi hamda bu texnologik vositalar kundalik hayotga tobora chuqurroq singib borishi natijasida

lingvistik va ijtimoiy me’yorlarning qanday o‘zgarishi va rivojlanishi tahlil qilinadi. Muhim

boblarda ayrim aloqa texnologiyalariga (masalan, tezkor xabar almashish, mobil telefonlar) oid

fanlararo tadqiqotlar keltirilgan hamda ular tarixiy nuqtayi nazardan o‘xshash texnologiyalar va

aloqa amaliyotlari (masalan, telefonlar, jonli qo‘ng‘iroqlar orqali suhbatlar) bilan solishtiriladi.

Markaziy boblarning bir qismida antropologiya, nutq tahlili, sotsiolingvistika, ta’lim va

neyrobiologiya bo‘yicha tadqiqotlar umumlashtirilgan bo‘lib, ularda Baron va uning hamkasblari

tomonidan o‘tgan o‘n yil davomida AQShning ayrim bakalavr talabalari orasida olib borilgan asl

tadqiqot natijalari ham keltirilgan. Ushbu tadqiqotlar onlayn va mobil aloqa shakllari bilan bog‘liq

bo‘lgan xulq-atvor namunalari hamda lingvistik xususiyatlarga oid ommaviy qarash yoki

savollarni o‘rganishga qaratilgan.

[1].

Ayniqsa, so‘nggi yillarda yoshlar nutqiga ijtimoiy

tarmoqlarning ta’siri, kod-mixing va emoji lingvistikasi bo‘yicha tadqiqotlar dolzarb ahamiyat

kasb etmoqda. Ushbu kitob internet tilining shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va uning

an’anaviy til tizimlariga qanday ta’sir qilishi haqida batafsil ma’lumot beradi. Muallif til

o‘zgarishlarini lingvistik nazariya asosida tahlil qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

358

Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, izohlar va xabarlarni o‘rganish orqali til

o‘zgarishlarini real misollar asosida tahlil qilindi. Tilning o`zgarishiga hissa qo`shayotgan asosiy

tashqi omillardan biri internet va ijtimoiy tarmoqlardir, ayniqsa, Facebook, Instagram, Telegram

kabi platformalardagi yozishmalar lingvistik jihatdan o`rganildi. Ushbu so'zlar, ijtimoiy

tarmoqlarda odamlarning fikrlarini ifodalash uchun oson va tezkor vositalar bo'lib, tilni yanada

soddalashtirdi. Shuningdek, internet tili va emojilar yordamida muloqot qilish bugungi kunda keng

ommalashgan.

Muhokama.

Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar inson muloqoti va tiliga kuchli

ta’sir o‘tkazmoqda. Bu jarayon global miqyosda kechib, tilning turli sohalarda tezkor o‘zgarishiga

sabab bo‘lyapti. Avvallari tilni grammatik qoidalar boshqargan bo‘lsa, endilikda qulaylik,

tezkorlik va muloqotning ta’sirchanligi asosiy omillarga aylanmoqda.

Foydalanuvchilar uzun

jumlalar o‘rniga qisqartirilgan shakllarni afzal ko‘rmoqda. Masalan, SMS (Short message service

= qisqa xabarlar xizmati), OMG (Oh My God = Voy Xudo), LOL (Laughing Out Loud = yotvolib

kulyapman), OK kabi qisqa javoblar uzoq tushuntirishlarning o‘rnini egallayapti. Shu bilan birga,

yangi qisqartmalar, abbreviatura va emoji yordamida muloqot yanada dinamik tus olmoqda. Endi

so‘zlarning o‘rnini rasm yoki belgi bilan almashtirish odatiy holga aylangan.

Ikkinchidan, ijtimoiy

tarmoqlarda norasmiy til uslubi hukmron bo‘lib bormoqda. Oldin rasmiy yozishmalarda

grammatik xatolar qabul qilinmagan bo‘lsa, hozir esa bu normal holatga aylanib bormoqda.

Buning asosiy sababi – tezkor muloqot zaruriyati. Masalan, "Salom, qalesan?" yoki "Nima

gap?" kabi iboralar nafaqat kundalik suhbatlarda, balki rasmiy bo‘lmagan elektron yozishmalarda

ham keng qo’llanilmoqda. Uchinchidan, til o‘zaro aralashmoqda. Dunyo tillari bir-biriga ta’sir

qilib, yangi shakllar paydo bo‘lyapti. O‘zbek tilida ham "like bosdim", "story ko‘rdim", "nejniy

kiyim oldim", "pitsa dastavka qildim" kabi iboralar kundalik hayotga singib ketmoqda. Bu esa

globalizatsiya ta’sirini ochiq-oydin namoyish etmoqda.

To‘rtinchidan, muloqot shakli o‘zgarib,

yozma til o‘rniga vizual vositalar kuchaymoqda. Oldin matn asosiy kommunikatsiya vositasi

bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa videolar, ovozli xabarlar, GIF va stikerlar tezkor va tushunarli muloqot

vositasi sifatida afzal ko‘rilmoqda. Emojilar va memlar yangi kommunikatsiya vositalari sifatida

keng tarqalgan. Beshinchidan, tilimizga ijtimoiy tarmoqlardan yangi so`zlar kirib kelmoqda. Misol

uchun, "selfie", "hashtag", "vlog", "meme" kabi so'zlar aslida an'anaviy lug'atda mavjud bo'lmagan

yangi atamalar (neologizmlar) bo'lib, internetdagi muloqot va madaniyat orqali paydo bo'lgan.

