ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
391
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI TA‘MINLASHDA
KONSTITUTSIYANING O‘RNI
Jumanazarova Adolat Silibek qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil-sudlov fakulteti 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15049787
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
belgilangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi o‘rnini tahlil qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro huquqiy majburiyatlari bilan qanday aloqalari
borligi va boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganish natijasida erishilgan yutuqlari muhokama
qilinadi.
Kalit so’zlar:
Inson huquqlari, erkinliklar, Konstitutsiya, O‘zbekiston, xalqaro huquq,
huquqiy himoya, jahon tajribasi, qonunlar, adolat.
РОЛЪ КОНСТИТУЦИИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРАВ И СВОБОД ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
Cтатъя анализирует ролъ Конституции Республики Узбекистан в
зфщити прав свобод человека. Рассматриваются международные правовые
обязателъства Узбекистана и достижения, полученные на основе опыта других стран.
Ключевые слова:
Права человека, свободы, Конституция, Узбекистан,
международное право, юридическая защита, мировой опыт, законы, справедливостъ.
THE ROLE OF THE CONSTITUTSION IN ENSURING HUMAN RIGHTS AND
FREEDOMS
Abstract.
This article analyzes the role of the Constitution of the Republic of Uzbekistan in
protecting human rights and freedoms. Moreover, it discusses Uzbekistan‘s international legal
obligations and the achievements made through the study of the experiences of the other countries.
Key words:
Human rights, freedoms, Constitutsion, Uzbekistan, international law, legal
protection, global experience, laws, justice.
Kirish
Inson huquqlari va erkinliklari jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib, har bir
insonning tabiiy huquqlari sifatida e‘tirof etiladi. Zamonaviy huquqiy davlatlarning asosiy
vazifalaridan biri inson huquqlarini kafolatlash va himoya qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bu borada huquqiy poydevor vazifasini bajarib, xalqaro tamoyillarga asoslangan
me‘yorlarni o‘zida mujassam etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
392
Shuningdek, Konstititsiyada inson huquqlarini ta‘minlash bo‘yicha alohida moddalar
mavjud bo‘lib, ular davlatning xalqaro huquqiy majburiyatlar bilan hamohangdir. Dunyo
miqyosida inson huquqlarini himoya qilishning universal huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi (1948), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966)hamda
Ijtimoiy iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt(1966)kabi xalqaro hujjatlar
barcha davlatlar uchun muhim yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi va milliy konstitutsiyada aks etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson huquqlari va erkinliklari ustuvor qadriyat
sifatida belgilangan. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat xalq manfaatlariga xizmat qilishi va
uning huquqlari himoya qilinishi kerakligi ta‘kidlangan. Shuningdek uning 13-moddasida
O‘zbekistonda demokratiya tamoyillari asosida inson huquqlari va erkinlilari oliy qadriyat
ekanligi qayd etilgan. Konstitutsiya inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga mos kelib,
fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini kafolatlaydi.
Bugungi kunda inson huquqlarining ta‘minlanishi faqatgina Konstitutsiya bilan cheklanib
qolmay, balki uning ijrosi va amaliy qo‘llanilishi ham muhim ahamiyatga ega. Inson
huquqlarining himoyasi huquqiy davlat qurish jarayonida eng muhim mezonlardan biri
hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu maqolada Konstitutsiyaning inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishdagi o‘rni, milliy va xalqaro huquqiy tajribalar hamda amaliyotdagi dolzarb
masalalar tahlil qilinadi.
Metodolgiya
Ushbu maqola inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Konstitutsiyaning o‘rnini
ilmiy-huquqiy asosda tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot davomida quydagi metodlardan
foydalanildi:
1. Normativ- huquqiy tahlil usuli
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, inson
huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqiy hujjatlar (BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi,
xalqaro pakt va konvensiyalar) va milliy qonunchilik asosida inson huquqlari bo‘yicha normativ
huquqiy o‘rganildi.
2.Qiyosiy-huquqiy tahlil usuli
- O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha konstitutsiyaning normalari boshqa mamlakatlar tajribasi bilan solishtirildi.
Jumladan, AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarning
konstitutsiyalarida inson huquqlarini himoya qilish mehanizmlariga alohida e‘tibor qaratildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
393
3. Tarixiy-huquqiy tahlil usuli
–Inson huquqlari konsepsiyasining rivojlanish tarixi, turli
davrlarda inson huquqalarining davlat tomonidan tan olinishi va himoya qilinishining huquqiy
asoslari ko‘rib chiqildi. Shuningdek,O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilish jarayoni va undagi
inson huqqlari kafolatlariga oid o‘zgarishlar tahlil qilindi.
4. Tahlil va sintez usuli
– Inson huquqlari bo‘yicha milliy va xalqaro me‘yorlar chuqur
o’rganilib, ularning O‘zbekiston huquqiy tizimiga ta‘siri hamda amaliy ahamiyati baholanadi.
