Mart, 2025-Yil
215
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA ONA TILI FANINI O`QITISHDA
QO`LLANADIGAN METODLAR
Shoyimova Farangiz Mustafo qizi
Qarshi DU Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15052590
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tili fanini o`qitishda
samarali foyda beradigan metodlar haqida ma`lumotlar kiritilgan. Bu metodlardan to`g`ri
foydalanib darsni tashkil qilish darsni samaradorligini oshiradi. Ona tili fanini o`qitishda
foydalaniladigan metodlar fanni qiziqarli va esda qolarli tashkil qilishda yordam beradi.
Kalit so`zlar:
Ona tili, dars, metod, o`quvchi, kitob, o`qituvchi, texnologiya.
Metod yunoncha ‘’metodos’’ so`zidan olingan bo`lib bilish, yo`l degan ma`nolarni
bildiradi. Har bir fanda ustozlarimiz tomonidan turli metodlar qo`llanadi va bu metodlar darsni
qiziqarli, samarali tashkil qilish uchun kerak.
Boshlang`ich sinflarda ona tili fanini o`qitish o`quvchilarda kelgusi hayotlari davomida
kerak bo`ladi. Boshlang`ich sinfda ular imlo qoidalarini, gramatikani va o`zbek tilining asosiy
qoidalarini o`rganishadi va bu keying davr uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bu qoidalar
o`quvchining nutqiy va imloviy savodxonligini mustahkamlaydi. Ona tili fanlarida to`g`ri metod
tanlash o`quvchilar imloviy savodxonligini va ona tilini o`zlashtirishlari uchun kata foyda beradi.
Metodlarni mavzularga moslashtirib tanlash yaxshi samara beradi.
Ona tili fanidan darsni tashkil qilish. Bu holatda ba`zi o`qituvchilar darslarini oddiy tarzda
ya`ni o`tilgan mavzuni savol-javob qilib mavzuni tushuntirishadi va mavzu bo`yicha uyga
vazifalar berishadi. Bu holatda dars o`tish qaysidir darajada yaxshi lekin boshlang`ich sinf
o`qituvchisi boshlang`ich sinf o`quvchilariga darsni shunday tashkil qilishi kerakki o`quvchilar
darsga qiziqishlari va bu darsni yana kutishlari va yana ham yaxshiroq tayyorlanishlari kerak.
Chunki boshlang`ich sinf o`quvchilari hali o`yinqaroq ayniqsa 1-sinflar chunki o`lar
bog`chalardan maktabga o`tishadi ya`ni o`yin faoliyatidan o`qish faoliyatiga o`tishadi. Bu
jarayonda o`quvchilarni darsga qiziqtirish uchun yangicha turli xil metodlardan foydalanish lozim.
Metodlar asosan mavzuga oid va har bir sinf uchun osondan murakkabga o`tib borishi
kerak bunda o`quvchilarning yoshini hisobga olish kerak. Shundagina foydalanayotgan
metodlarimiz yana ham yaxshiroq foyda beradi. Darsimizda foydalanishimiz kerak bo`lgan
metodlar mavzuyimizga oid savollardan turli ketma ketliklar o`ziga tortuvchi topshiriqlardan
iborat bo`lishi kerak.
Mart, 2025-Yil
216
Ona tili kitoblarda ham rasm beriladi va unga gap tuzishimiz kerakligi aytiladi. Keling buni
takomillashtiramiz yani biroz o`zgartirish kiritamiz biron narsa tasvirlangan rasm chiqarib olamiz
misol uchun tabiatning yoki biror hayvonning rasmi va bu rasmni o`quvchimizga berib uni
tasvirlashini aytamiz o`quvchimiz bu rasmni tasvirlab beradi keyin bugun o`tgan mavzuyimiz
misol uchun fe`l mavzusi bo`lsin endi o`quvchi rasmdan foydalanib yana bir marta uni endilikda
fe`l qatnashgan gaplar bilan tasvirlaydi va bola bu holatda mavzuni yana ham yaxshiroq esda
saqlab qoladi. Bu holatda o`quvchilar birinchi navbatda bunga qiziqishadi ikkinchidan mavzu
mustahkamlanadi va uchinchidan o`quvchilarimizning nutqi yaxshilanib boradi.
Mozaika metodi bu metoddan takrorlash, mustahkamlash darslarida foydalanishimiz
mumkin. Bu metoddan qanday foydalanamiz? Darslarimiz tugaganida yoki bitta bobni
tugatganimizdan keyin bu metodni qullasak bo`ladi. Bitta listga qoidani yoki matnni yozib olamiz
va uni qirqib chiqamiz va so`ngra o`quvchilarga tarqatamiz o`quvchilar qirqilgan listlarni tartiblab
chiqishadi. Tartiblab chiqilgan listlarni tekshirib chiqamiz.
Bu jadvaldan foydalanib doira ichiga asosiy so`zni yozamiz va o`quvchilarga bu so`zga oid
terminlar va so`zlarni yozib chiqamiz. Misol uchun doiraga fe`l deb yozamiz va qolgan tomonlarga
fe`lga oid bo`lgan so`zlarni yozib chiqamiz. 1-tomonga fe`lning so`roqlari 2-tomonga o`timli va
o`timsiz fe`llar, 3-tomonga fe`l nisbatlari va 4-tomonga fe`l zamonlarini yozamiz. O`qituvchi faqat
fe’l so`zini doira ichiga yozib qolgan bo’laklarni o`quvchilar to’ldirishini aytishi lozim. Shundan
so’ng o’quvchilar doiradagi so`zga aloqador bo`lgan so`zlarni yozib chiqishlari kerak bo’ladi.
Yozib bo`lishganlaridan so’ng o`qituvchi yozilgan javoblarni tekshirib chiqiladi.
Bu metod orqali o`quvchilarning mavzuni qanday o`zlashtiganliklarini bilib olish mumkin
va bu metod mavzuni takrorlab olish uchun ham qulay.
Mart, 2025-Yil
217
Metodlardan foydalanish darsni jonlantiradi uni qiziqarli qiladi eng asosiysi mavzuga oid
to`g`ri metodlardan foydalanishdir. Metodlardan foydalanganda ularning yoshlarini ham hisobga
olish zarur. Hozirgi kunga kelib zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib
bormoqda. Zamonaviy texnologiylardan foydalanib darslarni tashkil qilish anchagina darsni
tashkil qilish uchun samara beradi.
REFERENCES
1.
Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariev Sh. "Ona tili o'qitish
metodikasi". Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti nashriyoti, 2009.
2.
Matchanov S., Bakiyeva H., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Xolboyeva G. "Boshlang'ich
sinflarda ona tili o'qitish metodikasi". "Ishonchli hamkor" nashriyoti, 2021.
3.
Adizova N. "Ona tili o'qitish metodikasi". Buxoro davlat pedagogika instituti nashriyoti,
2020.
4.
"Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti". Zenodo
platformasida chop etilgan, 2022.
5.
"Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi". ZiyoNET elektron kutubxonasi, chop
etilgan yili ko'rsatilmagan.
