Authors

  • Shahlo Xodjiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72620

Keywords:

gadjetlar bola psixologiyasi sog’liq ijtimoiy muloqot psixologik holat ta’limiy imkoniyatlar kreativlik ekran vaqti internet xavfsizligi muloqot ko’nikmalari.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy gadjetlarning bolalar psixologiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Gadjetlardan foydalanishning salbiy va ijobiy jihatlari ko’rib chiqilib, ota – onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar beriladi. Gadjetlarning ta’lim jarayonini qo’llab – quvvatlash, ijodiy fikrlash va mantiqiy qobiliyatni rivvijlantirishdagi ijobiy jihatlari yoritiladi. Shu bilan birga, diqqatning susayishi, uyqu buzilishi, ijtimoiy muloqot muammolari va internet xavflari kabi salbiy jihatlariga ham e’tibor qaratiladi. Maqola bolalarning sog’ligi, ijtimoiy muloqoti va psixologik holatiga gadjetlarning ta’sirini o’rganishga qaratilgan. Ota – onalar uchun tavsiyalar keltirilib, bolalarning gadjetlardan sog’lom foydalanishiga yo’naltirilgan chora – tadbirlar taklif etiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

386

GADJETLARNING BOLA PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Shahlo Xodjiyeva

https://doi.org/10.5281/zenodo.15049762

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy gadjetlarning bolalar psixologiyasiga ta’siri

tahlil qilinadi. Gadjetlardan foydalanishning salbiy va ijobiy jihatlari ko’rib chiqilib, ota – onalar

va pedagoglar uchun tavsiyalar beriladi. Gadjetlarning ta’lim jarayonini qo’llab – quvvatlash,

ijodiy fikrlash va mantiqiy qobiliyatni rivvijlantirishdagi ijobiy jihatlari yoritiladi. Shu bilan birga,

diqqatning susayishi, uyqu buzilishi, ijtimoiy muloqot muammolari va internet xavflari kabi salbiy

jihatlariga ham e’tibor qaratiladi. Maqola bolalarning sog’ligi, ijtimoiy muloqoti va psixologik

holatiga gadjetlarning ta’sirini o’rganishga qaratilgan. Ota – onalar uchun tavsiyalar keltirilib,

bolalarning gadjetlardan sog’lom foydalanishiga yo’naltirilgan chora – tadbirlar taklif etiladi.

Kalit so’zlar:

gadjetlar, bola psixologiyasi, sog’liq, ijtimoiy muloqot, psixologik holat,

ta’limiy imkoniyatlar, kreativlik, ekran vaqti, internet xavfsizligi, muloqot ko’nikmalari.

THE IMPACT OF GADGETS ON CHILD PSYCHOLOGY

Abstract.

This article analyzes the impact of modern gadgets on children’s psychology.

The positive and negative aspects of gadget use are examined and recommendations are provided

for parents and educators. The positive aspects of gadgets in supporting the educational process,

fostering creative thinking and developing logical abilities are highlighted. At the same time,

attention is given to negative effects such as decreased attention span, sleep disorders, social

communication problems and internet risks. The article focuses on the effects of gadgets on

children’s health, social interaction and psychology state. Recommendations for parents are

provided, offering measures to ensure healthy gadget use for children.

Keywords:

gadgets, child psychology, health, social interaction, psychological state,

educational opportunities, creativity, screen time, internet safety, communication skills.

ВЛИЯНИЕ ГАДЖЕТОВ НА ДЕТСКУЮ ПСИХОЛОГИЮ

Аннотация.

В данной статье анализируется влияние современных гаджетов на

психологию детей. Рассматриваются как положительные, так и отрицательные аспекты

использования гаджетов, а также даются рекомендации для родителей и педагогов.

Подчеркиваются положительные стороны гаджетов в поддержке образовательного

процесса развитии креативного мышления и логических способностей. В то же время

уделяется внимание таким негативным аспектам, как снижение концентрации,

нарушения сна, проблемы социального общения и интернет – риски. Статья посвящена


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

изучению влияния гаджетов на здоровье, социальные взаимодействия и психологическое

состояние детей. Приводятся рекомендации для родителей, направленные на обеспечение

здорового использования гаджетов детьми.