Turli huquqiy hujjatlarning bir-biriga bog‘liqligi tahlil qilinib, umumiy xulosalar chiqarildi.
Mazkur metodologik yondashuvlar asosida maqolada inson huquqlari va erkinliklarining
ta‘minlanishida Konstitutsiyaning roli atroflicha tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ilmiy-huquqiy
adabiyotlar, amaliyot va xalqaro tajriba asosida inson huquqlarini himoya qilish tizimining
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Natijalar
Birinchi navbatda O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson huquqlarini ko‘rib o‘tadigan
bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va
uning yangi tahriri 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referdumida
umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. Konstitutsiyamizning asosiy qismini inson huquq va
erkinlikarini himoya qilishga qaratilgan normalar mavjud. Quyida ularning bir nechtasini havola
qilib o‘tamiz. Masalan, 19-moddada O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari
xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga
muvofiq e‘tirof etilishi va barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi qayd etib o‘tib
o‘tilgan. Shuningdek 27-moddasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi
alohida qayd etib o‘tilgan. Shu va shunga o‘xshash moddalar ko‘plab topiladi. Jahon tajribalariga
nazar soladigan bo‘lsak, Yevropa ittifoqi, Amerika va boshqa mamlakatlar o‘zlarining
konstitutsiyalarida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari bo‘yicha aniq va tizimli normativ
hujjatlar ishlab chiqqan. Masalan, Yevropa Inson Huquqlari Konvensiyani 1950-yilda imzolgan
va u ko’plab davlatlarning huquqiy tizimida asosiy yuridik hujjat hisoblanadi. Konvensiya,
shuningdek, inson huquqlarining himoyasini ta‘minlashda har bir davlatning ma‘suliyatini
belgilaydi. O‘zbekistonda Inson huquqlari himoyasining amaldagi jarayonini ko‘rib chiqadigan
bo‘lsak, O‘zbekiston hukumati so‘ngi yillarda inson huquqlari sohasida ba‘zi islohotlar amalga
oshirdi.
Xususan, ayrim qonunlarni takomilashtirish, xalqaro huquqiy majburiyatlarga
muvofiqlikni ta‘minlash va inson huquqlarini himoya qilishga doir tashabbuslar ilgari surildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
394
Ammo, amaldagi qonunchilikni to‘liq amalga oshirishda hali ham ba‘zi muammolar
mavjud. Masalan, siyosiy erkinliklar va ommaviy axborot vositalariga nisbatan cheklovlar mavjud
bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaning inson huquqlarini himoya qilishdagi amaliy rolini yana bir bor ko‘rib
o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida qabul
qilingan qonunlar va davlat siyosati inson huquqlari kafolatalarini mustahkamlashga xizmat
qilmoqda. Jumladan:
-
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilgan.
-
O‘zbekiston Oliy Majlis huzurida tashkil topgan Ombudsman instituti inson huquqlari
bo‘yicha mustaqil nazorat funksiyasini bajaradi.
-
So‘ngi yillarda fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi kengaytirildi, shaxsiy
daxlsizlik va erkinlik tamoyillariga rioya etish bo‘yicha islohotlar amalga oshirildi.
Tadqiqot davomida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha
Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar va ularmning amaliy natijalari tahlil qilinadi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki:
-
Sud-huquq tizimi mustahkamlanib, sudlarning mustaqiligi oshirildi.
-
Mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya va ayollarning huquqlari borasida muhim islohotlar
amalga oshirildi.
-
Fuqarolarning erkinliklarini ta’minlash uchun yangi qonunlar qabul qilindi va mavjud
qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirildi.
Bundan tashqari inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida ilgari
bilan solishtirilganda yaxshiroq natijalarga erishmoqda. Xususan, so‘ngi yillarda mamlakatda
inson huquqlarini himoya qilish tizimining samaradorligi oshib, xalqaro hamjamiyat tomonidan
ijobiy baholanmoqda.
Muhokama
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Konstitutsiyaning o‘rni beqiyos bo‘lib,
bu huquqiy hujjat davlatning asosiy tamoyillarini belgilaydi va fuqarolarning huquqlarini
kafolatlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab muhim qoidalar mavjud
bo‘lib,ular xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Biroq, ushbu kafolatlarning amaliy
ijrosini kuchaytirish va xalqaro tajribadan samarali foydalanish bo‘yicha muhim jihatlar tahlil
etilishi lozim.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
395
Konstitutsiyaviy huquqlarni ta‘minlash faqatgina qonunchilik bilan cheklanib qolmasligi,
ularning real hayotda to‘laqonli ishlashini ta’minlash muhim ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shu
bois, davlat institutlari tomonidan inson huquqlarini ta’minlash jarayonini kuchaytirish va nazorat
mexanizmlarini takomilashtirish lozim.
Qiyosiy tahlilar shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan demokratik davlatlar inson huquqlarini
himoya qilish borasida samarali konstitutsiyaviy mexanizmlarni shakllantirgan. Misol uchun :
- AQSH Konstitutsiyasi inson huquqlarini Bill of Rights (Huquqlar to‘g‘risidagi qonun)
orqali aniq kafolatlaydi va shaxsiy erkinliklar yuqori darajada himoyalangan.