Masalan, kulayotgan yoki hayratlangan emoji bir necha jumlalar o‘rnini bosa oladi.

Bu asr oxiriga borib dunyoda taxminan 1 500 til yo‘qolishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

359

Bu, albatta, juda qayg‘uli, chunki tillar inson madaniyatining xilma-xilligini aks ettiradi va

dunyoni qiziqarli qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa tillarni saqlab qolish hamda

ularni o‘zgartirishga yangi muammo tug‘diradi. Shunga qaramay, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari va boshqa raqamli vositalar tillarni saqlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Kamida ular keyinchalik til yo‘qolib ketsa, uni saqlab qolish uchun muhim manba bo‘lishi

mumkin. Audio yozuvlar orqali biz aksentlar, mahalliy shevalar va madaniy o‘ziga xosliklarni

saqlab qolish imkoniyatiga egamiz. Bu esa tarixiy aniqlikni ta’minlashga yordam beradi.

[2]

Bu jarayonning ijobiy jihatlari bilan birga salbiy ta’sirlari ham mavjud. Bir tomondan, til

yanada qulay va dinamik tus olmoqda, muloqot soddalashib, tezlashmoqda. Boshqa tomondan esa,

yozma madaniyat va klassik til me’yorlari o‘z o‘rnini yo‘qotib borishi mumkin. Ilmiy, adabiy va

rasmiy tilda ifodalanish san’ati pasayishi xavfi mavjud.

Natija.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar tilning o‘zgarishiga yangi yo‘nalish ochib berdi. Bu

jarayon tabiiy til evolyutsiyasining bir qismi bo‘lib, inson muloqotining yangicha ko‘rinishini

yaratmoqda. Endilikda quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1.

Til iqtisodiylashmoqda va dinamik tus olmoqda – Insonlar tezroq va kamroq so‘z bilan

fikr ifodalashga harakat qilmoqda.

2.

Norasmiy muloqot kuchaymoqda – Ijtimoiy tarmoqlarda grammatik qoidalarga e’tibor

kamayib, qulaylik va tabiiylik asosiy mezon bo‘lib qoldi.

3.

Til xalqaro tus olyapti – Internet orqali turli tillarning aralashuvi natijasida yangi

lingvistik hodisalar paydo bo‘lyapti.

4.

Vizual kommunikatsiya ustunlik qilmoqda – Endi fikrni matn bilan emas, balki rasm,

emoji, video va GIF orqali yetkazish odat bo‘lib qolmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

360

Xulosa qilib aytganda, til har doim rivojlanishda bo‘lgan jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar

uni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Muhimi, bu o‘zgarishlar madaniy meros va an’anaviy yozma

tilga zarar yetkazmasligi uchun, har bir foydalanuvchi o‘z tili va adabiyati boyligini saqlashga

mas’ul ekanligini unutmasligi lozim. Til o‘zgarishi mumkin, ammo uning negizini tashkil etgan

boy ifodalar, go‘zal jumlalar va adabiy uslub hech qachon yo‘qolmasligi kerak. Tillarni saqlanib

qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir.

Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha

tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli xam har bir xalq

o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. Ba’zi tadqiqotchilar bu jarayonni tilning buzilishi

deb hisoblasalar, boshqalar buni tabiiy evolyutsiya sifatida qabul qiladi. Bunday o‘zgarishlar aloqa

tezligi va qulayligini oshirsa ham, ba’zan an’anaviy yozma madaniyatga putur yetkazishi mumkin.

Doimiy ravishda qisqartmalardan foydalanish grammatik me’yorlarning buzilishiga va

rasmiy yozishmalarda xatolarga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo`lmoqda. Bu o'zgarishlar tilning

grammatikasiga ta'sir qiladi va ba'zi an'anaviy til elementlarining unutilishiga sabab bo'ladi. Biroq,

bu o'zgarishlar tilning evolyutsiyasi va o'zgarishini ta'minlaydi, til jamoatchilik bilan birga

rivojlanishi kerak.

REFERENCES

1.

Review by Shannon Sauro. REVIEW OF ALWAYS ON: LANGUAGE IN AN ONLINE

AND MOBILE WORLD. Language learning and technology. October 2010, Volume 14,

number 3.

2.

Giles Crouch- Digital Anthropologist.

https://gilescrouch.medium.com/how-language-is-

changing-in-the-digital-age-2174f77567df

3.

Crystal, D. (2006). Language and the Internet. Cambridge University Press.

4.

Baron, N. S. (2008). Always on: Language in an online and mobile world. Oxford

University PrPress

References

Review by Shannon Sauro. REVIEW OF ALWAYS ON: LANGUAGE IN AN ONLINE AND MOBILE WORLD. Language learning and technology. October 2010, Volume 14, number 3.

Crystal, D. (2006). Language and the Internet. Cambridge University Press.

Baron, N. S. (2008). Always on: Language in an online and mobile world. Oxford University PrPress