Ключевое слово:

гаджеты, детская психология, здоровые, социальное

взаимодействие,

психологическое

состояние,

образовательные

возможности,

креативность, экранное время, интернет – безопасность, коммуникативные навыки.

Kirish

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir davrda

yashayapmiz. Gadjetlar – bu zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, foydalanuvchilarga

turli funksiyalarni bajarishda yordam beruvchi elektron qrilmalardir. Ular kommunikatsiya, o’yin

– kulgi, ta’lim va boshqa sohalarda qo’llaniladi.

Gadjetlar – smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar va boshqa raqamli qurilmalar – nafaqat

kattalar, balki bolalar hayotida ham keng tarqalgan. Ushbu maqolada gadjetlarning bolalar

psixologiyasiga ta’siri, ularning salbiy va ijobiy jihatlari hamda ota – onalar va pedagoglar uchun

tavsiyalar ko’rib chiqiladi.

Usullar

Maqola tayyorlanish jarayonida mavjud ilmiy adabiyotlar, psixologlarning tavsiyalari va

so’nggi tadqiqotlar tahlil qilindi. Shuningdek, bolalar bilan bog’liq real hayotiy misollar va ota-

onalarning tajribalari o’rganildi.

Natijalar

Salbiy ta’sirlar:

1.

Sog’liq muammolari:

gadjetlardan uzoq vaqt foydalanish bolalrda ko’rish qobiliyatining

pasayishi, umurtqa pog’onasi muammolari, bosh og’rig’i va charchoqqa olib kelishi mumkin.

2.

Ijtimoiy izolyatsiya:

Gadjetlarga haddan tashqari bog’lanish bolarning real hayotdagi

ijtimoiy muloqotini cheklab, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivijlanishiga to’sqinlik qilishi

mumkin.

Masalan, bolalar virtual olamda ko’proq vaqt o’tkazib, do’stlari va oilasi bilan muloqot

qilishni kamaytirishi mumkin, bu esa ularning ijtimoiy ko’nikmalarining rivojlanishiga salbiy

ta’sir ko’rsatadi.

3.

Psixologik muammolar:

zo’ravonlik va qo’rqinchli mazmundagi o’yinlar va videolar

bolalarda stress, qo’rquv va tajovuzkorlik darajasini oshirishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

Bunga misol qilib bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi videolar orqali kvadroberlarga

taqlid qilayotgan bolalarni aytishimiz mumkin. Shu bilan birga, qo’rqinchli videolar bolalarda

tunda uyqu muammolari va qo’rquv hissini kuchaytirishi mumkin.

Ijobiy ta’sirlar:

1.

Ta’limiy imkoniyatlar:

Biz gadjetlarni faqat salbiy tomonlari mavjud deya olmaymiz

chunki, gadjetlar orqali bolalar turli ta’limiy dasturlar va interaktiv o’yinlar yordamida bilimlarni

kengaytirishi mumkin. Masalan: matematikani o’rgatuvchi ilovalar yoki til o’rganish dasturlari

bolalarning bilim darajasini oshirishga yordam beradi.

2.

Tasavvur va kreativlik:

Ba’zi o’yinlar va ilovalar bolalarning tasavvurini rivojlantirishga,

kreativ fikrlash qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Masalan rasm chizish yoki musiqa yaratish

ilovalari bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Gadjetlarning bolalar bsixologiyasiga ta’siri ko’p qirrali bo’lib, ularning foydali yoki

zararli bo’lishi foydalanish muddatiga, mazmuniga va ota – onalarning nazoratiga bog’liq.

Tadqiqotlar shuni ko’rstatdiki, gadjetlardan me’yorida va maqsadga muvofiq foydalanish

bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Biroq nazoratsiz va cheksiz

foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelish ehtimoli yuqori.

Ota – onalar va pedagoglar farzandlarining gadjetlardan foydalanishini nazorat qilishlari,

ularga vaqt cheklovlari o’rnatishlari va mazmunini kuzatishlari zarur. Shuningdek, bolalarni real

hayotdagi faoliyatlarga, sport va ijodiy mashg’ulotlarga jalb qilish muhimdir. Bu orqali

bolalarning har tomonlama rivojlanishiga erishish mumkin.