- Germaniya Asosiy qonuni inson huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan kuchli sud
tizimni shakllantirgan bo‘lib Federal Konstitutsiyaviy sud inson huquqlari buzilishining oldini
olishda muhim rol o‘ynaydi.
- Fransiya Konstiytutsiyasi esa inson huquqlarini kafolatlashda xalq suvereniteti va huquqiy
tenglik tamoyillariga asoslanadi. O‘zbkiston bu davlatlarning tajribasidan foydalangan holda,
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy va amaliy mexanizmlarni yanada
mustahkamlash mumkin. Shu bilan birga dunyo miyosida inson huquqlari buzilishini aytib o‘tsak
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu muhokama asosida inson huquqlarini himoya qilishda Konstitutsiyaning o‘rnini
yanada mustahkamlash uchun quydagi takliflarni berishimiz mumkin:
1.
Huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish- inson huquqlariga oid qonunchilik bazasini xalqaro
standartlarga mos ravishda doimiy ravishda takomilshtirish kerak.
2.
Sud-huquq tizimi mustahkamlash- sudlarning mustaqilligini oshirish, fuqarolarning sudga
murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish muhim.
3.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish- nodavlat notijorat tashkilotlari va mustaqil ommaviy
axborot vositalarining faoliyatini qo‘llab –quvvatlash inson huquqlari himoyasida muhim rol
o‘ynaydi.
4.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantish – inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish lozim.
Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson
huquqlarini ta‘minlashning asosiy huquqiy poydevori bo‘lib, u xalqaro me‘yorlarga mos keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
396
Biroq, inson huquqlarini to‘laqonli amalga oshirish uchun huquqiy islohotlarni
chuqurlashtirish , sud tizimini musthkamlash va fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga yanada keng
imkoniyat yaratish lozim. Ushbu jihatlar Konstitutsiyaning inson huquqlarini himoya qilishdagi
rolini yanada samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkinliklarini himoya
qilishning mustahkam huquqiy asosini ta‘minlaydi. Asosiy qonunimzda insoning qadr-qimmati,
huquqq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilgan.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy
maqsadlaridan biri bo‘lib , bu borada olib borilayotgan islohotlar va qonunchilikni yaxshilash
zarurati mavjud. O‘zbekiston xalqaro huquqning talablariga muvofiq inson huquqlarini himoya
qilishni davom ettirishi kerak. Buning uchun, Konstitutsiya va boshqa huquqiy hujjatlarni to‘liq
amalga oshirish, davlat ichidagi tizimlarni samarali vaa mustahkam qilish lozim.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta‘minlash demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan
biridir. Konstitutsiya esa ushbu huquqlarning kafolati sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston
Respublikasida so‘ngi yillarda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga
oshirilgan bo‘lsa-da, huquqiy madaniyatni yanada oshirish va amaliyotga tatbiq etish ustida
doimiy ishlash talab etiladi. Shu bois quydagi takliflarni ilgari surish mumkin:
- Huquqiy savodxonlikni oshirish. Fuqarolar o‘z huquqlarini bilishi va himoya qila olishi
uchun maktab, oliy ta‘lim va ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish
zarur.
-
Shikoyat qilish tizimini soddalashtirish. Inson huquqlari buzilganda fuqarolar tez va
samarali tarzda shikoyat qilishlari uchun onlayn platformalar va maxsus huquqiy xizmatlarni
rivojlantirish lozim.
-
Xalqaro tajribadan foydlanish. Ilg‘or xorijiy mamalakatlarning inson huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha tajribalrini o‘rganish va milliy qonunchilikka moslashtirish kerak.
-Davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligini kuchaytirish. NNHlar, ommaviy axborot
vositalari va huquqshunos mutaxassislarning inson huquqlari borasidagi faoligini oshirish muhim.
Konstitutsiyaning ahamiyatini chuqur anglab, inson huquqlarini ta‘minlashga har bir
fuqaro va davlat organlari o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Bu esa jamiyatda adolat va qonun
ustuvorligini ta‘minlashda eng muhim shartdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
397
REFERENCES
1.
https:lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023).
2.
https:lex.uz
3.
. Yevropa inson huquqlari konvensiyasi (1950).https://lex.
4.
https://uz. Wikipedia.org. Amerika Inson Huquqlari Deklaratsiyasi(1948).
5.
Shukurov S. (2020). Inson huquqlari va ularning himoyasi. Toshkent:O‘zbekiston
noshirligi.uz.m.wikipedia.org
6.
. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
7.
. International Human Rights Law and the of Constitutions.”(2021).
Harward Law Review.
8.
https ://uz. Wikipedia. Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy
9.
https://www.cambridge.org. Human Rihgts in the 21
st
century (2021). Oxford University
Press.