Gadjetlardan faqatgina bolaning o’zinigina cheklash bilan samarali natijaga erishib

bo’lmaydi, bolalar doim uydagi kattalarning hatti – harakatidan o’rnak olib kelishgan.

Ota – onalar ham farzandlari oldida gadjetlardan foydalanish chegarasiga rioya qilib

ko’proq vaqtlarini farzand tarbiyasiga va ular bilan turli aqlni charxlovchi, interfaol mashg’ulotlar

o’tkazsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Gadjetlardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar:

1.

Vaqt cheklovlari

Bolalarning yoshiga qarab gadjetlardan foydalanish vaqtini cheklash muhimdir. Masalan:

3 yoshgacha bo’lgan bolalarga gadjetlardan foydalanishni tavsiya etmaslik

3-5 yoshdagi bolalar uchun gadjetlardan foydalanish vaqtini 15 daqiqadan oshirmaslik

6 yoshli bolalar uchun 20 daqiqadan ko’p bo’lmagan muddatda foydalanish


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

7-8 yoshdagi bolalar uchun 30 daqiqagacha, 10-12 yoshdagilar uchun 40 daqiqagacha, 13-

14 yoshli o’spirinlar uchun esa 50 daqiqadan oshirmaslik tavsiya etiladi.

9-12 yoshdagi bolalar uchun kuniga 1 soatgacha foydalanishga ruxsat berish mumkin

13 yosh va undan kata bolalar uchun kuniga 1,5-2 soatgacha foydalanish tavsiya etiladi.

2.

Mazmun nazorati

Bolalar foydalanigan ilovalar, o’yinlar va videolar mazmunini nazorat qilish muhimdir.

Zo’ravonlik, qo’rqinchli yoki yoshiga mos bo’lmagan materiallardan himoya qilish uchun

ota – onalar va pedagoglar quyidagi choralarni ko’rishlari mumkin:

Yoshga mos kontent tanlash:

Bolalarning yoshiga mos va rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi ilovalar va o’yinlarni

tanlash.

Ota – onalar nazorati funksiyalaridan foydalanish:

Ko’pgina gadjetlarda mavjud bo’lgan ota – onalar nazorati sozlamalari orqali nomaqbul

kontentga kirishni cheklash.

Birgalikda foydalanish:

Bolalar bilan birgalikda o’ynash yoki video tomosha qilish orqali ularning faoliyatini nazorat

qilish va muhokama qilish.

3.

Ota – onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar:

Namuna ko’rsatish:

bolalar kattalarning xatti – harakatlarini kuzatib, ularga taqlid

qiladilar. Shuning uchun ota – onalar va pedagoglar gadjetlardan foydalanishda o’zlari ham

mas’uliyatli bo’lishlari kerak.

Muqobil faoliyatlar taklif etish:

bolalarni sport, san’at, kitob o’qish kabi faoliyatlarga

jalb qilish orqali gadjetlardan foydalanish vaqtini kamaytirish.

Ochiq muloqot:

bolalar bilan gadjetlardan foydalanishning foydalari va zararlari haqida

ochiq suhbatlar o’tkazish, ularning fikrlarini tinglash va tushunish.

Gadjetlar bolalar hayotida muhim o’rin tutadi va to’g’ri foydalanganda ularning

rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Biroq, me’yoridan ortiq va nazoratsiz foydalanish

salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Bunday holatlarni oldini olish uchun bolalarning

kundalik faoliyatini doim nazoratda tutish zarur.

Yuqorida keltirilgan tavsiyalarga amal qilib ish tutish muhim. Bolalarni muqobil faoliyatga

jalb qilish va ular bilan ochiq muloqot qilish orqali sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga

erishish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

REFERENCES

1.

Nishanova Z, Alimova G. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi” 2006

2.

“Pedagogik mahorat” ilmiy – nazariy va metodik jurnal, 2022

References

Nishanova Z, Alimova G. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi” 2006

“Pedagogik mahorat” ilmiy – nazariy va metodik jurnal, 2022